KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.28K photos
826 videos
661 files
3.43K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Word 6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar.
#videodars / #word

ℹ️ Havola - bu biror manzilga bizni olib boradigan yozuv. Internetdagi resurslar havolalar orqali bir-biri bilan bog'langan. Bugungi darsimizda Word dasturida havolalar bilan ishlashni ko'rib chiqdik. Ichki va tashqi havolalar bilan bir qancha amallarni bajarishni amaliy o'rganishga harakat qildik. Dars 9 qismga bo'lingan bo'lib, nasib qilsa videoni to'liq ko'rish orqali Word dasturida havolalar bilan qiyinchiliksiz ishlashni o'rganasiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 14:20 💾: 36.5 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Arxiv fayl parolini olib tashlash (buzish) mumkinmi?
#info / #arxiv

ℹ️ Mendan arxiv faylga qo'yilgan parolni olib tashlash yo'lini o'rgatishimni so'rashgandi. Bu borada izlandim va bir metodni o'rgandim. Biroq bu metodning samaradorligi juda past ekan (deyarli 10%).
Bu qanday metod edi?

📝 Bu metod quyidagicha ishlaydi:
Advanced Archive Password Recovery Professional nomili dastur yuklanadi;
• Dastur o'rnatiladi va paroli buzilishi kerak bo'lgan arxiv fayl ko'rsatiladi;
• Dastur belgilangan belgilardan (pastdagi rasmda belgilab ko'rsatilgan) turli xildagi kombinatsiyalarni arxiv faylga qo'yib, tekshirib ko'radi; Bu qanday kombinatsiyalar? Masalan, 123456, 12345678, qwerty va shunga o'xshash sodda parollardan boshlab biz belgilagan qiyinroq kombinatsiyalargacha.
• Bir necha soatlar (balki kun) dan keyin agar parol sodda bo'lsa topib berishi mumkin.
Agar parol murakkab bo'lgan bo'lsachi? Masalan: 1w5X8R64I*d 😳. Unda yillar davomida ham topolmaydi.

🕵️‍♂️ Xulosa qiladigan bo'lsak, yuqorida ko'rib o'tilgan metod asosida yozilgan videolar juda ko'p topiladi. Biroq hammasining ishlatgan usuli juda samarasiz bo'lgani uchun arxiv faylni parolini buzishni hozircha samarali yo'li yo'q degan xulosaga keldim. Keyinchalik birorta foydali usulini topsam albatta e'lon qilaman.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Simsiz zaryadlash qurilmasi
#kelajak_texnologiyasi

ℹ️ Smartfon, planshetli kompyuter va barcha mobil qurilmalar uchun oddiy, qulay va xavfsiz simsiz zaryadlash qurilmasi.

© Технологии будущего

💻
Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Telefondan kompyuter uchun Wi-Fi tarqatish
#info / #internet

ℹ️ Internetdan kompyuter orqali foydalanishimiz uchun doimo ham Wi-Fi yoki simli internet shart emas. Mobil telefondagi internetdan kompyuter uchun ulashishimiz mumkin. Bunda ketadigan internet trafik mobil telefondagi trafik bo'ladi.

📋 Android qurilmalarida quyidagi ketma-ketlikda Wi-Fi tarqatish mumkin:

1️⃣ Androiddagi "Настройки" ga kiramiz va qidiruv joyidan "Точка доступа Wi-Fi" ni topamiz.

2️⃣ "Настройки точки доступа" ga kirib tarqatadigan internetimiz nomini va kirish uchun parolni kiritamiz (kompyuterda shu nom topiladi va parolni kiritish orqali ulanish mumkin).

3️⃣ Ortga qaytamiz va "точку доступа" ni faollashtiramiz.

4️⃣ Kompyuter orqali hosil qilingan Wi-Fi ga ulanamiz.

© Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Sizningcha kanal admini nima sohada o'qiydi yoki o'qigan? Yaqindan tanishamiz 😉
Anonymous Poll
36%
Informatika yoki kompyuter bo'yicha
17%
Xorijiy tillar bo'yicha
25%
Umuman boshqa sohada, masalan, injenerlik
22%
Aniq bir nima deyolmayman
Bu qaysi shahar?
#fun

🌇 Menimcha Parij bo'lsa kerak 😁.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft .NET Framework nima? Nima vazifani bajaradi? Istalgan versiyasini yuklashni o'rganamiz!
#videodars / #windows

ℹ️ Microsoft .NET Framework – bu biror dastur/o’yinning turli qismlari turli dasturlash tillarida yozilgan paytda o’sha dastur/o’yinni yaratish, to’liq va to'g'ri ishlashini ta'minlovchi raqamli platforma.

📌 Uning kerakli versiyalarini quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin:
http://dlltop.ru/soft/135-microsoft-net-framework

❗️Eslatma: Dastur yoki o’yinlarni o’rnatish va foydalanishda muammo kuzatilmasligi uchun o’zida oldingi versiyalarni jamlagan 3.5 versiya o’rnatilishi hamda hozirgi kunda eng so’ngi versiya (hozirda eng so’ngisi 4.7.1) o’rnatilgan bo’lishi kerak.

📃 Ushbu videoni maqola ko'rinishida bu yerdan o'qishingiz mumkin.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 04:33 💾: 11.5 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / IT specialist / YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Word 7-dars. Xavfsizlik. Hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash. Saqlanmagan hujjatlarni tiklash.
#videodars / #word

ℹ️ Har bir ishda bo'lganidek matnlar bilan ishlashda ham xavfsizlik asosiy masala hisoblanadi. Bugungi darsimizda Word dasturidagi xavfsizlik haqida gaplashamiz. Dars davomida hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash, nusxa olishdan himoyalash, ma'lum qismini yashirib qo'yish, hujjatni parol yordami himoyalash va albatta saqlanmagan hujjatlarni tiklashni o'rganamiz.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 09:14 💾: 24.4 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Windows 10 foydalanuvchilardan nega kompyuter kerakligini so'rab boshlaydi
#info / #windows

ℹ️ Microsoft Windows 10 Insider Preview 20231 jamlanmasini taqdim qildi. Unda Windows 10 ishga tushish paytida kompyuter nega kerakligini so'rash funksiyasi qo'shilgan. Bu kompyuterni egasini xohishiga ko'ra sozlashga imkon beradi.

📌 "Customize your device" oynasida barcha kompyuterdan foydalanish rejalari tanlash kerak bo'ladi. Masalan, o'yin uchun, o'qish yoki biznes uchun.

Microsoft blogida biror rejimda aynan qanday turdagi sozlamalar amalga oshirilishi haqida maʼlumot berilmagan. Lekin tahmin qilish mumkinki, agar "o'yin uchun" parametri tanlansa kompyuter o'yin uchun optimal holatga keltirilishi kerak. Hozircha kompaniya ushbu funksiyani tekshirish va yaxshilash bilan band.

© ferra.ru

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Word 8-dars. Yakuniy dars. Word dasturi bo'yicha layfhaklar. Oson usulda mundarija yaratish.
#videodars / #word

ℹ️ Bugungi dars bilan Word dasturiga oid bo'lgan kursimizni yakunlaymiz. Bugungi darsimizda Word dasturi bilan ishlash davomida kerak bo'ladigan bir qancha amallarni o'rganamiz. Dars oxiridagi oson mundarija tuzish yo'li esa albatta sizga yoqadi.

📎 Markerlar o'rniga rasmlardan foydalanishda foydalanilgan papka.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 17:11 💾: 33.8 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
#tuts.rar
2.6 MB
Markerlar o'rniga rasmlardan foydalanishda foydalanilgan papka.

📌 Bundanda ko'proq rasm va ikonkalarni bu yerdan topishingiz mumkin.

💾: 2.5 mb (.rar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
🔠 Word darslari

Word 1-dars. Dastur bilan tanishuv. Asosiy sozlamalar. Qo'shimcha kengaytmalar o'rnatish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 2-dars. Matnlar bilan ishlash. "Файл" va "Главная" bo'limlari bilan ishlash!
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 3-dars. "Вставка" bo'limi. Rasmlar bilan ishlash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 4-dars. Jadvallar bilan ishlash. Formula terish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 5-dars. "Дизайн", "Макет", "Вид" bo'limlari bilan ishlash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 6-dars. Havolalar bilan ishlash. Ichki va tashqi havolalar.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 7-dars. Xavfsizlik. Hujjatlarni tahrirlashdan himoyalash. Saqlanmagan hujjatlarni tiklash.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

Word 8-dars. Yakuniy dars. Word dasturi bo'yicha layfhaklar. Oson usulda mundarija yaratish.
▶️ Ko'rish: Telegram I YouTube

🧮 Excel bo'yicha kurs.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Kompyuter foydalanadigan xotira turlari
#info / #windows

💾 Kompyuter ish jarayonida bir nechta xotira turlaridan foydalanadi, shular haqida qisqacha:

• Tezkor xotira(RAM) - Kompyuter platasidagi slotga ulanadigan, katta tezlikda ishlay oladigan xotiradir. Kompyuter o'chishi bilan ichidagi ma'lumotlar ham o'chib ketadi, demak energiyaga bog'liq. Hozirda DDR4 turi keng foydalaniladi.

