KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech kimga taqlid qilmang
#motivatsiya

ℹ️ Birov erishgan yutuqga yetkazuvchi usul boshqalarga ham qo'l keladi degani emas. Siz kimgadir taqlid qilish orqali uning soyasiga aylanib qolasiz.

❗️Ko'chirish, birovning mehnatini hurmat qilmaslik sizga hech qachon obro' keltirmaydi. Ko'chirish orqali siz shunchaki soyaga aylanasiz.

🌞Soya bo'lishga emas ziyo tarqatishga intiling!

©️Muhammadali Eshonqulov & KA

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kerakli narsalarni endi oson topamiz!

💻 Kompyuter Akademiyasi kanalidagi videodars yoki dasturlarni endi bot orqali osonlik bilan topishingiz mumkin.

🔄 Bot doimiy ravishda yangilab boriladi.
📡 Uyda ishlatish uchun Wi-Fi router tanlaymiz
#info / #internet

Bunda biz nimalarga e’tibor berishimiz kerak?

💡 Wi-Fi ishchi chastotasi –hozirgi kunga kelib bozorda ikki turdagi ommaviy simsiz qurilmalar mavjud: 2,4 GGs va 5 GGs chastota.
Birinchisi, avvaldan ishlab chiqarilgan qurilmalarda chastota diapazonini belgilagan bo’lsa, ikkinchisi, hozirgi kundagi zamonaviy wi-fi routerlardagi chastota diapazonini belgilab beradi. Agar siz ko’p qavatli uyda yashaydigan bo’lsangiz, taassufku, qo’shni honadonlarda ham wi-fi qurilmalari o’rnatilgan bo`ladi. Ular xam 2,4 GGs chastotada ishlaydi deylik. U holda qo'shni qurilmalar va xonadondagi boshqa elektr anjomlar chiqarayotgan chastota sizning 2,4 GGs chastota diapazonli Wi-Fi qurilmangizning signalini biroz bo'lsa ham so'ndiradi.

Agar xovli uyda yashaydigan bo'lsangiz sizga chastota diapazoni uncha qiziq bo'lmaydi. Ko'p qavatli uylarda 5 GGs chastota diapazonli Wi-Fi routeridan foydalanish maqsadga mufoviq. Ammo, masalani ikkinchi tomonini esdan chiqarish kerak emas: 5 GGs chastota diapazoni ta’sir doirasi 2,4 GGs'nikiga nisbatan kichikroqdir.

💡Wi-Fi standarti – Bu 802.11 n/g/a/c standartlardir. 21 asrning so’nggi 10 yilligida ishlab chiqarilayotgan Wi-Fi routerlar Wi-Fi 802.11 ac standartiga javob bera oladi.

💡Antenna uzatish quvvati – odatda Wi-Fi routerlarda antenna qurilmani ichiga yoki tashqarisiga o'rnatilgan bo'ladi.
Agar siz bir xonali uyda istiqomat qilsangiz, sizga dizayn jihatdan chiroyli va antennasi qurilmani ichiga o'rnatilgan router qo'l keladi.
Agar siz yuqorida aytib o'tganimizdek ko'p qavatli uyda, yoki hovlida istiqomat qilsangiz, tashqi o'rnatilgan antennaga ega router olganingiz afzal. Bunda standart antennalarning uzatish quvvati 5 dB'ni tashkil etadi. Ba’zi Wi-Fi qurilmalarda standart antennalari burab yechib olinadigan ko'rinishda yasaladi. Sababi, standart signal quvvati pastlik qilganda, katta quvvatli (7, 12, 24 dB'li) antennalarni o'rnatish mumkiin bo'ladi.

💡Ma’lumot uzatish tezligi – bu tezlik siz Wi-Fi routerni qanday chastota diapazonida ishlatishingizga bog’liq. Albatta, turli qurilmalarda uning tezligi ham turlicha bo’lishi mumkin. Lekin ko'pgina brend ishlab chiqaruvchilarda, 2,4 GGs chastota diapazonida 450 Mbit/s tezlikkacha, 5 GGs chastota diapazonida 1300 Mbit/s tezlikkacha yetishi mumkin. Albatta siz uyingizda bir nechta qurilmalarni bitta routerga ulab, kata xajmdagi ma’lumot almashish niyatingiz bo’lmasa, arzonroq va xamyonbop 300Mbit/s uzatish tezligi atrofidagi Wi-Fi routeri olganingiz ma’qul.

💡Lan-portlarning mavjudligi va ularning tezligi – xonadoningizda smartfon, planshet va laptoplardan farqli o’laroq statsionar kompyuter ham ishlatsangiz, Wi-Fi routerning LAN – portlari mavjudligi qo'l keladi. Ular yordamida siz barcha simli va simsiz qurilmalarni yagona taqmoqda
birlashtirib, o'zaro ma'lumot almashish, umumiy kataloglardan foydalanish va multiplayer o'yinlarni o'ynashingiz mumkin bo'ladi.

💡ISPning sizga beradigan internet texnologiyasi bilan mutanosibligi, Wi-Fi router tanlaganingizda uning oddiy dustup nuqtasi(Точка доступа) boэlib qolmasligiga e'tibor bering. Chunki ISP provayderlar PPOE, IPoE, DHCP kabi ulanish turlarini qo’llay oladilar. Uy sharoitida foydalanishga aksariyat provayderlar PPOE ulanishli texnologiyasini taklif etadilar. IPoE texnologiyasi static IP manzil talab qilinganda beriladigan texnologiya hisoblanadi.
DHCP – esa, o'z – o'zidan ma’lum, avtomatik tarzda ip manzil tarqatiluvchi tarmoqlarda foydalaniladi.

☝️ ISP provayder bilan ulanish nuqtasi Wi-Fi routerning WAN porti orqali amalga oshiriladi.
ADSL turdagi Wi-Fi routerlarda bu port RJ11 konnektorli telefon liniyasi orqali ulanadi, optik kabel kirib kelgan binolarda WAN port RJ45 konnektorli ethernet kabeli orqali ulanadi.

©️Akmal Xudayberganov

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows 10'ni mustaqil o'rnatishni o'rganamiz
#videodars / #windows

ℹ️ Windows 7'ni o'rnatish bo'yicha kichik videokursimizni oldinroq eʼlon qilgan edik. Biroq kursimizdan foydalanganlarda juda ko'p savollar va tushunmovchiliklar yuzaga keldi.

😎 Shularni hisobga olgan holda Windows 10'ni o'rnatish va sozlashni biroz kattaroq va to'liqroq kurs qilishga qaror qildik.

📃 Kurs tahminan quyidagi darslardan tashkil topadi (kichik o'zgarishlar bo'lishi mumkin):

1️⃣ Windows o'rnatishga oid savol javoblar

Ushbu videoni ko'rish orqali siz nega, qachon va qanday qilib windows o'rnatish kerakligi va h.k haqida beriladigan ko'pgina savollarga javob topasiz.

2️⃣ Windows'larning barcha turlari, redaksiyalari (Pro, LTSB va h.k) bilan tanishamiz. O'zimiz uchun Windows tanlaymiz!

Windows o'rnatishda kerakli Windows'ni qanday tanlashni o'rganamiz. Ultimate, Pro va b. versiyalarni o'zaro farqlarini bilib olamiz.

3️⃣ Katta hajmli fayllar (dastur, o'yin, kurslar va b) ni yuklash usullari (torrent, internet, telegram)

Tabiiyki Windows fayli ham ancha katta hajmga ega bo'ladi. Bu video orqali katta hajmli fayllarni yuklab olishni 3 usuli bilan tanishamiz.

4️⃣ Istalgan Windows (7/8/8.1/10) ni yuklash va fleshkaga yozishni 2 usuli!

Windows o'rnatish jarayonida muammolarga duch kelmaslik uchun windows'ni fleshkaga to'g'ri va to'liq yozish kerak bo'ladi.

5️⃣ Windows 10'ni o'rnatish

Windows'larni o'rnatish jarayoni deyarli hamma versiyalarida bir xil amalga oshiriladi.

6️⃣ Drayverlarni onlayn va oflayn yangilash. DriverPack dasturlari bilan ishlash.

Windows o'rnatib bo'lganimizdan keyin o'zimizga qulay qilib kichik sozlamalarni amalga oshiramiz. Drayverlarni yangilashni ham onlayn ham oflayn usullarini ko'rib chiqamiz. Bunda bir qancha "gigant" dasturlar bilan ham tanishamiz.

7️⃣ Dasturlarni avtomatik o'rnatuvchi dasturlar

Kompyuter ustalari kerakli dasturlarni bittalab o'rnatib chiqadi deb o'ylaysizmi? Ular BELOFF va Minstall kabi dasturlardan foydalanishadi 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat
#info / #internet

XXI asrda ma’lumot izlashni bilish — internetning har bir foydalanuvchisizuchun “must have”dir. Quyidagi maslahatlar yordamida esa siz qidiruv jarayonini osonlashtirishingiz, hattoki tezlashtirishingiz ham mumkin.

1️⃣ To‘g‘ridan-to‘g‘ri qidirish
Google aynan muayyan bir jumlani izlashi uchun, muhim jumlani “mana bunday qo‘shtirnoqlar” ostiga oling. Masalan:
“The best programming language”

2️⃣ Yulduzcha belgisi
Unutilgan so‘z o‘rniga yulduzcha belgisini kiriting va Google so‘rovni o‘zi to‘ldirib beradi. Masalan:
“twinkle twinkle little star how I * what you are”

3️⃣ So‘zlarni filtrlash
Agar so‘z oldidan minus belgisi qo‘yilsa, ushbu so‘zni o‘z tarkibiga oluvchi natijalar filtrlanadi. Masalan:
“the best programming language for a beginner -python”
⚠️ Izoh: Qidiruv natijalarida Python dasturlash tili bo‘lmaydi.

4️⃣ Fayllar bo‘ylab izlash
Fayllarni izlash uchun “filetype”dan foydalaning. Masalan:
“Python presentation filetype:pptx”

5️⃣ Ortiqcha belgilar
So‘rovingizdan tinish belgilari va boshqalarni olib tashlang. Google ularni baribir hisobga olmaydi.

©@itspecuz


Qaysi biri siz uchun kerakliroq?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Microsoft Word va boshqa ofis dasturlarda shunday holat (vkladkalar) ni yaratish uchun qaysi dasturdan foydalanish mumkin? 🔽
🔼 To'g'ri javobni tanlang:
Anonymous Quiz
17%
Translit
12%
Keygen
63%
Office Tab
7%
RDTools
USB qurilmaning ishlashini tezlashtirish
#info

ℹ️ Bugun USB qurilmalar (tashqi qattiq disklar va fleshkalar) ishini tezlashtirish usulini ko'rib chiqamiz. U Windows'ni keshlarni yozishiga asoslangan. Oldin aytib o'tkanimizdek fleshka yoki boshqa qurilmalarni ishlatib bo'lganimizdan so'ng "Безопасное извлечение устройства" amalini bajarishimiz kerak.

Birinchi navbatda USB qurilmani kompyuterga ulaymiz. Проводник'ni ochamiz (Win+E) , kerakli qurilmani tanlab sichqonchani o'ng tugmasini bosib, Свойства'ga kiramiz. "Оборудование" vkladkasidagi ro'yxatdan qurilmamizni tanlab "Свойства" ni tanlaymiz.

Keyin "Изменить параметры" tugmasini bosib, oynada "Политика" vkladkasi paydo bo'lganda unga kiramiz. "Политика удаления" bo'limidan "Оптимальная производительность" ni tanlab, "Политика кэширования записей" dagi "Разрешить кэширование записей для этого устройства" ni belgilaymiz.

© @pcTeapot

🤔 Natija sezildimi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KA Projects
💻 Kompyuter Akademiyasining YouTube'dagi kanali obunachilari soni 10 000 dan oshdi 🥳.
Xorijiy tillarni o'rganishga berilayotgan eʼtibor va imtiyozlar
#tavsiya

ℹ️ Xabaringiz bo'lsa kecha prezidentimiz xorijiy tillarni o'rganishga juda katta eʼtibor berish bo'yicha yig'ilish o'tkazgandi.

💻 Xorijiy tillarni bilish boshqa sohalardan ko'ra bizni soha (IT, dasturlash, kompyuter va h.k) ga ko'proq kerak bo'ladi. Agar siz hali ham "Men bilmaymanda 😎" deb o'zingizni ovutib yurgan bo'lsangiz sizga achinaman 😔.

Xit savolga sodda javob:
Dasturlash, kompyuter yoki IT ni biror sohasini o'rganishni nimadan boshlay?
Birorta xorijiy til (rus, ingliz va h.k) ni o'rganishdan!

P.S. Bir narsaga aniq ishonaman-ki, til bilmagan inson 4 yilda o'rgangan narsani til bilgan inson 1 yilda o'rganishi mumkin (o'zimda sinaganman).

📌 Mavzuga oid postlar:
- Kompyuterni o'rganish bo'yicha bir qancha tavsiyalarim

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Excel'da chop etish sohasi (oбласти печати)
#matnli_gif / #excel

ℹ️ Chop etish sohasini yaratish uchun kerakli katakchalar diapazoni (oralig'i) tanlanadi va "Разметка страницы" → "Параметры страницы" → "Область печати". Hosil bo'lgan menyudan kerakli hududni qo'shish yoki o'chirish mumkin.

Keyinchalik faqatgina belgilangan hududgina chop etiladi, uning atrofidagilar chop etilmaydi.

©️ @Excelshik

📌 Mavzuga oid postlar:
Bizning bepul videokurslarimiz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Tekin tashxis
#fun

Mendan kompyuteridagi muammoni (bepulga) aniqlab berishimni so'rashganda 👨‍⚕.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Bir kunda kanalga nechta post joylangani maʼqul? (Maqsadim: ko'pligi asabga tegmaydigan, kamligi zeriktirib qo'ymaydigan postlar sonini aniqlash)
Anonymous Poll
19%
3 dan kam
27%
3-5
14%
5 dan ko'proq
18%
Qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi
22%
Post mazmuniga bog'liq (yengil hazm qilinsa ko'proq bo'lsin)
Windows tizimida "Диспетчер задач" oynasini ochishning 7 usuli.
#info

"Диспетчер задач" nima uchun kerak?
Windows tizimi bilan ishlash jarayonida, sizga ko'rinmagan holda, fon rejimida ancha-muncha dasturlar ishlaydi, balki viruslar ham. Bu jarayon natijasida, kompyuter resurslari, shu dasturlar(balki kerakmas dasturlardir) ishlashiga sarf bo'ladi.
Demak, bu holatlardan xabardor bo'lib turish lozim, bu ishni "Диспетчер задач" oynasi yaqqol namoyon qilib beradi.

"Диспетчер задач" oynasini ochish usullari:
Bu oynani ochishni, bir necha usullarini yozib o'taman, nima uchun shuncha usulni bilish kerak? degan savol paydo bo'lishi mumkin. Bu oyna juda muhim bo'lgani uchun, siz uni har qanday holatda ham (misol uchun, sichqoncha yoki klaviatura ishlamaganda) ochishni bilishingiz kerak:

☝️Windows 10 tizimida tekshirilgan, qolgan tizimlarda ba'zilari ishlamasligi mumkin.

1. Ctrl+Shift+Esc. Ctrl va Shift bosib turiladi, so'ng Esc bitta bosib quyib yuboriladi.
2. Ctrl+Alt+Delete tugmalari bosiladi va hosil bo'lgan oynadan "Диспетчер задач" tanlanadi.
3. Sichqonchaning o'ng tomoni "Пуск" tugmasi ustida bosiladi va "Диспетчер задач" tanlanadi.
4. Win+R orqali "Выполнить" oynasi ochiladi va "taskmgr" (qo'shtirnoqsiz) yozilib Enter bosiladi.
5. Win+R → cmd → taskmgr.
6. "Пуск" ochiladi va "Диспетчер" deb yozilib, Enter bosiladi.
7. Fayl orqali: C:\Windows\System32\taskmgr.exe.

☝️O'zimga kelsam, ko'pincha biror ish qilsam, shu oynani doimiy ochib qo'yaman va holatni nazorat qilib turaman. Odatda, bu oynani ochishda, 1-usuldan foydalanaman.

🤔 Siz qaysi usuldan ko'p foydalanasiz?

©️
Akmal Xudayberganov

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)

💻
Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kreativlik lvl99
#fun

O'xshabdi deganlar 👍 ni qizg'onmang 😉

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim
#info / #windows

ℹ️ Odatda, operatsion tizim C diskka o'rnatiladi, bu degani C diskdagi kerakli fayllarni saqlab qo'yish muhim, lekin shu kerakli fayllar qayerda saqlanishni ko'pchilik bilmaydi. Bundan tashqari, ba'zi sozlashlarni ham yozib olish kerak.
Demak, Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin quyidagilarni saqlab qoling:

1. Ish stoli (" Рабочий стол")
. Ko'pchilik ish stolida kerakli fayllarni saqlashni yaxshi ko'rishadi, vaholanki tizim qayta o'rnatilganda, bu fayllar o'chib ketadi. Shu sababli ish stolidagi barcha fayllarni boshqa diskka (misol uchun D disk) ko'chirib oling. Ish stolidagi fayllar quyidagi manzilda saqlanadi:
C:\Users\foydalanuvchi_nomi\Desktop

2.
Download ("Загрузки"). Bu yerda asosan, internetdan ko'chirib olgan fayllaringiz saqlanadi, bu fayllar ham sizga kerak (kerak bo'lmaganda, internetdan traffik ketkazib ko'chirib olmagan bo'lardingiz), ularni ham boshqa disk yoki tashqi saqlash qurilmasiga saqlab oling, tizim o'rnatilganda, bular ham o'chib ketadi. Manzili:
C:\Users\user\Downloads

3
. "Корзина". Ba'zilarni bilaman, vaqtinchalik kerak emas fayllar, ko'z oldimda turmasin deb, "корзина"ga vaqtinchalik tashlab qo'yishadi, shu fayllar ham qolib ketmasin.

4. AppData. Bu joyda siz o'rnatgan dasturlar, o'yinlar sozlashlari saqlanadi. Agar tizimni qayta o'rnatganingizdan so'ng, oldin o'rnatgan dasturlarni o'rnatsangiz, sozlashlarni shu katalogdan oladi, demak, sozlashlar uchun vaqt ketkazmalik uchun, bu katalogni ham biror joyda saqlang. Bir narsaga ahamiyat bering, AppData katalogi berkitilgan bo'ladi. Uning manzili:
C:\Users\user\AppData

🛠 Kerakli fayllarni saqlab oldik, endi kerakli sozlashlarni saqlaymiz.

1⃣ Agar kompyuteringiz simli internet yoki tarmoqqa ulangan bo'lsa, kompyuter ishlatayotgan IP, MAC, Shlyuz adreslarni biror joyga yozib qo'ying.
2⃣ Agar siz torrent saytlar bilan ishlasangiz, torrent fayllarni ham saqlab qoling.
3⃣ Brauzerdagi vkladkalarni saqlang. Kerakli saytlarni esda saqlamaslik uchun, brauzerga vkladka qilib saqlab qo'yiladi. Operatsion tizim qayta o'rnatilganda, brauzer ham o'chadi va vkladkalar ham o'chib ketadi. Har bir brauzerda vkladkalarni export qiladigan menyusi bor, shundan foydalaning.
4⃣ O'rnatilgan kompyuter drayverlarini saqlab qoling. Operatsion tizim qayta o'rnatilgandan keyin, drayverlarni qayta qidirib yurmaslik uchun ularni saqlab qoling. Qanday saqlash haqida keyingi postlarda yozib o'taman.
5⃣ Barcha o'rnatilgan dasturlarni nomini biror joyga yozib qo'ying, tizim o'rnatilganda barcha dasturlar o'chib ketadi, keyin ro'yhat bo'yicha dasturlarni o'rnatib chiqasiz.

🔝 Yuqoridagilar asosiy saqlash lozim bo'lgan narsalar, qo'shimchasiga kompyuter ishlatilishiga qarab, internetga ulanish uchun parol, Wi-Fi parol, reestr ma'lumotlari va boshqalarni ham saqlab qo'yish mumkin.

©️Akmal Xudayberganov

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Bino rahbari informatika o'qituvchisi bo'lsa 😂
#fun

Tarjima: Xatolik 404
🚪So'ralayotgan eshik topilmadi. U boshqa binoga ko'chirilgan yoki olib tashlangan bo'lishi mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
ℹ️ Kanaldagi barcha Info lar (#info) 4

Antivirus dasturining bazasi va litsenziyasining qanday farqi bor?
Kanaldagi kerakli fayl/video/ma'lumotni qanday qilib osonlik bilan topish mumkin?
Kompyuter ekranini skrinshot qilish (rasmga olish) usullari
Roadmap nima?
Fleshkani kompyuterdan olishda "извлечь" qilish shartmi?
Microsoft Office dasturidagi standart shriftni o'zgartiradi
Windows 10 tizimida, "Проводник" ochadigan doimiy papkani o'zgartirish
HTTP ni HTTPS qanday farqi bor?
📡 Uyda ishlatish uchun Wi-Fi router tanlaymiz
Google'ga to‘g‘ri so‘rov yuborish bo‘yicha 5 maslahat
USB qurilmaning ishlashini tezlashtirish
Windows tizimida "Диспетчер задач" oynasini ochishning 7 usuli
Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, nimalarni saqlab qolish lozim
Windows tizimini qayta o'rnatishdan oldin, o'rnatilgan barcha drayverlarni saqlab qolish
Windows 10'da "Сон" rejimidan keyin parolni olib tashlash
Kompyuterning asosiy ehtiyot qismi - PROTSESSOR
"Командная строка" nima?
Boshqa OT'da qayta yuklash (iReboot)
HDD va SSD farqlari, afzalliklari va kimga qaysi biri kerak?
Kompyuterdagi fayllarning nusxasini aniqlaymiz - AllDup
Klaviaturada tezkor yozish uchun yana bir qancha maslahatlar
"Безопасный режим" ga o'tish uchun yorliq yaratish
Windows 10 tizimida, foydalanuvchi parolini ma'lum vaqtgacha o'rnatish
Zamonaviy ma'lumot saqlovchi qurilmalar: M.2 SATA, M.2 NVMe
Dell 7920 misolida, kompyuter ichiga sayohat (video)
Windows 10 tizimida qaysi dastur qancha internet traffik ketkazmoqda?
Windows "Корзина" imkoniyatlari
Videokartalar yoki protsessorlarning xususiyatlarini solishtirish
Windows 10 tizimida fleshkani qismlarga bo'lish
YouTube'dagi reklamalarni bloklaymiz
Google Chrome uchun foydali kengaytmalar
CV nima? + Namuna
CV tayyorlash uchun Android dasturi
Program Files (x86) va Program Files papkalarining qanday farqi bor?
Bir vaqtning o'zida bir necha fayllar nomini o'zgartirish
Windows 11 namoyish qilindi!
Chrome'da maqolaning aynan bir qismiga havola yaratish
Buyruqlar satri orqali fayl va papkalarni boshqarish (1-qism)
Kompyuter sichqonchasini (мышка) tanlash
Buyruqlar satri orqali fayl va papkalarni boshqarish (2-qism)
Windows tizimida nomsiz papka ochib ko'rganmisiz?
Bir nechta papkalarni tezkor yaratish usuli
Windows 10 tizimida, havola (ссылка) larni qaysi brauzerda ochishni o'rnatamiz
Telegramda global qidiruv
Kompyuterning asosiy xarakteristikasini bilishning bir necha usullari
Operatsion tizimlar
Konsolni admin nomidan ishga tushirish
Katta fayllarni izlash
Ma'lumotlarni qayerda uzoq vaqt saqlash lozim?
Klaviaturangizning barcha tugma(knopka)lari ishlamoqdami?

1️⃣-qism 2️⃣-qism 3️⃣-qism 4️⃣-qism 5️⃣-qism 6️⃣-qism

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Bizning loyihalar

💻 Kompyuter Akademiyasi (Telegram)
Kompyuter Akademiyasining telegramdagi kanali. Videodarslar, maqolalar va turli xildagi fayllarni shu kanaldan topasiz.

▶️ Kompyuter Akademiyasi (YouTube)
Kompyuter Akademiyasini YouTube'dagi kanali. Videodarslarni yuqori sifatda ko'rishingiz mumkin. Birinchi bo'lib videolar shu kanalda chiqadi.

💭 Kompyuter Akademiyasi Jamoasi
Kompyuterga oid savollarga javob topish uchun guruhimiz.

😎 KA bilan hamkorlik
Kompyuter Akademiyasida reklama berish va boshqa turdagi hamkorlik masalalari uchun. (Guruhda reklama tarqatuvchilar uchun ham tegishli 😉)

💼 KA Projects
Kompyuter Akademiyasi asoschisi va adminlari tomonidan yaratilgan va yuritilayotgan loyihalar, qilinayotgan ishlar va olingan saboqlar haqida maʼlumot berib boriladigan kichik kanal.

📱 Foydali mobil dasturlar [Android]
Kanal asoschisi foydali deb bilgan va o'zi foydalanadigan android dasturlar haqida maʼlumot berib boriladigan kanal.

🤗 Biz haqimizda do'stlaringizga ham aytishni unutmang.