Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
14.6K subscribers
2.23K photos
408 videos
268 files
1.85K links
O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!

Mundarija: @kompyuterbilimlariuz

Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok

Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596

Asoschi: @rvraul

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Download Telegram
​​Windows tizimida skrinshot olish usullari(bir necha vaiantlarda)

Skrinshot bu kompyuter ekranini mavjud vaziyatdagi holatini rasm ko'risnihidagi nusxasini olish. Bu qanday amalga oshirishini ko'pchilik biladi, lekin butun ekranni emas balki ma'lum bir qismini, aktiv oynani qanday olish keraligi ko'pchilik bilmaydi, bilsa ham ishlatmaydi, maslahatim faqat o'rganib yurmang, amalda ham ishlating.
Xullas, skrinshot mavzusini to'liq beraman va mavzuga boshqa qaytmaymiz.

1. Demak ekranni to'liq holatini rasmga olish.
Klaviaturadan PrintScrn tugmasi bosiladi, shunda ekran holati buffer xotiraga tushadi, keyin uni biror joy(Paint, Word, Telegram)ga CTRL + V tugmasi orqali tashlab ishlatish mumkin.

2. Ekranni to'liq holatda emas, faqat aktiv oynani holatini olish.
Kerakli oyna aktiv holga keltiriladi va klaviaturadan ALT + PrintScrn bosiladi. Qolgani, yana usha gap biror joyga tashlab tahrirlab ishlatish mumkin.

3. Ekranni hohlagan joyini nusxasini olish(Windows 10'da tekshirildi).
Win + Shift + S tugmalari bosiladi va kerakli soha(joy) belgilanadi. Nusxasi olingan sohani yaxshi ishlar uchun foydalanish mumkin).

4. Shu ishlar uchun va qo'shimcha imkoniyatlar uchun FC Capture dasturidan ham foydalanish mumkin.

☝️ Kanalda ancha foydali mavzularni yoritib bormoqdaman, faqat o'qib o'tib ketmang, amalda albatta qo'llang va foydalanishni odat qilib oling.

👉 @informatika
​​#bilasizmi

👾 Agar kompyuter virusi kompyuteringizga tushib qolsa, u o‘zini quyidagicha namoyon qiladi:

Ba’zi bir dasturlar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi;

Ekranga noodatiy xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;

Kompyuterning ishlash tezligi ancha sekinlashadi;

Ba’zi bir fayllar buziladi, o‘zgaradi yoki kattalashadi;

Operativ xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi;

Dasturlarning yuklanish vaqti sekinlashadi.

©️ @Kompyuter_Bilimlari
#game

🕹Barcha geymerlar uchun qadrdon bo‘lishga ulgurgan Counter Strike o‘yini kodlari ⌨️

1️⃣. impulse 101 - 16000$ pul

2️⃣. give spaceweaponawp - Snayper

3️⃣. svaim - Snayper avtomatik nishonga oladi

4️⃣. svgravity 101 (-999 -999999) - Baland sakrash

5️⃣. glzmax[0-9999] - Devordan o‘tadigan o‘q

6️⃣. lambert -1.0001 - Qorong‘i joyni yoritish

7️⃣. clhidefrags 0 - Boshqa o‘yinchilarni ko‘rish

8️⃣. clforwardspeed 999 - Oldinga qarab tez yurish

9️⃣. clbackspeed 999 - Orqaga qarab tez yurish

1️⃣0️⃣. clsidespeed 999 - Joyidan tez qo‘zg‘alish

1️⃣1️⃣. +reload - Avto perezaryadkani yoqish

1️⃣2️⃣. -reload - Avto perezaryadkani o‘chirish

1️⃣3️⃣. mpc4timer [1-100] - Bombani vaqtini belgilash

1️⃣4️⃣. svclienttrace 9999 - Avtopritselni yoqish

1️⃣5️⃣. svclienttrace 0000 - Avtopritselni o‘chirish

1️⃣6️⃣. adjust crosshair - Pritsel rangini o‘zgartirish

1️⃣7️⃣. timeleft - Qolgan vaqtni ko‘rsatish

1️⃣8️⃣. crosshair [1-5] - Metkani qimirlatmasdan harakatlanish

1️⃣9️⃣. mpfreezetime [sekund] - O‘yin vaqtini kamaytirish

2️⃣0️⃣. mproundtime [3-15] - O‘yin raundlarini belgilash

2️⃣1️⃣. mptimelimit - O‘yin vaqtini sozlash

2️⃣2️⃣. mpfriendlyfire [0 yoki 1] - Sherikni o‘ldirish (friendly fire)

