La TeLiga | Omonjon To'xtamirzayev
973 subscribers
2.5K photos
209 videos
1 file
124 links
Bu yerda asosan La Liga jamoalari va ispan futboliga oid materiallarni kuzatib borishingiz mumkin. Yodda tuting, La Liga > APL

Murojaat uchun: @tozareklama1
Download Telegram
Forwarded from Championat.asia
Чемпионлар лигасида гуруҳ босқичининг барча иштирокчилари маълум бўлди, бугун қуръа https://championat.asia/t/J5lGWlUg

@championatasia
🏆"Albasete" sobiq futbolchisi Alba Redondoga hurmat ko‘rsatdi

🏟 Klub sport bazasining asosiy maydoniga Andreas Inyesta nomi berilgandi, endilikda u Redondo sharafiga ataldi.

⚽️ Alba nafaqat "Albasete" tug‘ilgan, balki hozirgi jamoasi "Levante"ga o‘tgunga qadar jamoa sharafini himoya ham qilgan.

Albasete Redondo.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🔥YeChL yangi mavsum guruh bosqichi uchun qur'a tashlandi

Kimningdir kayfiyati chog‘, kimdir o‘yga tolgan...

🤔 Guruhlardagi vaziyat haqida nima deysiz?

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🔥 Bugun Yevropada TO oxirgi kuni

Faqat rostini ayting, Kilian Mbappe "Real"ga o‘tishini istaysizmi? U xoh bugun bo‘lsin, xoh keyingi yil...

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
📌 "Barselona" yaqin soatlar ichida Kanselu va Joau Felix transferini e`lon qiladi

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥 "Brayton" Ansu Fati transferini e`lon qildi

✍️ Inglizlar 20 yoshli futbolchini bir mavsumga ijaraga olishdi.

"Brayton"da sotib olish huquqi yo‘q. Xavi aynan shunday ko‘rinishdagi transferni so‘ragandi. Ko‘ramiz, Fati mavsumni APLda qanday o‘tkazarkin...

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🤝 "Barselona" Kleman Langleni "Aston Villa"ga ijaraga berdi

Himoyachi inglizlar safida ijara huquqi asosida harakat qiladi. Bu haqida "Barselona" matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Kelishuv 2024-yil 30-iyungacha amal qiladi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
Vaqt juda tez o‘tmoqda...

🔙 Uch yil avval La Liga rasmiy akkaunti shunday savol bilan murojaat qilgandi:

"Salohiyatni inobatga olib aytsak, qaysi duetning kelajagi porloq – Rodri va Vini yoki Fati va Puch?"

🔜Oradan qandaydir 3 yil o‘tib, futbol uchun bu unchalik katta muddat emas, La Liga akkauntining bu borada savoli qolmadi:

👍Vini – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, Rodrigo – "Real"ning muhim futbolchilaridan biri va eng yaxshi jokeri.

👎Fati – "Brayton"ga, Puch – "Los Anjeles Galaxy"ga o‘tdi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🛬 Serxio Ramos Sevilyaga yetib keldi

PSJ va "Real" sobiq futbolchisi Serxio Ramos mahalliy klub bilan shartnoma tuzish uchun Sevilyaga yetib keldi.

Eslatib o‘tamiz, Ramos "Sevilya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002 — 2005 yillar mobaynida klub sharafini himoya qilgan.

Ispaniyalik himoyachi PSJdan ketganidan so‘ng, erkin agent bo‘lib turgandi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
La TeLiga | Omonjon To'xtamirzayev
🛬 Serxio Ramos Sevilyaga yetib keldi PSJ va "Real" sobiq futbolchisi Serxio Ramos mahalliy klub bilan shartnoma tuzish uchun Sevilyaga yetib keldi. Eslatib o‘tamiz, Ramos "Sevilya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2002 — 2005 yillar mobaynida klub sharafini…
Serxio Ramos "Galatasaroy" taklif qilgan yiliga 11 million yevro va "Al Nassr" taklif qilgan 20 millionni rad etgan 🇹🇷🇸🇦

Ispaniyalik himoyachi yana "Sevilya"da harakat qiladi. Bu klubda u 1 million yevro ishlab topadi!