• Doimiy xotira(ROM) - bu xotira turidan faqat o'qish mumkin. Kompyuter platasiga sxema ko'rinishida o'rnatilgan va har xil sozlashlarni o'zida jamlagan. Kompyuter o'chganda ham o'zidagi ma'lumotlarni saqlashi mumkin.

• Qattiq disk(HDD, SDD,...) - Hammamizga ma'lum xotira turi. Energiyaga bog'liq bo'lmagan, xotira qurilmasiga qarab, ma'lumotlar yoki sxemada (SSD) yoki alyumin diskda (HDD) saqlanadi.

• Buffer xotira - vaqtinchalik ma'lumot saqlovchi xotira turi. Siz biror fayl yoki matnni nusxalaganingizda(CTRl+C), ko'chirgan narsangiz shu xotiraga vaqtinchalik tushadi. Energiyaga bog'liq bo'lgan xotira turi.

• Kesh xotira - prossesor bilan tezkor xotira orasida ma'lumot almashuvchi xotira turi. Ba'zan alohida. ba'zan prossesorda joylashgan bo'ladi. Hajmi kichik bo'ladi. Protsesor tanlashda L2, L3 degan tushunchalar bor, shular kesh xotirani belgilab beradi. Eng tez ishlovchi xotira turi.

📌 Yuqoridagilar asosiy xotira turlari, undan tashqari tashqi saqlovchi qurilmalar(CD, DVD, Blu-Ray, fleshka) orqali ham ma'lumotlarni saqlash mumkin.

Mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar:
HDD vs SSD
“Буфер обмена” bilan ishlash! Буфер обмена nima? ClipDiary dasturi

©️ IT Planet

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Lekin maqsadlar ulkan 😉
#fun

Netbuk ishlatadiganlar:
Kompyuter kichik bo'lsa ham maqsadlar ulkan 💪.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Kompyuterlar haqida qiziqarli faktlar
#fakt

ℹ️ Birinchi kompyuterlar paydo bo‘lganidan beri ancha vaqt o‘tdi va ularning rivojlanishi jarayonida juda ko‘p qiziqarli hodisalar ro‘y berdi.

⚡️Birinchi kompyuter virusi 1982-yilda sistemalarni buzish maqsadida Apple tomonidan ishlab chiqilgan.

⚡️Shveysariyada katta hajmli ma’lumotlar saqlanuvchi server markazlaridan chiqqan issiqlik sabab kichik ko‘ldagi suv iluq turadi.

⚡️1981-yilda yaratilgan kompyuter 12 kilogramm tosh bosgan. Uning monitor ekrani esa atigi 5 dyum bo‘lgan (hozirgi mobil telefonlarniki kabi).

⚡️Statistikaga ko‘ra, aksariyat kompyuterlar o‘z imkoniyatlarining yarmidan foydalanadi, xolos.

⚡️Klaviaturaga suyuqlik to‘kilishi kompyuter buzilishining eng ko‘p uchraydigan sababi hisoblanadi. Ikkinchi asosiy sabab esa elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog‘liq.

© Terabayt.uz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o'zaro qanday farqi bor?
#info / #media

ℹ️ JPEG, GIF, PNG va boshqa grafika formatlarini farqini bilasizmi? Qachon u yoki bu formatdan foydalanish kerak? Rasmlarni saqlash uchun qay biri yaxshi? Barcha savollarga javobni ushbu postda topasiz!

.JPEG (JPG)
Eng mashhur format hisoblanadi. Asosan bu format internetda surat va rasmlarni matn bilan birgalikda e'lon qilish uchun ishlatiladi. JPEG TrueColor-format hisoblanadi ya'ni ya'ni 24 bit / piksel rang chuqurligi bo'lgan tasvirlarni saqlashi mumkin. Ushbu format 16 milliondan ortiq rangni namoyish etishi mumkin. JPEG moslashuvchan ma'lumotlarni siqish qobiliyatlari bilan mashhurlikka erishdi. Agar kerak bo'lsa, tasvirni yuqori sifatli saqlash mumkin. Sifatni yo'qotuvchi siqish algoritmi qo'llanganda har marotaba rasmni saqlashda uning sifati kamayib boradi.

.GIF
GIF (Grafik almashinuvi formati) rang chuqurligi bilan maqtana olmaydi (8 bit). U 256 ranggacha yo'qotishsiz siqilgan tasvirlarni saqlashi mumkin. GIF-ning xususiyatlaridan biri bu animatsiyani qo'llab-quvvatlashdir.

