Bovington muzeyidagi Crusader tanki
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat😊

👍2🕊1
Cho'l tulkisi yohud Shimoliy Afrika Imperatori
Shimoliy Afrikaning qumli cho‘llarida 1941–1943-yillarda tanklar bilan chang-to‘zon oralab o‘tgan urush butun dunyoda bitta ismni mashhur qildi — Erwin Rommel, “Desert Fox”, ya’ni Cho‘l tulkisi.
Rommel 1941-yil fevralida Deutsches Afrika Korps qo‘mondoni sifatida Liviyaga yuborilganida, nemis qo‘shinlari son jihatidan kam, resurs jihatidan esa zaif edi. Ammo Rommel jang maydonini shunchaki qo‘mondonlik joyi emas — intellektual jang sahnasi sifatida ko‘rdi.
Uning maqsadi oddiy edi: Britaniya kuchlarini cho‘lda mag‘lub etish va Suezi(Suvaysh) kanalini qo‘lga kiritish.
Tobruk — Rommelning birinchi sinovi (1941–1942) edi. Rommel mart oyidayoq Liviya orqali g‘arbga yurish boshladi va Britaniya qo‘shinlarini Tobruk shahrigacha siqib chiqardi. U bu mustahkam bazani bir necha oy davomida qamalda ushlab turdi. Tobrukni olish uchun u “ko‘chma artilleriya” uslubidan foydalandi — ya’ni tanklarni harakatchan qurol sifatida ishlatib, dushman mudofaasini har tomondan bosim ostiga oldi. Tobrukni egallash 1942-yil 21-iyun kuni amalga oshdi — bu Afrika frontidagi eng yirik g‘alabalardan biri bo‘ldi. Shundan keyin Rommel feldmarshal unvoniga sazovor bo‘ldi — bu darajaga u tarixda eng yosh generallardan biri sifatida erishgan.
Bu g'alabadan so'ng esa qahramonimizga - Gazala jangi eng yorqin g‘alaba (1942-yil may–iyun)ni taqdim etdi. Rommel bu jangda o‘zining “tulki” sifatidagi mashhurligini isbotladi. U Britaniya 8-armiyasini chalg‘ituvchi hujumlar orqali qoplab o‘tib, dushman ortiga o‘tish taktikasini qo‘lladi. Gazala jangida u “Afrika kiskichi” deb nomlangan keng yoyilgan manevrni amalga oshirdi: old tomondan hujum qilayotgandek ko‘rsatib, tanklarini tunda cho‘l orqali aylantirib, orqa tomondan zarba berdi. Britaniya armiyasi chekinishga majbur bo‘ldi, 50 mingdan ortiq askar asirga olindi, yuzlab texnikalar yo‘q qilindi. Bu g‘alaba Rommelni butun dunyoda mashhur qildi.
Ammo har qanday afsonaning so‘nish nuqtasi bo‘ladi. El-Alameyn jangi — Rommel uchun aynan shunday burilish bo‘ldi. Britaniya generali Bernard Montgomery katta kuch, aviatsiya va yoqilg‘i zaxiralariga ega edi. Rommel esa logistik yetishmovchilikdan aziyat chekardi — yoqilg‘i, o‘q-dori va zaxiralar yetib kelmasdi. Shunga qaramay, u dushman hujumlarini bir necha hafta davomida to‘xtatib turdi. Ammo 1942-yil 3-noyabrda nemis fronti yorildi. Rommel orqaga — Tunisga chekinishga majbur bo‘ldi. Shu bilan Afrika frontida tashabbus abadiy yo‘qotildi.
Rommel 1943-yil boshida Germaniyaga qaytarildi. Shundan so‘ng u Italiya mudofaasini tashkil etishda qatnashdi, keyin esa 1944-yilda Fransiyada Atlantika devori qurilishini boshqardi. Ammo u Gitlerning “oxirigacha kurashish” siyosatiga qarshi chiqdi. Uning fikricha, urushni davom ettirish Germaniyani vayron qiladi. Shu sababli, 1944-yil iyulidagi Gitlerga suiqasddan keyin, Rommel ham shubha ostiga olindi.
14-oktyabr 1944-yil, Herrlingen. Gitlerning elchilari Rommelga ikkita yo‘l taklif qildi — sud yoki sianid. U sharafni tanladi.
Rommelning o‘limi Gitler propagandasi tomonidan “kasallikdan vafot etdi” deb e’lon qilindi, ammo keyinchalik haqiqat ochildi. Bugun Germaniyada uning nomi bilan ko‘plab ko‘chalar va harbiy maktablar ataladi.
“Harbiy daho — g‘alaba ortidan emas, imkonsizlik ichida topilgan yechim ortidan keladi.”
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat

Rommel jang maydonini shunchaki urush emas, aqldan tug‘ilgan shaxmat taxtasi deb bilgan. Uning raqiblari ham — Montgomery, Patton — uni dushman emas, jang san’atining ustasi deb ataganlar.
Bugun ham u harbiy akademiyalarda o‘rganiladi — nafaqat taktikasi, balki insoniyligi uchun ham.
“Harbiy daho — g‘alaba ortidan emas, imkonsizlik ichida topilgan yechim ortidan keladi.”
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
👏1
Erwin Rommel ( 1891- 1944 )
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
"Buyuk daho"ning , katta ahmoqligi
1944-yil dekabr. Germaniya urushni yutish umidini deyarli yo‘qotgan bir payt. Shu vaqtda Adolf Hitler G‘arbiy frontni yorib o‘tish va urush taqdirini yana bir bor o‘zgartirish maqsadida Ardenn orqali katta hujum rejasini boshladi. Bu rejani nafaqat ittifoqchilar, hatto nemis generallarining o‘zi ham kutmagan edi.
Ardenn operatsiyasi professional harbiylar tashabbusi emas. Bu to‘liq Hitlerning fikri bo‘lib, uning asosiy maqsadi: Antverpen portini bosib olish, AQSh va Britaniya qo‘shinlarini ikkiga bo‘lish,Sovet frontiga qarshi vaqt yutish edi. Hitler 1940-yilgi Frantsiyaga hujumdagi kabi “yana bir mo‘jiza” bo‘lishiga ishongan.
Rejaga qarshi chiqqan generallar ham bo'lgan. Shulardan biri Gerd fon Rundstedt (G‘arb fronti qo‘mondoni). U Rejani “mutlaqo real emas” deb baholagan. Uning fikricha, Germaniya hujum qila olmaydi, mudofaaga o‘tishi kerak edi. Yana biri Fieldmarshal Walter Model. Uning fikricha Ardenn hududini og‘ir tanklar uchun yaroqsiz deb hisoblagan. Operatsiyani “o‘z joniga qasd” deb atagan. Eng mashhuri esa Heinz Guderian (Bosh shtab boshlig‘i). Sharqiy frontda vaziyat halokatli edi. U tanklar Sharqqa yuborilishi kerakligini aytgan, chunki Sovetlar Berlin tomonga yurib kelayotgan edi. Bu uch generaldan birortasining fikri Hitler tomonidan qabul qilinmagan.
Generallar bu operatsiyaga qarshi chiqishiga ko'p omillar sabab edi. Shulardan biri yonilg'i omili edi. Nemis tank qo‘shinlarining barcha zaxirasi Antverpengacha yetmasdi. Reja “yoqilg‘ini amerikaliklardan tortib olamiz” degan fikrga qurilgan edi — bu amalda imkonsiz. Ikkinchisi o‘rmonli, tor hudud. Ardenn — 60–70 tonnalik Tiger II va Panther tanklari uchun eng yomon hududlardan biri. Yo‘llar tor, qordan muzlagan, tirbandliklar ko‘p. Yana biri esa Ittifoqchi aviatsiyasi. Hujumning birinchi kunida havo yomon bo‘lgan, bu nemislarga yordam bergan.
Ammo ob-havo ochilgach, P-47, P-51 va Typhoonlar nemis kolonnalarini ketma-ket yo‘q qila boshladi.
Jang kuni
1944-yil 16-dekabr kuni – Hujum boshlandi. Nemislar Ardenn o‘rmonidan kutilmagan tarzda hujum qildi. Amerika 106- va 28-diviziyalari chiziqni ushlab qola olmadi. Qalin tuman ittifoqchi aviatsiyasini butun kun ishlashdan to‘xtatdi. 17–19-dekabr kunlari nemislar g'alaba qila boshladi. Peiper guruhi (1-SS Panzer) tez oldinga siljidi - yoqilg‘i tugashiga qadar 100 km yurdi. Malmedy qirg‘ini ushbu kunlarda sodir bo‘ladi. Bastogne yo‘nalishida AQSh bo‘linmalari orqaga chekindI. 20–23-dekabr – Bastogne qamali boshlanadi. 101-havo-desant diviziyasi Bastognega kirib, mudofaani tashkil qildi. 23-dekabrda ob-havo ochildi ittifoqchi aviatsiya hujumlari boshlandi. Bu turning nuqtasi. 24–26-dekabr – Nemis hujumi to‘xtaydi. Yoqilg‘i taqchil bo‘lib, SS bo‘linmalari hujumni davom ettira olmay qoldi. Pattonning 3-armiyasi 26-dekabrda Bastogne bilan aloqa ochdi. 27-dekabr – 8-yanvar kuni nemislar chekina boshlaydi. Nemislar hujumni davom ettirish imkonidan butunlay mahrum bo‘ldi. Nihoyat 1945-yil 8-yanvar Hitler operatsiyani to‘xtatdi. Front yana dekabr boshidagi chiziqqa qaytdi.
Natijada Nemislar uchun hal qiluvchi mag‘lubiyat bo'ldi. 1 oyda yo‘qotishlar 80–100 ming askar, 600 dan ortiq tank. Ittifoqchilar esa 75 ming yo‘qotish. Bu Germaniyaning urushdagi “oxirgi zarbasi” bo‘lsa-da, strategik ahamiyati nol bo‘lib chiqdi.
Rejani amalga oshmasligini enga katta omillari: logistika – yoqilg‘i yetishmadi. Hudud tor, yo‘llar zich o‘rmon orqali o‘tadi. Ittifoqchi aviatsiyasi ob-havo yaxshilangach vaziyatni o‘zgartirdi. AQSh zaxiralari juda katta bo‘lgani uchun front tez to‘ldi.G‘oya haddan tashqari optimistik va real bo‘lmagan. Operatsiya oldidan General Guderian reja haqida "Bu aqldan ozgan odamga xos orzu" deb aytgan edi
Ardenn — Germaniyaning urushdagi so‘nggi katta qo‘l urishi edi. Ammo reja haddan tashqari optimistik, resurslar esa yetarli emas. Pattonning harakati, Bastognedagi qarshilik va amerikaliklar logistik ustunligi bu operatsiyani barbod qildi.

👍1
Battle of Bulge operatsiyasi xaritada
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
"Yevropa qiroli" yoki nemislarning so'nggi umidi
Tiger II yoki Königstiger (“Qirol yo‘lbars”) — Ikkinchi jahon urushidagi eng xavfli, eng kuchli zirhli nemis tanklaridan biri. 1944-yilda xizmatga kirgan bu gigant nemislar uchun “oxirgi karta” bo‘lsa-da, frontda juda qorong‘i sharoitda paydo bo‘lgan.
1943-yil Kursk jangidagi tajribadan so‘ng Germaniya Sovetlar T-34-85 va IS-2 tanklari bilan to‘qnashishda ustunlikka ega bo‘lishi uchun yanada qalin zirhli va uzoq masofaga o‘q otadigan tank yaratishga qaror qiladi. Shuning uchun Tiger II dizaynida, Tiger I ning kuchi, Pantherning og‘ma zirhlari, yanada uzunroq, kuchliroq to‘p birlashtirilgan.
Qurollanish tizmiga keladigan bo'lsak, asosiy quroli 88 mm KwK 43 L/71 (dunyodagi eng kuchli tank qurollaridan biri) 2 km masofada IS-2, Sherman, Churchilllarni bemalol teshib o‘tgan. Zirxi, old korpus 150 mm, minora oldi 180 mm, yon tomonlar 80 mm edi. Bu zirhlar o‘sha davrda deyarli barcha ittifoqchi tanklar uchun o‘tmas edi.
Dvigeteli Maybach HL 230 – 700 ot kuchi. Bu og‘irlik uchun kamlik qilgan. Og‘irligi 69–70 tonna ga teng edi. Tezligi esa yo‘lda 38 km/soat. Real jangda esa ko‘pincha 20–25 km/soat ga yetgan. Ekipaj soni 5 kishi. Tiger II dan urush davomida atigi 489 ta ishlab chiqarilgan holos.
Janglardagi ishtiroki haqida gapirsak. Tiger II 1944–45 yillarda mashhur jangalarda qatnashgan. Jumladan Ardenn (Bulge) operatsiyasi (1944). Amerikaliklarning M4 Shermanlari qarshisida mutlaq ustun bo‘lgan. Ko‘p Shermanlar Tiger II ni 100 m masofadagagina ota olgan. Ammo tor yo‘llar, yoqilg‘i yetishmasligi tankning kuchini cheklagan. Sharqiy front (1944–45)dagi urushlarda, Sovet IS-2 tanklari bilan to‘qnashuvlarda ishtirok etgan. To‘p kuchi bo‘yicha Tiger II ustun, ammo harakatchanlik, ta’mir talabchanlik, dvigatel qizib ketishi katta muammo bo‘lgan. Berlin yo‘nalishidagi janglar esa so'nggis bo'lgan. Ko‘pchilik Tiger II lar jangda emas, balki yoqilg‘i tugashi yoki nosozlikdan tashlab ketilgan.
Tiger II urush davridagi eng kuchli qurollaridan biri edi. Zirhi jihatdan raqib tanimas. Uzoq masofadagi janglarda mutlaq ustunlik uni yengilmas qilar edi. Kamchiliklari esa haddan tashqari og‘ir. Dvigatel yetishmaydi, tez qiziydi. Ta’mirlash juda murakkab, ko‘priklardan o‘tolmasdi. Ko‘pchiligi logistika sabab yo‘q qilingani Tiger II ni samarasiz qilar edi.
Tiger II texnik jihatdan ajoyib mashina. Agar Germaniya urushni boy bermagan bo‘lsa, ehtimol bu tank jang maydonining “qiroli” bo‘lib qolardi. Ammo real sharoitda, kech paydo bo‘ldi,kam sonli ishlab chiqarildi. Germaniya yoqilg‘i va resurslardan qiynaldi. Shunga qaramay, Tiger II harbiy tarixdagi eng kuchli og‘ir tanklardan biri sifatida qolgan.

Muzeydagi Tiger II ( Buyuk Britaniya)
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
🔥1👏1
8 kunlik Atlantika okeani linkori
Bismarck — Ikkinchi jahon urushidagi eng mashhur, eng qo‘rqinchli nemis linkorlaridan biri. U Germaniyaning “Atlantika janglari”dagi asosiy kartasi bo‘lgan va atigi 8 kun xizmat qilgan bo‘lsa-da, harbiy tarixda ulkan iz qoldirgan.
Bismarck qurilishi 1936–1940-yillarda kechgan bo'lib, xizmatga 1940-yil, avgust oyida kirgan edi. Linkordan asosiy maqsadi :
– Atlantikada Britaniya savdo flotini yo‘q qilish
– Qirollik flotini majburiy jangga tortish
– Dengizdagi strategik ustunlikni qo‘lga olish.
U Germaniya flotining eng kuchli va eng zamonaviy linkori bo‘lgan.
Bismarckning uzunligi 251 metr, kengligi 36 metr, to‘liq og‘irligi 50 900 tonna bo'lgan. Dvigatel 150 000 ot kuchiga ega bo'lgan kema 30.1 tugun (≈ 55–56 km/soat) maksimal tezlikgacha yetgan. Bu esa Linkor uchun juda yuqori ko‘rsatkich edi.
Asosiy qurollari 8 × 380 mm SK C/34 (4 ta minorada, har birida 2 tadan) ega edi. Ushbu qurollar, 35 km uzoqqa otar, o‘sha davrda eng aniq va kuchli dengiz qurollaridan biriga aylangani bilan hammani hayratda qoldirgan. Ikkilamchi qurollar esa 12 × 150 mm, 16 × 105 mm zenit va o‘nlab kichik zenit qurollariga ega bo'lgan. Zirh qalinligi korpus o‘rta qismi 320 mm, minoralari 360 mm bo'lgan. Zirhli kemalar ichida eng mustahkamlaridan biri aynan Bismarck edi.