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
😓 "Saudiya Arabistoni klubi bilan moliyaviy jihatdan kurasha olmasdik"

"Atletik" yozda klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Emerik Lyaportni Ispaniyaga qaytarmoqchi bo‘lgan ekan.

Xabaringiz bor, futbolchi "Manchester Siti"dan "Al Nassr"ga o‘tdi.

Ispan klubi prezidenti Jon Uriarte mavzu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qildi:

"Atletik" doimo uni qaytarishga tayyor bo‘lgan va Emerikning o‘zi ham qachondir klubga qaytishni istashini yashirmagan. Yozda biz bu transfer ustida ishladik.

Biz deyarli bu ishni uddalagandik ham, ammo o‘rtada "Al Nassr" paydo bo‘lgani, biz uchun yomon yangilik bo‘ldi. Biz Saudiya Arabistoni jamoasi bilan raqobatlasha olmasdik, chunki moliyaviy jihatdan ularni yenga olmasligimizni bilardik. "Al Nassr" bo‘lmaganida, Lyaport ortga qaytgan bo‘lardi".

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
📌"Real" Rodrigo bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlaydi

"Real" braziliyalik futbolchisi Rodrigo Silvani tarkibida saqlab qolish niyatida.

Ma’lumotlarga qaraganda, yaqin kunlarda Madrid klubi braziliyalik bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlaydi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🤕 Gavi Ispaniya termasi mashg‘ulotlarida himoya shlemida harakat qilmoqda

"Barselona" va Ispaniya termasi yarim himoyachisi Gavi himoya shlemida mashg‘ulotlarda harakat qilmoqda.

Futbolchi La Liga doirasida "Osasuna"ga qarshi bahsda (2:1) qulog‘ini shikastlab olgandi. Natijada, Gavinning qulog‘iga bir nechta chok tushgan.

Gavi ayni damda Ispaniya termasi ixtiyorida va Yevropa chempionati-2024 saralashi doirasidagi Gruziya hamda Kiprga qarshi uchrashuvlarga tayyorlanmoqda.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
😅 Joau Felix "Barselona"dagi taqdimoti vaqtida ta`sirlanganidan, ko‘zi yoshlandi:

"Bu klub safida harakat qilishni bolalikdan orzu qilardim".

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
🤯 Rodri: "Yevropa futboli yutqazmoqda"

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Saudiya Arabistoni klublari amalga oshirayotgan transferlar haqida gapirib o‘tdi.

"Bu vaziyatda Yevropa futboli yutqazmoqda. Buni ham tushunish qiyin emas, Saudiya Arabistoni klublari taklif qilayotgan summalarga qarang. Iqtidorlarning ketishini qandaydir yo‘sinda nazorat qilish zarur, chunki hozirga kelib yosh, o‘ta iqtidorli futbolchilar ham Saudiya Arabistoniga yo‘l olayotganini ko‘ryapmiz" [Gabi Veyga transferi nazarda tutilmoqda].

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇸 Takefusa Kuboning La Ligadagi barcha gollari ⚽️

La Ligada yaponlar orasida eng ko‘p gol urgan futbolchi 🇯🇵

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸
💪Laporta: "Biz Xavi davrining boshida turibmiz"

"Barselona" prezidenti Joan Laporta klubda yangi davr boshlanayotganini ta’kidladi.

"Biz yangi davrni boshlayapmiz, Xavi davrini. O‘tgan mavsum asosiy vazifamiz Ispaniya chempionatidagi g‘alaba edi, endi boshqa vazifalarni bajarish zarur – La Liga va yana bir nechta muhim titullar.

Yangi davr boshlandi va biz baxtli insonlarmiz, sababi Xavi erasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘ra olamiz. Ishonchim komil, bu "Barselona" tarixidagi eng zo‘r davrlardan biri bo‘ladi".

Avvalroq, Xavi "ko‘k-anorranglilar" bilan kelishuvni uzaytirish borasida kelishuvga erishgani ma’lum qilingandi.

Obuna bo‘ling: @La_teLiga🇪🇸