LoGoPeDʼs Blog👩‍💼👩‍⚕👅
501 subscribers
229 photos
196 videos
166 files
101 links
My Target is LoGoDotSent...InshaʼAllah

📌Mazkur kanalda siz Defektologiya sohasidagi yangiliklar 👩‍🏫👩‍⚕️👩‍💼👅


Logoped-psixologlarning ish hujjatlari,
aqlni charxlovchi testlar bilan tanishishingiz mumkin 📚📚🎗️


Bogʻlanish uchun; @Hoped_bot
Download Telegram
#hayrli_kun

Ajoyib manzarali tongda uyg'onganingizni özi BAXT.
HAYRLI KUN BAXTLILAR
.
🤗🤗🤗

@LoGoDotSent
​​Lab-tish sigmatizmida meʼyor xosil kilish usuli

Koʻzgu roʻparasida bolaga toʻgʻri artikulyatsiya koʻrsatiladi.
Agarda bola bu holatni takrorlashga qiynalsa, quyidagi ma-
shqlar qoʻllaniladi:

1-usul. Til uchi pastki tish va milkka taqalgan holda, lab va
tish holati normal artikulyatsiya talab qilganidek. Oʻpkadan chi-
qayotgan havo oqimining uzoq va toʻgʻri chiqishi mashq qilinadi.


2-usul. Oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining toʻgʻri chiqayot-
ganini bola his etishi kerak. Mashq bajarilayotganda havo
oqimining toʻgʻri chiqayotganini nazorat qilish uchun paxta
tolasini kaftga qoʻyib, bir xilda tebranishini kuzatish
mumkin. Havo oqimi yonlanma chiqayotgan boʻlsa, =Sz tovushi-
ni bola alohida talaffuz qiladi. Bola nutqi va lugʻatida
Se tovushlari hosil boʻlmaydi. Bola kafti bilan chiqayotgan
havo oqimini his qilishi kerak. Bolani til, lab, tish ar-
tikulyatsiyasi notoʻgʻri boʻlsa havo oqimi qoʻlga sezilmaydi.
Natijada 4Sa tovushining hosil boʻlishi qiyinlashadi. Havo
oqimi tekis, uzoq muddat hosil boʻlsa kS2 tovushi boʻgʻin-
larda, soʻzlarda mustahkamlanishiga sharoit yaratiladi.


@LoGoDotSent
​​Lab sigmatizmida meʼyor hosil qilish usuli

1-usul. Koʻzgu roʻparasida Z tovushining toʻgʻri talaffuzi
koʻrsatiladi. Bolaga talaffuzda pastki lab old tishlarga teg-
masligi yoki labii old tishlarga yaqinlashtirmaslikka hara-
kat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bola berilgan vazifa-
ni ixtiyoriy ravishla bajarl olel, ushbu mashk takrorlanadi.
Vazifani bajarishda qiyinchilik boʻlsa. Ishni artikulyatsi-
on mashqlarni bajarishlan boshlanadi.

2-usul. Umumiy artikulyatsion mashqlardagi lab uchun 2-
mashqni takrorlash asos qilib olinadi. Ushbu holatda old
tishlarni koʻrsatish va yopish mashqi bir necha bor ketma-ket
takrorlanadi. Zarur boʻlganda pastki labni barmoq bilan
ushlab turish, yaʼni jilmayib tishlarni koʻrsatishga yordam
beriladi. Bola mashqni mustaqil oʻrgangach barmoqdan foy-
dalanilmaydi. Z tovushining meʼyoriy artikulyatsiyasini
qoʻllanib, sof holatda aniq hosil boʻlgach. Z tovushlarini
boʻgʻinlar va soʻzlarda mustahkamlash mumkin.

3-usul. Lab lish sigmatizmiga sabab boʻladigan yana bir holat
tishlarning notoʻgʻri joylashishi, ustki va pastki old tishlar
jipslashganda oraliq boʻshliq hosil boʻlishi natijasida ham
tovush talaffuzi buzilishi mumkin. Bolaning ota-onasiga murojaat etish tavsiya etiladi. Stomatolog hamkor-
ligida ishlash yaxshi samara beradi.

Bolada qanday anatomik kamchilik boʻlishiga qaramasdan,
Z tovushining artikulyatsiyasini mashq qilish natijasida
toʻgʻri talaffuzga erishiladi.
T.me/LoGoDotSent
Logopedik ish metodikasi

Bradilaliyani bartaraf etishda logopedik usullar qo'yidagilarga
yo`naltiriladi:

— nutq jarayonida birmuncha tez va aniq nutqiy harakatlarni
tarbiyalash;

— tezlashgan nutqiy reaksiyalarni tarbiyalash;

— ichki nutq tempini tarbiyalash;

— oʻqish va yozuv tempini tarbiyalash;

— sahnabop o`qish va dramalashtirilgan nutqning ifodali shakllarini
tarbiyalash va h.k.;

— nutqning to'g'ri prosodik tomonini tarbiyalash: temp, ritm, ohang,
pauza, urg'uni.

Yaqqo! ifodalangan bradikineziyada birinchi navbatda umumiy
motorikani normallashtirish muhim: birmuncha tezlashgan tempda
umumiy harakatlar ritmi, maqsad sari yo`nalganligi, koordinatsiyasi; so`ng
qoʻl praksisini shakllantirish; eshituv, ko'ruv diqqatini, bir obyektdan
ikkinchisiga diqqatni koʻchirish tempini birmuncha tezlashuvini, ritmlarni
idrok qilish va amalga oshirish va hokazolarni rivojlantirish muhimdir.
Motorikaninig normallashuviga ko`ra nutqiy material kiritiladi.

Korreksion ishning barcha ko`rinishlari turli xil nutqiy mashqlarga
asoslanadi. Asosiy mashqlar: turlicha murakkablikdagi nutqiy materialni
talaffuz qilish (bo`g`inlarni, so'zlarni, qisqa jumlalarni, tez aytishlarni va
h.k.);

O'qish (logoped bilan birgalikdagi, so`ng mustaqil), qo`l bilan chertib
maqomga solish ostida o'qish, metronom ostida tempni sekin-asta tezlatish
bilan gapirish va oʻqish; tezlashgan tempda magnitofon lentasiga yozib
olingan nutqiy materialni eshitish va gapirib berish; logoped tomonidan
berilayotgan takt ostida, oldindan aniq gapirib olish bilan bo'g'inlar,
so`zlar va shu kabilarni yozish, so`ng bolaning o`ziga o'zi berayotgan
takti ostida yozish; ichki nutq tempining tezlashuvi uchun turli xil temp
va ritmdagi tashqi ta'sirlovchilarning ta'siri jarayonida tasavvur ustida
ishlash; bemorni logoped bilan turli xil personajlarning nutqiy
xususiyatlarini o'rganib, dialog shaklida amalga oshirib berishi, so`ng
guruhdagi do'sti bilan; dramalashtirish mazmuniga mos ravishda sahnaviy
xatti-harakatni tarbiyalash.

T.me/LoGoDotSent
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aссалому алайкум. Чоршанба тонги муборак бўлсин 😊👍

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!


@LoGoDotSent