Lochinbek's notes [Top G]
7 subscribers
1 photo
Download Telegram
Channel photo updated
🌙Bismillah 🌙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ The more pain you experience, the more dopamine are released to get yourself back to WORK.

#notes_1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ The problem isn't the pleasure itself. The problem is the pleasure achieved without pursuit.

#notes_2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ When people's dopamine is low, they tend to overestimate, when their dopamine is high(er), they tend to underestimate TIME.

#notes_3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Anyone who gets too much pleasure without having to pursuing it(pain-pleasure-pain-pleasure...) has a tremendously hard time accessing to it later on.

#notes_4, #izyuminka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Addiction is wanting something really bad without liking it.

#notes_5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ "No one is afraid of failure; they're only afraid of other people's judgment on their failure."
- Alex Hormozi

#notes_6
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ You suck a lot. You suck less. And eventually good.

#notes_7
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Sadness comes from lack of options.

#notes_8
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ I'm not afraid of living with limited resources; I'm just afraid of watching my loved ones live with resource limitations.

#Notes_9 (mine)✔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ If you've become successful, you did something. How you felt about it is irrelevant.

#notes_10
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Avoiding punishment is more powerful in the short term while seeking a reward is more powerful in the long term to keep the behavior going.

#notes_11
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Values are skills that can be trained.🌟

#notes_12
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ People often overestimate what they're capable of doing on a given day. They also underestimate what they're capable of doing in the long window.
- James Clear

#notes_13
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erta uyquga yoting 😴

Koʻp oʻquvchilarda erta uyqudan turolmaslik odati bor va bundan shikoyat qilishadi. Aynan shu yerda bir savol tugʻiladi:
Nimaga erta turmoqchi siz? Oʻzi erta turish shartmi?

Erta turish - bu kichikroq maqsad(dars tayyorlash, sport)ga erishishda yordam beradigan bir vosita.

Keling, maqsad dars tayyorlash boʻlsin. Bunda eng aqlli qaror turgan zahoti bir stakan tetiklashtiruvchi iliq suv ichgandan soʻng eng koʻp vaqt va mehnat talab qiladigan darsni tayyorlash boʻladi.

Tongda baraka boʻlganligi va tiniq uyqudan keyingi tanangizdagi qaynab turgan energiya tufayli turiboq eng qiyin vazifani bajarish oqilona qarordir va bu sizga tongdagi qisqa vaqtda koʻproq va qiyinroq vazifani yaxshiroq bajarishga imkon beradi.

Demak, shuncha narsaga olib boradigan vosita boʻlmish erta uygʻonish, endi biz uchun maqsadcha ga aylanadi va bu maqsad amalga oshirilishi uchun vosita talab qiladi. Ana shu vosita "erta uyquga yotish"dir. Toʻgʻrisi, men shu paytgacha "maqsadcha"ga erishish uchun bundan sodda va samarali "vosita"ga duch kelmadim.

Agar siz nimadir sabab bilan erta uyquga yotolmasangiz (yoki shunchaki shunday deb oʻylaysiz) va shu sababli vaqtli turishda muammoga duch kelsangiz yaxshisi, erta turishingizga yordam beradigan vosita sifatida biror yaqin insoningizning, masalan, onangiz, doʻstingiz yoki "biri"(agar boʻlsa)ning koʻmagidan foydalaning.
Ishoning bu "budilnik" dan ancha samaraliroq.

Ushbu postni biror kitobda oʻqigan yoki videoda koʻrgan yoxud eshitgan maslahatini yozayotgan odamning soʻzlari deb emas, balki buni oʻzi ham hayotida bir necha marotaba sinab koʻrib yaxshi samaralar olgan birining soʻzlari deb qabul qiling.

#My_thoughts

⭐️@Lochinbeks_notes⭐️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxsiyatingizni rivojlantiring yoxud saviyasizlar darajasiga tushmang (Bu postni saviyasizlar oʻqiy olmaydi!)

Buning uchun eng birinchi "katta kanallar" (obunachilari 6 xonali sondan iborat boʻlgan, oldi-qochdi koʻngilochar, saviyasiz va asosan negativ yangiliklar "reklama" qiladigan) dan darhol chiqib keting yoki umuman kommentariyasiga kirmang.

Deylik, bitta shunaqa kanal 300 ming obunachiga ega + kommentariyasi ochiq va aytaylik bir negativ yangilik ostida hamma oʻz fikrini qoldiryapti, shu jumladan siz ham. Bu fikrlar xilma-xilligi kamida 150 ming xil. Shunda siz qolgan 150 ming odamga qarshi oʻz fikringizni himoya qilishga toʻgʻri keladi. Bunga realniy vaqtingiz va sabringiz yetmaydi. U yerdan joy olgan ota-onasi tarbiya berishni unutib qoʻygan saviyasiz odamlar(viloyat yoki tuman ajratadigan, takabbur, shaharlik yoki poytaxtlik ekanligi bilan maqtanadigan, "kamerachi" hezalaklar, fikri zaifligidan haqoratni oʻziga qurol qilib olgan bechora kishilar) sizni quyushqondan chiqishingizga majbur qiladi, telbalarcha yoki goʻdaklarcha fikrlari yoki "beldan pas" haqorat-u kamsitishlari tufayli.
Bu sizni asabiylashtiradi va tabiiyki sogʻligʻingiz uchun zararli. Shuningdek, ikkinchi tarafdan, siz saviyasizlarning izohlarini oʻqish va bunaqalarga kun ora virtual duch kelish orqali oʻzingiz ham saviyasizlik bulogʻidan sugʻorilayotganingizni sezmay qolasiz, yaʼni bora bora ular darajasiga tushasiz.


Va bu alal oqibat, sizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishingiz uchun oʻta zarur boʻlgan diqqat va sabr degan qadrli xislatlardan sizni mahrum qiladi. Eng avvalo bularsiz va + mehnatsiz aytarli yutuqqa erishib boʻlmaydi, ham hayotda ham karyerada.

Yozaman desam, hali juda koʻp asosli fikrlar bor, quyulib kelayapti, lekin hozircha shu yerda tugatmoqchiman. Chunki saviyasizlarning sabri tugayapti, ular biror kattaroq hajmli va saviyali informatsiyani eʼtibor bilan oʻqiy olmaydigan darajada diqqatsizdir.


Oʻzingizdan koʻra teranroq fikrlaydiganlar bilan doʻstlashing, kitob oʻqing, katta hajmli maʼnaviyatni oʻstiradigan podkastlar eshiting va oʻz egoyingizni jilovlashni oʻrganing. Mayda-chuyda, qisqa va faqat koʻngilochar kontentlarga mukkasidan ketgan mayda odamchalarga aylanib qolmang.

#My_thoughts

⭐️@Lochinbeks_notes⭐️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Yaratganning sizga atagani bor" yoxud "Orzular ushaladi"

Koʻpchilik Leonel Messi haqida eshitgan boʻlsa kerak, hatto qizlar ham. Bugun u yana bir katta sovrin yutdi, juda katta. Shu oʻrinda, bu post Messi biografiyasi haqida emasligini, faqat misol (yoki namuna) tariqasida keltirayotganimni aytib oʻtmoqchiman.

Messi 37 ga kirgan. Futbol olamida qanaqa shaxsiy yoki jamoaviy sovrin boʻlsa, barchasini qoʻlga kiritgan. Ammo hayratlanarlisi, u o'zi uchun eng eng qadrli 3 ta katta sovringa oxirgi 3 yilda, 34 yoshga kirgandan soʻng erishdi:
2021-yil: Janubiy Amerika Chempioni;
2022-yil: Jahon Chempioni;
2024-yil: Janubiy Amerika Chempioni.


Soʻnggi 3 yilda 3 ta katta jahon miqyosidagi sovrin.

Yanayam hayratlanarlisi, Messi 34 ga kirishidan oldin, milliy terma jamoa libosini kiygandan beri, birorta sovrin yutmagan, ha yutmagan.

Lekin u yutishga juda yaqin kelgan, 3 marta ketma-ket finallarga chiqqan:
2014-yil: Jahon Chempionati Finalida yutqazgan - 2-o'rin;
2015-yil: Amerika Kubogi Finalida yana yutqazgan - 2-o'rin;
2016-yil: Amerika Kubogi Finalida yana yutqaziq - 2-o'rin.


Ammo Lionel harakatdan va umid qilishdan, yorugʻ kunlar kelishiga ishonishdan toʻxtamadi. Va alaloqibat, orzulariga erishdi.

Siz (men) ham hozir Messining 34 yoshidagiga oʻxshash ahvolda boʻlishingiz mumkin: Depressiya, natijasizlikdan hafsalasi pir boʻlganlik, umidsizlik, qator omadsizliklar, odamlarning sizni "qoʻlidan bir ish kelmaydigan odam" deb atashi va hokazo.

Orzuyingizga erishish uchun tirishqoqlik va matonat bilan davom etavering, toʻxta(t)mang(!) Balki sizning ham hayotingizda, xuddi Messida boʻlgani kabi, keyingi 3 yilda oʻta katta oʻzgarishlar sodir boʻlar. Katta muvaffaqiyatlarga erisha(r)siz. Shunday boʻlishiga ishoning.

Kutgan natijangiz kutilmaganda keladi. Sevintirib keladi. Faqat buning uchun biroz kutishingiz kerak. Sabr va Mehnat bilan. Yaratganga ulkan ishonch bilan.

Oz qoldi. Xayrlisi kuttiradi 😊

#My_thoughts

⭐️@Lochinbeks_notes⭐️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Desperation breeds foolishness.

#notes_15
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️ Attraction 🧲 is the values and choices of your partner, not how they simply look in the mirror 🪞

#notes_16
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM