Logistics Info
4.19K subscribers
57 photos
4 videos
11 files
204 links
Amerika logistikasini bepul o’rganing.

For ads and questions: @asklogisticsinfo

без цензура: https://t.me/+E6bdAJi6CAM2Mzcy

For free education: @logistics_info
Safet/Fleet: @safety_shop_services
Job Vacancies: @WeLogistiX

Powered by SI
Download Telegram
Logistics Info
CAT SCALE - CERTIFIED AUTOMATED TRUCK SCALE CAT SCALE - asosan truck driverlar yukni olishgandan keyin, yo'lga chiqishdan oldin yukning og'irligini tekshirish uchun kiradigan joy. Yukning og'irligi truck va trailer uchun to'g'ri taqsimlanishi kerak. Buni…
Semi Truck tashishi mumkin bo'lgan maximum og'irlik 80,000 pound.

Semi Truck va trailerda 3 ta axle bor:

1. Steer axle
2. Drive axle
3. Trailer axle


Mana shu axle larga yukning og'irligi rasmda ko'rsatilgan og'irlikdan oshib ketmasligi kerak.

- Steer axle ga maximum 12,000 pound (lb), har bir tire (shina) uchun 6,000 lb dan tushishi kerak.
Steer axleda umumiy 2 ta tire (shina) bor.

- Drive axle ga esa umumiy 34,000 pound, har bir tire (shina) ga 4,250 lb dan.
Drive axleda umumiy 8 ta tire (shina) bor.

- Trailer axle gayam xuddi shundan umumiy 34,000 pound, har bir tire (shina) ga 4,250 lb dan tushishi kerak.
Traler axleda umumiy 8 ta tire (shina) bor.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
Motor Vehicle Record - MVR

Har bir trucking kompaniya haydovchilarni ishga olayotganda ularning qanaqa haydovchi ekanini bilish uchun MVR ni tekshirishadi.

MVR bu haydovchining shu kungacha nechi marotaba yo'lda qoidabuzarliklar qilganini saqlab boradigan platforma.
Nechchi marta qayerda qanaqa qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi degan savolga MVR orqali javob topish mumkin.

MVR tekshirishni odatda Recruiting bo'limi yoki Safety bo'limi nazoratga oladi kompaniyalarda.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
Bayram muborak hammaga


Bayramni yaxshi o’tkazilar, men shettaman faqat sal ishlar ko’payib ketti.
Xudo xoxlasa, hali ulashadigan ma’lumotlar ko’p!
👍38
You Tube da Trucking Made Successful kanali bor.

Kanal asoschisi asli Ukrainalik bo’lgan Miranda ismli ayol.

U YouTube kanalida trucking business haqida juda ko’p videolar tayyorlagan:
- qanday qilib yaxshi dispatcher bo’lish;
- qanday qilib trucking kompaniyasi ochish;
- trucking businessdagi hozirgi holat;
- brokerlar bilan muzokara olib borish;


Shu kabi mavzularda ko’plab foydali videolar joylab boradi kanalida.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
Ko’pchilik nega to’xtab qoldi bu kanal deb o’ylashi mumkin lekin, aslida unaqamas.
Shunchaki, o’rgatilishi kerak bo’lgan eng asosiy narsalar, ma’lumotlar hammasi berib bo’lindi shu kanalda.

Endi buyog’i sizdan, men qo’limdan kegancha hamma info larni berdim logistika sohasi haqida, sizdan faqat uni o’rganish qoldi holos.

Shunday ekan, mana shu yerda ketma ketlikda hamma muhim mavzular o’rganishiz uchun yozib chiqilgan.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆21
Atiga bir oy qoldi, Avgustdan boshlab ko’p kompaniyalarda ishga olish jarayonlari boshlanadi, chunki kuz va qish odatda bu trucking sohasida eng ish qizigan payt hisoblanadi.

Shunchun ulgurib qoling, shu kuzda ish topib karyerani boshlang agar logistikaga rostan qiziqyotgan bo’sez.
Shu kuzda ish boshlasez, bir yildan keyin yaxshi mutahassis bo’p yetishasiz shu sohada. Shunchun, bu o’tayotgan yozdan unumli foydalaning.

