Kadrlar tayyorlashning yaxlit va samarali tizimi joriy etilmoqda
IIV Akademiyasida Prezidentimizning “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-303-son qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Administratsiyasi mas’ullari, IIV va Akademiya rahbariyati, sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda qarorda belgilangan ustuvor vazifalar, kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va zamonaviy ta’lim mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha “maktab – litsey – texnikum – oliygoh – tarmoq – malaka oshirish” tamoyili asosida yagona ta’lim klasteri joriy etiladi. Samarqand va Namangan viloyatlarida IIV texnikumlari tashkil etilib, dual ta’lim va kredit-modul tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Akademiyada “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” tamoyili asosida “maktablar (school) tizimi” joriy etilib, ilg‘or xalqaro tajriba va TOP-1000 universitetlar tajribasidan foydalaniladi.
Ta’lim oluvchilarning o‘qishidan xizmat faoliyatigacha bo‘lgan jarayonlarini qamrab oluvchi “Uzluksiz kasbiy rivojlanish monitoringi” tizimi hamda yagona raqamli portfolio yaratiladi.
Bundan tashqari, xodimlar, kursant va tinglovchilarning kasbiy sadoqati, vatanparvarligi va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus loyihalar amalga oshiriladi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
📱 Telegram | 📱 Instagram | ▶️ Youtube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9❤7🔥5⚡3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚
📖 Mavzu: “Fuqarolar bilan bevosita ishlovchi xodimlarning muomala madaniyati”
🖥 Ushbu mavzuda fuqarolar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi xodimlarning muomala madaniyati, odob-axloq qoidalari, samarali muloqot olib borish ko‘nikmalari hamda fuqarolar bilan munosabatlarda kasbiy va insoniy qadriyatlarga rioya etish masalalari yoritiladi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot jarayonida hurmat, xushmuomalalik, tinglash madaniyati, to‘g‘ri va aniq fikr bildirish, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolarning murojaatlariga professional yondashishning muhim jihatlari haqida zarur tushunchalar beriladi.
📖 Mavzuni diqqat bilan tomosha qiling, o‘zlashtirgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llang va fuqarolar bilan ishlashdagi kasbiy mahoratingizni yanada oshiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍8🔥3😁2
akadmvd.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hazili
Kuzatuvchilar orasida bunday insonlar yo'q bo'lishi mumkin.
Agar shunday tanishingiz bo'lsa o'zlariga yuborib qo'ying.😁
📱 Telegram | 📱 Instagram | ▶️ Youtube
Kuzatuvchilar orasida bunday insonlar yo'q bo'lishi mumkin.
Agar shunday tanishingiz bo'lsa o'zlariga yuborib qo'ying.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁20❤3👍1
🌿 KUN HIKMATI
📱 Telegram | 📱 Instagram | ▶️ Youtube
📚🔖 Ertalab sog‘-omon turolgan bo‘lsang,
Charog‘on quyoshni ko‘rolgan bo‘lsang.
Onangdan xol-ahvol so‘rolgan bo‘lsang,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!
Eshitsang juftingdan mehrli kalom,
Farzanding jilmayib aytsa: "Assalom!"
Otang duo qilsa-"Omon bo‘l, bolam!"
Demakki buguning-eng chiroyli kun!
Dilingga eng go‘zal tilaklar to‘lsa,
Orzular ushalsa, armonlar o‘lsa.
Aytar so‘zlaringda shukuring bo‘lsa,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!
Kuningiz yaxshiliklarga va shodliklarga to‘la bo‘lsin.✨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤7🔥5
Ҳисоблагич.exe
11 MB
IIV Akademiyasi Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Doniyor Xalilov tomonidan soha xodimlari uchun yana bir amaliy innovatsion elektron dastur ishlab chiqildi.
Ushbu dastur Windows kompyuterlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, jazo muddatlarini hisoblash jarayonini avtomatlashtiradi:🇩🇯 JK 73-moddasi asosida 1/3, 2/3 va 3/4 qismlarni aniqlaydi;🇩🇯 jazoning to‘liq tugash sanasini hisoblaydi;🖥 muddatidan ilgari shartli ozod qilish uchun qonuniy manfaat vujudga keladigan sanani aniq ko‘rsatadi.💡 Eng muhimi — ilmiy g‘oya amaliyotga tatbiq etilmoqda!
Shaxsiy fikrim: bunday ishlanmalarni oddiy dastur emas, kichik startap loyiha deb baholash kerak.
Chunki yaxshi g‘oyani o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash, unga imkoniyat yaratish va mehnatni rag‘batlantirish — katta innovatsiyalarga yo‘l ochadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤7🔥4💯3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚🔖 Mavzu: Hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlar🖥 Ushbu mavzuda shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga tajovuz qiluvchi jinoyatlarning huquqiy tabiati, ularning asosiy belgilari, jinoyat tarkibi hamda mazkur turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar bayon etiladi.
Shuningdek, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli jinoyatlarning turlari, ularni bir-biridan farqlash mezonlari, jinoyat sodir etilishining usullari va oqibatlari, shuningdek, amaliyotda mazkur jinoyatlarni to‘g‘ri huquqiy baholash bilan bog‘liq muhim masalalar yoritiladi.
📖 Mavzuni diqqat bilan tomosha qiling, bilimlaringizni mustahkamlang va inson hayoti hamda sog‘lig‘ini muhofaza qilishga qaratilgan kasbiy bilimlaringizni yanada oshiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤5👏4🔥3
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥6👏5❤1