Kun.uz | Rasmiy kanal
95.8K subscribers
73.1K photos
9.19K videos
54.7K links
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!

‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi

Reklama:
+998 78 113 10 10

Sayt: http://kun.uz/uz

facebook.com/kunuznews

twitter.com/KunUzNews

instagram.com/kun.uz

@Kunuz_News_Bot
Download Telegram
Organ xodimlarining tasvirlarini tarqatish masalasi yalpi majlisda ko‘rilishi mumkin - Senat

Senat ixtiyoridagi 60 kunlik muddat deyarli tugadi. Yuqori palata axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, hozirda yalpi majlisga tayyorgarlik ketyapti va uning kun tartibiga bu qonun ham kiritilishi ehtimoli katta.

👉 https://kun.uz/uz/41461899

Kun.uz rasmiy kanali
“Bolamning sumkasi o‘zidan og‘ir” – maktab o‘quvchisi sumkasi og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?

Bolalar ko‘taradigan maktab sumkasi ularning tana vaznining 10 foizi atrofida bo‘lishi kerak. Lekin maqola uchun fikri o‘rganilgan ota-onalar bolalarining sumkalari me’yordan ancha og‘ir ekanini aytishdi. Bu yelka, bo‘yin og‘riqlari, qomat buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim ota-onalar ayni sumka og‘irligi uchun ham bolalarini maktabga o‘zlari olib borib-kelishga majbur.

👉 https://kun.uz/uz/19549570

Kun.uz rasmiy kanali
Foto: Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston prezidenti taklifiga binoan Aleksandr Lukashenko 7 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Shavkat Mirziyoyev belaruslik mehmon bilan Humo Arena’da uchrashgan.

👉 https://kun.uz/uz/76668982

Kun.uz rasmiy kanali
Hongkonglik moliyachi firibgarlarga 25 million dollar o‘tkazib berdi

Firibgarlar uni pul o‘tkazishga majburlash uchun kompaniya rahbariyati tasvirlangan dipfeyk videodan foydalanishdi.

👉 https://kun.uz/uz/44409267

Kun.uz rasmiy kanali
Amerikalik jurnalist Taker Karlson Rossiyada. U Putindan intervyu olgan

Rus propagandasi uning har bir qadamini yoritib bormoqda.

👉 https://kun.uz/uz/76363258

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hayotingiz bir kunda o‘zgarib ketsa, shoshib qolarkansiz” - velosiped ko‘targan kuryer hikoyasi

Uzum Tezkor'ning 22 yoshli kuryeri Jahongir qor yog‘ayotgan payt velosipedini yelkasiga ko‘tarib ketayotgani aks etgan video sabab Instagram'da mashhur bo‘lib ketdi. Yigit uni videoga olishgani va internetda yulduzga aylanganidan avvaliga shokka tushgan bo‘lsa, keyin kutilmagan xushxabarlarga duch keldi: onasiga Umra safari yo‘llanmasi, o‘ziga esa Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutida grant asosida o‘qish imkoniyati taqdim etildi.

📹👉 TO‘LIQ VIDEONI KO'RING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“3–4 milliardga bo‘lib ketadi” - Qarshida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari quriladi

Qarshi shahridagi “Yangi bozor” oldida yerusti o‘tish yo‘li, “Yerqo‘rg‘on” bozori oldida esa yerosti o‘tish yo‘li quriladi. Viloyat hokimi Murodjon Azimov bu joylarda piyodalarning yo‘lni kesib o‘tishi juda qiyinligi, qurilajak yerosti va yerusti yo‘llar “3–4 mlrd so‘mga bo‘lib ketishi”ni aytdi.

👉 https://kun.uz/uz/53966754

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azo bo‘yicha kelishuvlar, Ukrainaga raketa hujumi va daromadlari pasaygan «Gazprom» - kun dayjesti

So‘nggi bir kun ichida jahonda sodir bo‘lgan ahamiyatli voqea-hodisalar, yangiliklar va bayonotlar sharhi bilan odatdagidek kundalik dayjestda tanishtirishda davom etamiz.

👉 https://kun.uz/uz/00685819

Kun.uz rasmiy kanali
Taniqli kinoaktyor Abror Tursunov vafot etdi

U «Chinor ostidagi duel», «Suyunchi» va boshqa ko‘plab filmlar orqali tomoshabinlar mehrini qozongan edi.

👉 https://kun.uz/uz/53830398

Kun.uz rasmiy kanali
“Bu inson huquqlariga zid” – Ombudsman Navoiydagi “Sharmanda doskasi” bo‘yicha munosabat bildirdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili mahallalardagi e’lon taxtalariga aybdor deb topilgan shaxsning fotosurati va u haqdagi ma’lumotlar joylashtirish amaliyotini inson huquqlariga zid deb hisoblamoqda.

👉 https://kun.uz/uz/39404305

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekistonda tezkor tadbirda olingan farmatsevtika mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi

Ular orasida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan, yaroqlilik muddati tugagan va qalbakilashtirilgan dori vositalari aniqlangan.

👉 https://kun.uz/uz/69699360

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan

Hozirda dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari olib borilmoqda. FVV va tegishli xizmatlar tomonidan yo‘lda qolib ketgan haydovchi va yo‘lovchilarga yordam ko‘rsatilgan.

👉 https://kun.uz/uz/68273790

Kun.uz rasmiy kanali
Samarqandda Milliy gvardiya xodimi va advokat pora bilan qo‘lga olindi

Milliy gvardiya xodimi fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilib berish uchun 1 500 dollar, advokat esa qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini bekor qilib berishni va’da qilib 600 dollar olganda ushlangan.

👉 https://kun.uz/uz/29256211

Kun.uz rasmiy kanali
Rus aviakompaniyasining Toshkent-Moskva reysi noma’lum muddatga kechiktirildi

Texnik sabablar bilan Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasi amalga oshirishi kerak bo‘lgan Toshkent – Moskva reysi kechiktirildi. Uzbekistan Airports ayni vaqt parvoz kechikish vaqti 6 soatdan oshganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/uz/75597508

Kun.uz rasmiy kanali
Fazoni egallayotgan Ilon Mask – Starlink loyihasi tarixi

2018 yilda Falcon 9 raketa tashuvchisi fazoga ikkita sun’iy yo‘ldoshni olib chiqdi. Bu – amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi ishlab chiqqan yirik loyihaning boshlanishi edi. Kompaniya Yer yuzini fazodan turib internet bilan ta’minlashni maqsad qilgan va sun’iy yo‘ldosh sinov tariqasida uchirilgandi. Oradan qariyb 6 yil o‘tdi va kompaniya allaqachon internet sotishni boshlab yuborgan.

👉 https://kun.uz/uz/90721732

Kun.uz rasmiy kanali
Nurafshon TV telekanali xodimi hamkasbiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi davlat telekanali bosh muharriri o‘rinbosari o‘z xodimasini ish joyiga aldab chaqirib, unga tegajog‘lik qilgan.

👉 https://kun.uz/uz/70812990

Kun.uz rasmiy kanali
Tadbirkor 227-1-modda bo‘yicha soliq organi ustidan sudda yutib chiqdi

Soliq kodeksining bahsli 227-1-moddasi bo‘yicha 100 mln so‘m jarimaga tortilgan umumiy ovqatlanish shoxobchasi ishi sudda ko‘rib chiqilib, tadbirkor foydasiga hal qiluv qarori chiqarildi. Mutaxassislar virtual kassani integratsiya qilish masalasi tadbirkorning emas, operatorning zimmasidagi masala ekanini isbotlab bergan.

👉 https://kun.uz/uz/62893287

Kun.uz rasmiy kanali
Bag‘dodda «Kataib Hizbulloh» guruhi yetakchisi o‘ldirildi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi «Kataib Hizbulloh» shia guruhi yetakchisi Abu Bakir al-Sa’diy o‘ldirildi.

👉 https://kun.uz/uz/12531760

Kun.uz rasmiy kanali
Namanganda sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlash uchun 20 ming dollar talab qilgan sud raisi ushlandi

DXX xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudi raisi, Chust shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa doktorant pora bilan qo‘lga olindi. Ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

👉 https://kun.uz/uz/71495468

Kun.uz rasmiy kanali
Bloger Abror Abduazimov hibsga olingan

6-fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi qarori bilan, taniqli bloger Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) ma’muriy ish doirasida qamoqqa olingan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194- va 195-moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etishda aybli deb topilgan.

👉 https://kun.uz/uz/31470713

Kun.uz rasmiy kanali