Instagram, YouTube yoki TikTok da reels ko’rib kunni behuda ketkazish bu eng osoni, oson yo’lni dangasalar tanlidi, lekin ishonamanki silar unaqamassilar.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥40
Forwarded from SI
Hozir ko’pchilikda eng qiyin masala ishga kirvolish.

Nafaqat logistika, o’zi umuman har qanaqa ishda ishga kirvosam bo’ldi qogani bir gap bo’lar diyishadi.

Lekin, ishga kirgandan keyin siz kompaniya bergan imkoniyatdan yaxshi foydalanishiz kerak.

Bitta zo’r gap bor, kompaniya sizga 2 ta juda muhim narsadan birini berishi kerak:
1 - yaxshi soqqa
2 - tajriba

Yani, kam oylik bo’sayam ishluring lekin shuni o’rniga ko’p tajriba, va pulga sotvobo’miydgan bilimlarni olayotgan bo’lishiz kerak kompaniyadan yoki deyarli o’rganadigan narsez qomagan lekin sizga juda yaxshi maosh to’layotgan bo’lishlari kerak.

Agar ikkalasiyam bo’sa zo’r.
Agar ikkalasiyam bo’masa unda u yerda qolishdan ma’no yo’q.
🔥27
Forwarded from SI
Kompaniya nima uchun hodimlarga pul to'liydi?

Odatda kompaniya hodimlarga qaysidir muammoni hal qilayotgani uchun pul to'lidi.

Kimga qancha pul to'lanishi, kim qanaqa darajadagi muammoni hal qilyotganiga bog'liq.

Hamma o'zini idealidagi oylik maoshini yozgan. Kimdir $1000, kimdir $2000 yana kimdir $3000.

Endi hamma o'ziga savol bersin, men qilayotgan ish idealimdagi pulni kompaniya menga to'lashiga arzidimi?

Okay, sizga kompaniya $1000 to'lashini hohlisz lekin sizga nima sababdan to'lashi kerak bu pulni, kuniga kelib 8 yoki 10 soat ekranga qarab o'tirib ketganiz uchunmi?

Har kuni kelib bir xil ish qilib yana oylik oshishidan umid qilish bu sal ahmoqlik torisini aytsam.
Aytishiz mumkin, tajribachi?
Agar tajriba oshgani sari siz qilayotgan ishiz (nima ish bo'lishidan qat'iy nazar) avvalgidan ko'proq foyda opkelyotgan bo'sa kompaniyaga unda tushinarli, lekin shunchaki bitta joyda uzoq vaqt bitta ish qilib o'tirish bilan tajriba oshishini kotta farqi bor.

All in all, nima dimoqchiman,
kotta pul to'lashlari uchun kottaroq muammolarini hal qibering, shunga yarasha to'lashadi.
👍27
Forwarded from SI
Soqqa haqida bitta yaxshi taktika bor.

Prosta o’tirib tasavvur qiling agar hozir $1.000.000 dollar cash (naqd) qo’lizda bo’ganda.

Qanchada va nimalarga ishlatgan bo’lardiz.

Prosta tasavvur qiling lekin rostan borday fikrlang.

Agar keyingi 1 minut ichida uy, mashina olishdan boshqa tayinliroq narsa kemagan bo’sa hayolizga unda kotta ehtimol bilan bunaqa kotta summaga yetib borishizzi o’zi qiyin.
🔥21
Forwarded from SI
SI
Soqqa haqida bitta yaxshi taktika bor. Prosta o’tirib tasavvur qiling agar hozir $1.000.000 dollar cash (naqd) qo’lizda bo’ganda. Qanchada va nimalarga ishlatgan bo’lardiz. Prosta tasavvur qiling lekin rostan borday fikrlang. Agar keyingi 1 minut ichida…
Kotta soqqa topishchun oldin uni qayerga ishlatishni kelishvolish kerak odam o’zi bilan.
Keyin shunga qarab harakat qilinadi.

