La TeLiga | Omonjon To'xtamirzayev
1.15K subscribers
2.5K photos
209 videos
1 file
121 links
Bu yerda asosan La Liga jamoalari va ispan futboliga oid materiallarni kuzatib borishingiz mumkin. Yodda tuting, La Liga > APL

Murojaat uchun: @tozareklama1
Download Telegram
🛩 Zaxaryan "Real Sosedad"ga transferini yakunlash uchun bugun Ispaniyaga yetib boradi

Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan bugun Ispaniyaga uchib boradi.

Bu haqida mashhur insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Rossiyalik Ispaniyaga yetib kelgach, tibbiy ko'rikdan o'tadi va undan keyin zarur hujjatlarni imzolaydi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🤕 Ronald Arauxo bir oyga safdan chiqdi

"Barselona" himoyachisi jarohat oldi.

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jarohat oldi va bir oyga safdan chiqdi.

Natiijada, Arauxo "Vilyareal", "Osasuna" va "Kadis"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvlardan keyin terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus bo‘ladi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
✌️"Valensiya" va "Vilyarreal"da g‘alaba

🗓 2-turning dastlabki 2 uchrashuvi ortda qoldi.

📌Bugun yana 3 ta o‘yin, jumaldan, "Real Madrid"ning" Almeriya"ga qarshi bahsi bo‘lib o‘tadi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🏟 "Athletik Bilbao" - "San Mamеs" in 2014
🏟 "Atletiko Madrid" - "Wanda Metropolitano" ("Civitas Metropolitano") in 2017
🏟 "Real Madrid" - Santiago Bernabеu" in 2023
🏟 "Barcelona" - "Camp Nou" in 2026
🏟 "Real Betis" - "Benito Villamarín" in 2026

👏 Ispanlar 2030-yilgi JCH uchun ajoyib stadionlar tayyorlamoqda

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
✍️ "Barselona" va Mark-Andre ter Shtegen shartnomani 2028-yilgacha uzaytiradi

Yangi shartnomaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi dastlabki ikki mavsumda maoshi kamayishiga rozi bo‘lgan, o‘rtadagi farq esa keyingi yillarda qoplab beriladi.

Bu mavsumda maoshdan tejab qolingan pullar klubga moliyaviy "fair play" qoidalarini buzmasligini ta’minlaydi va "Barsa" yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza oladi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
📌"Real Madrid" "Almeriya"ga qarshi o‘yin uchun asosiy tarkibini e'lon qildi

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 22:30da start oladi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Quvnoq futbol ko‘ryapmiza azizlar 👍

20-daqiqa ichida 2 ta gol! Matnli translyatsiyani BU YERDA o‘qishingiz mumkin.

Vinisiusga nisbatan follar xuddi avvalgi mavsum yakunlanmagandek davom etadi 😁

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🤨 Saudiyaning "Ar Riyod" klubi ispaniyalik hujumchini ijaraga oldi

Yana bir futbolchi Ispaniyadan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi.

"Al Riyod" klubi kecha, yakshanba kuni ispaniyalik forvard Xuanmi transferini ijobiy yakunladi.

"Betis"ning 30 yoshli futbolchisi La Liganing o‘tgan mavsumida 22 o‘yinda 4 ta gol urishga erishgandi.

Ta’kidlash lozim, hozircha futbolchi ijara huquqi asosida yangi jamoasi safiga borib qo‘shiladi. Ijara muddati esa 2023/24-yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🤝 PSV Serjino Destni ijaraga oldi

"Barselona" himoyachisi Serjino Dest faoliyatini PSVda davom ettiradi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.

Gollandiya klubi 22 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Shuningdek, PSVda himoyachini sotib olish huquqi ham bo‘ladi. O‘z navbatida, "Barselona" esa futbolchining keyingi transferidan ma’lum foiziga egalik qilish bo‘yicha band kiritadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ijara muddati davomida Destning taxminan yarmini "Barselona" to‘lab boradi.

O‘tgan mavsumda Dest "Milan" sharafini himoya qildi va A Seriyaning 8 o‘yinida maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshirmadi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
💰"Real Sosedad" Zaxaryanning tovon pulini 75 mln yevro qilib belgiladi

Xabaringiz bor, Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi xavbek Arsen Zaxaryanni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Futbolchi bilan kelishuvda klub tovon pulini 75 mln yevro qilib belgiladi.

Shunday qilib, Zaxaryanning narxi "Dinamo" bilan shartnomadagi bilan solishtirsak, bir necha marta oshdi.

Eslatib o‘tamiz, Zaxaryan "Sosedad" bilan bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🔛"Anderlext" "Sevilya"dan Dileynini ijaraga oldi

"Anderlext" mabuot xizmati "Sevilya"dan Tomas Dileyni ijaraga olinganini e’lon qildi.

Andalusiya shahri jamoasi safida Tomas 2021-yilda Dortmundning "Borussiya"dan kelganidan buyon harakat qilmoqda. Jamoa safida daniyalik umumiy hisobda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyidan buyon futbolchi "Xoffenxaym" safida ijarada to‘p tepayotgandi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📊 Vinisius Chempionlar Ligasi o‘tgan mavsumida:

⚽️ 7 ta gol va 6 ta assist, "Liverpul" va "Chelsi"ni musobaqadan kuzatib qo‘ydi;

🎩 musobaqada barchadan ko‘p dribling – 82

🤹‍♂️ musobaqada barchadan ko‘p birga-bir holatlarda muvaffaqiyatli aldashlar – 47

O‘sha Vinisius:

🎪UEFA ta`lqini bo‘yicha eng yaxshi o‘yinchilar TOP-10ga kirmadi

Bunga guvoh bo‘lgan "Yevropa futbol irqchilar ittifoqi"

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🟢 "Betis" futbolchisi Lion"ga yo‘l olishga yaqin

"Betis" yarim himoyachisi va Argentina termasi futbolchisi Gvido Rodriges faoliyatini "Lion"da davom ettirishi mumkin.

Xabar qilinishicha, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Fransuz klubi o‘yinchi transferi uchun 8 million yevro berishga tayyor.

O‘tgan mavsum Rodriges 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta sariq kartochka ishlab oldi. 29 yoshli argentinalikning "Betis" bilan shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi.

"Transfermarkt" poratli futbolchi transferini 28 million yevroga baholamoqda.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
"Real Sosedad" Zaxaryanni Ispaniya chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi

"Real Sosedad" yarim himoyachi Arsen Zaxaryanni La Liga qaydnomasiga kiritdi.

Bu haqida La Liga rasmiy saytida xabar berildi.

Rossiyalik klubida 12-raqam ostida harakat qiladi.

Shunday qilib, futbolchi 25 avgust kuni chempionatning 3-turi doirasidagi "Las-Palmas"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha oladi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Xavi jarohatlangan Pedriga APLdan o‘rinbosar topdi

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Tottenxem" xavbeki Jovani Lo Chelsoni jamoasida ko‘rmoqchi.

Murabbiyning fikriga ko‘ra, argentinalik Pedriga ideal o‘rinbosar bo‘la oladi. Ispaniyalik yarim himoyachi jarohat sabab mavsum startini o‘tkazib yuboradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Pedri faqatgina oktyabr oyida safga qaytadi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🎙Imanol Alguasil: "Karpinga alohida rahmat"

"Real Sosedad" bosh murabbiyi Imanol Alguasil bir necha kun avval Moskvaning "Dinamo"sidan kelgan yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning adaptatsiya jarayoni haqida gapirib o‘tdi.

Rossiyalik futbolchi "Sosedad"ning La Liga 3-turi doirasidagi "Las-Palmas"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasiga kiritildi.

"To‘g‘risini aytsam, u meni ajablantirdi. Gap uning darajasida emas, u qanchalik tez yangi jamoaga moslashishida. Biz doim bu fikrni aytamiz. Yaxshi futbolchilarning adaptatsiya jarayoni ham juda tez o‘tadi. Uning ingliz tili darajasi va ba’zi futbolchilar tufayli u jamoaga tezda kirishib keta oldi. Vazifalarni bemalol tushunib, barchasini tez o‘rganmoqda. Tabiiyki, men hozir uning darajasi, iqtidori yoki salohiyati haqida gapirmoqchi emasman. Arsen ajoyib xarakterga ega 20 yoshli yigitcha. Kutilmagan biror voqea yuz bermasa, u zo‘r futbolchi bo‘la oladi. U jamoaga yaxshi moslashib ulugrdi va qaydnomaga kiritishimning yagona sababi ham uning maydondagi harakatlaridir.

Shuningdek, men Valeriy Karpinga tashakkur bildirmoqchiman. "Zaxa"ni terma jamoaga chaqirmay, yangi klubi moslashish uchun imkon yaratib berdi".

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🤝"Real Sosedad" "Arsenal" himoyachisini ijaraga oladi

"Real Sosedad" "Arsenal" bilan shotlandiyalik himoyachi Kiran Tirni ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

"The Athletic"ning xabariga ko‘ra, London klubi ijara uchun ma’lum miqdorda pul ishlab oladi va ispanlar futbolchining maoshini ham to‘liq to‘lab borishadi.

Ma’lum bo‘lishicha, chap qanot himoyachisi dam olish kunlari tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. 26 yoshli Tirni "Real Sosedad" tarkibida La Liga va Chempionlar Ligasi bellashuvlarida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonchi komil.

Eslatib o‘tamiz, Kiran Tirni 2019-yil "Arsenal" tarkibiga borib qo‘shilgan. "Transfermarkt" portali futbolchi transferini 25 million yevroga baholamoqda.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Bellingem Azarning "Real"dagi rekordini takrorladi 🤯

Jud Bellingem "qirollik klubi" safida gol urish bo‘yicha Azarning rekordini takrorladi.

😅 Gap shundaki, belgiyalik futbolchi La Liganing 4 mavsumi davomida 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bunday natijani takrorlash uchun angliyalikka 3 ta o‘yin kifoya qildi

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Markos Alonso "Manchester Yunayted"ga o‘tadimi

"Manchester Yunayted" transfer oynasi yakuniga qadar himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida.

Ma’lumotlarga qaraganda, MYU "Barselona"dan Markos Alonsoni sotib olish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Lamin Yamaldan yana rekord 🔥

16 yoshli Yamal XXI asrda La Liga doirasidagi uchrashuvda golli uzatma yetkazib bergan eng yosh futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, u jamoadosh akasi Ansu Fatining rekordini yangilashga muvvafaq bo‘ldi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