KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Dasturlash va kompyuterga oid sohalardagi ko’p uchraydigan atamalar (geek, aka, dev, ча́йник)
#atama

😍 Geek (ing. geek) - bir narsaga nihoyatda ishtiyoqmand odam; muxlis. Dastlab, geek'lar yuqori texnologiyalarga (odatda kompyuter va gadjetlarga) ishtiyoqmand odamlar. Shuningdek, geek’lar ilmiy fantastika va texnologiyalar muxlislarining birlashgan jamoasini tashkil qiladi degan nuqtai nazar ham mavjud.
Qo’shimcha maqola: Nega hozir “sal anaqaroq” bo’lish bunchalik zo’r hisoblanadi?

😎 АКА (AKA — Also Known As — … nomi bilan ham mashhur) - nik, nikneym, laqab, aniqroq aytganda bir nechta niklar orqasiga qo’yiladigan qisqartma. Namuna: VaLiJoN aka wmteam (VaLiJoN nikli inson, wmteam niki bilan ham tanilgan degan mazmunda). Ushbu qisqartmasni bir nechta niklar bir insonga tegishli ekanligini bildirish uchun qo’llaniladi. Masalan, biror dasturni yaratgan yoki tahrirlagan inson haqida ma’lumot berishda uning bir qancha laqablari bilan tanishtirishda qo’llashimiz mumkin. © teenslang.su

🏋️‍♂️ Dev (ing. Developer - ishlab chiquvchi) – bu atamani asosan dasturchilar qo’llashadi. Masalan, ValijonDev degani Valijon devdek odam degani emas 😁, Valijon ishlab chiqarish bilan ya’ni dasturlar yaratish va boshqa yaratish ishlari bilan shug’ullanadi degani.

👶 Ча́йник (rus. choynak) – biror sohada hech qanday bilim va tajribaga ega bo’lmagan insonga nisbatan ishlatiladi. Kanalda Комп для чайникa kanalidan ko’p ma’lumotlar tashlanishi tufayli “choynak” ni nima ma’nosi bor degan savol tug’ilgan bo’lishi mumkin. Ruslarda bu atama qo’llanilsa berilayotgan ma’lumot 0 dan boshlash uchun deb tushunish mumkin.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
HTTP, HTTPS, FTP
#atama / #internet

⚡️ HTTP (ing. HyperText Transfer Protocol – gipermatnlarni uzatish protokoli) - bu tarmoqdagi ma'lumotlarni uzatish uchun dastur protokoli. Hozirda veb-saytlardan ma'lumot olish uchun foydalaniladi. HTTP protokoli "mijoz-server" texnologiyasidan foydalanishga asoslangan: so'rov yuborgan mijoz ulanishning yaratuvchisi; so'rovni qabul qiladigan server uni bajaradi va natijani mijozga yuboradi.

⚡️ HTTPS (HyperText Transfer Protocol Secure) - bu SSL va TLS kriptografik protokollari yordamida shifrlashni qo'llab-quvvatlaydigan HTTP protokolining kengaytmasi. © hostiq.ua

⚡️ FTP (ing. File Transfer Protocol - fayl uzatish protokoli) - tarmoqdagi mijoz va server o'rtasida fayllarni uzatishda foydalaniladigan standart tarmoq protokoli hisoblanadi. Protokol tarmoq kompyuterlari bir-biri bilan aloqa qilishda foydalanadigan qoidalar tizimini anglatadi. Bundan tashqari, bu Internetdagi turli xil qurilmalar o'rtasida fayllarni uzatishda foydalaniladigan mijoz-server protokoli. Ma'lumot uzatishni ta'minlash uchun FTP Internetning TCP / IP protokollaridan foydalanadi. Ma'lumotlarni ishonchli va samarali uzatish orqali masofaviy qurilmalar o'rtasida fayl almashinuvini osonlashtiradi. FTP foydalanuvchilarga o'z hududida va Internetda ma'lumot almashish imkoniyatini beradi. © speedcheck.org

📄 Qo’shimcha ma’lumotlar: Ma’lumot uzatuvchi protokollar I Barcha protokollar ro’yxati

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana haqiqiy ijtimoiy maʼsuliyat va ijtimoiy ong!
#motivatsiya

ℹ️Janubuy Koreyadagi ushbu voqea juda kichikdek tuyulishi mumkin ammo shuning o‘ziyoq qiyinchilik davrida xalqning naqadar bir birini qo‘llab quvvatlashiga chiroyli misol bo‘la oladi.

Qachongacha birov biror nima qilib berishini yoki dunyo o'zgarishini kutamiz? 😔

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
- Framework o'zining modulli noutbukini taqdim etdi - konstruksiyadagi barcha qismlarni o'zgartirish imkoniyati mavjud. Bu esa noutbukga uzoq muddat xizmat qilish imkonini beradi.

- PC Wale kanalining mutaxassislari kuchlanishni 1,7 V ga ko'targanda Core i9-11900K'ni 6,5 GHzli chastotaga oshirishga muvaffaq bo'lishdi. Albatta, protsessor suyuq azot yordamida sovutilgan.

- Windows 10'da Notepad (bloknot) mustaqil dasturga aylanadi va tezroq yangi xususiyatlarga ega bo'ladi.

- Genesis Thor oilasiga tegishli bo'lgan yangi 3 xil mexanik klaviaturani namoyish qildi. (+rasm)

- Sukerbergning fikriga ko‘ra, texnologik platformalar o‘zining algoritmi tarkibiga kirmaydigan kontentlarning istalgan qismi uchun javob berishga majbur bo‘lmasligi kerak.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Forwarded from KA Projects
YouTube kanalimizdagi monetizatsiyani o'chirdim 😔

😎 YouTube kanalimizdagi monetizatsiyani o'chirishga qaror qildim. Bunga bir qancha sabablar mavjud:
- Monetizatsiyani yoqish bo'yicha muammolar (hudud taqiqi, tasdiqlovchi xat kelishi va h.k.);
- Kanal yo'nalishi yoki kontent pul ishlashga to'g'ri kelmasligi (o'rtacha videolar 300-400 ko'rishlar soniga ega bo'lmoqda);
- Foydalanuvchilarning asablarini ximoyalash (TV dagi reklamalar ham yetarli 😁).

💲Shu kunga qadar 11$ ga yaqin pul to'plangan edi.

🤝 Hamkorlik masalalari bo'yicha takliflaringiz bo'lsa: @wmteam95

▶️ YouTube'dagi kanalimiz

💼 @ka_projects
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Word va PDF hujjatlarni kitobcha shaklida chop etish
#videodars / #print

ℹ️ Istalgan turdagi hujjatlarni kitobcha shaklida chiqarish uchun Kitob Print degan dasturdan foydalanish juda qulay hisoblanadi. Dasturning asosiy vazifasi kitobcha holatda kelishi uchun qaysi ketma-ketlikda hujjat sahifalarini chop etishni hisoblab berish. Bugungi darsimizda Word va Pdf hujjatlarni kitobcha shaklida chop etish, chop etishda kuzatiladigan muammolar haqida gaplashamiz.

Kerakli dastur va darslar:
Kitob Print I Foxit PDF Reader

PDF ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali)
PDF sahifalarni birlashtirish

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 11:20 💾: 29.5 mb (360p)

📌 Mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar:
Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli!
Kompyuterga istalgan printerni ulash/o'rnatishni o'rganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Ctrl+Z endi befoyda 😔
#fun

Eng kuchli dastur bilan ham defragmentatsiya qilishning endi foydasi yo'q 😂

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
SumatraPDF-3.2 x64 (@kompyuter_akademiyasi).exe
8.9 MB
SumatraPDF 3.2 x64
#dastur / #pdf

ℹ️ Sumatra PDF - bu PDF, ePub, FB2, MOBI, XPS, DjVu, CHM, CBZ va CBR fayllari uchun bepul, ixcham va tezkor dastur.

💾: 8.9 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
SumatraPDF-3.2 x86 (@kompyuter_akademiyasi).exe
8.3 MB
SumatraPDF 3.2 x86
#dastur / #pdf

ℹ️ Sumatra PDF - bu PDF, ePub, FB2, MOBI, XPS, DjVu, CHM, CBZ va CBR fayllari uchun bepul, ixcham va tezkor dastur.

💾: 8.3 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Kompyuter hususiyatlari (Свойства системы ) ni tezkor ko’rish uchun … kombinatsiyasidan foydalanish ham mumkin.
Anonymous Quiz
20%
Home+E
26%
Windows+Pause
25%
Windows+E
29%
Windows+R
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
T-SKIN - super sichqoncha 🐁
#kelajak_texnologiyasi

ℹ️ T-SKIN - bu original dizaynga va keng funktsiyalarga ega kiyiladigan sichqoncha. T-SKIN yordamida 3D modellashtirish dasturlari, PowerPoint taqdimotlari, VR va AR qurilmalari, robotlar, dronlarni boshqarish, o'yin joystiklarini almashtirish yoki oddiy kompyuter sichqonchasi sifatida foydalanish mumkin. Bunday holda, barcha tugmachalar, imo-ishoralar va ovozli buyruqlar maxsus dastur yordamida qayta sozlanishi mumkin. Shuningdek, qurilma simsiz bo'lib, barqaror signal radiusi 10 metrni tashkil etadi va kechikish 7 msni tashkil qiladi. Batareya quvvati: 40 soat. Yana bir xususiyat - sichqonchani ikkala qo'lda olib yurishga imkon beruvchi qulay shaklda. T-SKIN Windows va MacOS operatsion tizimlariga to'liq mos keladi.
©️@tech_ru

Narxi: Bor yo'g'i 800$ ekan. 😅

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Telegram Desktop uchun barcha tezkor klaviaturalar ro’yxati
#hotkeys / #internet

ℹ️ Kompyuterdagi Telegram dasturidan tezkor va qulay foydalanish uchun bir qancha klaviatura kombinatsiyalari mavjud.

