#operatsion_tizim #maslahat #hardware
Protsessorning turi va xususiyatlarini aniqlash usullari 🧠
Bilamizki, kompyuterning ishlash samaradorligini ta’minlovchi “yuragi” – uning protsessori hisoblanadi. Ayni shu qismiga ko‘p narsa bog‘liq. Xo‘sh, siz o‘z kompyuteringizda qanaqa protsessor o‘rnatilganini bilasizmi?
👉🏻 Batafsil...
👨🏻💻@itspecuz

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Linux nima? Qaysi distributivini tanlash kerak? 13 ta eng mashhur distributivi haqida ma'lumotlar!
#videodars / #linux
ℹ️ Bugungi darsimizda faqat Linux va uning turlari haqida gaplashamiz. Linux ham Windows'ga o'xshagan bir operatsion tizim bo'lishiga qaramasdan bepulligi va dasturchi hamda xavfsizlik xodimlari orasida mashhurligi bilan jaralib turadi.
✅ O'zimiz uchun kerakli Linux distributivini yuklashda asosan 2 jihatga e'tibor berishimiz kerak:
- Distributivning mashhurligi;
- Uni ishlab chiqayotgan jamoaning tajribasi va yangilash davomiyligi.
😎 Ushbu videoda 13 ta mashhur distrubutiv (Linux Mint, Manjaro, Fedora, Arch, openSUSE, elementary OS, Ubuntu, Xubuntu, Debian, openmediavault, Ubuntu Studio, Kodi, Parrot Security) lar haqida ma'lumot berilgan.
📝 Matnli formatda oʻqish @itspecuz
▶️ YouTube'da ko'rish (HD)
⏳: 06:08 💾: 33.1 MB (720p)
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita I Loyihalar

#operatsion_tizim
✅ Windows 10'da uzun yozuvdagi manzillar qo‘llab-quvvatlanishini faollashtirish
Ehtimol, kimdir bilmas, ammo Windows'dagi fayl yoki papka manzilining maksimal uzunligi qoida bo‘yicha 260 belgidan oshmasligi lozim. Agar ushbu qiymatdan oshib ketilgudek bo‘lsa, bunday ma’lumotlar bilan ishlashda biz Слишком длинный целевой путь xabariga duch kelamiz va bu, ayniqsa ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida xalal berishi mumkin.
Windows 10'da biz ushbu cheklovni chetlab o‘tishimiz mumkin. Boshlanishiga
Ochilgan oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Система → Файловая система yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. Включить длинные пути Win32 parametrini faollashtiring (Включено).
📥 Yuqorida keltirilgan harakatlarni qo‘lda bajarib o‘tirmaslik uchun ushbu tayyor reyestr tvikidan foydalanishingiz mumkin.
📌 P.S.: Ushbu yechimni bilmagan va fayllarni nusxalash hamda bir joydan boshqasiga to‘liq ko‘chirishda muammoga duch kelmaslik uchun ba’zi foydalanuvchilar Total Commander'ga murojaat etib yurishgan bo‘lsa ham ajabmas. 😉
© @itspecuz | @kompyuter_bilimlari
✅ Windows 10'da uzun yozuvdagi manzillar qo‘llab-quvvatlanishini faollashtirish
Ehtimol, kimdir bilmas, ammo Windows'dagi fayl yoki papka manzilining maksimal uzunligi qoida bo‘yicha 260 belgidan oshmasligi lozim. Agar ushbu qiymatdan oshib ketilgudek bo‘lsa, bunday ma’lumotlar bilan ishlashda biz Слишком длинный целевой путь xabariga duch kelamiz va bu, ayniqsa ma’lumotlarni bir joydan boshqasiga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida xalal berishi mumkin.
Windows 10'da biz ushbu cheklovni chetlab o‘tishimiz mumkin. Boshlanishiga
WIN
+
R
klavishlari birikmasi yordamida Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc
buyrug‘ini kiritib, ENTER
'ni bosish orqali Редактор локальной групповой политики'ni ishga tushiring.Ochilgan oynaning chapki panelida Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Система → Файловая система yo‘nalishi bo‘ylab o‘ting. Включить длинные пути Win32 parametrini faollashtiring (Включено).
📥 Yuqorida keltirilgan harakatlarni qo‘lda bajarib o‘tirmaslik uchun ushbu tayyor reyestr tvikidan foydalanishingiz mumkin.
📌 P.S.: Ushbu yechimni bilmagan va fayllarni nusxalash hamda bir joydan boshqasiga to‘liq ko‘chirishda muammoga duch kelmaslik uchun ba’zi foydalanuvchilar Total Commander'ga murojaat etib yurishgan bo‘lsa ham ajabmas. 😉
© @itspecuz | @kompyuter_bilimlari
#operatsion_tizim
Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻
Windows'ni o‘rnatishga qaror qilganimizda, ushbu operatsion tizimning muayyan versiyasi asosida yuklanuvchi fleshkani yaratishimizga to‘g‘ri keladi.
Bundan ilgari biz operatsion tizim tarkibida keluvchi Buyruq satri (Командная строка), Rufus yoki UltraISO dasturlari orqali yuklanuvchi (operatsion tizimni o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi) fleshkani yaratishni ko‘rib o‘tgandik. Bugun tizimga o‘rnatilgan PowerShell konsoli yordamida shunday fleshkani yaratish usuli bilan tanishamiz.
Boshlanishiga Windows diskining ISO-obrazini yuklab oling va hajmi 8 Gb'dan kam bo‘lmagan USB-saqlash qurilmasini kompyuterga ulang. Пуск menyusining qidiruv satriga
So‘ngra ochilgan konsol dasturi oynasiga ushbu buyruqlarni kiriting:
1️⃣.
2️⃣. Ulangan qurilmani formatlash uchun tanlang. OK tugmasini bosing, fleshkangiz FAT32 fayl tizimiga formatlanadi.
3️⃣. Windows disk obrazini virtual qurilmaga ulang. ISO kengaytmasi bilan tugaydigan ushbu fayl Windows 10'da odatda ustiga ikki marta bosilganida alohida virtual diskovodga ulanadi. Foydalanib bo‘lib uni ham haqiqiy disk o‘quvchi qurilmalar bilan bo‘lgandagi kabi Извлечь qilish mumkin.
❗️Windows 7'da fayl ustiga ikki marta bosib virtual diskka ulash imkoniyati qoida bo‘yicha mavjud emas, bu uchun UltraISO, Daemon Tools va shu kabi boshqa dasturlar alohida o‘rnatiladi.
4️⃣.
© @Kompyuter_bilimlari @itspecuz
Windows 10'ni o‘rnatish uchun PowerShell yordamida yuklanuvchi fleshkani yaratish 🖥|💻
Windows'ni o‘rnatishga qaror qilganimizda, ushbu operatsion tizimning muayyan versiyasi asosida yuklanuvchi fleshkani yaratishimizga to‘g‘ri keladi.
Bundan ilgari biz operatsion tizim tarkibida keluvchi Buyruq satri (Командная строка), Rufus yoki UltraISO dasturlari orqali yuklanuvchi (operatsion tizimni o‘rnatish uchun xizmat qiluvchi) fleshkani yaratishni ko‘rib o‘tgandik. Bugun tizimga o‘rnatilgan PowerShell konsoli yordamida shunday fleshkani yaratish usuli bilan tanishamiz.
Boshlanishiga Windows diskining ISO-obrazini yuklab oling va hajmi 8 Gb'dan kam bo‘lmagan USB-saqlash qurilmasini kompyuterga ulang. Пуск menyusining qidiruv satriga
powershell
so‘zini kiriting va natija panelida odatda birinchi turuvchi PowerShell konsol dasturi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Запуск от имени администратора'ni tanlang.So‘ngra ochilgan konsol dasturi oynasiga ushbu buyruqlarni kiriting:
1️⃣.
$Results = Get-Disk | Where-Object BusType -eq USB | Out-GridView -Title 'Select USB Drive to Format' -OutputMode Single | Clear-Disk -RemoveData -RemoveOEM -Confirm:$false -PassThru | New-Partition -UseMaximumSize -IsActive -AssignDriveLetter | Format-Volume -FileSystem FAT32
.2️⃣. Ulangan qurilmani formatlash uchun tanlang. OK tugmasini bosing, fleshkangiz FAT32 fayl tizimiga formatlanadi.
3️⃣. Windows disk obrazini virtual qurilmaga ulang. ISO kengaytmasi bilan tugaydigan ushbu fayl Windows 10'da odatda ustiga ikki marta bosilganida alohida virtual diskovodga ulanadi. Foydalanib bo‘lib uni ham haqiqiy disk o‘quvchi qurilmalar bilan bo‘lgandagi kabi Извлечь qilish mumkin.
❗️Windows 7'da fayl ustiga ikki marta bosib virtual diskka ulash imkoniyati qoida bo‘yicha mavjud emas, bu uchun UltraISO, Daemon Tools va shu kabi boshqa dasturlar alohida o‘rnatiladi.
4️⃣.
Set-Location -Path "$($ISO):\boot"
bootsect.exe /nt60 "$($Results.DriveLetter):"
Copy-Item -Path "$($ISO):\*" -Destination "($Results.DriveLetter):" -Recurse -Verbose
✅ Fayllarning nusxalanish jarayoni yakunlanishini kuting. Fleshkangiz Windows'ni o‘rnatish uchun tayyor!© @Kompyuter_bilimlari @itspecuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥️ Kompyuter savodxonlik kurslariga nimalar kiradi?
— Agar sizga shu turdagi savodxonlik videolari kerak bo'lsa bizning kanalda qoling!
© @Kompyuter_bilimlari

#mulohaza_uchun #IT_humor #hardware
⌨️ Klaviatura topilmadi
Davom etish uchun F1, BIOS'ga o‘tish uchun Delete'ni bosing 🤪
© @kompyuter_bilimlari
⌨️ Klaviatura topilmadi
Davom etish uchun F1, BIOS'ga o‘tish uchun Delete'ni bosing 🤪
© @kompyuter_bilimlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor
Kompyuterlarimizdagi Windows qotib qolganida ham taxminan shunday manzara kuzatiladi... 🙄
© @kompyuter_bilimlari
Kompyuterlarimizdagi Windows qotib qolganida ham taxminan shunday manzara kuzatiladi... 🙄
© @kompyuter_bilimlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#word
Microsoft Word matn muharriri uchun qo‘shimcha sifatida ishlatiladigan Translit dasturi haqida 🔄
Ko‘pincha bizga kirill yoki lotin alifbosida materiallar kelganida ularni kirilldan-lotinga, lotindan-kirillga o‘girish ehtiyoji paydo bo‘lib turadi. Bundan tashqari hujjatimizni odatdagidek emas, balki kitob ko‘rinishida chop etish ehtiyoji ham yuzaga keladi. Siz bilan bo‘lishmoqchi bo‘lganimiz, video ko‘rsatmamizda so‘z yuritiladigan Translit dasturi ana shu muammolarni hal qilishingizda sizga yordam beradi 👆.
📄 Kanalimizda keltirilgan matnli post tarkibidagi Batafsil... havolasi ustiga bosgan holda ushbu jarayon haqida o‘qib ko‘rishingiz ham mumkin.
📎 Microsoft Word matn muharriri uchun Translit dasturini yuklab olish.
🎞 @itspecuz_videos

😴 Uyqu rejimi va gibernatsiya — farqi nimada?
Kompyuterni uyqu holatiga o‘tkazganingizda, u to‘liq o‘chmaydi. Xotira faol holatda qoladi va Windows “uxlayotgan” mahalda ishlashda davom etadi. Ushbu rejim noutbuklarga juda mos keladi — undagi energiya ta’minoti shunchalik kamki, qurilma akkumulyatoriga deyarli bosim bo‘lmaydi.
Gibernatsiya rejimida xotira tarkibi qattiq diskka yoziladi: kompyuterni quvvat manbaidan uzgan taqdiringizda ham fayllaringizni yo‘qotmaysiz. Kompyuterning gibernatsiya jarayonidan so‘ng ishga tushishi uyqu rejimidan keyingi ishga tushishiga qaraganda biroz ko‘proq vaqt talab etadi, biroq ushbu jarayon Windows'ni oddiy ishga tushirishga nisbatan ancha tez kechadi.
Uyqu rejimiga o‘tganda barcha ochilib turgan hujjatlar va parametrlar operativ xotirada saqlanadi va kompyuter kam quvvat iste’moli rejimiga o‘tadi, gibernatsiya rejimiga o‘tganda esa barcha dasturlar qattiq diskdagi hiberfil.sys faylida saqlanadi va kompyuter o‘chiriladi.
📌 P.S.: Ushbu rejimlar qulay bo‘lishiga qaramasdan, xatoliklarning oldini olish maqsadida, kompyuteringizni kun ora qayta yuklash yoki oddiy o‘chirishni maslahat beramiz! 😉

#operatsion_tizim #internet
⚙️ Windows 10/11'da boshqa kompyuterni boshqaramiz
Har qanday Windows 10/11 foydalanuvchisi tizim bilan birga keluvchi “Быстрая помощь” ilovasi yordamida boshqa Windows 10/11 kompyuteridagi har qanday muammoni masofadan turib hal qilishga yordam berishi mumkin.
Windows 10/11'ga ichki o‘rnatilgan “Быстрая помощь” masofaviy boshqaruv dasturi ishlashi borasida TeamViewer'dan qolishmaydi va barcha Windows foydalanuvchilari uchun bepul va cheklovlarsizdir.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. “Пуск” menyusining qidiruv satri yordamida “Быстрая помощь” izlab topiladi.
2️⃣. “Помочь другому пользователю” tugmasi bosiladi, Microsoft akkaunti orqali avtorizatsiya jarayonidan o‘tiladi. Qabul qilingan kod yordam olayotgan foydalanuvchiga ulashiladi.
3️⃣. Masofadagi foydalanuvchi kodni kiritganidan so‘ng, yordam taqdim etishda muhim hisoblanuvchi – “Получите полный контроль” yoki “Просмотр экрана” umumiy foydalanuv (общий доступ) parametri tanlanadi.
© @kompyuter_bilimlari|ni biz bilan o'rganing!

#operatsion_tizim #mulohaza_uchun #maslahat
🤫 Windows haqidagi voz kechish lozim bo‘lgan 5 mashhur afsona
Ha, tizim haqidagi ba’zi tanbehlar yaqin vaqtlargacha o‘rinli bo‘lib kelayotgan edi. Ammo ularning ba’zilari Windows 95 yoki Windows Vista davridan buyon davom etib kelmoqda va afsonaga aylanib ulgurganiga ancha bo‘lgan.
Shunga qaramay, ba’zi foydalanuvchilar hali hanuz ularga ishonishda davom etib keladi. Bundan esa ba’zi kompyuter ustalari va “mo‘jizaviy tezlashtiruvchi dasturlar”ni ishlab chiqaruvchilar (o‘z foydalarini ko‘zlab, albatta) foydalanishadi.
1️⃣. Profilaktika uchun Windows'ni qayta o‘rnatib turish lozim
Bu, ehtimol, Windows haqidagi eng mashhur afsona. Lekin, aslini olganda, Windows'ning so‘nggi versiyalarida “profilaktik” qayta o‘rnatishdan hech qanday ma’no yo‘q. SSD-diskiga o‘rnatilgan Windows 10 esa hattoki bir necha yillik ekspluatatsiyadan keyin ham xuddi birinchi marotaba ishga tushirilganidagi kabi chaqqon ishlaydi.
Agar shunda ham tizimni avvalgi holiga keltirish istagida bo‘lsangiz, Windows 10'ga tizimni qayta o‘rnatib o‘tirmasdan dastlabki holatiga qaytarish imkoniyati qo‘shilganiga ham ancha vaqt bo‘lgan. Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bo‘ylab o‘tiladi: “Пуск” -> “Параметры” -> “Обновление и безопасность” -> “Восстановление” -> “Вернуть компьютер в исходное состояние”.
2️⃣. Tizim diski har doim C va D'larga bo‘lingan bo‘lishi lozim
Ikkinchi afsona birinchisidan kelib chiqadi. Qayta o‘rnatishda barcha ma’lumotlarni bir urinishda tozalamaslik uchun diskni C (tizim uchun) va D (foydalanuvchi ma’lumotlari uchun)ga bo‘lish mantiqan to‘g‘ri sanaladi.
Biroq Windows'ingizni har yarim yilda bir marta o‘rnatib tursangiz ham, ushbu operatsion tizimning zamonaviy versiyalarida diskni C va D'ga bo‘lib o‘tirishga hojat yo‘q, chunki yangi tizimni o‘rnatish jarayonida eski tizim tarkibidagi ma’lumotlaringizning barchasini “Windows.old” papkasiga avtomatik ravishda saqlanishi mumkin (ushbu jarayonga diqqat bilan yondashilsa bas, aks holda barcha ma’lumotlar formatlanib, o‘chib ketadi).
3️⃣. Reyestrni vaqti-vaqti bilan tozalash va optimallashtirib turish lozim
Bu esa — bir deganda minglab “reyestr xatolik”larini to‘g‘rilashga qodir bo‘lgan turli xil CCleaner yoki CleanMyPC kabi dasturlarni ishlab chiqaruvchilarning sevimli mavzusidir!
Lekin aslini olganda, reyestr bu shunday narsaki — oddiy foydalanuvchiga uni titkilashning umuman ma’nosi yo‘q. Undagi yozuvlarni o‘chirish eng yaxshi holatda shaxsiy kompyuterning samaradorligiga shunchaki ta’sir qilmaydi, yomon holatda esa — nimaningdir buzilishiga sabab bo‘ladi.
4️⃣. Keshni tozalash Windows tezligini oshiradi
Bu yerda ham holat o‘xshashdir. Agar Windows'ingiz kompyuterning o‘zi bilan birga keluvchi 64 Gb hajmdagi SSD'ga o‘rnatilmagan bo‘lsa, albatta. Va hattoki aksincha. Masalan, brauzer uchun keshni qayta yaratish zarurati kompyuterning biroz sekinlashishiga olib keladi. Biroq keyinchalik barchasi xuddi avvalgidek ishlashda davom etadi.
5️⃣. Windows – o‘ta sekin, doim qotib ishlaydigan va BSOD ko‘rsatuvchi tizim
Bu, ehtimol, Mac va Linux foydalanuvchilarining sevimli afsonalaridan biridir. Biroq, aslini olganda, Windows'ning qotishga moyilligi — bu aynan Windows 95 va Vista kabi muvaffaqiyatsiz tizimlar tufayli shakllanib kelgan stereotipdir.
Windows 10, aksincha, o‘z ishida yaxshi barqarorlik va tezlikni ko‘rsatib keladi. Uzilishlar esa, juda ko‘p holatlarda drayverlar yoki qurilmalardagi nosozlik/nomuvofiqliklar tufayli yuzaga keladi.
🏷 BSoD – Blue Screen of Death (ko‘k o‘lim ekrani, синий экран смерти)
📝 Manba: lifehacker.ru

#operatsion_tizim #hardware
⌨️ Klaviaturadan kiritish tili (раскладка клавиатуры)ni qo‘shish yoki olib tashlash
Windows operatsion tizimida klaviaturadan kiritish tili, ya’ni matnni boshqa tilda kiritish usulini sozlash mumkin. Bu klaviatura yordamida matn kiritishda ekranda aks etadigan simvollar ko‘rinishini aniqlab beradi.
Windows 10'da Параметры oynasini ekranga chaqirish uchun
Ochilgan oynada Клавиатуры bo‘limida Добавить клавиатуру bandi ustiga bosing va yuzaga kelgan ro‘yxatdan kerakli raskladkani tanlang. Uni o‘chirish uchun raskladka ustiga bosib, so‘ngra Удалить tugmasini bosish kerak bo‘ladi.
© @kompyuter_bilimlari|ni biz bilan o'rganing!
⌨️ Klaviaturadan kiritish tili (раскладка клавиатуры)ni qo‘shish yoki olib tashlash
Windows operatsion tizimida klaviaturadan kiritish tili, ya’ni matnni boshqa tilda kiritish usulini sozlash mumkin. Bu klaviatura yordamida matn kiritishda ekranda aks etadigan simvollar ko‘rinishini aniqlab beradi.
Windows 10'da Параметры oynasini ekranga chaqirish uchun
WIN
+
I
klavishlari birikmasini bosing. Ochilgan oynada Время и язык → Язык bandlari bo‘ylab o‘ting. O‘ng tomonda klaviaturada foydalanmoqchi bo‘lgan matn kiritish tili ustiga bosing. Tanlangan til ostidagi Параметры tugmasiga bosing.Ochilgan oynada Клавиатуры bo‘limida Добавить клавиатуру bandi ustiga bosing va yuzaga kelgan ro‘yxatdan kerakli raskladkani tanlang. Uni o‘chirish uchun raskladka ustiga bosib, so‘ngra Удалить tugmasini bosish kerak bo‘ladi.
© @kompyuter_bilimlari|ni biz bilan o'rganing!
🔒 Tezkor qulflash usuli
Win+ L tugmalar birikmasini bosish orqali kompyuteringizni bloklaysiz. Shoshilinch ravishda kompyuterdan uzoqlashish kerak bo'lganda asqotadi.
👉 @IT_Foydali_Blog

Xorijdagi hakker va O'zbek hakkeri o'rtasidagi farq 🤣😂
Farqni yozuv shriftlaridan, rasmlardan ham bilsangiz bo'ladi 😁
© @kompyuter_bilimlari|ni biz bilan o'rganing!
© @kompyuter_bilimlari|ni biz bilan o'rganing!
#operatsion_tizim #game
📺 Windows'da FPS'ni ko‘rsatish uchun ichki o‘rnatilgan vositani faollashtirish
FPS (frame per second) — o‘yin jarayoni kadrlar buferidagi tasvirning yangilash chastotasini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligi. Windows 10'da esa faollashtirilishi oson bo‘lgan ichki o‘rnatilgan FPS hisoblagichi mavjud.
Buni amalga oshirish tartibi quyidagicha:
1️⃣. WIN + G klavishlari birikmasini bosamiz.
2️⃣. Game Bar'da “Производительность” bo‘limini ochamiz.
3️⃣. “FPS” bandi ustiga bosamiz.
4️⃣. “Запросить доступ”ga bosamiz.
5️⃣. Kompyuterni qayta yuklaymiz.
6️⃣. O‘yinni ishga tushiramiz va “Производительность” bo‘limini ochamiz.
Hammasi shunday iborat! Buning natijasida nafaqat FPS, balki GPU (videokarta), CPU (protsessor) va RAM (operativ xotira)ning ham yuklanganlik darajasi ko‘rinadigan bo‘ladi.

#operatsion_tizim #internet #tarmoq
⭕️ Windows 10'da internetga ulanish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tavsiyalar
Ushbu postning barcha bandlarida keltirib o‘tilgan tavsiyalar – yaqin oragacha Internetga ulanishi to‘g‘ri ishlab, keyin esa birdaniga ishlamay qolgan foydalanuvchilar uchun keltirilgan.
✔️ Agar ulanish Wi-Fi yoki routerga ulangan kabel orqali bo‘lsa, routerni qayta ishga tushirishga urinib ko‘ring (elektr manbasidan uzish, 10 soniya kutib turish, qayta ulash/ishga tushirish va u qayta ulangunga qadar bir-ikki daqiqa kutish).
✔️ Kompyuter yoki noutbukni qayta yuklang (Перезагрузка), ayniqsa buni anchadan buyon amalga oshirmagan bo‘lsangiz.
✔️ Agarda siz “Нет подключения к Интернету, защищено” yozuvini ko‘rsangiz, ulanish esa router orqali bo‘lsa, ushbu routerga ulanishda boshqa qurilmalarda ham muammo kuzatilish-kuzatilmasligiga qarshi tekshiring (agar bunga imkon bo‘lsa, albatta).
✔️ Agarda muammo Windows 10 yangilanishi, tizim qayta tiklanishi va ma’lumotlarni saqlagan holda qayta o‘rnatilishidan keyin yuzaga kelgan bo‘lib, sizda qo‘shimcha biror antivirus o‘rnatilgan bo‘lsa, uni vaqtinchalik o‘chirib qo‘yib, muammo bartaraf etilish-etilmasligiga qarshi tekshiring.
👆🏻 Ushbu sa’y-harakatlardan so‘ng barchasi iziga qaytishi kerak.

#operatsion_tizim #security
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi? 🛡🚫
“Защитник Windows”, ya’ni ushbu operatsion tizim tarkibida keluvchi ichki antivirus kompyuter resurslarining aksariyat qismini iste’mol qiladi. Shunday ekan, agarda kompyuteringiz parametrlari kuchsizroq bo‘lsa, unda uning ish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu opsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.
1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga Безопасность Windows'ni kiritib toping va ishga tushiring. Защита от вирусов и угроз varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Параметры защиты от вирусов и других угроз bo‘limida Управление настройками'ning ustiga bosing.
Bu yerda biz real vaqtdagi himoyani, bulutli himoyani va antivirusning boshqa funksiyalarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin.
2️⃣.
Chap tomondagi panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Компоненты Windows → Антивирусная программа “Защитник Windows”.
O‘ng tomondagi katta panelda Выключить антивирусную программу «Защитник Windows» parametrini toping. Uning ustiga ikki marta bosing va o‘tkazgichni Включено holatiga o‘rnating.
❗️Защитник Windows o‘rniga sizda Microsoft Defender deb yozilgan bo‘lishi mumkin.
Shundan so‘ng, Windows’ning himoya tizimi ishlamay qoladi, bu haqda sizga bildirishnoma keladi. Endi kompyuterni shu holicha qoldirishingiz yoki boshqa antivirus dasturini o‘rnatishingiz mumkin.
© @kompyuter_bilimlari|ni biz bilan o'rganing!
Windows 10’da Microsoft Defender (Защитник Windows) opsiyasi qanday o‘chiriladi? 🛡🚫
“Защитник Windows”, ya’ni ushbu operatsion tizim tarkibida keluvchi ichki antivirus kompyuter resurslarining aksariyat qismini iste’mol qiladi. Shunday ekan, agarda kompyuteringiz parametrlari kuchsizroq bo‘lsa, unda uning ish samaradorligini oshirish maqsadida ushbu opsiyani o‘chirib qo‘yish mumkin.
1️⃣. Windows'ning qidiruv satriga Безопасность Windows'ni kiritib toping va ishga tushiring. Защита от вирусов и угроз varaqa (вкладка)siga o‘ting.
Параметры защиты от вирусов и других угроз bo‘limida Управление настройками'ning ustiga bosing.
Bu yerda biz real vaqtdagi himoyani, bulutli himoyani va antivirusning boshqa funksiyalarini o‘chirib qo‘yishimiz mumkin.
2️⃣.
WIN + R
klavishlari birikmasini bosish orqali Выполнить oynasini ekranga chaqiring va unga gpedit.msc buyrug‘ini kiritib, ENTER
klavishini bosish orqali Редактор локальной групповой политики oynasini ishga tushiring.Chap tomondagi panelda quyidagi yo‘nalish bo‘ylab o‘ting: Конфигурация компьютера → Административные шаблоны → Компоненты Windows → Антивирусная программа “Защитник Windows”.
O‘ng tomondagi katta panelda Выключить антивирусную программу «Защитник Windows» parametrini toping. Uning ustiga ikki marta bosing va o‘tkazgichni Включено holatiga o‘rnating.
❗️Защитник Windows o‘rniga sizda Microsoft Defender deb yozilgan bo‘lishi mumkin.
Shundan so‘ng, Windows’ning himoya tizimi ishlamay qoladi, bu haqda sizga bildirishnoma keladi. Endi kompyuterni shu holicha qoldirishingiz yoki boshqa antivirus dasturini o‘rnatishingiz mumkin.
© @kompyuter_bilimlari|ni biz bilan o'rganing!
#operatsion_tizim #maslahat
🚀 Windows 10'ni tezkor ishga tushirish
Tezkor ishga tushirish — bu kompyuterini doim o‘chirib yurishga odatlangan foydalanuvchilar uchun maxsus o‘ylangan funksiyadir. Uning yordamida shaxsiy kompyuterda ish yakunlanganidan so‘ng uning qayta ishga tushirilishida ishchi stoliga o‘tish jarayoni biroz tezlashadi.
1️⃣. “Пуск” — “Параметры” — “Система” — “Питание и спящий режим” ketma-ketligi bo‘yicha o‘ting. Oynadagi “Дополнительные параметры питания” bandiga bosing.
2️⃣. Tezkor ishga tushirish funksiyasini faollashtirish uchun ushbu ketma-ketlik bo‘yicha o‘ting: “Действия кнопок питания” — “Изменение параметров, которые сейчас недоступны” — “Включить быстрый запуск” (so‘nggi keltirilgan bandni faollashtiring) va “Сохранить изменения” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirishni saqlang, tayyor!.

#operatsion_tizim #software #hardware
🔋 Noutbuk batareyasining eskirganlik darajasini aniqlash
Akkumulyatorni diagnostika qilish hech qachon kech emas, chunki uni almashtirish vaqti kelgan bo‘lishi mumkin. Akkumulyatorning eskirganlik darajasini aniqlash uchun, batareyaning asl quvvat hajmi va uning eskirganligini foizlarda ko‘rsatuvchi BatteryCare dasturidan foydalanish mumkin.
Foydalanish tartibi quyidagicha:
1️⃣. Dasturni rasmiy saytidan yuklab olamiz.
2️⃣. Uni o‘rnatamiz va ishga tushiramiz.
3️⃣. Vazifalar panelining soat yonidagi tizim treyidan (fonda ishlab turgan dasturlar orasidan) dastur belgisini topamiz va ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz va ochilgan kontekstli menyudan “Показать BatteryCare” bandini tanlaymiz.
4️⃣. Eskirganlik darajasini bilish uchun “Дополнительно” varaqa (вкладка)si ustiga bosamiz va “Износ батареи” satrini izlaymiz.
Agarda batareyaning eskirganlik darajasi 15-20% dan katta bo‘lsa, u holda uning ishlashidagi avtonomlik tezroq pasayadi va uni almashtirish borasida o‘ylab ko‘rish mumkin bo‘ladi.
📎 Battery Care v0.9.36 dasturining tizimga o‘rnatiluvchi va o‘rnatish talab etilmaydigan versiyalarini kanalimizdan yuklab oling: Install version | Portable Version