Bu yaxshi taktika:
Oldin kichkinaroq summadan boshlash mumkin:
$100.000
$500.000
$1.000.000
$10.000.000

Shuncha puliz bo’ganda nimaga ishlatardiz?
$500.000 dollar gacha oson, uyog’iga bosh qotadi lekin.
🔥22
Forwarded from SI
Amerikalik Trucking Industry da ishlaydigan Dooner bilan logistika sohasi, hozirgi holat, kelajakdagi kutilyotgan o’zgarishlar logistika sohasida, overall shunaqa mavzuda suhbat qimoqchiman.

Nima disila, agar suhbatni record qilib You Tube ga qo’ysam qiziq bo’ladimi?

Agar ha bo’sa javobila 🔥 bosamiz
Yo’q bo’sa 👎
1🔥136
Forwarded from Logist Community (SI)
SAM AUTO TRANS HIRING

Without Experience - ELD specialist

Company Requirements:

- Experience: no needed
- Fluent English
- Responsible, Strong attention to details

Additional details:
- This is not for Students
- Days Shift (08:00 am to 16:00 pm)
- Afterhours: (12:00 am to 08:00 am)

Office location:
Ibn Sino , Tashkent

Contact Info:
@samautohr_hannah
👍12
Yangi qo'shilganlar uchun:

SUMMARY


1. Basic savollarga javoblar. Logistika kimlar uchun. LINK

2. Truck nima? Trailer nima. LINK

3. Logistika sohasidagi bo'limlar. LINK

4. Dispatcher kim. LINK

5. Updater kim. LINK

6. Safety specialist kim. LINK

7. Accounting specialist kim. LINK

8. Logbook specialist kim. LINK

9. Recruiter kim. LINK

10. Amerika haritasi. (100% yoddan bilish shart) LINK

11. Abbreviations (shtatlarning qisqartma nomlari) LINK

12. Regions. (hududlar) LINK

13. Trucklarning turlari. LINK

14. Trailerlarning turlari. LINK

15. Trucklarning modellari. LINK

16. Truck driverlarning turlari. LINK

17. Factoring haqida malumot. LINK

18. Trucking industry dagi asosiy "o'yinchilar". LINK

19. Truck driverlarning qayerda yurishga qarab turlari. LINK

20. US Time Zone LINK

21. Logistika sohasida ishlatiladigan terminlar. LINK

22. Logistika sohasida ishlatiladigan terminlar haqida. 2 - qism. LINK

23. Trailer department haqida ma'lumot. LINK

24. Dispatcher yukni qayerdan oladi? Load Board lar haqida. LINK

25. Dispatcher eng ko'p ishlatadigan Load Boardlar ro'yxati. LINK

26. USDOT haqida malumot. LINK

27. FMCSA haqida malumot. LINK

28. Logistikada ish topish uchun nimadan boshlash kerak. LINK

29. Ish qidirishdagi asosiy qoidalar. LINK

30. Ish elonlari joylab boriladigan asosiy telegram kanallar. LINK

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23
What is the SAP program?

SAP dasturi nima?

SAP — bu Substance Abuse Professional (Giyohvandlik va Alkogolizmga Qarshi Mutaxassis) degan ma'noni anglatadi.

Agar yuk mashinalari haydovchilari giyohvand moddalar yoki spirtli ichimliklar bo‘yicha testlardan o‘tmasa yoki test topshirishdan bosh tortsa, ular SAP dasturida qatnashishlari kerak bo‘ladi.

Bu dastur quyidagi holatlarda talab qilinadi:

• Giyohvand moddalar yoki spirtli ichimliklar testidan o‘tmasa
• Test topshirishdan bosh tortsa
• Shu mavzuga oid boshqa qoidalarni buzsa

SAP dasturi AQShning Transport Vazirligi (DOT) tomonidan belgilangan yo‘l harakati xavfsizligi talablariga amal qilinishini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan. Ushbu dastur haydovchilarga xavfsizlikka oid vazifalariga qaytishga yordam beradi.

Dastur uch bosqichdan iborat:

1. Baholash: Sertifikatlangan mutaxassis haydovchining holatini baholaydi.
2. Tavsiyalar: Ta'lim yoki davolash dasturi, keyingi testlar va kuzatuvlar tavsiya qilinadi.
3. Tugatish: Haydovchi barcha talablarni muvaffaqiyatli bajargandan so'ng ishga qaytishi mumkin.

SAP dasturining davomiyligi haydovchining holati va dasturga tayyorligiga qarab o‘zgaradi. Test va kuzatuvlar 12 oydan 60 oygacha davom etishi mumkin.

Ba’zi kompaniyalar haydovchini SAP dasturini tugatgandan keyin ishga olishlari mumkin, lekin ko‘plab tashuvchilar bu kabi holatlarda bunday haydovchilarni ishga olishmaydi.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
DOT Medical Card (DOT tibbiy guvohnoma) — bu yuk mashinalari haydovchilarining sog‘lig‘i yaxshi ekanligini tasdiqlovchi hujjat. Uni olish haydovchining xavfsiz haydashga qodirligini ko‘rsatadi va tijorat transport vositalarini boshqarish uchun majburiy hisoblanadi.

1. Kimlarga kerak?

Yuk mashinalari yoki avtobus kabi tijorat transport vositalarini boshqaradigan haydovchilar uchun DOT Medical Card olish majburiydir. Haydovchining sog‘ligi yaxshi bo‘lishi va u uzoq masofalarda xavfsiz tarzda mashina haydashi kerak.

2. Karta olish jarayoni qanday?

• Tibbiy ko‘rikdan o‘tish: Siz sertifikatlangan DOT shifokoriga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak.
• Shifokor sizning ko‘zlar, quloqlar, qon bosimi, yurak va nafas olish tizimingiz kabi muhim jihatlarni tekshiradi. Bu haydovchi sifatida sizning sog‘lig‘ingizni baholaydi.

3. Qanday sog‘liq talablari bor?

• Yaxshi ko‘rish qobiliyati: Haydovchilardan ko‘zoynak yoki linza bilan bo‘lsa ham, yaxshi ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lish talab qilinadi.
• Yaxshi eshitish qobiliyati: Shuningdek, eshitish qobiliyati ham tekshiriladi, chunki yo‘l harakati xavfsizligi uchun haydovchi signal va boshqa tovushlarni yaxshi eshitishi kerak.
• Qon bosimi: Haydovchining qon bosimi normal bo‘lishi kerak, chunki juda yuqori bosim xavfli hisoblanadi.
• Sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolar yo‘qligi: Yurak kasalliklari, diabet yoki boshqa xavfli kasalliklar nazorat qilinadi.

4. Karta qanchaga amal qiladi?

DOT Medical Card odatda 2 yil amal qiladi. Agar sizda biror sog‘liq muammosi bo‘lsa, masalan, qon bosimi yuqori bo‘lsa, karta qisqa muddatga, masalan 1 yilga yoki undan qisqaroqqa berilishi mumkin.

5. Nima uchun bu karta kerak?

DOT Medical Card haydovchilarning sog‘ligi yaxshi ekanligini tasdiqlash uchun kerak. Yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash uchun yuk tashish bilan shug‘ullanadigan har bir haydovchi yaxshi sog‘liq holatiga ega bo‘lishi lozim.

6. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdagi muammolar

Agar siz DOT tibbiy ko‘rigidan o‘ta olmasangiz, haydovchilik faoliyatingiz cheklanishi yoki siz ishlayotgan kompaniya sizni ishga qabul qilmasligi mumkin. Ba’zi holatlarda, shifokor qo‘shimcha tibbiy davolanish yoki tekshiruvlar tavsiya qilishi mumkin.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12
TWIC karta (Transportation Worker Identification Credential)

AQShda xavfsizlik talablari yuqori bo‘lgan joylarga kirish uchun ishlatiladi, xususan dengiz portlari, kemalar, va boshqa transport infratuzilmasi hududlariga. Ushbu karta yuk tashish sohasi xodimlari, dengiz transporti xodimlari, va xavfli materiallar tashish bilan shug‘ullanuvchilar uchun zarurdir.

