KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
FlixGrab 5.1.12.305 (@kompyuter_akademiyasi).exe
57.7 MB
FlixGrab 5.1.12 (x64/x86)
#dastur / #internet

ℹ️ Bir qancha onlayn servislardan videokontentlarni yuklaydigan dastur. Ushbu dastur orqali Netflix, Amazon Prime, HULU, Disney Plus, Youtube, Facebook, Instagram va shu kabi saytlardan videolarni yuklashingiz mumkin.

💾: 57.6 MB (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
YouTube'dagi videoni faqatgina kerakli qismini qirqib, yuklab olish
YouTube'dan video yuklash yo'llari

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
⬇️ Qanday nomlanishadi?
Antivirus dasturining bazasi va litsenziyasining qanday farqi bor?
#info / #antivirus

ℹ️ Ko'pchilik antivirus dasturining 1 yillik bazasini guruhimizda so'rashadi va ko'p holatlarda 1 yillik litsenziya bilan bazani adashtirib yuborishgan bo'lishadi. Bugun ushbu tushunmovchiliklarga to'liq tuzatishlar kiritamiz.

🔋Antivirus bazasi - antivirus dasturi yangi viruslarni "tanishi" uchun kerak bo'ladi. Antivirus uchun yangi baza chiqarilganda ushbu bazaga hozirgi kundagi eng yangi viruslar, ularning xususiyati, yangi viruslarni tanish usullar va h.k lar haqida ma'lumotlar berilgan bo'ladi. Agar siz uzoq vaqt antivirus bazasini yangilamasangiz antivirus yangi viruslarni aslida virus ekanligini anglamasligi mumkin. Antivirus bazasi 1 yillik bo'lmaydi. Chunki 1 yil oldindan kelajakda qanday viruslar yaratilishi haqida hech kim bilmaydi 🧙‍♂️. Antivirus bazasini eng ko'pi bilan 15 kunda bir yangilashingiz mumkin.

📄 Antivirus dasturining litsenziyasi - antivirus dasturining to'liq ishlashini ta'minlash uchun sotib olinishi kerak bo'lgan ruxsatnoma. Hozirda antiviruslarning yangi versiyalarini o'rnatishingiz bilan litsenziya talab qiladi va bu litsenziyani sotib olishingiz kerak bo'ladi. Agar siz yangi kompyuter sotib olganingizda 1 yillik litsenziyasi bilan antivirus o'rnatib beraman deyishsa, demak 1 yil davomida antivirusingiz to'liqligicha ishlaydi. Kanalimizdagi barcha antiviruslar litsenziya so'ramaydigan versiyalar bo'lib, ancha yillik mobaynida sinovdan o'tishgan.

⁉️ Ko'p beriladigan savollarga javoblar ⁉️

Yangi versiyadagi antivirusni crack versiyasidan foydalansa bo'ladimi?
Gap xavfsizlik masalasida ketganda crack dasturlarga ishonish tavsiya qilinmaydi. Antiviruslarning crack versiyasidan foydalanish "qo'zichoqni qarab turish uchun bo'riga tashlab ketishdek gap" 😁.

Yangi versiyadagi antivirusni ishlatmoqchiman, lekin litsenziya sotib olmoqchi emasman. Nima qilay?
Turli xil yo'llar bilan litsenziya yoki login, parollarini topib o'rnatib yurishingiz mumkin 😉. Lekin ishonamanki bu qachondir joningizga tegadi. Shu sababli litsenziya so'ramaydigan versiyalardan foydalaning. Ba'zi antiviruslar aksiya sifatida ma'lum muddatga dasturidan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etishadi, shundaylarni topishingiz mumkin (masalan, comss.ru saytidan).

Antivirus bazasini uzoq muddatlisini qayerdan topsa bo'ladi?
😔 Ehh. Yuqorida aytilganidek imkon qadar tez-tez yangi bazalar bilan antivirusni "to'yintirib turish" kerak. Lekin bu degani har kuni yangi baza yuklash va yangilash kerak degani emas. Uzog'i bilan 15 kunda bir bazani yangilasangiz yetarli. Antivirussiz yurganlar qancha 🦦. Agar kanalga bazalar kuniga tashlab turilmayotganidan norozi bo'lsangiz ushbu kanalga a'zo bo'lib qo'ying (u kanal meniki emas).

Antivirus dasturisiz ham yashash mumkinmi?
Mumkin. Faqat bu biroz xavfli hisoblanadi. Chunki hozirda internet yoki do'stlarimizning ko'plarini kompyuterida viruslarning "zotdorlari boqilmoqda" (ayniqsa ishxona va OTM kompyuterlarida). Shu sababli agar qo'rqmasangiz marhamat 🤗.

Qaysi antivirus dasturi eng zo'ri?
Oftob yaxshimi odob yaxshimi... Hamma dasturning ishlash prinsipi o'ziga yarasha, biroq hammasining vazifasi xavfsizlikni ta'minlashdir. Dunyo tan olgan antiviruslarga esa Kaspersky va Eset Nod32 ni keltirish mumkin. Kaspersky kompyuterga og'irlik tushirishi, lekin xavfsizlikni yaxshi ta'minlashi, nod32 esa aksincha bo'lishi mumkin.

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Media bo'yicha postlar
#media

#️⃣ Info
GIF nima?
Bandicam'da o'zbek tili borligini bilasizmi?
Bandicam'ni o'zbek tiliga o'tkazish
JPEG, GIF, PNG, BMP formatlarini o'zaro qanday farqi bor?
"Водяной знак" (watermark) nima?

#️⃣ Gif
Kompyuter ekranini rasmga olish (skrinshot qilish). FastStone Capture bilan ishlash

#️⃣ Dastur
FastStone Capture 8.0
Мастер Визиток 10 - vizitka yasash uchun dastur
Format Factory 4.9
Paint.NET 4.2.12
Light Alloy 4.10.2
GOM Player Plus 2.3.48
MPV
AIMP 4.70
Movavi Video Conventer Premium v19.3
Fotorobot
Bandicam 4.5.8.1673
GIF viewer 3.2
Easy GIF Animator 6.2
Apowersoft GIF 1.0.0
Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64) skrinshot uchun yengil dastur
ShareX 13.2.1 - mukammal skrinshot dasturi
Apowersoft Watermark Remover 1.4.0
FotoCollage 4.0 - rasmlarni jamlaymiz!
Bytescout Watermarking Pro 3.2.1.680 Portable
Zx Color Spy - ranglarni turli kodlarini aniqlash
PotPlayer 1.7.21 (x64/x86)
IrfanView 4.56 (x64/x86) - rasmlarni ko'rish uchun dastur
WinAMP 5.666.3516
AAA Logo 5.01
Sothink Logo Maker Pro
PicturesToExe 9.0.22 - rasm -> video, dastur
Bandicut 1.2.2
Movavi Slideshows Maker 7.0.1
Wondershare Video Converter Ultimate 10
Studio Effects 4.0
Universal Viewer Pro (x64/x86)
Bandicam v5.0.1 (x64/x86)
IObit iFun Screen Recorder Pro 1.0.2 (&Portable) (x64/x86)

#️⃣ Videodars
Shaxsiy tashrif qog'ozimizni yasaymiz! Internet va Мастер Визиток dasturi orqali.
Fayl formatini o'zgartiramiz! FormatFactory dasturini o'rnatish va ishlatish
Banner, logo, beydjik, avatar, ikonka, vizitka nima?
Kompyuter uchun eng yaxshi videoplayer! TEST!
Video hajmini (istalgancha) kichraytirish
Fotorobot nima? Fotorobot chizishni o'rganamiz!
Kompyuter ekranini videoga olish (screencast)!
Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
Internetdan istalgan musiqa,rasm va kinoni tezkor topish
Rasmlardan video hamda kompyuter uchun dastur (.exe formatida) yasaymiz!

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kursordan chapdagi belgilarni o’chirish uchun qaysi tugmadan foydalaniladi?
Anonymous Quiz
34%
Delete
59%
Backspace
4%
Enter
3%
Tab
Kursordan o’ngdagi belgilarni o’chirish uchun qaysi tugmadan foydalaniladi?
Anonymous Quiz
7%
Enter
22%
Backspase
66%
Delete
6%
Tab
Revo Uninstaller Pro 4.4.2 (@kompyuter_akademiyasi).exe
17.2 MB
Revo Uninstaller Pro 4.4.2 (x86/x64)
#dastur

ℹ️ Kompyuterdagi biror dasturni butunlay o'chirib yuborish va shu bilan birgalikda dasturni reestrdagi ma'lumotlarini tozalash, u yaratgan papka va fayllarni o'chirish uchun yana bir qulay dastur. YourUninstaller Pro dasturiga o'xshaydi, biroq biroz imkoniyatlari ko'proq. Masalan, nomini bilmaydigan dasturingizni o'zi aniqlab beradi 😎.

🎞 O'rnatish va foydalanish

💾: 17.2 MB (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Revo Uninstaller - biror dasturni to'liqligicha o'chiruvchi dastur
#videodars

ℹ️ Kompyuterga o'rnatilgan dasturlarni ham alohida, to'liqligicha o'chirish talab qilinadi. Oddiy usul bilan o'chirish orqali reestrdagi yozuv va dastur yaratgan papka/fayllarni o'chirishni iloji yo'q. Bugun tanishadigan dasturimiz orqali keraksiz dasturni to'liq o'chira olasiz. Keraksiz dasturning nomini bilmasangiz Revo uni topib beradi 😉.

🔽 Revo Uninstaller Pro 4.4.2 dasturini yuklash.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 05:28 💾: 23.1 MB (720p)

📌 Mavzuga oid postlar:
Biror dasturni butunlay o'chirib yuborish
YourUninstaller Pro 7.5.2014
"Aвтозагрузка" nima? "Aвтозагрузка"ga dastur qo'shish yoki olib tashlash!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Paradoks
#fun

Microsoft .NET Framework 3.5 SP1 ni o'rnatish uchun quyidagi dasturni yoping:
Microsoft .NET Framework 3.5 SP1 🥴

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kerakli narsalarni endi oson topamiz!

💻 Kompyuter Akademiyasi kanalidagi videodars yoki dasturlarni endi bot orqali osonlik bilan topishingiz mumkin.

🔄 Bot doimiy ravishda yangilab boriladi.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Google Translate haqida barcha ma'lumotlar bir videoda!
#videodars / #google

ℹ️ Google Translate - Google'ga tegishli bo'lgan tarjima platformasi. Yildan yilga tillar ko'payishi bilan birgalikda tarjima sifati ham ortib bormoqda.

Ushbu darsimizda Google Translate'dan qanday to'g'ri foydalanish va ushbu servis orqali kompyuter o'rganish jarayonini tezlashtirish haqida suhbatlashamiz.

🌐 Google Translate: https://translate.google.com/?hl=ru
💠 Google Translate'dan foydalanib ishlovchi kengaytma (Chrome uchun)

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

📌 Mavzuga oid postlar:
YouTube endi kamroq trafik oladi! Chrome uchun kerakli 5 kengaytma

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Kanaldagi kerakli fayl/video/ma'lumotni qanday qilib osonlik bilan topish mumkin?
#info

ℹ️ Kanalimizda ham bir qancha mavzular bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar to'planib bormoqda. Lekin ko'pchilik izlanmay yoki izlashni bilmagan holatda kanalda bor dastur yoki videolarni guruhimizda so'rab, ham o'zini ham boshqalarni vaqtini olmoqda. Bugun kanaldagi ma'lumotlarni topishni bir qancha usullarini o'rgataman.

🔍 Telegramdagi qidiruv orqali
O'zingiz uchun kerakli fayl yoki ma'lumotning asosiy kalit so'zini kiritib qidiring, masalan, photoshop. Bu holatda agar siz birorta belgiga adashsangiz kerakli narsani topolmaysiz. Agar sizga kerakli narsaning nomini (to'liq) bilmasangiz boshqa usullardan foydalaning.

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar
Aynan biror mavzuga tegishli bo'lgan postlar jamlanmasi ro'yxatidan o'zingizga kerakli bo'lgan mavzuga kiring va kerakli narsani oling, agar bo'lmasa keyin guruhdan so'rashingiz mumkin.

🎞 + 🛠 Kanaldagi barcha videodars va dasturlar
Shu kunga qadar kanalga joylangan videodarslar va dasturlar ro'yxatidan agar videodars kerak bo'lsa video, dastur kerak bo'lsa dasturlarni topishingiz mumkin.

🎞 Bizning bepul videokurslarimiz
Kanalimizda e'lon qilingan bepul videokurslar ro'yxatidan bir nechta qismlardan iborat kurslarni topishingiz mumkin. (Guruhda word, excel bo'yicha videolar bormi deydiganlar uchun maxsus)

#️⃣ Teglar bo'yicha kanaldagi postlar
Kanalga joylangan postlarning teglar (#atama, #info, #gif va h.k) bo'yicha ro'yxatidan ham osonlik bilan kerak narsani topishingiz mumkin.

🗺 Kanaldagi xarita va navigatorlar sizga qulaylik yaratish uchun yaratilgan va doimiy ravishda tahrirlab kelinmoqda, iltimos, siz ham biroz izlaning...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Kompyuterni o'rganish bo'yicha bir qancha tavsiyalarim:
- "Izlashdan so'rash oson" prinsipida biror nima o'rganishingiz qiyin, birovni yozishini kutgandan ko'ra o'zingiz izlanganingiz barchamiz uchun foydali. Bu bo'yicha Google bilan do'stlashishga doir post ham yozgan edim.

- Guruhda biror kishi savolingizga quyidagi sabablar tufayli javob bermayotgan bo'lishlari mumkin:
* Savol javobi bo'yicha kanalda video, post yoki v.k mavjud, lekin siz izlanmasdan so'rayapsiz;
* Savol juda mavhum (masalan, "meni kompyuterim yonmayapti, nima qilay?" bunday savoldan kelib chiqib tashxis qo'yish qiyin 😔). Savolni ham to'liq qilib rasm yoki videolar bilan bering va nasib qilsa albatta javob olasiz.
* Bu nima deyapti deb chiqgan xatolikni ko'rsatgandan ko'ra, xatolikni tarjima qilib o'zingiz harakat qilib ko'ring yoki mana shunday xatolikni qanday yechsak bo'ladi deb savol bering. (mavzuga oid: Men bilmaymanda 😎)

❗️Har bitta post tagida berib boriladigan Xarita havolasi orqali kanalimizning markaziy navigatori (yo'l ko'rsatkichi)ga o'tishingiz mumkin.

😕 Faol guruhimiz va siz uchun tinimsiz yordam berib, vaqtini ajratayotgan insonlar qadriga yeting, iltimos.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Excelda formula .. belgisi bilan boshlanadi.
Anonymous Quiz
7%
-
18%
/
63%
=
12%
*
Qaysi tugma bilan birgalikda yozilsa bosh harflarda yoziladi?
Anonymous Quiz
14%
Ctrl+harf
8%
Alt+harf
77%
Shift+harf
2%
Enter+harf
IObit_iFun_Screen_Recorder_Pro_1_0_2@kompyuter_akademiyasi_.exe
25.3 MB
IObit iFun Screen Recorder Pro 1.0.2 (&Portable) (x64/x86)
#dastur / #media

ℹ️ Kompyuter ekranidan video yozish uchun yana bir qulay dastur. Dastur o'rnatish paytida Portable versiyasini ham o'rnatishingiz mumkin. Sozlamalar bo'limidan o'zingiz uchun optimal holatda sozlashingiz orqali yuqori sifatli video yozishga erishishingiz mumkin. Kanalimizda bu yo'nalishda Bandicam dasturi joylangan edi, lekin bu dasturni kompyuterga yuklama (nagruzka) kamroq tushirishini (ekspertlar fikri) hisobga olgan holda joylashga qaror qildim. Hech qanday cheklovlar yo'q. O'rnatish paytida internetni o'chirib turish zarar qilmaydi.

P.S.
Mening tanlovim Bandicam, chunki har qancha sozlashimga qaramasdan Bandicam'dan olgandek sifatli video yozolmadim. Lekin dastur ishlashida hech qanday muammolar kuzatilmadi. Bu shunchaki mening tanlovim.

💾: 25.2 MB

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter ekranini videoga olish
Media bo'yicha postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Excel dasturida belgilash uchun tezkor klaviatura kombinatsiyalari
#hotkeys

CTRL + SHIFT + * — faol katak atrofidagi joriy maydonni ajratib ko'rsatish;

CTRL + SHIFT + END — tanlangan kataklar qatorini ish varag'ining oxirgi katagiga qadar kengaytirish;

CTRL + SHIFT + HOME — tanlangan kataklarni varaqning boshiga qadar kengaytirish;

CTRL + SHIFT + O — izohlarni o'z ichiga olgan barcha katakchalarni tanlash;

CTRL + SHIFT + PROBEL — butun varaqni tanlash;

CTRL + PROBEL — ustunni ajratib ko'rsatish;

SHIFT + PROBEL — qatorni belgilash;

SHIFT + ▶️ (◀️ / 🔼 / 🔽) — belgilangan maydonni bitta katakka kengaytirish.

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)
Bizning bepul videokurslarimiz

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat