Leaders.uz
9.41K subscribers
397 photos
137 videos
76 files
421 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
#sarhisob | #2022 | #2023 | #hisobot

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Alhamdulillah, bu postni muvaffaqiyatini omadga emas, mehnat va Alloh Subhanahu va Taoloning bergan ne'matlariga bog'laydigan ummatning bir kichik bo'g'iniga "munosib bo'lay in Shaa Allah" - deya o'y fikrlovchi inson sifatida yozyapman.

Deyarli har kuni qodir qilgancha kunlik hisobot qilaman o'zim uchun.
Hisobot uchun:
•Daftar, qalam, kalkulyator
•Comfort sharoit shart emas
.

Bugun mana, ham oy hisoboti, ham yil hisobotini qilaman in Shaa Allah.

Bugun tugamadi hali in Shaa Allah, hali vaqt bor, kunning so'nggigacha ummat uchun yokida hech bo'lmaganda o'zimiz uchun, kichik bo'lsada foydali amallar bilan to'ldirish nasib qilsin.

Va bu aytilgan kun so'nggigacha faqat bugun uchun emas, ya'ni Yangi yilga qasd qilgan holda emas. Har kunlik tartib deb o'ylayman.

Asli buni eslatishga juda ikkilandim, amalini qanchalik uddalay olaman, amali riyodan omonda qolarmikin - deya.

Ammo, Kimningdir shu #eslatma sababi bilan vaqti unumli bo'lsa - deya ulashdim.

Bu bir mening fikrim emas, ilm talabida yurgan, aynan Yurtimizdagi minglab, balki millionlab talabalarning fikri in Shaa Allah.

Ha, chindan shunday; Nega biz ko'rmaymiz unda - degan fikr kelsa, sabr qiling. In Shaa Allah ko'rasiz, talabalar avvalo bilish uchun ilm olmoqda, bilinish uchun emas - buni yetkazish mas'uliyati bor ekani uchun ham, bu qismni ham ulashdim.

Bu yilimizni barakali qilib bergan Alloh, yangi yilni ham bundanda barakali amallar bilan o'tkazishni, nafs yo'limizdan yana bir qadam uzoqlasha olishni nasib qilsin in Shaa Allah.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

©"Leaders" jamoasi Liderlari
Leaders.uz
#sarhisob | #2022 | #2023 | #hisobot Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Alhamdulillah, bu postni muvaffaqiyatini omadga emas, mehnat va Alloh Subhanahu va Taoloning bergan ne'matlariga bog'laydigan ummatning bir kichik bo'g'iniga "munosib bo'lay…
#Alhamdulillah | #Alhamdulillah

Alhamdulillahi Robil 'Alamin

2 tomondan ham ulgurdik, oxirgi daqiqalarda biroz shoshishimizga to'g'ri keldi, aynan bugun, shunga yarasha ulgurdik Alhamdulillah.

Yangi yilimizni ham hozirgi turganimizdanda barakali qilsin in Shaa Allah.

In Shaa Allah duo qilib tursangiz, biz mehnatdan to'xtamaymiz in Shaa Allah.

©"Leaders" jamoasi Liderlari, yil yakun hisoboti

23:54 | 31.12.2022y. | 📍Uzbekistan
Leaders.uz
#Alhamdulillah | #Alhamdulillah Alhamdulillahi Robil 'Alamin 2 tomondan ham ulgurdik, oxirgi daqiqalarda biroz shoshishimizga to'g'ri keldi, aynan bugun, shunga yarasha ulgurdik Alhamdulillah. Yangi yilimizni ham hozirgi turganimizdanda barakali qilsin…
Buni yozmasam bo'lmaydi, har bir inson eng birinchi bo'lib dunyoga nega kelgan ekanini, nega yashashi kerak ekanini anglamog'i darkor.

Albatta har bir insonning qaysi davrida buni anglab yetishi Yagona Alloh Subhanahu va Taologa ayon.

Hayotini nega sarflashi kerak ekanini anglagan inson kunlarini, tokida soniyalarigacha ham manfaatli va yaxshi amallarga reja qilish bu ham vaqtning barakasiga hissa qo'shuvchi omillardan bo'lsa kerak.

Yil uchun qo'ygan maqsadlarimizning bir nechasi aynan 1 necha soatlar avvaligacha davom etdi.

Liderlar bir yerda emasmiz, bir uyda emasmiz, lekin ruhan birgamiz, deyarli har birimizda bir xil o'y-fikr bilan soniyama-soniya harakat qildik.

Qadarga rozimiz in Shaa Allah, lekin shunda ham ichingizdan juda-juda xoxlaysiz yetishni, nasib qilishini.

Alhamdulillah oxirgi 30 daqiqa qolganda ulgurdik, aniq aytaman Nasib qilib siyladi.

Olgan #saboqim ketkazgan behuda vaqtlarimni o'yladim, in Shaa Allah bundan keyin xulosasini unutmaslik nasib qilsin.

Uzr, bu post nafaqat bu kanalimiz uchun boshqa guruhlarimiz uchun ham umumiy yozildi.

Do'stlar, ilm deya kirgansiz, ilmni oling, biz bir sababchi xolos, undan ortig'iga davogarlik qilmasligimiz uchun duolaringizda Hidoyat so'rab tursangiz mamnun bo'lamiz in Shaa Allah.
Leaders.uz pinned «#Leaders | #Kanallar | #Manba ♦️@Leaders_Fanlar Fanlar bo'yicha ♦️@Leaders_official Asosiy kanal ♦️@Leaders_Kurslari Asosiy guruh ♦️https://youtube.com/channel/UCc9BQ16OwHXQuxkIHLKnPGw  YouTube sahifasi Ijtimoiy sahifalardan oqilona foydalaning, bor ilmni…»
#Fiziologiya_Asoslari | #PrePremyera

👋Fiziologiya Asoslari II Qism

In Shaa Allah duo qilib turasiz eson-omon ulashib olaylik.

@Fiziologiya_Asoslari I va II Qismdan foydalonmoqchi bo'lsangiz shu kanalga obuna bo'lib kutasiz😁😁

Sababini aytamiz hali, obuna bo'lib qo'yavering, hozircha Bepul😁

Tanishlarga ulashib qo'yish esingizdan chiqmasin...
​​#Nemis_Tili // #Deutsch  // #Kerakli

Har bir tilni o'rganishda avval alfabetni bilish kerak:
•26 ta harf
•3 ta umlaut (ü, ä, ö)
•1 ta ligatura - ß (estset); ss = ß

Alfabet asosida ba'zi fonetik qoidlar:
🔺unli + h -> unli cho'zib o'qiladi, eh -> /e:/
🔺r - g' holida o'qiladi aksari holda
🔺sch - sh holida o'qiladi va yana
sp - shp, st - sht holida keladi.
🔺eu - oy o'qiladi, deutsch
🔺tsch - ch tovushini beradi, deutsch
🔺ei, ai, oy, - ai holida o'qiladi
🔺ie kelsa i cho'zib o'qiladi /i:/
🔺so'z -er bilan tugasa /a/ o'qiladi
🔹Qolganini kanalga joylab qo'yarman😁

Nemis tilida artik va Kelishiklarni yaxshilab farqlab olishingiz kerak.

🔰Artikllar 4 xil bo'ladi:
•Aniq
•Noaniq
•Negative
•Tegishlilik
Izohini audioda aytganman👈

Nemis tilidagi eng ko'p qo'llaniladigan 2 fe'l (hozircha men bilgan)
•sein - to be
•haben - to have
Izohini audioda aytganman👈

Qandaydir xatolik bo'lsa bizga murojaat qilaverasiz.

In Shaa Allah qolgan ma'lumotlarni ham joylashga harakat qilamiz, asosiy kanalga obuna bo'lib qo'ysangiz xabardor bo'lasiz, tanishlaringizga ham ulashib qo'ying.
👈@Leaders_official
👈
http://www.youtube.com/@Leadersuz

Ilm olishdan aslo charchamang...
#Nemis_Tili // #Deutsch  // #Kerakli

Ushbu Ma'lumotlar uchun izoh👈

🔜Kerak bo'lganlarga ulashib qo'ying

@Leaders_official
Forwarded from Leaders _ Unumli
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

Avvalo Alloh niyatlarimizni to'g'ri qilsin, birinchi galda o'zimizni isloh qilish bilan diqqatimizni band qilib qo'ysin.

Men "Leaders" jamoasi Adminlaridan biri sifatida o'z fikrimni yozsam.

Asli avval menga foyda bergan turli:
•Tavsiya
•Yo'nalish
•Kitob
•Ustozlar hikmatini

Ko'pchilikka ham manfaatli bo'lsin deya, Ko'pchilikka ulashish maqsadida, qanday ish qilsam bo'ladi degan fikr keldi.

So'ng, hamma amalga oshiryotgan shaxsiy sahifa (blog) fikri keldi, lekin u fikr ko'p ma'qul kelmadi, unda faqat mening fikrlarim bo'lib qoladi - deya.

Shu sabab jamoa uchun ochdik.

@Leaders_Leisure "Yetakchilar bo'sh vaqti" deya nomladik kanalni.

In Shaa Allah bo'sh vaqtingiz bo'lsa, manfaatli ilm yoki xulosa olishingiz uchun foydalanib, foydasiz amallardan yiroqlashishingizga sababchi bo'lsin.

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬 #tavsiya // #dofamin // #qullik

♦️IJTIMOIY TARMOQNING QIROLLARIsiz


▪️Dofamin qulligi nima?
▪️Zarari qanday?
▪️Foydasi bormi men uchun?
▫️Kabi savollaringizga izoh.

©manbaa

📽"Leaders" jamoasi talabalar uchun ingliz tilidan erkin dublyaj qilishdi

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
​​#tavsiya

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Hayotimiz davomida eng to'g'ri qarorlardan biri bu - Ma'naviy boylik ni rivojlantirish

Shu sababdan bugun shu bo'yicha biroz fikr ulashmoqchimiz.

🔺Ko'pchilik Kitob o'qishni va uni varaqlashni hush ko'radi chamamda, sonlarga e'tibor beradi.
▫️Mening tavsiyam esa, "kitoblarni ichki dunyosini his qiling" - deyish.
Buni faqatgina o'zingiz his qila olasiz.
▪️Kitobi to'la javonlarni emas, kam bo'lsa ham, vaqt ajratib o'qiy oladigan kitoblaringizni sotib oling.
▫️Kitobni sotib olgan taqdiringizda ham, uni o'qigan taqdiringizda ham u sizga manfaat bermaydi, qachonki to'g'ri xulosa olmasangiz.
▪️U kitobdan (xatto 1 jumlasidan) foyda olib, amalga qo'llay olsangizgina siz uchun manfaatli bo'ladi in Shaa Alloh

🔺Qaysi turdagi kitoblarni olganingiz ma'qul:
•O'z dunyoqarashingiz va ilmingizdan kelib chiqasiz
•Shu asosida avvalo Dinimizga aloqador bo'lgan kitoblar sotib oling va qodir qilganicha manfaat oling
•O'z soxangizni kitoblarini sotib oling va manfaat oling
•Bir qancha muddat o'tgach, turli xil soxa bo'yicha ham kitoblar sotib olishni boshlang, shaxsiy qarashlaringizni himoya qila oladigan bo'lish uchun ham kerak

🔺Kitoblar biz uchun avvalo:
•Insonlar hayoti orqali maslahat beradi
•Asarlarni obrazlarini tafakkur qila olish orqali ongimiz rivojlanadi
•Hayotdagi o'z yo'nalishimizni topib, unda mustahkam bo'lishga sababchi bo'ladi

🔺Kitob o'qish vaqti: Bo'sh vaqtingizda kitob o'qimang, kitob o'qish uchun vaqt ajrating,  amalda qo'llab ko'rgach o'zingiz guvohi bo'lasiz
•Umuman "bo'sh vaqt"da nimadir amalga oshirmang, rejali ish qiling, shunda bo'sh vaqtning o'zi qolmaydi

🔺Kitobni asl yozilgan tillarida o'qishga harakat qiling, bilmasangiz o'rganing.
•"Bir kitob o'qish uchun til o'rganamanmi" - deb savol beruvchilar uchun emas bu tavsiya

🔺Kitob javon shakllantirishda:
•Hayotimizni tartiblovchi Kitob
•Alloh nasib qilsa o'zingiz yozgan Kitoblar bilan
•O'zingiz o'qigan kitoblar bilan
•O'qimoqchi bo'lgan Kitoblar bilan, shu tartib asosida to'ldiring.

Ana shunda kitob javonning qanchalik qadrli boylik ekanini, har soniya unga nazar solganda his qila olasiz.

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
​​GURUH YOKI JAMOANI BILASIZMI?!

Ko'pchilik jamoa deganda futbol jamoalarini (team, команда) tushinishi tabiiy hol. Futbol milionlar o'yini ekani bunga sabab albatta.

Bugun bir sabab bo'lib, shu ikki tushuncha bir ma'noni bersada, ikkovini farqli tarzda izohlashimga to'g'ri keldi.

Guruh - bir necha odamlar jamlanmasi, maqsadlari bir yo'nalishda, lekin o'zgarishi mumkin.

Jamoa - ma'lum bir odamlar jamlanmasi, maqsadlari bir va jamoaviy shunga harakat qilishadi.

Jahon arenasidagi klublar - guruh, Terma jamoalar esa - jamoa.

Klublar tarkibidagi futbolchilardagi maqsad - pul topish (boshqalari shuni asosida).
Terma jamoa tarkibidagi futbolchilar maqsadi - Yurt nomi (pul topish 2-darajali masala).

Shu sabab klubni almashtirish mumkin (pul sabab), lekin terma jamoani kamdan-kam alishtiradi.

Yana jamoaga misol, yoshlik onlarimiz, mahallamiz bilan boshqa mahalla futbol tashkil qilsak, mahalla nomi uchun bor kuch bilan o'ynaymiz. Shu sabab bizning mahalla jamoasi. Guruhi emas.

Endi juda ko'plab, o'quv kurslarida, bizning kuchli jamoa deb chiqishadi, bu albatta nisbiy, sababi a'zolarni maqsadi ko'p holda pul yoki obro' bo'ladi. Pulini bermasangiz jamoadan chiqadi, bersangiz yana yangilari qo'shiladi.
Haqiqiy jamoalarni esa yillar ko'rsatadi.

📍Yuqoridagi xulosani yozishimdan maqsadga o'tsam:

Bugun bir talaba, "sizlarning "Leaders" jamoayingizga ingliz tilidan dars o'tish uchun qo'shilmoqchiman, dars bera olaman" - deb yozibdi.
Suhbatlashdik, natijada u bizning jamoaga emas, bizni guruh deya qo'shilmoqchi ekan. Ya'ni faqatgina kurs o'tish yoki uni ortidan manfaat olish uchun.

So'ng men bizning "Leaders" jamoa sifatida shakllanganmiz, guruh sifatida emas, guruhni shakllantirish qiyin emas, istalgan insonga pulini bersangiz a'zo bo'laveradi, bizda esa unday emas, yillar davomida shakllanganmiz va Allohga shukur, bizni maqsad jamoa shakllantirish bo'lgan guruh emas, shu sabab ham bugun kichik bo'lsada jamoa sifatida mavjudmiz - deya javob berdim.

Jamoalar amal orqali namoyon bo'ladi, "team, команда, jamoa" degan nomlarni esa hamma ham qo'yib olaveradi.

Shu suhbatdan so'ng, o'z jamoadoshlarim bilan jamoa tarkibida harakat qilishimni nasib qilgan Allohga yana bir bor Ham aytdim.
Jamoadoshlarimga esa rahmat aytaman.

Duo qilib turasizlar in Shaa Alloh jamoaning faoliyati davomli bo'lsin.

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tavsiya // #tartib // #takrorlash

📽Natijalaringizga tartib va takrorlashning foydasi haqidagi dublyaj video

©Asl videoni ham, dublyajorni ham topa olmadik

@Leaders_Leisure
Forwarded from Leaders _ Unumli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Pomodoro // #texnikasi // #effektli

📽POMODORO (POMIDOR) TECHNIQUE



Ilm olishda tez unutuvchilar
Yetarlicha foyda ola olmayotganlar
Yetarlicha shug'ullana olmayotganlar
Diqqatini bir yerga jamlay olmayotganlar

Uchun ushbu video dublyajini amalga oshirdik, foydasi tegsa ulashib qo'ying...

©Asl manba

@Leaders_Leisure
📽Gomeostaz. Feedback Mexanizmlar. MNEMONIKA.


🔥🔥TIBBIYOT ASOSI OSON USLUBDA🔥🔥

Gomeostaz o'zi nima va ahamiyati?
Gomeostazni boshqarilishi?
Feedback nima, qanday mexanizm?
Tibbiyot mexanizmlari asosi.
Buni tushunmasangiz, mexanizmni tushunmaysiz.

https://youtu.be/M_Npie7svTY
https://youtu.be/M_Npie7svTY
LEADERS MEDICAL SCHOOL (LMS)
🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰

📊Maktab 4 bosqichdan iborat

•1-Bosqich - A [] 2-Bosqich - B
•3-Bosqich - C [] 4-Bosqich - D

🔺1-BOSQICH:
• Anatomiya + Ingliz tili
• Fiziologiya + Gistologiya
🔺2-BOSQICH:
• Biokimyo + Nemis/Rus tili
• Patologiya + Farmakologiya

🔺3-BOSQICH:
Preklinik Fanlar -> Klinik Fanlar -> Mutaxassislikka yo'naltiruv
🔺4-BOSQICH:
Mutaxassislik in Shaa Alloh.

~1-2-Bosqichlar 1,5 yildan (o'rtacha)
~3-4-Bosqichlar (mutaxassislikka bog'liq)

Barcha bosqich tartib bilan o'tib kelinadi
1-Bosqich to'liq o'zbek tilida o'qitiladi
2-Bosqichdan Ingliz tilida
@Leaders_Result Talabalarning natijalari

Barcha Darslar (tillar ham) "Leaders" jamoasi Liderlari tomonidan o'qitiladi.

To'lov summasi: 250 ming so'm oyiga,
Har oyning 10-sanasigacha to'lanishi kerak
+Til uchun ham, Tibbiyot uchun ham shu to'lov, yagona, alohida boshqa to'lov yo'q

🗄Manbalar:
~Videodarslar
~Jamoa Tomonidan yozilgan kitoblar
~Testlar
~PPT

⚠️Ruxsatsiz holda materiallarni tarqatish taqiqlangan!

@LMS_Qabul Qabulga yozilish

@Leaders_official || @LMS_Qabul
Leaders.uz pinned «LEADERS MEDICAL SCHOOL (LMS) 🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰🟰 📊Maktab 4 bosqichdan iborat •1-Bosqich - A [] 2-Bosqich - B •3-Bosqich - C [] 4-Bosqich - D 🔺1-BOSQICH: • Anatomiya + Ingliz tili • Fiziologiya + Gistologiya 🔺2-BOSQICH: • Biokimyo + Nemis/Rus tili • Patologiya…»
LEADERS MEDICAL SCHOOL (LMS)

Maktab "Leaders" tomonidan 28.05.2020y. tashkillangan

Jamoa Liderlari:

•Tibbiyot OTM eng ilg'or va Liderlik mas'uliyatini ola oluvchi

•Tibbiy hamda ingliz/rus/nemis/o'zbek tilidagi manbalarni tayyorlovchi va ularni oqilona tahlil qila olish qabilyatiga ega

•Ilmni "Bilinish uchun emas, Bilish uchun" egallovchi

•Bir qo'li ortdagi insonlarni o'ziga tortuvchi, bir qo'li oldindagi ilmlarni izlovchi

•Haqiqiy Liderlik sifatlariga ega bo'lgan Yetakchilar

Maktab 3 yil mobaynida foydalaniluvchi resurslarni jamladi:

•Yozilgan Kitoblar
•Tarjima Kitoblar
•Standart Konspekt va Audiolar
•HANDWRITTEN manbalar
•Turli xil shaklli test va Krossvordlar
•HANDWRITTEN videoLAR
•Manba shaklidagi videoLAR
•3D formatdagi videoLAR
•Dublyaj videoLAR

🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰🔰
So'nggi vaqtda esa, OTM Professor, Fan doktori, Dotsent Ustozlari bilan birgalikda "Tibbiyotning O'zbek Modeli" loyihasini boshladi.

O'zbek tibbiyoti andozasi Sovet Ittifoqi modelidan olingan edi *Shu_kungacha

Biz birdan Yangi Jahon Modeliga kirib bora olmaymiz "Yangisini qurmay turib eskisini buzmaymiz"

Bizda resurlar, kuchlar yetarlicha, lekin astalik bilan kirib boramiz Jahon Tibbiyotiga in Shaa Alloh.

Bu nafaqat O'zbek tibbiyoti uchun, bizga chegaradosh davlatlar uchun ham yaxshigina yo'nalish bo'ladi in Shaa Alloh.

"Tibbiyotning O'zbek Modeli" Alloh nasib qilsa 20 yillik reja asosida shakllantirildi, uning qanchalik tezlashishi siz va bizga bog'liq

Ushbu Modelni amaliy kuchga kirishi hozirda faoliyat yuritayotgan "Leaders" jamoasi tomonidan tashkillangan:
LEADERS MEDICAL SCHOOL orqali boshlanadi

Mavjud boshqa jamoa/guruh larga ham Model dan foydalanishni, haqiqatni tan olgan holda, astalik bilan o'zgarishga birga qadam tashlashni tavsiya etamiz.

Har kim o'z yo'lida bo'lsa ham, Bir Model asosida qadam tashlansa in Shaa Alloh 20 yildan so'ng biz o'ylagandan 10 balki 100 chandor ortiq natijani Alloh tuhfa etadi in Shaa Alloh.

"LEADERS MEDICAL SCHOOL" ning ilk ta'lim oluvchisi va "TIBBIYOTNING O'ZBEK MODELI" ning qurilishini birgalikda guvohi bo'lmoqchi bo'lsangiz, ushbu xabarlarni kengroq ulashing:
@Leaders_official / @Leaders_Kurslari

Telegram | YouTube | LMS | Aloqa
GISTOLOGIYA ASOSLARI.pdf
5.5 MB
#GISTOLOGIYA_ASOSLARI/#DEMO

Kod: Leaders
File ni ocha olmasangiz:
t.me/Leaders_official/159 👈


▪️Gistologiya Asoslarini to'g'ri shakllantiring
▪️Manbani qolgan qismiga ega bo'lish uchun kengroq ulashing va kanalga a'zo bo'ling

@Histology_baza

Telegram | YouTube | Gistologiya
NEGA TILNI O'RGANISH KERAK?

1-Rasm: Chat GPT ning telegram botiga o'zbekcha berilgan savol.

2-Rasm: Chat GPT ga xuddi shu savolni inglizcha berilgandagi javob

Ko'ryapsizki sun'iy intelekt (AI) meni savolimga javob bera olmadi, chindan bu uning KAMCHILIGI.

Bu degani siz tilni o'rganmasangiz, xatto Sun'iy intelektdan ham ma'lumotlarni yetarlicha ola olmaysiz degani :(

Xullasi shunaqa gaplar...

@Leaders_Kurslari Maktab qabuli davom etmoqda

@Leaders_official