TWIC karta haqida to‘liq ma’lumot:

1. Karta kimlarga kerak?

TWIC karta quyidagi kasb egalari uchun zarur:
• Yuk tashish haydovchilari, ayniqsa, portlarga yoki xavfsizlik zonasiga kiradiganlar.
• Dengiz transporti sohasida ishlovchilar.
• Xavfli materiallar tashish bilan shug‘ullanadiganlar.
• Portlarda xavfsizlik bilan shug‘ullanadigan ishchilar va xodimlar.

2. TWIC kartani qanday olish mumkin?

TWIC kartani olish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:
• Ariza topshirish:
TWIC karta olish uchun TSA (Transport Security Administration) orqali onlayn ariza topshirish mumkin. Shu bilan birga, siz TWIC ariza markazlariga shaxsan borishingiz ham mumkin.
• Shaxsiy tekshiruv:
Ariza topshirgandan keyin TSA sizni xavfsizlik tekshiruviga (background check) oladi. Bu tekshiruvda sizning jinoyat holatingiz, milliy xavfsizlikka tahdid yo‘qligi kabi ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi.
Biometrik ma’lumotlar:
Fingerprint (barmoq izi) olish va suratga tushish majburiy.

3. TWIC karta qachon beriladi?

Arizangiz ma’qullanganidan keyin, odatda, TWIC kartani olish jarayoni 6 haftagacha vaqt olishi mumkin. TSA xavfsizlik tekshiruvini o‘tkazgandan keyin, siz kartani olasiz.

4. TWIC kartaning muddati

TWIC karta odatda 5 yil amal qiladi. Uni muddat o‘tishidan oldin yangilash mumkin.

5. TWIC kartasi bilan bog‘liq xarajatlar

• TWIC kartasini olish uchun to‘lov $125,25 ni tashkil etadi (ba’zi holatlarda to‘lovlar kamaytirilgan bo‘lishi mumkin).
• Agar faqatgina yangilash kerak bo‘lsa yoki qisqa muddatli yangilash bo‘lsa, bu narx pastroq bo‘lishi mumkin.

6. TWIC karta nima uchun zarur?

TWIC kartasi xavfsizlik nuqtai nazaridan talab qilinadi.

Xususan:
• Dengiz portlariga kirish:
Portlarda yoki xavfsizlikka ega zonalarda ishlovchi har qanday ishchi TWIC kartasini olishga majbur.
• Xavfli materiallar tashish:
Xavfsizlik talablari yuqori bo‘lgan hududlarga kirish uchun haydovchilar TWIC kartasiga ega bo‘lishlari kerak.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11
What is an Endorsement?

Endorsementlar yuk mashinasi haydovchilarining CDL (Commercial Driver’s License) guvohnomasiga qo‘shimcha ravishda oladigan maxsus ruxsatnomalardir. Bu ruxsatnomalar ularga turli xil yuk turlarini yoki transport vositalarini boshqarish huquqini beradi. Endorsementlar sinovdan o‘tishni va ba’zan maxsus treningni talab qiladi.

OTR (Over-the-Road) yuk mashinasi haydovchilari uchun asosiy endorsementlar:

1. Hazmat Endorsement (H)

• Hazardous Materials Endorsement xavfli materiallar, kimyoviy moddalar yoki portlovchi moddalarni tashish uchun kerak. Hazmat endorsementni olish uchun maxsus xavfsizlik tekshiruvidan o‘tish va qo‘shimcha testlar topshirish talab qilinadi. TSA xavfsizlik tekshiruvi ham zarur.
Imtihon mazmuni: Test xavfli materiallar bilan ishlash qoidalari, ularni tashishda rioya qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik choralarini qamrab oladi.

2. Tanker Endorsement (N)

• Tanker Endorsement yuk mashinasida katta hajmdagi suyuqliklar yoki gazlar tashish uchun kerak. Bu endorsementni olish uchun siz suyuqlik yoki gaz bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz kerak. Tanker endorsementi ko‘pincha Hazmat bilan birga talab qilinadi, ayniqsa suyuq kimyoviy moddalar tashilganda.

3. Doubles/Triples Endorsement (T)

• Doubles/Triples Endorsement ikkita yoki uchta trailer qo‘shilgan yuk mashinasini boshqarish uchun kerak. Bu endorsement yuk mashinasining tormoz tizimi va ko‘p trailerli transport vositasini qanday boshqarishni bilishni talab qiladi.
Imtihon mazmuni: Qo‘shilgan trailerlar bilan haydashda xavfsizlik va texnik bilimlarni qamrab oladi.

4. Tanker & Hazmat Endorsement (X)

- Bu Tanker (N) va Hazmat (H) endorsementlarining kombinatsiyasi bo‘lib, suyuq yoki gaz shaklidagi xavfli materiallarni tashish huquqini beradi. Bu endorsement olish uchun ikkala testdan ham muvaffaqiyatli o‘tish kerak bo‘ladi.

5. Passenger Endorsement (P)

• Bu endorsement tijorat transportida yo‘lovchilarni tashish uchun talab qilinadi. Avtobus haydovchilari yoki boshqa katta transport vositalarida yo‘lovchilar tashuvchi haydovchilar uchun kerak.

6. School Bus Endorsement (S)

School Bus Endorsement
maktab avtobusini boshqarish uchun talab qilinadi. Ushbu endorsement bolalar xavfsizligini ta’minlashga oid qoidalar va protokollarni o‘rganishni talab qiladi.

7. Endorsementlar nimaga kerak?

OTR haydovchilari turli endorsementlarga ega bo‘lishlari ularga ko‘proq yuk va yuk turlarini tashish imkonini beradi, bu esa daromadni oshirishga yordam beradi. Hazmat yoki Tanker kabi endorsementlarga ega bo‘lgan haydovchilar yuqori darajadagi xavfsizlik va mas'uliyat bilan bog'liq bo'lgan yuklarni tashiydi, bu esa ularga ko’proq pul topish imkonini yaratadi.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Elektr Yuk Mashinalari: Kelajakda Trucking Industriyasi Qanday O‘zgaradi?

Bugungi kunda elektr yuk mashinalari (electric trucks) trucking industriyasida katta o‘zgarishlarni olib kelmoqda. Yoqilg‘i xarajatlari oshib borayotgan bir paytda, bu yuk mashinalari nafaqat ekologik toza, balki iqtisodiy jihatdan ham tejamkor bo‘lishi mumkin. Kelajakka qarashli eng muhim tendensiyalarga bir ko‘z tashlaymiz!

Elektr Yuk Mashinalarining Afzalliklari:

Ekologik toza:
Elektr yuk mashinalari chiqindilarni kamaytiradi va uglerod izini sezilarli darajada pasaytiradi. Shaharlar va magistrallarda ifloslanishni kamaytirish bu texnologiyaning asosiy afzalliklaridan biridir.

Iqtisodiy tejamkorlik:
Elektr yuk mashinalari yoqilg‘i xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Elektr energiyasi benzin va dizel yoqilg‘isiga nisbatan arzon va barqaror bo‘lishi mumkin.

Texnik xizmatning kamayishi: Elektr yuk mashinalarida dvigatel qismlari kam bo‘lgani sababli texnik xizmat xarajatlari ham kamayadi.

Tesla Semi va Boshqa Brendlar
Elektr yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilari bo‘yicha eng mashhur brendlar:


Tesla Semi:

Tesla kompaniyasining yuk mashinasi bo‘lib, bir zaryadda 300-500 mile yo‘l bosishi mumkin. Bu yuk mashinasi yuqori texnologiyalar va xavfsizlik xususiyatlari bilan ta’minlangan.

