La TeLiga | Omonjon To'xtamirzayev
974 subscribers
2.5K photos
209 videos
1 file
124 links
Bu yerda asosan La Liga jamoalari va ispan futboliga oid materiallarni kuzatib borishingiz mumkin. Yodda tuting, La Liga > APL

Murojaat uchun: @tozareklama1
Download Telegram
🤯 Rodri: "Yevropa futboli yutqazmoqda"

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Saudiya Arabistoni klublari amalga oshirayotgan transferlar haqida gapirib o‘tdi.

"Bu vaziyatda Yevropa futboli yutqazmoqda. Buni ham tushunish qiyin emas, Saudiya Arabistoni klublari taklif qilayotgan summalarga qarang. Iqtidorlarning ketishini qandaydir yo‘sinda nazorat qilish zarur, chunki hozirga kelib yosh, o‘ta iqtidorli futbolchilar ham Saudiya Arabistoniga yo‘l olayotganini ko‘ryapmiz" [Gabi Veyga transferi nazarda tutilmoqda].

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇸 Takefusa Kuboning La Ligadagi barcha gollari ⚽️

La Ligada yaponlar orasida eng ko‘p gol urgan futbolchi 🇯🇵

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
💪Laporta: "Biz Xavi davrining boshida turibmiz"

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubda yangi davr boshlanayotganini ta’kidladi.

"Biz yangi davrni boshlayapmiz, Xavi davrini. O‘tgan mavsum asosiy vazifamiz Ispaniya chempionatidagi g‘alaba edi, endi boshqa vazifalarni bajarish zarur – La Liga va yana bir nechta muhim titullar.

Yangi davr boshlandi va biz baxtli insonlarmiz, sababi Xavi erasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ra olamiz. Ishonchim komil, bu "Barselona" tarixidagi eng zo‘r davrlardan biri bo‘ladi".

Avvalroq, Xavi "ko‘k-anorranglilar" bilan kelishuvni uzaytirish borasida kelishuvga erishgani ma’lum qilingandi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🇪🇸 Lamin Yamal - Ispaniya termasi tarixidagi eng yosh futbolchi

Bu bolakay 16 yoshu va 55 kunlik.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🔙2016:

Lamin Yamal Serxio Ramos bilan "El Klasiko" oldidan "Camp Nou" maydoniga tushishga tayyor turibdi.

🔜2023:

Lamin Yamal Ispaniya termasi tarixidagi eng yosh futbolchi va eng yosh gol urgan futbolchiga aylandi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😅Ronaldinho muxlislardan ham fint bilan o‘tib ketadi

Boshlangan kuningiz xayrli o‘tsin!

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
💥"Barselona" Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olmoqchi

Kataloniyaliklar "Napoli" vingerini 2024-yil yozida o‘z saflariga qo‘shib olmoqchilar.

"Barselona" rahbariyati moliyaviy qiyinchiliklar davri sekin-asta ortda qolayotganiga ishonadi va ushbu mavsum oxirida barchasi o‘z o‘rniga tushadi deb hisoblamoqda. Shuningdek, jamoa YеСHLda muvaffaqiyatli qatnashish orqali ham ma’lum darajada pul ishlab olishni ko‘zlagan.

"Barsa" keyingi yil yozida tarkibini neapolliklarning gruziyalik yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya bilan kuchaytirib olishni niyat qilgan.

O‘z navbatida "Napoli" Kvaratsxeliyani 100 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
​​Ispaniya termasi safidagi debyut golinieng tez urgan futbolchilar:

🥇Fernando Moryentes – 53 sekund

🥈Pau Torres – 59 sekund

🥉Aleks Baena – 71 sekund

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🥹 Ter Shtegen Messi "Barselona"ga qaytishini istaydi

"Barselona" kiperi Mark-Andre Ter Shtegen "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi kataloniyaliklar safiga qaytishini istaydi.

"Agarda Messi qaytsa, bu biz uchun juda yaxshi yangilik bo‘lardi. Kim biladi deysiz, balki vaqti kelib u klubga baribir qaytar, balki boshqa rolda.

"Barselona" — uning klubi va Leoning hayotida alohida o‘rni bo‘lib qolaveradi. Bu yerda aksariyat insonlar hamon Messi bilan aloqada bo‘lib turadi.

Leo bilan do‘st bo‘lgan ba’zi futbolchilar esa hozir u bilan Mayamida birga o‘ynamoqda", - dedi darvozabon.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
"Real Sosedad" Zaxaryanni YеCHL qaydnomasiga kiritdi

"Real Sosedad" yangi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryanni UYEFA Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritdi.

Xabaringiz bor, yozgi transfer oynasida "Real Sosedad" rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosiqichida klub "Inter", "Benfika" va "Zalsburg"ga qarshi kurash olib boradi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
"Real" oilasini yo‘qotgan marokashlik bolani akademiyasiga taklif qildi

"Real" Marokashda yer qimirlashi oqibatida oilasini yo‘qotgan bolakayni o‘z akademiyasiga taklif qildi.

Abdul Raxim Avida mahalliy OAVga ko‘z yosh bilan intervyu berayotganda aynan "qaymoqranglilar" futbolkasida edi.

Ispan klubi telekanal orqali bolakayni tog‘asini topdi va Abdul Avida bilan aloqaga chiqa oldi.

Abdul otasining orzusini ro‘yobga chiqarmoqchi: doktor yoki o‘qituvchi bo‘lish. "Real" bu yo‘lda Avidaga yordam beradi va o‘qishini ta’minlaydi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Serxio Ramos 2005-yildan buyon birinchi marta La Ligada "Sevilya" safida maydonga tushdi

Himoyachi Serxio Ramos La Liga 5-turi doirasidagi "Sevilya" - "Las Palmas" (1:0) o‘yinida maydonga tushdi.

Tajribali futbolchining ushbu klub safidagi oxirgi o‘yini 2005-yilning 28-avgustida "Rasing"ga qarshi bahsda amalga oshgan.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🇪🇸 Аyni vaqtda La Liga turnir jadvalidagi holat

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
⚡️Lionel Messi dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lishi mumkin...

Ammo pitsa tanlashni bilmasa, bundan nima naf 😅

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
📄 "Real Madrid" ChL 1-turi doirasidagi "Union Berlin"ga qarshi bahs uchun qaydnomasi ma`lum

"Real Madrid"ning ertangi bahs uchun qaydnomasi e`lon qilindi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
"Milan" - "Nyukasl" bahsi birinchi bo‘limi oxiriga yaqin Leau maydonning deyarli yarmidan uchib kelgan to‘pni qabul qilib, tovoni bilan uni bo‘sh zonaga yo‘naltirdi, ofsaydga tushib qolmay, ochildi va to‘p bilan jarima maydoniga yorib kirdi, "zamax"da Longstaffni o‘tqizib qo‘yib, Botmandan ham o‘tdi, Gimarayesh va Tonalining yonidan o‘tib, zarba uchun qulay nuqtaga chiqdi – va tovoni bilan zarba berishga qaror qildi. Qoqilib, o‘zi istaganidek zarba berolmadi, yiqildi.

Na "Milan", na "Nyukasl" va na Leauning muxlisiman, biroq zamonaviy futbolda bunday shaxslar borligi quvonarli hol. Hozirgi davrga umuman mos bo‘lmagan futbolchi. Maydonda o‘yindan shunchaki zavq olayotgan Leau. Bunaqasi braziliyada ham qolmadi shekilli.
🔥"Barselona" Yevropa Chempionlar ligasidagi yurishini boshladi

Kataloniyaliklar qaysi bosqichgacha yetib boradi deb o‘ylaysiz

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎯 GOOOOL

🇪🇺 Chempionlar ligasi 🏆 1-tur
"Barselona" 1:0 "Antverpen"
⚽️ Gol:
Joao Feliks 11


Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