2️⃣3️⃣. mpfootsteps [0 yoki 1] - Qoldirilgan izni yoqish va o‘chirish

2️⃣4️⃣. svclienttrace 999999999 - Istagan o‘q aniq tegadi

2️⃣5️⃣. changelevel [map name] - Kartani o‘zgartirish

2️⃣6️⃣. give [weapon name] - Qurol olish

2️⃣7️⃣. skin [skin name] - Skinni almashtirish

2️⃣8️⃣. svstpsize (18-1000) - Devorga chiqadi

2️⃣9️⃣. botshovnav 1 - Botni qayerdaligini ko‘rsatish

3️⃣0️⃣. botsnipersonly - Botlarga snayper oldirish

3️⃣1️⃣. mplimitteams (2-1) - 10 kishiga 1 kishi qarshi

3️⃣2️⃣. botstop (0-1) - Botlarni to‘xtatish

3️⃣3️⃣. cllw (1-0) - Metkani kichraytirish

3️⃣4️⃣. svkniversonly - Botlarga pichoq oldirish

3️⃣5️⃣. botpistoletsonly - Botlarga pistolet oldirish

3️⃣6️⃣. svairclan - Tez yurish

3️⃣7️⃣. sv_cheats 1 - Pul

©️ @Kompyuter_Bilimlari
​​#bilasizmi

💿 DVD disk yo‘lakchasining uzunligi 12 kilometrni tashkil etadi.

©️ @Kompyuter_Bilimlari
#life_hack
🖥 Dunyodagi birinchi kompyuterning vazni 30 tonnani tashkil etgan va u 18 ming elektron lampadan iborat bo‘lgan. 😳

©️ @Kompyuter_Bilimlari
Word-da matnni ko'chirish

Agar siz ko'p manbalardan matnni bitta hujjatga to'plashingiz kerak bo'lsa, unda bu hayotni buzish sizga albatta yordam beradi.

Matnni tanlang va CTRL + F3 tugmalarini bosing - matn clipboardga kesiladi. Keyinchalik, biz kerakli bo'laklarning qolgan qismi, jumladan jadvallar, rasmlar va boshqalar bilan ham xuddi shunday qilamiz.

Sizga kerak bo'lgan hamma narsa kesilganda, yangi hujjatda CTRL + SHIFT + F3 tugmalarini bosing. Oldindan kesilgan barcha bo'limlar ko'chirilgan tartibda joylashtiriladi.

© @Kompyuter_Bilimlari
TezYoz

— Klaviatura tez yozishni mashq qilish uchun ishlatiladigan o'zbekcha dastur

Sayt: tezyoz.uz

©️ @Kompyuter_Bilimlari
TezYozSetup1.0.0.exe
64.9 MB
TezYoz

- Kompyuter Bilimlarini biz bilan o'rganing: © @Kompyuter_Bilimlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Windows 11 haqida to'liq ma'lumot.

- Sizda windows 11 bilan bogʻliq savollar boʻlsa ushbu video sizga foydali bo'ladi degan umiddaman!

P.s: Windows 11 ishlatadigonla bormi👀

©️ @Kompyuter_Bilimlari
🖥 Kompyuteringgizga windows 11 o'rnatish istagi bo'lsa MICROSOFT rasmiy sayt orqali yuklab oling.

- Bepul yuklab olish uchun: link

© @kompyuter_bilimlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Windows 11 yuklash va uni qanday o'rnatish haqida videoqo'llanma🎞️

© @kompyuter_bilimlari
#test #word

Qaysi klavishlar kombinatsiyasi matnni sahifa kengligi bo‘ylab tekislash uchun xizmat qiladi?
Anonymous Quiz
30%
CTRL + E
32%
CTRL + H
26%
CTRL + J
12%
SHIFT + E
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#operatsion_tizm #download

🖥️ Kompyuteringgizga windows 10 operatsion tizimini to'g'ri o'rnatish.

— Windows 10 bepul yuklab olish uchun rasmiy sayt: https://www.microsoft.com/ru-ru/software-download/windows10

© @kompyuter_bilimlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥️ Kompyuter ekrani nimaga qorayib qoladi va uni oldi qanday olinadi.

— Ushbu video Dostonbek Jalilov tomonidan tayorlangan.

© @Kompyuter_Bilimlari
Biz to'g'ridan-to'g'ri Windows-da "overclocking" holda video kartani tezlashtiramiz

Ushbu xususiyatni yoqish uchun sizga kerak:

- Tizim sozlamalariga o'ting (WIN + I) --> "Tizim" --> "Displey" --> "Grafika" --> Grafik sozlamalarini o'zgartirish

- Apparat tezlashtirish bilan GPU rejalashtirishni yoqing va kompyuterni qayta ishga tushiring.

Uskuna tezlashuvi bilan GPU rejalashtirish kechikishni kamaytirish va shu tariqa grafik kartangiz unumdorligini oshirish uchun mo'ljallangan. Aslida, rejalashtirish yordamida diskret grafikalar video xotirani o'zi boshqarishni boshlaydi.

© @Kompyuter_bilimlari
Windows reyestrining zaxira nusxasini yaratish

Agarda siz reyestr sozlamalari bilan turli tajribalar o‘tkazishni xush ko‘rsangiz yoki reyestr tvikerlardan ko‘p foydalansangiz, ushbu amaliyotlarni bajarish oldidan reyestrning zaxira nusxasi (backup)ini yaratib olish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun esa quyidagi qadamlar bajariladi:

1️⃣. WIN + R klavishlari birikmasini bosing va ochiluvchi “Выполнить” oynasida regedit buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishi yoki oynachadagi “OK” tugmasini bosish orqali “Редактора реестра”ni ekranga chaqiring.

2️⃣. Menyu satrida “Файл” → “Экспорт” bandlari bo‘ylab o‘ting.

3️⃣. “Диапазон экспорта” bo‘limida “Весь реестр”ni tanlang. Fayl uchun nom bering va uni saqlang.

Reyestr ilgari saqlab qo‘yilgan holatini tiklash uchun “Редактор реестр” oynasidagi menyu satrida mos tarzda “Файл” → “Импорт” bandlari bo‘ylab o‘ting va fayl joylashgan manzilni ko‘rsating.

© @Kompyuter_bilimlari
⌨️Klaviatura shunchaki ajoyib.Ushbu klaviatura chizilmagan.
It's a beatiful

©️ @Kompyuter_Bilimlari
⌨️ Matn kiritilishidan bir necha soniya o‘tib CapsLock klavishini avtomatik o‘chadigan qilish

Agarda biror hujjat bilan ishlash yoki chatda yozishish paytida CapsLock'ni ko‘p qo‘llasangiz, kerak bo‘lgan paytida ushbu klavisha faolligi hayolingizdan ko‘tarilib, katta harfni kiritaman deb SHIFT'ni bosasiz va bunda harflar aksincha kichik kiritilishi asabingizga tegib, ortiqcha vaqtingizni oladi, biror guruhda esa hadeb katta harfda matn kiritishingiz adminlarning jig‘iga tegib, sizni shunchaki ban qilishlari mumkin.

Siz shunday qilishingiz mumkinki, matn kiritishni to‘xtatishingiz bilan CapsLock bir necha soniya o‘tib o‘zi o‘chadigan bo‘ladi. Foydalanuvchi tomonidan belgilangan vaqtdan so‘ng CapsLock klavishini avtomatik o‘chirib qo‘yish uchun mo‘ljallangan CapsUnlocker kichik yordamchi dasturini yuklab oling va arxivni alohida papkaga ajratib olib, CapsUnlocker.exe faylini ishga tushiring.

1️⃣. Yordamchi dasturni ishga tushirib, uning menyusini tizim soati yonidagi ishga tushirilgan dasturlar treyidan oching va “Option” bandini tanlang.

2️⃣. “Unlocking Interval” sozlamasiga ahamiyat bering, qoida bo‘yicha uning qiymati sifatida 30 soniya — ya’ni faol turgan CapsLock'ni avtomatik o‘chirish vaqti belgilangan.

3️⃣. Sizga kerakli vaqt oralig‘ini ko‘rsating va sozlamalarni saqlang.
“Специальная вставка” amali qaysi klavishlar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi?
Anonymous Quiz
26%
CTRL + S + V
49%
CTRL + ALT + V
16%
CTRL + TAB + V
9%
CTRL + V + V
#operatsion_tizim #hardware #maslahat

⌨️🖱 Sichqoncha va klaviaturani bloklash

Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

1️⃣. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.

2️⃣. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.

Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.

📝 Manba @ITspecuz

©️ @Kompyuter_Bilimlari