8 kunlik xizmat va yakun, Operatsiya Rheinübung (1941-yil may). Bismarck Atlantikaga chiqib ketish uchun Prinz Eugen og‘ir kreyseri bilan yo‘lga chiqdi. Britaniya razvedkasi bu harakatni payqab, Qirollik floti darhol izlashga tushdi. 24-may 1941-yil, Daniya bo‘g‘ozi jangi. Britaniyaning eng mashhur jangovar kreyseri HMS Hood Bismarckni to‘xtatishga urindi. Bismarck atigi 3–5 zarbada Hoodning o‘q-dorilar bo‘limini portlatib yubordi. Hood 3 daqiqada cho‘kdi. Hoodda bo'lgan 1418 kishidan faqat 3 kishi tirik qoldi. Bu Britaniya uchun ulkan sharmandalik edi. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Bismarkni topish uchun “Butun flot safarbar etilsin” buyruq berdi. Bismarck Hoodni cho‘ktirgan bo‘lsa-da, old qismi zararlangan, yo‘lga yoqilg‘i oqishi boshlangan edi. Atlantikaga esa hali hamon to‘liq chiqib ketolmay qolgandi. Bismarck Fransiyaga ta’mirga yetib olishga urinadi, lekin Britaniya uni 3 kun davomida izlab topadi. 27-may 1941-yil, Britaniyaning “Ark Royal” aviatashuvchisidan uchgan torpedali samalyotlar, Bismarckning ro‘m ko‘prigini ishdan chiqardi, kemani boshqarib bo‘lmay qoldi. Shundan keyin 2 ta Britaniya linkori — King George V va Rodney – Bismarkni o‘qqa tutdi. Bismarck 400 dan ortiq artilleriya zarbasi oldi. Kemani o‘z ekipaji ham cho‘ktirish buyrug‘ini bergan (dushmanga taslim bo‘lmaslik uchun). So‘ngra suv ostiga g‘arq bo‘ldi. Bismarck bo'rtida bo'lgan 2,200 dengizchidan 2,096 nafari halok bo‘ldi. Faqat 110 kishi tirik qoldi.
Bismarckni tezda yo'q qilinishini asosiy sabablari, Britaniyaning ulkan floti unga qarshi butun kuchi bilan tashlandi. Bismarkga aviatsiya xavfsizligi yetishmas edi. Zarba beradigan guruh emas, yolg‘iz harakat qilgan. Ta’minot kemasi yo‘q — yoqilg‘i muammosi bo‘lgan. Torpedo ruletkasi bilan boshqaruv tizimi falaj qilingan.
Bismarck — o‘z davrining eng qudratli linkorlaridan biri. Ammo u strategik rejasiz yuborilgan, katta flot parvarishi talab qilgan, Aviatsiya ustunlashayotgan davrda paydo bo‘lgan kema edi. Shunga qaramay, Bismarckning atigi 8 kunlik yurishi butun Atlantikani larzaga solgan va harbiy tarixda o‘chmas iz qoldirgan.

👍1🕊1
Soyadagi qahramon
Ikkinchi jahon urushi davrida ko‘pincha Spitfire soyasida qolib ketadigan, lekin amalda Britaniyaning g‘alabasiga eng katta hissa qo‘shgan jangovar samolyotlardan biri Hawker Hurricane Mk I(A) haqida
Hawker Hurricane Hawker Aircraft tomonidan ishlab chiqarilyan bo'lib, o'zining birinchi parvozini 1935-yilda amalga oshiradi. 1937-yildan esa xizmatga qabul qilinadi. Ko‘pchalik Spitfire’ni eslaydi, ammo Britaniya jangi (1940) chog‘ida Luftwaffeni qaytarishda nemis samolyotlarining yarmidan ko‘pini aynan Hurricane urib tushirgan. Sababi ko‘proq sonlarda mavjud edi, ya'ni son jihatidan ancha ko'p bo'lgan. Ta’miri ham oson yog‘och-mato konstruksiya. Ustidan o‘q uzish ko‘rinish maydoni keng, barqaror va ishonchli edi.
Hurricane ning asosiy qurollanishi - 8 × 7.7 mm Browning pulemyoti (har qanotda 4 tadan).Bu Mirage yoki Messerschmittlar bilan duellarda ancha xavfli kombinatsiya bo‘lgan — katta o‘q yog‘dirmoqchimi, Hurricane buni yaxshi bajargan. Dvigateli Rolls-Royce Merlin II yoki III, 1030 ot kuchi ega bo'lib, maksimal tezligi 512 km/soat chiqqan. Ko‘tarilish balandligi esa 10 900 m bo'lgan. Tezlik bo‘yicha Spitfire yoki Me 109’dan ortda qolardi, lekin barqarorlik va yaqin masofadagi otishda ustun.
Britaniya jangida (1940), RAF safidagi qiruvchilarning 60% dan ortig‘i Hurricane edi. Luftwaffe yo‘qotishlarining katta qismi shu samolyot ulushi bilan bog‘liq. Spitfire esa ko‘proq Messerschmitt Bf 109 bilan band bo‘lgan, Hurricane esa He 111, Do 17, Ju 88 bombardimonchilarni to‘xtatgan — bu jangning talvasasini aslida o‘sha bajargan.
Hurricanening asosiy afzalliklari juda barqaror va oson boshqariladi,
ta’miri tez (hatto dala sharoitida),o‘q uzish platformasi juda to‘g‘ri, narxi arzon. Muhimi esa tajribasiz uchuvchilar uchun kechiruvchan texnika edi. Biroq samalyot kamchiliklardan ham holi emas edi. Jumladan, tezlik Spitfire va Me 109’dan past, konstruksiya eski — mato qoplamali qanotlar,tikey hujumlarda zaifroq bo'lgan. Lekin shunga qaramay, buyurilgan topshiriqlarni a'lo darajada bajarib qo‘ygan.
Urushgacha va urush davomida 14 533 dona Hurricane ishlab chiqarilgan. Shundan katta qismi Mk I seriyasiga to‘g‘ri keladi.
Hurricane Mk I(A) — tarixda e’tibordan chetda qolgan, lekin amalda Britaniya osmonini himoya qilgan haqiqiy “ishchi ot”. Agar Hurricane bo‘lmaganida, Buyuk Britaniya jangining natijasi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Muzeydagi Hawker Hurricane Mk I(A)
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
👍1
Tarixni o'zgartirishi mumkin bo'lgan amalga oshmagan operatsiya
Ikkinchi jahon urushi davom etar ekan, Germaniya bir amallab Buyuk Britaniyani mag'lub etishni ko'zlar edi. Biroq Britanlar dengizda va havoda ustun, buning ustiga hududi Yevropadan tashqarida edi. Shunday sharoitda Hitler Britaniyani qanday mavh etishni ko'zlar edi. Lutwaffe qo'mondoni Geringni va'dalariga ishonib, Britaniyaga qarshi "Dengiz sheri operatsiyasini" ishlab chiqishni Generallariga buyurdi.
Operation Sea Lion bo‘yicha to‘liq reja ishlab chiqilgan, hatto detallargacha borilgan. Ammo reja juda xavfli va real hayotda bajarib bo‘lmaydigan darajada murakkab edi
Rejaga muvofiq eng birinchi va eng muhim shart Luftwaffe RAF(Royal Air Force) ni yo‘q qilishi kerak edi. Luftwaffe 4–6 hafta ichida RAF bazalarini, radar stansiyalarini, yo‘q qilishni rejalashtirgan. Britaniya osmonida 70–80% ustunlik olish kerak edi. Bu bo‘lmasa, qolgan bosqichlar bajarilmasligi kerak edi. Bu yerda reja buzildi. Battle of Britain(1940)da Luftwaffe mag‘lub bo‘ldi.
Ikkinchi bosqichda, La-Manch bo‘g‘ozini tozalash edi. Kriegsmarine (nemis dengiz floti) La-Manch bo‘g‘ozini minalardan tozalashi, Britaniya floti hujumining oldini olishi, transport flotini himoya qilishi lozim edi. Muammo shunda ediki Germaniya floti 1940 yilda juda zaif edi, ayniqsa Norvegiya kampaniyasidan keyin.
Uchinchi bosqich - qo‘nish joylarini tanlash bn bog'liq bo'lgan. Nemislar 4 asosiy qo‘nish zonasi belgilagan.
1. Folkestone
2. Dover
3. Brighton
4. Worthing
Asosiy zarba esa Kentga berilishi kerak bo'lgan. Rejada 9 diviziya birinchi to‘lqinda tushishi kerak edi.
To'rtinchi bosqich parashyutchilar zarbasi. Jangning dastlabki kunida Fallschirmjäger (parashyutchilar) Kent atrofidagi muloqot markazlarini, radar stansiyalarini, ko‘priklarni, temir yo‘llarni egallashi kerak edi. Maqsad Britaniya armiya zaxiralarining qirg‘oqqa tez kelishini to‘xtatish.
Beshinchi bosqich - Birinchi to‘lqindagi qo‘nish ya'ni qirg‘oqqa birinchi bo‘lib, 16-armiya (von Rundstedt qo‘mondonligi), 9 diviziya, 1300 ta kema, barja, transport vositalari tushishi kerak edi. Bu tarixdagi eng katta amfibiya qo‘nishlaridan biri bo‘lardi.
Oltinchi bosqich - qirg‘oq chizig‘ini kengaytirish maqsad qilingan. Nemislar qirg‘oqqa tushgach Doverni olish, Londonga olib boruvchi asosiy yo‘llarni kesish, Royal Navyni portlarga qamab qo‘yish maqsad qilingan.
Yetinchi bosqichda esa 2-to‘lqin qo‘nardi. 2–3 kun ichida qo‘shimcha 8 ta diviziya, tanklar, artilleriya, yoqilg‘i, o‘q-dori, texnika keltirilishi kerak edi.Muammo Nemislarning barjalari* ochiq dengiz uchun yaroqsiz bo‘lgan.
Sakkizinchi bosqichda nemislar London tomon yurishni ko'zlagan.Agar reja yaxshi ishlasa, Wehrmacht 7–10 kun ichida Londonga kirishi rejalashtirilgan. Londonda qarshilik yuqori bo‘lishi kutilgan, ammo nemislar moral jihatdan Britaniya taslim bo‘ladi deb o‘ylagan.
To'qqizinchi bosqich - Britaniya hukumati ko‘chirilishini kutishgan. Britaniya hukumati avval Londondan Birminghamga, agar kerak bo‘lsa Shotlandiyaga,undan keyin esa Kanadaga qochishi to‘liq hisobga olingan.
O'ninchi bosqich himoya chizig‘ini mustahkamlash. Nemislar qirg‘oqda piyoda diviziyalar qoldiradi, tanklari bilan London tomon yuradi. Bu chiziqni Britaniya floti yorib o‘tsa — operatsiya tugashi mumkin edi.
O'n birinchi bosqichda hukumat qulashidan keyin rejaga ko‘ra, London olib bo‘lingach Angliya 3 ta okkupatsiya zonasiga bo‘linadi, Britaniya armiyasi taslim bo‘ladi, Cherchill hukumati Kanada yoki AQShga qochadi.
O'n ikkinchi bosqich Gitlerning siyosiy rejasi. Gitlerning rejasiga ko‘ra Britaniya Germaniya bilan tinchlik shartnomasiga imzo qo‘yadi, koloniyalarga deyarli tegilmaydi. Asosiy maqsad — Sovet Ittifoqiga yo‘l ochish bo'lardi.
Biroq bu reja mutlaqo amalga oshmadi. Asosiy sabablari esa Luftwaffe — Battle of Britain(1940)da yutqazdi.Havo ustunligi bo‘lmasa operatsiyani boshlashning ma’nosi yo‘q edi. Kriegsmarine juda zaif edi. Britaniyani flot bilan bosib olish deyarli o‘z joniga qasd qilish bo‘lardi. Logistika mutlaqo imkonsiz edi. Barjalar, kemachalar, yoqilg‘i yetkazish — hammasi nosoz edi.

Amalga oshmagan Sea Lion ( Dengiz Sheri) operatsiyasi
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
🤩1
O'zi kanalni o'qiyabsizlarmi 😀? Kam obunachi bo'lsada, stabil tarzda post qilyabman
Anonymous Poll
100%
Ha. Barchasini qoldirmay o'qiman
0%
Doimo emas, lekin o'qib turaman
0%
Yo'q. Deyarli o'qimayman
Lutwaffe - Reyxning osmondagi ustuni
Oxirigi postlarimizda Lutwaffe haqida ko'p yozyabmiz. Obunachilarda bu nimaligi haqida qiziqish bo'lishi tabiiy. Hullas bugun o'sha osmon hukmdorlari - Lutwaffe haqida.
LUFTWAFFE (1935–1945). Germaniya havo kuchlarining ko‘tarilishi va qulashi haqida. Yaratilishi va yashirin rivojlanishi 1919–1935- yillarga borib taqaladi. Versal shartnomasi Germaniyaga har qanday harbiy aviatsiyani taqiqlagan. Lekin 1920-yillarda Reichswehr aviatsiyani yashirin qayta tiklay boshladi. Sovet Ittifoqi bilan yig‘ma mashg‘ulotlar (Lipetsk aviabazasi), “Sport aviatsiyasi maktablari” niqobi ostida uchuvchilar tayyorlandi. 1933-yilda Gitler hokimiyatga kelgach, aviatsiya ustuvor yo‘nalish sifatida tanlandi. 1935-yil 1-martda Luftwaffe rasmiy ravishda tashkil etildi. Rahbari esa Hermann Göring (Birinci jahon urushi uchuvchisi) etib tayinlandi.
Luftwaffe konsepsiyasi Blitzkrieg uchun yaratilgan kuch edi. Germaniya havo kuchlarining asosiy vazifasi: quruqlik qo‘shinlarini maksimal tezlikda qo‘llab-quvvatlash. Shu sababli ular og‘ir bombardimonchi floti qurmagan, uzoq masofali strategik aviatsiya yaratmagan, taktik zarba aviatsiyasiga tayanishgan. Asosiy kuchlar Messerschmitt Bf 109 — asosiy qiruvchi, Junkers Ju 87 “Stuka” — yuqori aniqlikdagi sho‘ng‘uvchi bombardimonchi, Heinkel He 111, Dornier Do 17, Junkers Ju 88 — o‘rta bombardimonchilar bo'lgan. Bu kompozitsiya 1939–1941-yillarda juda samarali bo‘ldi.
Lutwaffening dastlabki muvaffaqiyatlari 1936–1941-yillarga to'g'ri keladi. Ispaniya fuqarolar urushi (1936–39).“Legion Condor” orqali Luftwaffe birinchi jangiy tajribaga ega bo‘ldi. Guernica bombardimoni - yangi taktikalar sinovi bo'ldi. Polsha, Fransiya, Norvegiya, Benilyuks dagi amaliyotlar. Tezkor portlashlar, aerodromlarni falokatga uchratish, qo‘shinlarni yakson etish. Stuka aynan shu yillarda o‘zining eng yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. Barbarossa (1941) dagi operatsiyalar. 3000 dan ortiq samolyot bilan Sovet aviatsiyasini dastlabki kunlarda deyarli yakson qilgan. Luftwaffe jangning birinchi 6 oyida Germaniyaning asosiy quroli bo‘lib xizmat qildi.
Luftwaffe’ning asosiy kamchiliklari haqida aytadigan bo'lsak. Unda uzoq masofali strategik bombardimonchi yo‘q edi. Shu sababli Londonni(1940) to‘liq falaj qilisholmadi, SSSRning Ural orti sanoatini urisholmadi. Samolyotlar modernizatsiyasi sekinlashdi. 1941-yildan keyin Bf 109 havo ustunligini yo‘qota boshladi. Ju 87 Stuka zamonaviy havo janglarida omon qolmay qoldi. Pilotlar rotatsiyasi noto‘g‘ri olib borildi. Germaniya tajribali uchuvchilarni frontdan almashtirmasdi. 1943–44 yillarga kelib eng tajribali kadrlari yo‘qoldi. Sanoat yetishmovchiligi esa urush oxiriga kelib eng asosiy muammoga aylandi. 1943-yilgi ittifoqchilar bombardimonlari avion zavodlarini izdan chiqardi. Yoqilg‘i tanqisligi havo kuchlarini deyarli falajsiz qoldirdi.
Lutwaffe uchun Birinchi yirik mag'lubiyat Angliya jangi (1940) sodir bo'ldi. Bu jangdagi asosiy xatolar radar tizimini yo‘q qildik deb o‘ylash, aerodromlarga bosimni davom ettirmaslik, Londonga strategik hujumga o‘tish — RAFga vaqt berdi. Natijada Luftwaffe havo ustunligini qo‘lga kirita olmadi. “Sea Lion” operatsiyasi bekor qilindi.
Lutwaffening "qulash" davri 1943–45- yillarda sodir bo'ldi. 1943-yil Kurskdan keyingi inqirozlar boshlandi. Sovetlar modern qiruvchilarni (La-5FN, Yak-9) ko‘paytira boshladi. Luftwaffe o‘zining eski modellari bilan yetisha olmadi. 1943–44-yillarda Ittifoqchilar strategik bombardimoni kuchaydi. Messerschmitt Bf 110 va Me 410 lar esa og‘ir bombardimonchilarga qarshi samara bermadi. Faqat Fw 190 A va D seriyalari qisman yordam berdi. 1944-45-yillarda esa yoqilg‘i tanqisligi avjiga oldi. Pilotlar soni bor, ammo parvoz uchun yoqilg‘i yo‘q. Havo maktablari esa samolyotsiz qoldi.
Göringning noto‘g‘ri qarorlari, Hitlerning beto‘xtov aralashuvi, resurs tanqisligi bularning barchasi Luftwaffe’ni 1945-yilga kelib deyarli yo‘q qildi.

Lutwaffening Urush davridagi emblemasi (1933 - 1945)
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
Fransiyaning “so‘nggi generali”, qarshilik ramzi va prezident
Fransiyaning urush davridagi generali, qarshilik ramzi Sharl de Goll haqida. Sharl de Goll 1890-yil, Lilleda tug‘ilgan. Harbiy akademiyani Saint-Cyr (Fransiyaning West Point’i)da o'tagan. Birinchi jahon urushida Verdun yaqinida jang qilgan, asir tushgan. 1920–30-yillarda harbiy nazariyotchi sifatida tanilgan mexanizatsiya, tanklar guruhli hujumi, harakatchan armiya g‘oyalarini targ‘ib qilgan. Biroq uning g‘oyalari Fransiyada deyarli qabul qilinmadi, ammo nemislar Guderian orqali undan ilhomlangan.
Fransiya nemislar tomonidan mag‘lub etilayotgan paytda de Goll brigada generali bo‘lgan. 1940-yil may oyida kichik tank bo‘linmasi bilan qarshi hujum uyushtirib, mahalliy muvaffaqiyatga erishgan -bu vaqtida fransuz qo‘mondonlari qochishni boshlagan edi. 16-iyunda Mudofaa vazirining o‘rinbosari bo‘ladi. Peten hukumati kapitulyatsiyani qabul qilmoqchi bo‘lganda de Goll keskin qarshi chiqdi.
de Goll 1940-yil 18-iyunda London radiosi orqali mashhur murojaat qildi
Shu kundan boshlab u Franssiya qarshilik harakatining ramziga aylandi. Britaniya uni “Erkin Fransiya” rahbari sifatida tan oldi. De Goll Liviya, Chad, Kongo, Kamerun kabi koloniyalarni o‘z tarafida ushlab qoldi. Keyinchalik fransuz razvedkasi, partizanlari, Afrika kuchlari — barchasi unga bo‘ysundi.
De Goll juda mustaqil xarakterga ega edi, shu sababli Uinston Cherchill bilan tez-tez to‘qnashgan. AQSh prezidenti Ruzvelt esa uni yoqtirmagan. Ruzvelt de Gollni haddan tashqari ambitsiyali deb bilgan. Shunga qaramay, Ittifoqchilar Fransiyani ozod qilganda de Goll Parijga birinchi bo‘lib kirgan va siyosiy nazoratni o‘z qo‘liga olgan.
1944-yil 25-avgust Parij ozod etildi. De Goll shaharga kirib kelib: “Parij ozod! Ammo Parij o‘zi ozod bo‘ldi!” deb e’lon qilgan. Uning maqsadi Fransiya Ittifoqchilarning “protektorati”ga aylanib qolmasin. De Goll Muvaqqat hukumatni boshqardi va kommunistlar ham, monarxistlar ham unga qarshi bo‘la olmadi.
1946-yilda siyosiy nizolar sabab iste'foga chiqdi. 1958-yilga kelib, Jazoir inqirozi fonida yana hokimiyatga qaytishga majbur bo‘ldi. Beshinchi Respublika konstitutsiyasini yaratdi — bugungi Fransiya aynan shu tizim bilan boshqariladi. 1959-1969-yillarda Prezident bo‘lgan.
De Goll nisbatan mustaqil siyosat yuritgan. Shu sababli NATOning harbiy tuzilmasidan chiqdi (1966). AQShning Yevropadagi haddan tashqari ustunligiga qarshi bo‘lgan. Fransiyani “o‘z yo‘li” bo‘lgan yevropa kuchiga aylantirmoqchi edi. Fransiyani “uchinchi yadro kuchi”ga aylantirdi. “Force de frappe” - mustaqil frantsuz yadro triadasini yaratdi. Jazoirdagi urushni tugatdi va Jazoirga mustaqillik berdi. Buning uchun o‘zining sobiq qo‘mondonlari tomonidan hatto suiqasdlar bo‘lgan (OAS).
De Goll 1969-yilda referendumdan keyin iste'foga chiqdi. 1970-yilda esa vafot etdi.Bugun de Goll Fransiyaning eng muhim davlat arbobi, Ikkinchi jahon urushidagi qarshilik timsoli, mustaqil Yevropa konsepsiyasining asoschisi sifatida tan olinadi.

“Fransiya yutqazdi, ammo mag‘lub bo‘lmadi.”

🕊1
Nutq so'zlayotyan Sharl de Goll ( 1890 - 1970 )
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
Britaniyaning 80 tonnalik g'aroyib loyhasi - TOG II
TOG - “The Old Gang” degani, ya'ni Birinchi jahon urushi davridagi eski britan tankchilar guruhiga ishora. 1939–40-yillarda Britaniya yangi urush yana xandaq urushiga o‘xshab ketadi deb o‘ylab, shu eski guruhga ulkan tank loyihasini berdi. Maqsad keng xandaqlarni bosib o‘tish, beton to‘siqlarni yorib kirish, sekin ammo mustahkam “qamal tanki” yaratish edi.
TOG II yakuniy prototip bo‘lib, 1941–43 yillarda ishlab chiqilgan. Og‘irligi tahminan 80 tonna, uzunligi 10 metrga yaqin bo'lgan. Balandligi 3 metrga yaqin, ekipaj soni 6 nafar edi. Qurollanishiga keladigan bo'lsak dastlab 76 mm, keyinchalik 17-pounder (76,2 mm) to‘pi o‘rnatilgan. Bu to‘p “Firefly” tankidagi bilan bir xil edi. Zirh 76 mm gacha bo'lgan. Harakatlanishi esa dizel generator - elektr motor (elektr uzatmalar tizimi)li bo'lib, bu Gremyashchiy sinfidagi kemalar va Ferdinand/Elefant SPG’dagi tizimga o‘xshash edi. Tezligi bor-yo‘g‘i 13–14 km/soat, g‘ildiraklari juda uzun g‘ildirak tizimi — tırtillar butun uzunlik bo‘ylab.
Biroq ushbu tank frontda ishlatilmadi. Sababi Urush xarakteri o‘zgargan, 1940-yildan boshlab janglar xandaqlarda emas, tezkor harakat, blitskrig, mexanizatsiya bo‘ldi. TOG II bunday urushga butunlay mos emas edi. Hamda tank juda og‘ir va katta. 80 tonnalik tankni ko‘priklar ko‘tarmaydi, temir yo‘l orqali tashish mushkul, maydonda manevr qilish juda sekin bo'lgan. Bularga qo'shimcha ravishda ishlab chiqarish qimmat va noqulay. Britaniyada resurslar cheklangan edi, ustuvorlik esa Cherchill, Cromwell, Valentine, Matilda kabi real jangga mos tanklarga berildi.
TOG II - faqat 1 dona prototip ishlangan. U hozirgacha saqlanib qolgan va Bovington Tank Museumda turibdi. Biroq harakatlanishi bo‘yicha sinovlar muvaffaqiyatli bo‘lgan, lekin hech qachon jangga yuborilmagan.
TOG II na muvaffaqiyat, na harbiy yutuq - lekin Britaniya urush boshidagi qat’iy xandaq taktikasi mentalitetini aks ettiradi. Mexanik tajribalar (elektr uzatma) keyingi britan texnikalariga asos bo‘lgan. Tarixdagi eng noodatiy, eng uzun va eng “fantastik ko‘rinishga ega” haqiqatdagi super-og‘ir tanklardan biri.

Bovington muzeyidagi TOG II ( Buyuk Britaniya )
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
T.me/Legends_Machines - - do'stlaringiz, yaqinlaringizga ham kanalimizni ulashing. Bu postlarni davomiyligini oshiradi. Rahmat
Yaponiyaning so'nggi katta loyhasi - Nakajima G8N Renzan
1943-yildan boshlab Yaponiyada front ortga ketdi. AQShning B-29 Superfortress bombardimonchilari Tokio, Osaka va Nagoyani yer bilan yakson qila boshladi. Shunda Yaponiyo dengiz floti strategik javob sifatida yangi “super bombardimonchi” buyurtma qildi. Asosiy vazifa uzoq masofaga uchish (AQSh orollariga qadar), katta bomba yukini ko‘tarish, bartaraf etish qiyin bo‘lishi, kamida B-29 darajasiga yetish lozim edi. Nakajima G8N shu talab asosida yaratilgan.
Nakajima G8N uzoq masofali dengiz bombardimonchisi bo'lgan. Nakajima Hikōki KK tomonidan ishlab chiqilgan. Ekipaj 10–11 kishi. Samalyot uzunligi 22,94 m, qanotlar kengligi 30,48 m, balandligi 7,2 m bo'lgan. Dvigateli 4 × Nakajima NK9 Homare 22 radial dvigatellarga ega bo'lib, har biri 2000 ot kuchi atrofida edi. Maksimal tezlik esa 593 km/soat bo'lgan. 3 000 km dan ortiq masofani bosib o'tishga mo'ljalangan. Parvoz balandligi 10 000 m edi.
Nakajimada uzoqdan boshqariladigan zenit minoralari (Yaponiyada birinchi bor) o'rnatilga bo'lib, 20 mm to‘plar, 13 mm pulemyotlar bilan qurollantirilgan. Bomba yuklamasi 4 000 kg gacha ortilgan. Bu Yaponiyaning shu vaqtgacha yaratgan eng ilg‘or bombardimonchisi edi.
Biroq ushbu samalyotdan faqat to'rt dona qurilgan holos. Seriyali ishlanmaganini asosiy sababi esa 1944–45-yillarga kelib alyuminiy, dvigatel detallar, elektron optikalar kritik darajada kamaygan edi. Yaponiyada bitta G8N qurish ham juda qiyin bo‘ldi. Ittifoqchi bombardimonlari Nakajima zavodlari B-29 tomonidan muntazam vayron qilindi. Ko‘p tayyorlangan qismlar yo‘q bo‘ldi. Bundan tashqari haddan tashqari murakkab loyiha bo'lgan.Uzoq masofali, og‘ir, kuchli dvigatelli samolyot Yaponiyaning urush oxiridagi sanoat imkoniyatlaridan ustun chiqdi. Hech qachon jangga ulgurmagan. Faqat 4 dona prototip qurildi. Hech biri jangga kirmadi. Urush tugagach, AQSh ularni sinov uchun olib ketdi, keyinchalik utilizatsiya qilindi.
Nakajima Yaponiyaning eng ilg‘or bombardimonchi loyihasi hisoblangan. Texnik yechimlari B-29 darajasida bo‘lmasa ham, yapon aviatsiyasidagi eng yuqori pog‘ona hisoblangan. Yaponiya tarixida birinchi marta “strategik bombardimon” konsepsiyasi paydo bo‘lgandi. Masofadan boshqariladigan minoralar, kuchli radial dvigatellar, aerodinamik silliqlik keyingi yillardagi yapon loyihalariga asos bo‘ldi
G8N Renzan — Yaponiyaning “agar urush davom etsa” deb o‘ylab yaratgan, biroq hech qachon osmonni ko‘ra olmagan gigant bombardimonchi. U Yaponiyaning oxirgi ambitsiyasini, lekin frontning qattiq haqiqatini aks ettiradi.

❤1🔥1🕊1
Nakajima G8N Renzan ( Yaponiya )

❤2👏1🕊1