Nikola Motors:

Nikola yuk mashinalari elektr va vodorod yoqilg‘isi bilan ishlaydi. Bu texnologiyalar uzoq masofaga qatnovchi yuk mashinalari uchun ideal variantdir.

• Volvo Trucks:

Volvo ham elektr yuk mashinalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Ular shahar ichidagi yuk tashish va qisqa masofalarga yuk tashish uchun juda mos keladi.

Elektr Yuk Mashinalarining Kamchiliklari:

Zaryadlash infratuzilmasi:
Elektr yuk mashinalari uchun zaryadlash stansiyalari yetarli emas. Zaryadlash infratuzilmasi global miqyosda rivojlanmoqda, lekin hali ham to‘liq tarmoq yaratish kerak.

Zaryadlash vaqti:

Yoqilg‘i quyish jarayonidan ko‘ra zaryadlash ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Ammo yangi texnologiyalar zaryadlash vaqtini qisqartirish ustida ishlamoqda.

Boshlang‘ich xarajatlar:

Elektr yuk mashinalari odatdagi dizel va benzinli yuk mashinalariga nisbatan qimmatroq bo‘lishi mumkin, lekin uzoq muddatli tejamkorligi bilan foyda keltiradi.

Kelajak qanday bo‘ladi?

Elektr yuk mashinalari kelajakka katta umid baxsh etmoqda. Ular nafaqat atrof-muhitni asrashga, balki kompaniyalar uchun operatsion xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi. Davlatlar va kompaniyalar ekologik toza texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu esa elektr yuk mashinalari sanoatini yanada tez rivojlanishiga olib kelmoqda.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
CDL A yuk mashinasi haydovchilari uchun zarur bo’lgan turli xil sug’urta turlari bor, ular yuk tashish biznesida xavflarni kamaytirish va huquqiy talablarni bajarish uchun muhim hisoblanadi. Quyida eng asosiy sug’urta turlari haqida ma’lumot beraman:

1. Primary Liability Insurance (Asosiy javobgarlik sug‘urtasi)

Bu sug‘urta yo‘lda kimnidir urib yuborsangiz yoki avariya qilib, birovga zarar yetkazsangiz, ularning zararini to‘lab berish uchun kerak bo‘ladi. Bu majburiy sug‘urta, hamma yuk mashinasi haydovchilarida bo‘lishi shart.

2. General Liability Insurance (Umumiy javobgarlik sug‘urtasi)

Agar yukni yetkazayotganda yuk egasiga yoki boshqa biror joyda kimningdir mol-mulkiga zarar keltirsangiz, bu sug‘urta shuni qoplaydi. Masalan, yukni tushirishda yuk egasining narsasini sindirib qo'ysangiz.

3. Physical Damage Insurance (Jismoniy zarar sug‘urtasi)

Bu sug‘urta yuk mashinangizga biror ziyon yetkazilsa — masalan, avtohalokat, yong‘in yoki o‘g‘irlik bo‘lsa — yuk mashinangizni tuzatish xarajatlarini qoplaydi.

4. Cargo Insurance (Yuk sug‘urtasi)

Agar siz yuk tashiyotgan bo‘lsangiz va yukni yo‘qotib qo‘ysangiz yoki zarar yetkazsangiz, bu sug‘urta yuk egasining zararini to‘laydi. Masalan, yuk mashinasidagi mahsulotlarga biror narsa bo‘lsa.

5. Bobtail Insurance

Agar yuk olib ketmayotganingizda, bo‘sh yuk mashinasi bilan yurayotgan bo‘lsangiz va avtohalokatga uchrasangiz, bu sug‘urta sizni himoya qiladi.

6. Non-Trucking Liability Insurance (Ish bilan bog'liq bo'lmagan sug‘urta)

Yuk tashimasdan, shaxsiy ishlaringiz bilan, masalan, uyingizga ketayotganda avariya qilgan bo‘lsangiz, bu sug‘urta sizga yordam beradi.

7. Workers' Compensation Insurance (Ishchilarni sug‘urtalash)

Agar yuk mashinasi haydovchisi ish paytida jarohat olsa yoki kasallansa, bu sug‘urta uning davolanish va boshqa xarajatlarini qoplaydi.

8. Uninsured/Underinsured Motorist Insurance (Sug‘urtalanmagan haydovchilar sug‘urtasi)

Agar avtohalokatda boshqa taraf aybdor bo‘lsa, lekin u sug‘urtalanmagan yoki sug‘urtasi yetarli bo‘lmasa, bu sug‘urta sizning zararlaringizni qoplaydi.

Xulosa:
Yuk mashinasi haydovchisi sifatida sizga yo‘lda o‘z xavfsizligingiz va boshqalarning zararini to‘lash uchun turli sug‘urtalar kerak bo‘ladi. Har bir sug‘urta turli xil xavflardan himoya qiladi.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Logistika kompaniyalarida Fleet Department ?

Trucking kompaniyasidagi Fleet Department – bu yuk tashishdagi barcha yuk mashinalarini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi bo‘lim. Bu bo‘limning asosiy ishi kompaniyadagi yuk mashinalarining ishlashini, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini, hujjatlarining joyida bo‘lishini va haydovchilar bilan bog‘liq masalalarni tartibga solishdan iborat. Endi bu bo‘lim nima ish qilishini soddaroq tushuntirib beraman:

• Fleet Departmentning vazifalari:

1. Yuk mashinalarini kuzatish va boshqarish:

Har bir yuk mashinasining qayerda ekanini, qachon texnik xizmat kerakligini va qanday holatda ekanini bilib turish kerak. Fleet bo‘limi yuk mashinalarini kuzatish uchun GPS kabi maxsus tizimlardan foydalanadi, bu orqali yo‘llarda har bir mashina qayerdaligi ko‘rinib turadi.

2. Mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish:

Yuk mashinalarining buzilib qolmasligi uchun ularga muntazam texnik xizmat ko‘rsatish kerak. Masalan, mashinaning moyini almashtirish, tormozlarini tekshirish, shinalarini ko‘rish va boshqa texnik xizmatlar vaqtida amalga oshirilsa, yuk tashishda katta muammolarga duch kelinmaydi. Fleet bo‘limi mashinalarning buzilmasligini ta’minlashga harakat qiladi.

3. Sug‘urta va qonuniy hujjatlar:

Har bir yuk mashinasi sug‘urtalangan bo‘lishi shart va huquqiy hujjatlari (masalan, texpasport va haydovchilarning sertifikatlari) yangilangan bo‘lishi kerak. Fleet bo‘limi bu hujjatlarning joyida va yangilangan ekanini tekshiradi. Shuningdek, mashinalar Federal Motor Carrier Safety Administration (FMCSA) tomonidan belgilangan qoidalarga rioya qilishiga e'tibor beradi.

4. Yoqilg‘i va xarajatlarni boshqarish:

Kompaniyaning eng katta xarajatlaridan biri yoqilg‘i. Shuning uchun Fleet bo‘limi yuk mashinalarining yoqilg‘i samaradorligini kuzatib, imkon qadar yoqilg‘ini tejashga harakat qiladi. Masalan, uzoqroq, ammo yoqilg‘ini tejashga imkon beradigan yo‘llarni tanlash mumkin.

5. Yangi yuk mashinalari sotib olish va eskilarini yangilash:

Kompaniyada ishlatilayotgan yuk mashinalari eskirib qolsa yoki yangisi kerak bo‘lsa, Fleet bo‘limi qaysi mashinalarni olish kerakligini hal qiladi. Bu yerda ular yoqilg‘i tejamkorligi, texnik xizmat ko‘rsatish qulayligi va narxni hisobga olishadi.

6. Haydovchilar bilan aloqa:

Haydovchilar yuk mashinalaridan to‘g‘ri foydalanishi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi kerak. Fleet bo‘limi haydovchilarga qachon texnik xizmat kerakligi, qachon yuk mashinasini ta'mirlash kerakligi yoki qanday xavfsizlik choralariga rioya qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar beradi.

🔗Logistics Info
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5