.PNG
Ushbu format GIF-ning o'rnini bosuvchi sifatida ishlab chiqilgan. PNG portativ tarmoq grafikasi degan ma'noni anglatadi. GIF-dan farqli o'laroq, PNG qo'shimcha alfa kanali tufayli shaffoflik gradatsiyasini qo'llab-quvvatlaydi (fonsiz rasmlarni shu formatda izlash degani). Tashqi tomondan, PNG fayllari JPG rasmlaridan deyarli farq qilmaydi. PNG ma'lumotlarni yo'qotmasdan siqadi. Agar shaffoflik siz uchun muhim bo'lsa, ushbu formatni tanlagan ma'qul.

.BMP
BMP (bitmap) formati birinchi grafik formatlardan biri hisoblanadi va hozirda unchalik mashhur emas. BMP rang chuqurligi 64 bitgacha bo'lgan tasvirlarni saqlaydi. Ushbu format shaffoflikni qo'llab-quvvatlaydi, ammo uni ba'zi Microsoft dasturlari o'qiy olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, BMP fayllari boshqa formatga o'tkazgan yaxshi.

Qaysi formatdan foydalangan ma'qul?
PNG - bu eng yaxshi tanlov. Bu katta tasvirlar uchun juda yaxshi. Agar sizga fotosuratni elektron pochta orqali yuborish uchun yuqori siqishni nisbati kerak bo'lsa, JPEG-dan foydalanish yaxshiroqdir.

📊 Pastdagi jadvalda turli formatlar xarakteristikalari keltirilgan.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nega VAIO logotipini ko'rinishi shunday?
#fakt

ℹ️ Sony'ning shaxsiy kompyuteri bo'lmish VAIO brend logotipida V va A harflari sinus grafigi to'lqinini, I va O esa ikkilik sanoq sistemasidagi bir va nolni ifodalaydi.

📌 Shu orqali logotip analog va raqamli texnologiyalarni jamlashganini ko'rsatadi.

©️ IT_ExpertT

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchi hayotdagi obyektlarni Photoshop'ga o'tkazuvchi servis prototipini taqdim etdi
#photoshop

ℹ️ Yevropalik dasturchi ob'ektni suratga olishga va darhol kompyuterda ishlaydigan grafik muharririga rasmni fonsiz qilib o'tkazishga imkon beradigan dastur yaratdi.

🤔 Taʼriflashga til ojiz, shunday emasmi?

©️ IT_ExpertT

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Kim kompyuterni yaxshiroq biladi: ayollar yoki erkaklar?
#info / #kompyuter

ℹ️ Villanova nomidagi biznes maktabi universiteti mutaxassislari kompyuter ko'nikmalari qaysi jins vakillari tomonidan yaxshiroq ekanligi bo'yicha tajriba o'tkazishdi, natijaga ko'ra tenglik bo'lishiga qaramasdan bu borada ayollarni nisbatan o'ziga ishonchi past ekanligi aniqlandi.
Tajribada ishtirokchilarning ofis ishlari bo'yicha kompyuter ko'nikmalari tekshirildi, hamda ishtirokchilardan o'zining bilimi va imkoniyatlarini baholash so'ralgan.

📌 Ishtirokchilar tasodifiy tarzda boshlang'ich, o'rtacha va murakkab vazifalarni noutbuk, planshet yoki smartfonda bajarishi kerak edi. Bunda qatnashuvchilar o'tirib, turib, shoshilmasdan yoki yo'l-yo'lakay topshiriqlarni bajarishgan. Olimlar topshiriqlarni bajarilishi bo'yicha ayollar va erkaklar orasida sezilarli farqni aniqlashmadi, faqatgina bir topshiriqda - o'tirgan holatda planshetda boshlang'ich turdagi topshiriqni bajarishda erkaklar ustunlikga erishgan (64% ga qarshi 76.3%).

👩‍💻 Bundan tashqari, ayollar so'rovnomada o'z imkoniyatlarini erkaklarga nisbatan yomonligini taʼkidlagan, vaholanki farq katta bo'lmagan.

(c) ferra.ru

😉 Bizda ham tenglikmi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PowerPoint 1-dars. Dastur bilan tanishuv. Kurs maqsadi. "Главная" bo'limi.
#videodars / #powerpoint

ℹ️ PowerPoint dasturini o'rganishni boshlaymiz! Ushbu darsda PowerPoint dasturi bilan yaqindan tanishamiz, imkoniyatlari va kimlar uchun foydali dastur ekanligi haqida fikr yuritamiz. PowerPoint dasturini barchamiz o'rganishimiz kerak, chunki biror mehnatni ko'rsatib berishda albatta bu dasturdan foydalaniladi.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 16:07 💾: 31 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube