IIV Raqamli ta’lim markazi 👮‍♂️| Police Learning Hub 👮‍♂️
14K subscribers
321 photos
169 videos
22 files
460 links
🚔 Police Learning Hub — IIV xodimlari uchun zamonaviy raqamli ta’lim markazi

📚 Xizmatdan ajralmagan holda bilimingizni oshiring!
Download Telegram
‼️ IIVning idoraviy texnikumlari tashkil etiladi

Prezidentning PQ–303-son qarori bilan ichki ishlar organlari uchun kasbiy kadrlar tayyorlashning yangi bosqichi belgilanadi.
⚠️ 2027/2028-o‘quv yilidan ro‘yxat bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlari yuridik shaxs maqomini saqlagan holda IIVning idoraviy texnikumlari sifatida qayta tashkil etiladi.

🔗Ofitserlar tarkibi uchun — 2 yillik ta’lim
Texnikumlarda “11+2” dasturi asosida:
🔻 2 yillik ta’lim;
🔻 davlat granti asosida kadrlar tayyorlash;
🔻 ikkinchi va undan keyingi kasbiy ta’lim — to‘lov-kontrakt asosida
amalga oshiriladi.

🛡 Safdorlar tarkibi uchun — 6 oylik tayyorgarlik
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar uchun 6 oylik maxsus boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi Kasbiy tayyorgarlik markazlarida amalga oshiriladi.
Barcha nomzodlar belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi.

🕯 Qabul kvotasi — 600 nafargacha
Ikki yillik ta’lim dasturi bo‘yicha har yillik umumiy qabul kvotasi 600 nafargacha bo‘ladi.

🎯 Davlat granti asosida o‘qib, texnikumni tamomlagan fuqarolar ichki ishlar organlarida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3 yil uzluksiz majburiy xizmat o‘tash haqida shartnoma tuzadi.

📚🔖 Ta’limning yangi modeli
Texnikumlarda ta’lim:
🔻 kredit-modul tizimi;
🔻 dual ta’lim shakli;
🔻 IIV Akademiyasi bakalavriat dasturlari bilan integratsiya
asosida tashkil etiladi.

📌 Natijada kasbiy ta’lim bosqichi Akademiya ta’limi bilan uzviy bog‘lanib, ichki ishlar organlari uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashning yagona mexanizmi shakllantiriladi.

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2👌1
‼️ Malaka oshirish tizimi ham yangi bosqichga chiqariladi
Prezidentning PQ–303-son qarori bilan IIV tizimida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmi ham takomillashtiriladi.

🇺🇿 Malaka oshirish institutining hududiy tarmog‘i kengaytiriladi
IIVning:
🔹 Farg‘ona;
🔹 Jizzax;
🔹 Toshkent;
🔹 Surxondaryo
mintaqaviy o‘quv markazlari IIV Malaka oshirish institutining filiallari sifatida qayta tashkil etiladi.
Nukus filialining kasbiy tayyorgarlik fakulteti esa “Serjantlar tayyorlash markazi” sifatida qayta tashkil etiladi.

🇩🇯 “Mobil kasbiy malaka oshirish kurslari” yo‘lga qo‘yiladi
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning:
🔺 o‘rta bo‘g‘in rahbarlari;
🔺 jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi xodimlari
uchun xizmat joylarining o‘zida bosqichma-bosqich mobil kasbiy malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Mashg‘ulotlarga Akademiya, Malaka oshirish instituti va Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari hamda amaliyot xodimlari jalb etiladi.

🇺🇿 IIV akademik litseylarida startap va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi
IIV akademik litseylarida ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun startap loyihalar va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi.
🔺 Har bir idoraviy litseyning 5 nafar mutaxassisi “Yangi O‘zbekiston” universitetida startap va xakaton loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.
🔺 Iqtidorli o‘quvchilar saralanib, ularning jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga qaratilgan startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi.

🇩🇯 Eng muhim imkoniyatlardan biri — litseylardagi xakaton va startaplar g‘oliblarining Akademiya bakalavriatiga belgilangan shartlar asosida yakuniy suhbatlarsiz qabul qilinishi mumkinligidir.

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32🔥2
‼️IIV ta’lim tizimida raqamli monitoring va “Smart-reyting” joriy etiladi

Prezidentning PQ–303-son qarori bilan kadrlarni tayyorlash, baholash va keyingi kasbiy rivojlanishini raqamli kuzatib borishning yangi mexanizmlari belgilanadi.

🇩🇯“Professional Life-Cycle Monitoring” tizimi
2027-yil 1-avgustdan idoraviy texnikumlar va Akademiyada “Uzluksiz kasbiy rivojlanish monitoringi” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
U ta’lim oluvchining o‘qish davridan boshlab xizmat faoliyati yakuniga qadar bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi.

🇩🇯Har bir ta’lim oluvchining raqamli portfoliosi yaratiladi
Portfolioda:
🔺 bilim darajasi;
🔺 kasbiy ko‘nikmalar;
🔺 shaxsiy fazilatlar;
🔺 o‘qish va xizmat faoliyati natijalari
real vaqt rejimida jamlab boriladi.
Portfolio “o‘quv-karyera” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi. Bitiruvchilarning faoliyati 5 yil davomida kuzatib boriladi.

🇺🇿 Portfolio asosida xodim uchun:
🔺 individual “o‘quv-karyera” modeli;
🔺 kasbiy o‘sish prognozi;
🔺 “istiqbolli karyera” bo‘yicha tavsiyalar;
🔺 zarur hollarda navbatdan tashqari malaka oshirish
mexanizmlari shakllantiriladi.
Raqamli portfolioda to‘plangan natijalar istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish va lavozimlarga tayinlashda ham hisobga olinadi.

🇺🇿“Smart-reyting” platformasi
Akademiya va Malaka oshirish institutida professor-o‘qituvchilar, kursant va tinglovchilarning natijalarini kompleks baholaydigan “Smart-reyting” platformasi joriy etiladi.

Reytingda:
🔺 akademik natijalar;
🔺 innovatsion metodik yondashuvlar;
🔺 mashg‘ulotlar samaradorligi;
🔺 jismoniy tayyorgarlik;
🔺 ilmiy, ijtimoiy va ijodiy faollik
inobatga olinadi.

🇩🇯 Har semestr yakunida eng yuqori natija ko‘rsatgan 10 nafar professor-o‘qituvchi va 10 nafar kursant rag‘batlantiriladi.
Shu bilan birga, o‘quv yili yakunida eng past natija ko‘rsatgan 10 nafar professor-o‘qituvchi bilan keyingi o‘quv yili uchun pedagogik faoliyat shartnomasi uzaytirilmasligi mumkin.

🇩🇯Ilmiy tadqiqot va grantlar
Jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi dolzarb muammolar yechimiga qaratilgan har yili kamida 5 ta ilmiy-tadqiqot granti e’lon qilinadi.
Shuningdek, ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ishlab chiqilgan loyihalarni IIVning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish mexanizmi joriy etiladi.

🇺🇿Asosiy maqsad: ichki ishlar organlari uchun kadr tayyorlashni yagona uzluksiz tizimga aylantirish — maktab → akademik litsey → idoraviy texnikum → IIV Akademiyasi → amaliyot → malaka oshirish → karyera.
Ta’lim, tadqiqot va amaliyot o‘zaro integratsiya qilinib, xodimning kasbiy rivojlanishi raqamli texnologiyalar orqali kuzatib boriladi.

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥3🙏1
Kadrlar tayyorlashning yaxlit va samarali tizimi joriy etilmoqda

IIV Akademiyasida Prezidentimizning “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-303-son qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezident Administratsiyasi mas’ullari, IIV va Akademiya rahbariyati, sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda qarorda belgilangan ustuvor vazifalar, kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va zamonaviy ta’lim mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Qarorga muvofiq, 2030-yilgacha “maktab – litsey – texnikum – oliygoh – tarmoq – malaka oshirish” tamoyili asosida yagona ta’lim klasteri joriy etiladi. Samarqand va Namangan viloyatlarida IIV texnikumlari tashkil etilib, dual ta’lim va kredit-modul tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, Akademiyada “ta’lim – tadqiqot – amaliyot” tamoyili asosida “maktablar (school) tizimi” joriy etilib, ilg‘or xalqaro tajriba va TOP-1000 universitetlar tajribasidan foydalaniladi.

Ta’lim oluvchilarning o‘qishidan xizmat faoliyatigacha bo‘lgan jarayonlarini qamrab oluvchi “Uzluksiz kasbiy rivojlanish monitoringi” tizimi hamda yagona raqamli portfolio yaratiladi.

Bundan tashqari, xodimlar, kursant va tinglovchilarning kasbiy sadoqati, vatanparvarligi va shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus loyihalar amalga oshiriladi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏97🔥53👍1
PF-181 .pdf
7.7 MB
Prezidentning «Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni...

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli hamkasblar!

🎓Raqamli kasbiy ta’lim platformasida yangi “Fuqarolar bilan ishlash” moduli tashkil etildi!

📚🔖 Mazkur modulning birinchi mavzusi platformaga joylashtirildi.

📖 Mavzu: “Fuqarolar bilan bevosita ishlovchi xodimlarning muomala madaniyati”


🖥Ushbu mavzuda fuqarolar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi xodimlarning muomala madaniyati, odob-axloq qoidalari, samarali muloqot olib borish ko‘nikmalari hamda fuqarolar bilan munosabatlarda kasbiy va insoniy qadriyatlarga rioya etish masalalari yoritiladi.
Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot jarayonida hurmat, xushmuomalalik, tinglash madaniyati, to‘g‘ri va aniq fikr bildirish, nizoli vaziyatlarning oldini olish hamda fuqarolarning murojaatlariga professional yondashishning muhim jihatlari haqida zarur tushunchalar beriladi.


‼️ Markaz jamoasi xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, fuqarolar bilan samarali va madaniyatli muloqot qilish kompetensiyalarini shakllantirish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda!

📖 Mavzuni diqqat bilan tomosha qiling, o‘zlashtirgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llang va fuqarolar bilan ishlashdagi kasbiy mahoratingizni yanada oshiring!

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍8🔥3😁2
ПҚ-303.pdf
19.8 MB
“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–303-son, 26.08.2026 y.) qabul qilindi.

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥53👏3
⚡️ Hurmatli kuzatuvchilar!

🤩 Raqamli ta’lim platformasini takomillashtirish va profilaktika ishlari davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan vaqtincha uzilishlar bo‘lishi mumkin.

🛡 Agar sizning profilingizda muammolar bo‘lsa,  tez orada  muammosiz ishlashda davom etadi.

📱Telegram | 📱Instagram| ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫡7👌65👍5
💙💙💙

🇺🇿IIV Akademiyasi oliy ta'limdan keyingi ta'lim fakulteti tayanch doktoranturasiga qabul e'lon qiladi.

Murojaat uchun:
akadmvd.uz

📱Telegram | 📱Instagram| ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🔥5👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hazili

Kuzatuvchilar orasida bunday insonlar yo'q bo'lishi mumkin.
Agar shunday tanishingiz bo'lsa o'zlariga yuborib qo'ying.
😁

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁193👍1
🌿 KUN HIKMATI

📚🔖Ertalab sog‘-omon turolgan bo‘lsang,
Charog‘on quyoshni ko‘rolgan bo‘lsang.
Onangdan xol-ahvol so‘rolgan bo‘lsang,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Eshitsang juftingdan mehrli kalom,
Farzanding jilmayib aytsa: "Assalom!"
Otang duo qilsa-"Omon bo‘l, bolam!"
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Dilingga eng go‘zal tilaklar to‘lsa,
Orzular ushalsa, armonlar o‘lsa.
Aytar so‘zlaringda shukuring bo‘lsa,
Demakki buguning-eng chiroyli kun!

Kuningiz yaxshiliklarga va shodliklarga to‘la bo‘lsin.


📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7🔥5
Ҳисоблагич.exe
11 MB
🇩🇯 FAQAT G‘OYA EMAS, AMALIY NATIJA!

IIV Akademiyasi Jazoni ijro etish faoliyati kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Doniyor Xalilov tomonidan soha xodimlari uchun yana bir amaliy innovatsion elektron dastur ishlab chiqildi.

💻«Mahkumlarning qonuniy manfaati kelib chiqish vaqtini hisoblash dasturi»

Ushbu dastur Windows kompyuterlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, jazo muddatlarini hisoblash jarayonini avtomatlashtiradi:

🇩🇯 JK 73-moddasi asosida 1/3, 2/3 va 3/4 qismlarni aniqlaydi;

🇩🇯 jazoning to‘liq tugash sanasini hisoblaydi;

🖥 muddatidan ilgari shartli ozod qilish uchun qonuniy manfaat vujudga keladigan sanani aniq ko‘rsatadi.

💡 Eng muhimi — ilmiy g‘oya amaliyotga tatbiq etilmoqda!
Shaxsiy fikrim: bunday ishlanmalarni oddiy dastur emas, kichik startap loyiha deb baholash kerak.


Chunki yaxshi g‘oyani o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash, unga imkoniyat yaratish va mehnatni rag‘batlantirish — katta innovatsiyalarga yo‘l ochadi.

👏 Doniyor Xalilovga yangi innovatsion loyihalarida omad, ishlariga rivoj va kasbiy o‘sish tilaymiz!

📣 Fursatdan foydalanib, Akademiyamizning boshqa professor-o‘qituvchilarini ham o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy va innovatsion loyihalar yaratishga chorlaymiz.

📱Telegram | 📱Instagram | ▶️Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87🔥4💯3