Amalga oshmagan Sea Lion ( Dengiz Sheri) operatsiyasi
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat

🤩1
O'zi kanalni o'qiyabsizlarmi 😀? Kam obunachi bo'lsada, stabil tarzda post qilyabman
Anonymous Poll
100%
Ha. Barchasini qoldirmay o'qiman
0%
Doimo emas, lekin o'qib turaman
0%
Yo'q. Deyarli o'qimayman
Lutwaffe - Reyxning osmondagi ustuni
Oxirigi postlarimizda Lutwaffe haqida ko'p yozyabmiz. Obunachilarda bu nimaligi haqida qiziqish bo'lishi tabiiy. Hullas bugun o'sha osmon hukmdorlari - Lutwaffe haqida.
LUFTWAFFE (1935–1945). Germaniya havo kuchlarining ko‘tarilishi va qulashi haqida. Yaratilishi va yashirin rivojlanishi 1919–1935- yillarga borib taqaladi. Versal shartnomasi Germaniyaga har qanday harbiy aviatsiyani taqiqlagan. Lekin 1920-yillarda Reichswehr aviatsiyani yashirin qayta tiklay boshladi. Sovet Ittifoqi bilan yig‘ma mashg‘ulotlar (Lipetsk aviabazasi), “Sport aviatsiyasi maktablari” niqobi ostida uchuvchilar tayyorlandi. 1933-yilda Gitler hokimiyatga kelgach, aviatsiya ustuvor yo‘nalish sifatida tanlandi. 1935-yil 1-martda Luftwaffe rasmiy ravishda tashkil etildi. Rahbari esa Hermann Göring (Birinci jahon urushi uchuvchisi) etib tayinlandi.
Luftwaffe konsepsiyasi Blitzkrieg uchun yaratilgan kuch edi. Germaniya havo kuchlarining asosiy vazifasi: quruqlik qo‘shinlarini maksimal tezlikda qo‘llab-quvvatlash. Shu sababli ular og‘ir bombardimonchi floti qurmagan, uzoq masofali strategik aviatsiya yaratmagan, taktik zarba aviatsiyasiga tayanishgan. Asosiy kuchlar Messerschmitt Bf 109 — asosiy qiruvchi, Junkers Ju 87 “Stuka” — yuqori aniqlikdagi sho‘ng‘uvchi bombardimonchi, Heinkel He 111, Dornier Do 17, Junkers Ju 88 — o‘rta bombardimonchilar bo'lgan. Bu kompozitsiya 1939–1941-yillarda juda samarali bo‘ldi.
Lutwaffening dastlabki muvaffaqiyatlari 1936–1941-yillarga to'g'ri keladi. Ispaniya fuqarolar urushi (1936–39).“Legion Condor” orqali Luftwaffe birinchi jangiy tajribaga ega bo‘ldi. Guernica bombardimoni - yangi taktikalar sinovi bo'ldi. Polsha, Fransiya, Norvegiya, Benilyuks dagi amaliyotlar. Tezkor portlashlar, aerodromlarni falokatga uchratish, qo‘shinlarni yakson etish. Stuka aynan shu yillarda o‘zining eng yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. Barbarossa (1941) dagi operatsiyalar. 3000 dan ortiq samolyot bilan Sovet aviatsiyasini dastlabki kunlarda deyarli yakson qilgan. Luftwaffe jangning birinchi 6 oyida Germaniyaning asosiy quroli bo‘lib xizmat qildi.
Luftwaffe’ning asosiy kamchiliklari haqida aytadigan bo'lsak. Unda uzoq masofali strategik bombardimonchi yo‘q edi. Shu sababli Londonni(1940) to‘liq falaj qilisholmadi, SSSRning Ural orti sanoatini urisholmadi. Samolyotlar modernizatsiyasi sekinlashdi. 1941-yildan keyin Bf 109 havo ustunligini yo‘qota boshladi. Ju 87 Stuka zamonaviy havo janglarida omon qolmay qoldi. Pilotlar rotatsiyasi noto‘g‘ri olib borildi. Germaniya tajribali uchuvchilarni frontdan almashtirmasdi. 1943–44 yillarga kelib eng tajribali kadrlari yo‘qoldi. Sanoat yetishmovchiligi esa urush oxiriga kelib eng asosiy muammoga aylandi. 1943-yilgi ittifoqchilar bombardimonlari avion zavodlarini izdan chiqardi. Yoqilg‘i tanqisligi havo kuchlarini deyarli falajsiz qoldirdi.
Lutwaffe uchun Birinchi yirik mag'lubiyat Angliya jangi (1940) sodir bo'ldi. Bu jangdagi asosiy xatolar radar tizimini yo‘q qildik deb o‘ylash, aerodromlarga bosimni davom ettirmaslik, Londonga strategik hujumga o‘tish — RAFga vaqt berdi. Natijada Luftwaffe havo ustunligini qo‘lga kirita olmadi. “Sea Lion” operatsiyasi bekor qilindi.
Lutwaffening "qulash" davri 1943–45- yillarda sodir bo'ldi. 1943-yil Kurskdan keyingi inqirozlar boshlandi. Sovetlar modern qiruvchilarni (La-5FN, Yak-9) ko‘paytira boshladi. Luftwaffe o‘zining eski modellari bilan yetisha olmadi. 1943–44-yillarda Ittifoqchilar strategik bombardimoni kuchaydi. Messerschmitt Bf 110 va Me 410 lar esa og‘ir bombardimonchilarga qarshi samara bermadi. Faqat Fw 190 A va D seriyalari qisman yordam berdi. 1944-45-yillarda esa yoqilg‘i tanqisligi avjiga oldi. Pilotlar soni bor, ammo parvoz uchun yoqilg‘i yo‘q. Havo maktablari esa samolyotsiz qoldi.
Göringning noto‘g‘ri qarorlari, Hitlerning beto‘xtov aralashuvi, resurs tanqisligi bularning barchasi Luftwaffe’ni 1945-yilga kelib deyarli yo‘q qildi.

Lutwaffening Urush davridagi emblemasi (1933 - 1945)
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
Fransiyaning “so‘nggi generali”, qarshilik ramzi va prezident
Fransiyaning urush davridagi generali, qarshilik ramzi Sharl de Goll haqida. Sharl de Goll 1890-yil, Lilleda tug‘ilgan. Harbiy akademiyani Saint-Cyr (Fransiyaning West Point’i)da o'tagan. Birinchi jahon urushida Verdun yaqinida jang qilgan, asir tushgan. 1920–30-yillarda harbiy nazariyotchi sifatida tanilgan mexanizatsiya, tanklar guruhli hujumi, harakatchan armiya g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Biroq uning g‘oyalari Fransiyada deyarli qabul qilinmadi, ammo nemislar Guderian orqali undan ilhomlangan.
Fransiya nemislar tomonidan mag‘lub etilayotgan paytda de Goll brigada generali bo‘lgan. 1940-yil may oyida kichik tank bo‘linmasi bilan qarshi hujum uyushtirib, mahalliy muvaffaqiyatga erishgan -bu vaqtida fransuz qo‘mondonlari qochishni boshlagan edi. 16-iyunda Mudofaa vazirining o‘rinbosari bo‘ladi. Peten hukumati kapitulyatsiyani qabul qilmoqchi bo‘lganda de Goll keskin qarshi chiqdi.
de Goll 1940-yil 18-iyunda London radiosi orqali mashhur murojaat qildi
Shu kundan boshlab u Franssiya qarshilik harakatining ramziga aylandi. Britaniya uni “Erkin Fransiya” rahbari sifatida tan oldi. De Goll Liviya, Chad, Kongo, Kamerun kabi koloniyalarni o‘z tarafida ushlab qoldi. Keyinchalik fransuz razvedkasi, partizanlari, Afrika kuchlari — barchasi unga bo‘ysundi.
De Goll juda mustaqil xarakterga ega edi, shu sababli Uinston Cherchill bilan tez-tez to‘qnashgan. AQSh prezidenti Ruzvelt esa uni yoqtirmagan. Ruzvelt de Gollni haddan tashqari ambitsiyali deb bilgan. Shunga qaramay, Ittifoqchilar Fransiyani ozod qilganda de Goll Parijga birinchi bo‘lib kirgan va siyosiy nazoratni o‘z qo‘liga olgan.
1944-yil 25-avgust Parij ozod etildi. De Goll shaharga kirib kelib: “Parij ozod! Ammo Parij o‘zi ozod bo‘ldi!” deb e’lon qilgan. Uning maqsadi Fransiya Ittifoqchilarning “protektorati”ga aylanib qolmasin. De Goll Muvaqqat hukumatni boshqardi va kommunistlar ham, monarxistlar ham unga qarshi bo‘la olmadi.
1946-yilda siyosiy nizolar sabab iste'foga chiqdi. 1958-yilga kelib, Jazoir inqirozi fonida yana hokimiyatga qaytishga majbur bo‘ldi. Beshinchi Respublika konstitutsiyasini yaratdi — bugungi Fransiya aynan shu tizim bilan boshqariladi. 1959-1969-yillarda Prezident bo‘lgan.
De Goll nisbatan mustaqil siyosat yuritgan. Shu sababli NATOning harbiy tuzilmasidan chiqdi (1966). AQShning Yevropadagi haddan tashqari ustunligiga qarshi bo‘lgan. Fransiyani “o‘z yo‘li” bo‘lgan yevropa kuchiga aylantirmoqchi edi. Fransiyani “uchinchi yadro kuchi”ga aylantirdi. “Force de frappe” - mustaqil frantsuz yadro triadasini yaratdi. Jazoirdagi urushni tugatdi va Jazoirga mustaqillik berdi. Buning uchun o‘zining sobiq qo‘mondonlari tomonidan hatto suiqasdlar bo‘lgan (OAS).
De Goll 1969-yilda referendumdan keyin iste'foga chiqdi. 1970-yilda esa vafot etdi.Bugun de Goll Fransiyaning eng muhim davlat arbobi, Ikkinchi jahon urushidagi qarshilik timsoli, mustaqil Yevropa konsepsiyasining asoschisi sifatida tan olinadi.

“Fransiya yutqazdi, ammo mag‘lub bo‘lmadi.”

🕊1
Nutq so'zlayotyan Sharl de Goll ( 1890 - 1970 )
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
Britaniyaning 80 tonnalik g'aroyib loyhasi - TOG II
TOG - “The Old Gang” degani, ya'ni Birinchi jahon urushi davridagi eski britan tankchilar guruhiga ishora. 1939–40-yillarda Britaniya yangi urush yana xandaq urushiga o‘xshab ketadi deb o‘ylab, shu eski guruhga ulkan tank loyihasini berdi. Maqsad keng xandaqlarni bosib o‘tish, beton to‘siqlarni yorib kirish, sekin ammo mustahkam “qamal tanki” yaratish edi.
TOG II yakuniy prototip bo‘lib, 1941–43 yillarda ishlab chiqilgan. Og‘irligi tahminan 80 tonna, uzunligi 10 metrga yaqin bo'lgan. Balandligi 3 metrga yaqin, ekipaj soni 6 nafar edi. Qurollanishiga keladigan bo'lsak dastlab 76 mm, keyinchalik 17-pounder (76,2 mm) to‘pi o‘rnatilgan. Bu to‘p “Firefly” tankidagi bilan bir xil edi. Zirh 76 mm gacha bo'lgan. Harakatlanishi esa dizel generator - elektr motor (elektr uzatmalar tizimi)li bo'lib, bu Gremyashchiy sinfidagi kemalar va Ferdinand/Elefant SPG’dagi tizimga o‘xshash edi. Tezligi bor-yo‘g‘i 13–14 km/soat, g‘ildiraklari juda uzun g‘ildirak tizimi — tırtillar butun uzunlik bo‘ylab.
Biroq ushbu tank frontda ishlatilmadi. Sababi Urush xarakteri o‘zgargan, 1940-yildan boshlab janglar xandaqlarda emas, tezkor harakat, blitskrig, mexanizatsiya bo‘ldi. TOG II bunday urushga butunlay mos emas edi. Hamda tank juda og‘ir va katta. 80 tonnalik tankni ko‘priklar ko‘tarmaydi, temir yo‘l orqali tashish mushkul, maydonda manevr qilish juda sekin bo'lgan. Bularga qo'shimcha ravishda ishlab chiqarish qimmat va noqulay. Britaniyada resurslar cheklangan edi, ustuvorlik esa Cherchill, Cromwell, Valentine, Matilda kabi real jangga mos tanklarga berildi.
TOG II - faqat 1 dona prototip ishlangan. U hozirgacha saqlanib qolgan va Bovington Tank Museumda turibdi. Biroq harakatlanishi bo‘yicha sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lgan, lekin hech qachon jangga yuborilmagan.
TOG II na muvaffaqiyat, na harbiy yutuq - lekin Britaniya urush boshidagi qat’iy xandaq taktikasi mentalitetini aks ettiradi. Mexanik tajribalar (elektr uzatma) keyingi britan texnikalariga asos bo‘lgan. Tarixdagi eng noodatiy, eng uzun va eng “fantastik ko‘rinishga ega” haqiqatdagi super-og‘ir tanklardan biri.

Bovington muzeyidagi TOG II ( Buyuk Britaniya )
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
Yaponiyaning so'nggi katta loyhasi - Nakajima G8N Renzan
1943-yildan boshlab Yaponiyada front ortga ketdi. AQShning B-29 Superfortress bombardimonchilari Tokio, Osaka va Nagoyani yer bilan yakson qila boshladi. Shunda Yaponiyo dengiz floti strategik javob sifatida yangi “super bombardimonchi” buyurtma qildi. Asosiy vazifa uzoq masofaga uchish (AQSh orollariga qadar), katta bomba yukini ko‘tarish, bartaraf etish qiyin bo‘lishi, kamida B-29 darajasiga yetish lozim edi. Nakajima G8N shu talab asosida yaratilgan.
Nakajima G8N uzoq masofali dengiz bombardimonchisi bo'lgan. Nakajima Hikōki KK tomonidan ishlab chiqilgan. Ekipaj 10–11 kishi. Samalyot uzunligi 22,94 m, qanotlar kengligi 30,48 m, balandligi 7,2 m bo'lgan. Dvigateli 4 × Nakajima NK9 Homare 22 radial dvigatellarga ega bo'lib, har biri 2000 ot kuchi atrofida edi. Maksimal tezlik esa 593 km/soat bo'lgan. 3 000 km dan ortiq masofani bosib o'tishga mo'ljalangan. Parvoz balandligi 10 000 m edi.
Nakajimada uzoqdan boshqariladigan zenit minoralari (Yaponiyada birinchi bor) o'rnatilga bo'lib, 20 mm to‘plar, 13 mm pulemyotlar bilan qurollantirilgan. Bomba yuklamasi 4 000 kg gacha ortilgan. Bu Yaponiyaning shu vaqtgacha yaratgan eng ilg‘or bombardimonchisi edi.
Biroq ushbu samalyotdan faqat to'rt dona qurilgan holos. Seriyali ishlanmaganini asosiy sababi esa 1944–45-yillarga kelib alyuminiy, dvigatel detallar, elektron optikalar kritik darajada kamaygan edi. Yaponiyada bitta G8N qurish ham juda qiyin bo‘ldi. Ittifoqchi bombardimonlari Nakajima zavodlari B-29 tomonidan muntazam vayron qilindi. Ko‘p tayyorlangan qismlar yo‘q bo‘ldi. Bundan tashqari haddan tashqari murakkab loyiha bo'lgan.Uzoq masofali, og‘ir, kuchli dvigatelli samolyot Yaponiyaning urush oxiridagi sanoat imkoniyatlaridan ustun chiqdi. Hech qachon jangga ulgurmagan. Faqat 4 dona prototip qurildi. Hech biri jangga kirmadi. Urush tugagach, AQSh ularni sinov uchun olib ketdi, keyinchalik utilizatsiya qilindi.
Nakajima Yaponiyaning eng ilg‘or bombardimonchi loyihasi hisoblangan. Texnik yechimlari B-29 darajasida bo‘lmasa ham, yapon aviatsiyasidagi eng yuqori pog‘ona hisoblangan. Yaponiya tarixida birinchi marta “strategik bombardimon” konsepsiyasi paydo bo‘lgandi. Masofadan boshqariladigan minoralar, kuchli radial dvigatellar, aerodinamik silliqlik keyingi yillardagi yapon loyihalariga asos bo‘ldi
G8N Renzan — Yaponiyaning “agar urush davom etsa” deb o‘ylab yaratgan, biroq hech qachon osmonni ko‘ra olmagan gigant bombardimonchi. U Yaponiyaning oxirgi ambitsiyasini, lekin frontning qattiq haqiqatini aks ettiradi.

❤1🔥1🕊1
Nakajima G8N Renzan ( Yaponiya )
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
❤2👏1🕊1
Yangi Yilgacha 100 taga chiqish kerak🔥. Linkni qarindosh, do'stlar va somon yo'li galaktikasida telegramdan foydalanuvchi barcha tanishlarga tarqating please😅
🔥2⚡1
Urush sabab qurilmay qolgan super linkor.
Fransiyaning rejalashtirilgan, ammo hech qachon qurilmagan super-linkori Lyon haqida.
Fransiya (Marine Nationale) tomonidan buyurtma qilingan bo'lib, 1913–1914- yillarda loyhalashtirilgan. Linkor turi Drednout / Tezkor jangovar kemalar sinfiga kirar edi. Holati esa qurilmagan (faqat loyiha) sifatida qolgan. Loyiha paydo bo‘lishi 1912–1913 yillarda Fransiya hukumatida katta bahs bo‘lgan Germaniya Kaiser klassi va kelayotgan König drednoutlari bilan tez kuchayib borar edi. Shunga javoban Fransiya “eng kuchli o‘tilgan salvoli” kema yaratmoqchi bo‘ldi. Lyon loyihasining asosiy g‘oyasi, bir zarbada ulkan yonalishli artilleriya kuchi beradigan 16 ta 340 mm qurol joylashtirish. Bu o‘sha davrda butun dunyoda rekord bo‘lardi.
Loyiha bo'yicha Lyon sig'imi 29 000 – 30 000 tonna, uzunligi - 194 m, tezligi.21–22 uzel, zirxi o'rta qismi: 270 mm, minoralari 300–340 mm, palubasi 40–70 mm bo'lishi rejada edi. Artilleriya 4 ta uch qurolli minora + 1 ta to‘rt qurolli minora, jami 16 × 340 mm bo'lishi kerak edi. Bu o'sha davr uchun — kuch bo‘yicha hatto Queen Elizabeth darajasidan ham ustun bo‘lishi mumkin edi.
Dizaynning noodatiy tomoni — 5 ta minorada edi. Lyon 5 ta yirik artilleriya minorasi 2 ta oldinda, 3 ta orqada bo'lishi kerak edi. Bu juda noodatiy, chunki vazn juda ko‘p bo‘lardi, barqarorlik masalasi xavfli edi. Orqa qism haddan ortiq “og‘ir” bo‘lib qolardi. Loyiha aynan shu sababli ko‘p tanqidga uchragan.
Kema qurilmay qolishning asosiy sabablari 1914 yil iyul - Birinchi jahon urushi boshladi. Fransiyaning barcha resurslari qo‘shin, artilleriya, torpedola tashuvchi kemalar suvosti kemalariga yo‘naltirildi. Yirik dreadnout qurish ikkinchi o‘ringa tushdi. Natijada 4 ta rejalashtirilgan Lyon sinfi birorta ham qurilmay qoldi.
Agar kemalar qurilganida harbiy tarixchilar fikricha 16 ta 340 mm qurol bilan dunyodagi eng ko‘p asosiy qurolli jangovar kema bo‘lardi, jang texnikasi bo‘yicha italyan Littorio yoki nemis Bayern darajasiga yaqin turardi, tezligi past, lekin salvo kuchi juda yuqori bo‘lardi. Ammo og‘irligi va barqarorlik muammosi RHSda real janglarda zaiflik keltirishi ehtimol edi.
Lyon — bu fransuz ambitsiyasining timsoli. Kuchli, salvolari ulkan, lekin muvozanatli emas. Agar urush boshlanmaganda, ehtimol 1920-yillarda ikki dona qurilgan bo‘lardi — va Taranto yoki Mers-el-Kebirda jang ko‘rgan bo‘lardi.

👍1🕊1
SMERSH — Sovet kontrrazvedkasining eng yashirin va qo‘rqinchli tizimi.
SMERSH bu - juda ko‘p odam bilganidan ko‘ra murakkabroq, real tarixiy faktlarga boy tizim hisoblanadi.
Tizmning to‘liq nomi “SMERt’ SHpionam” “Josuslarga o‘lim” bo'lib. 1943-yil 14-aprelda tashkil etilgan. Tizm Reyxga qarshi kurashning eng faol 1943–1945-yillarda xizamt qilgan. Tashkilotni Iosif Stalin, Lavrentiy Beriya (NKVD rahbari) Viktor Abakumov (birinchi rahbar) boshqarishgan. Tashkil etilish sababi 1941–43 yillarda SSSR har jabhada juda ko‘p yo‘qotish ko‘rdi. Wehrmachtning razvedkasi (Abver) va SS maxsus bo‘linmalari front ortiga tez-tez diversiya tashlar edi. Stalin jazosizlik va josuslikka barham berish uchun maxsus, mustaqil kontrrazvedka tizimi kerak deb hisoblaydi. Natijada aynan SMERSH tashkil qilinadi — NKVD emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Stavkaga, ya’ni Stalin qo‘mondonligiga bo‘ysunadi.
SMERSH uchtaga bo‘lingan:
• Qizil Armiya SMERSH (asosiy) – Abakumov boshchiligida
• Dengiz kuchlari SMERSH – flot ichidagi kontrrazvedka
• NKVD SMERSH bo‘limi – ichki ishonchsizlikni nazorat qilish
Ularning vazifalari turlicha edi, ammo bitta maqsad, josuslarni topish, diversantlarni yo‘q qilish, qo‘shinlar orasida “xoin” bo‘lishiga imkon qoldirmaslik.
Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat edi. Wehrmacht va Abver agentlarini aniqlash. SS yuborgan diversiya guruhlarini yo‘q qilish.Frontda “panika tarqatgan”, taslim bo‘lgan yoki shubhali askarlarni tekshirish, ozod qilingan hududlardagi fuqarolarni “filtrlash”, Sovet maxfiy hujjatlarini himoya qilish va qayta tuzilgan partizan guruhlarini nazorat qilish. Buni natijasida SMERSH amalda “armiya ichidagi armiya nazoratchisi”ga aylangan.
SMERSH ning eng mashhur operatsiyalari Hitlerning josusi Alfred Filippov tarmog‘ini yo‘q qilish (1943–44) ishini olib borgan.Qizil Armiyaga chuqur singib ketgan Abver agentlari aniqlanadi. 80+ agent ushlangan. “Ostfront” diversiya guruhlarini qo‘lga olish bilan shug'ullangan. SS front ortiga tashlagan maxsus guruhlar (radio-operatorlar, diversantlar). Ko‘pincha SMERSH ularni joyida yo‘q qilgan. Berlin operatsiyasidan oldingi tekshiruvlar o'tkazgan. 1945 yilda 1-maygacha 150 000 dan ortiq tekshiruv o‘tkazilgan. Qaytgan har bir askar tekshirilgan.
SMERSH juda keskin ishlagan. Faqat josuslarga emas, balki shubha bo‘lgan har qanday harbiyga nisbatan tekshiruv qattiq edi. Asosiy metodlari, qat’iy so‘roq va qarama-qarshi so‘rovlar, yashirin kuzatuv, radio-kontaktlarni qayta ulab “qo‘lga olish”, front chizig‘iga “filtr punktlari” o‘rnatish, taslim bo‘lgan askarlarni alohida tekshirish kabi ishlarni amalga oshirgan. SMERSH haqida tarixchilarning bahosi turlicha. Ba’zilar SMERSHni zarur kuch deb biladi, boshqalar haddan tashqari shafqatsiz deydi.
1946-yilda Sovet xavfsizlik tizimi qayta tashkil qilinadi. SMERSH esa tugatiladi. O‘rniga MGB (Davlat xavfsizlik vazirligi) tashkil etiladi.
SMERSH — Ikkinchi jahon urushi davrida eng samarali, ammo eng qo‘rqinchli kontrrazvedka tizimlaridan biri. U front ortidagi xavflarni aniqlashda katta rol o‘ynagan, shu bilan birga ortiqcha qat’iylik va repressiyalar bilan nom chiqargan.

SMERSH ning Alfred Filippov tarmog'ini yo'q qilish, SS diversantlari ishlari haqida ham batafsil post qilamiz. Sizdan esa postlarimizga reaksiya bildirishinglarni kutib qolamiz.
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
👍1🕊1
Afsonaga aylangan qo‘shiqning haqiqiy tarixi - Bella Ciao
“Bella Ciao” bugun dunyo bo‘yicha erkinlik va qarshilik timsoli sifatida tanilgan bo‘lsa-da, uning tarixi ancha murakkab va ko‘p bosqichli.
Qo‘shiqning asl kelib chiqishi haqida aytadigan bo'lsak. “Bella Ciao” aslida partizan qo‘shig‘i bo‘lib tug‘ilmagan. Eng qadimgi ildizlari 19-asr oxiri – 20-asr boshidagi Italiya shimolidagi Po vodi tekisliklarida ishlagan ayol dalachi ishchilar (mondina) kuylagan mehnat qo‘shiqlariga borib taqaladi. Ularning versiyasi – “Alla mattina appena alzata…” deb boshlanadi. Qo‘shiq mazmuni, mashaqqatli mehnat, ekspluatatsiya, protest. Bugungi mashhur versiya shu xalq kuyi asosida keyinroq yaratilgan.
Muxlislar o‘ylaganidek, qo‘shiq Ikkinchi jahon urushi boshidan mavjud bo‘lmagan.Tarixchilar fikriga ko‘ra, 1943–1945 yillarda Mussolini rejimiga qarshi kurashgan italiyalik partizanlar qo‘shiqning yangilangan matnini yaratgan. Versiya bugungi shaklga aynan shu paytda kelgan, “Una mattina mi son svegliato…” Partizan versiyasi Mussolini va fashizmdan ozod bo‘lish uchun kurashni ifodalagan.
“Bella Ciao” urush tugashi bilan birdan mashhur bo‘lib ketmadi. U asta-sekin, 1940–1950-yillar - Italiyaning ichki siyosiy qo‘shiqlaridan biri bo'ldi. 1960-yillar Yevropada talabalar namoyishlarida kuylana boshlangan. 1970–1980-yillar global chap qanot harakatlari timsoliga aylana boshladi. 2000-yillar qayta jonlanish bo'ldi. 2017 — “La Casa de Papel” seriali qo‘shiqni butun dunyoga mashhur qilib yubordi. Bugungi mashhurlik aynan shu serial bilan bog‘liq.
Kuy eski xalq qo‘shig‘i hisoblanadi. 1943–45 partizanlari tomonidan qayta yozilgan. Tarqalishi esa urushdan keyin yuz bergan. Shuning uchun “Bella Ciao partizan qo‘shig‘i” degan ta’rif tarixiy jihatdan to‘g‘ri, lekin u “urush boshidan mavjud” bo'lmagan.
Qo'shiq - Fashizmga qarshi qarshilik, erkinlik uchun kurash, zolimga bo‘ysunmaslik, kurashda jonini qurbon qilishga tayyorliklarni anglatadi. Bu mazmun uni dunyodagi turli aksiyalarda timsolga aylantirdi.
"Bella Ciao" bugungi kunda siyosiy mitinglar, erkinlik talablari, internet memlar, kino va o‘yinlar orasida eng ko‘p ishlatiladigan tarixiy qo‘shiq. Qo‘shiq o‘zi hech kimga tegishli emas – xalq kuyi bo‘lgani uchun har bir davr uni o‘ziga mos interpretatsiya qilib olgan.

🔥1
"Bella Ciao" - Italian Anti-Fascist Song (Rare Version)
4a4b
Bella ciao orginal version
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
🔥1
FRANSIYANING “QAL'A TANKI”
Bugun Fransiyaning eng kuchli va eng noodatiy tanki - Char B1 haqida gaplashamiz. Char B1 loyihasi 1920-yillar boshida boshlanadi, lekin tankning yakuniy varianti 1935-yilda B1 bis ko‘rinishida xizmatga kiradi. Fransuzlar uni dushman mudofaasini yanchib o‘tadigan, piyoda qo‘shinlarga yo‘l ochib beradigan “qamal tanki” (char de rupture) sifatida ishlab chiqishgan. Ya’ni, bu Blitzkriegga qarshi emas — Birinchi jahon urushi taktikasi uchun yaratilgan.
G‘oya Fransiyaning bir nechta kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan (Renault, FCM, Schneider, AMX). Tankdan maqsad mustahkam zirh, og‘ir artilleriya quroli, piyoda harakatiga mos tezlikdan iborat edi. Ammo tezlik emas, kuchli zirh va qudratli artilleriya asosiy maqsad bo‘lgan.
Tank 307 ot kuchli, benzin dvigeteliga ega edi. Tezligi 28 km/soat (juda sekin)gacha yetgan. Zirx qalinligi old tomondan 60 mm (B1 bis’da 75 mm gacha), yonlari 55 mm, o‘sha davr uchun Pz III va Pz IVdan sezilarli kuchliroq zirhga ega edi. Qurollanish esa tankning eng noodatiy joyi - 75 mm SA 35 korpusga o‘rnatilgan artilleriya yon tomonga burilmasdi. Faqat pastga-yon tomonga cheklangan sektorni ko'rish mumkin edi. Buni haydovchi boshqarganda bu juda qiyin qilardi. Minorada 47 mm SA 35 tankka qarshi qurol - o‘sha davrning eng kuchlilaridan biri qilgan. Nemis Pz III va Pz IVni bemalol teshib o‘tgan. Unga qo'shimcha ravishda 7.5 mm MAC pulemyot ham o'rnatilgan(dushman piyodasi un)
Tankning kuchli tomonlari shunda ediki unda juda qalin zirh bor edi. 1940-yilda nemislarning 37 mm Pak qurollari unga deyarli zarar yetkaza olmagan. Kuchli 47 mm qurol esa Nemis tanklarini qiyinchiliksiz urib tushirgan. B1 qat’iy ichki reja va mustahkam mexanika hisoblangan
Tank kuchli bo'lgani bilan bir qator kamchiliklari ham bor edi. Jumladan juda qimmat va murakkab tank hisoblangan. Char B1 bitta tank uchun 370 ming frank — bu ikki Pz III narxiga teng. Ftontda juda sekin (28 km/soat) harakatlangan. Bu esa Blitzkrieg tezligiga mos kelmagan. Ekipaj haddan tashqari ko‘p vazifa bajarishi kerak. Haydovchini o'zi 75 mm qurolni boshqaradi — bu urush payti katta minus.Fransiya tanklarining eng katta muammosi, Komandir — yuklovchi, kuzatuvchi va ko‘pchilik vazifalarni o‘zi qiladi.
Char B1 bis 1940-yil may oyida Stonne jangida bir tank 13 ta nemis tankini bir o‘zi yo‘q qilgan. Germaniya qo‘liga 160 dan ortiq B1 tushgan, ularni Panzerkampfwagen B-2 deb qayta ishlashgan. Ba’zilariga hatto flametrøver (olov purkagich) ham qo‘yilgan.
Ushbu tankdan turli versiyalarini bilan qo'shib hisoblaganda 404 dona ishlab chiqarilgan.
• Char B1: 35 dona
• Char B1 bis: 369 dona
• Char B1 ter: prototip
Char B1 — Fransiyaning o‘z davrida eng kuchli zirhli tanki bo‘lgan, ammo taktika va doktrina eskirganligi sababli Blitzkriegga qarshi kurashda yetarli bo‘la olmagan.

Char B1 - tankda korpusga o'rnatilgan 75 mm artileriyani ko'rishingiz mumkin

🤯1