🗂 Umumiy:
Alt + 🔼 (yuqoriga tugmasi) — yuqoridagi chatga o'tish.
Alt+🔽 (pastga tugmasi) — pastdagi chatga o'tish.
Ctrl + F — ochiq chat bo'yicha izlash.
Ctrl + O — Telegramdan fayl jo'natish uchun fayl tanlash oynasini ochish.
Esc — Chat yoki qidiruvlardan chiqish.
Ctrl + M — Telegram dasturini pastga tushirib qo'yish (свернуть).
Ctrl + W — dasturni topshiriqlar paneli (панель задач) ga tushirib qo’yish (свернуть)/ dasturdan chiqib ketish.
Ctrl + L — Telegram dasturini bloklash (agar parol o'rnatilgan bo'lsa).
Ctrl + Q — dasturni to'liq yopish.
Ctrl + 🔼 va Ctrl + 🔽 — tezkor javob berish uchun xabarni tanlash.
Ctrl + 🔽 — javobni bekor qilish.
🔼 (yuqoriga tugmasi) — oxirgi xabarni tahrirlash.
Delete — belgilangan xabarni o'chirish.
Ctrl + 0 — “Избранное” ga o'tish (Saqlangan xabarlar).
Ctrl + R — joriy chatni o'qilgan deb belgilash.
Alt + Shift + sichqonchaning o’ng tugmasi — barcha chatlarni o'qilgan deb belgilash (kursorni menyuda akkauntga o'tkazib, tugmalar birikmasini bosish kerak).
Ctrl + J — Kontaktlar (Контакты) ni ochish.

📃 Matnni formatlash uchun:
Ctrl + B — belgilangan matnni qalin qilish.
Ctrl + I — belgilangan matnni kursiv (qiyshiq) qilish.
Ctrl + U — belgilangan matnni ostiga chizish.
Ctrl + Shift + X — belgilangan matnni o'chirish.
Ctrl + Shift + M — belgilangan matnni mono kenglikdagi matn qilish.
Ctrl + Kgiperhavola yaratish.
Ctrl + Shift + N — formatlashni bekor qilish.

📂 Papkalar bilan ishlash:
Ctrl + Shift + 🔼 va Ctrl + Shift + 🔽 — papkalar bo'ylab ko'chish.
Ctrl + 1 — Barcha chatlar ro’yxatiga o'tish.
Ctrl + 2 — 1-papkaga o'tish.
Ctrl + 3 — 2-papkaga o'tish.
Ctrl + 4 — 3-papkaga o'tish.
Ctrl + 5 — 4-papkaga o'tish.
Ctrl + 6 — 5-papkaga o'tish.
Ctrl + 7 — 6-papkaga o'tish.
Ctrl + 8 — Oxirgi papkaga o'tish.
Ctrl + 9 — Arxiv (Архив) ga o'tish.

©️ Vamtlgrm.com

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Telegram_Desktop_uchun_barcha_tezkor_klaviaturalar_ro’yxati.pdf
189 KB
Telegram Desktop uchun barcha tezkor klaviaturalar ro’yxati (pdf)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Internet va Telegram orqali STIR (INN) olish
#videodars / #e_gov

ℹ️ STIR - Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami hisoblanadi. Bunday hujjatni olish uchun biror joyga borish shart emas. Bugun ushbu hujjatni internet va telegram orqali osonlik bilan olishni o'rganamiz.
Aytgancha, STIR = ИНН (Идентификационный Hомер Hалогоплательщика) ekanligini eslatib qo'yay.

STIR olingan sayt I Bot

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 03:23 💾: 8.8 mb (720p)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
🆓 Bepul bilimlarni bepul o‘zlashtirish uchun bepul bot
#tavsiya

ℹ️ Ko‘pchilikka dasturlash va kompyuter dasturlarini bepul o‘rganish mumkinligi haqida aytsam, menga 😳dek qarashadi. Bugun shu fikrimni isbotlashga harakat qilib ko‘raman.

👨‍💻 Dasturlash: Java, JavaScript, Delphi, Python, PHP, Android, C++, Bot yaratish, HTML (das. tili emas) + o‘yin yaratish, sayt yaratish (WordPress).

💻 Kompyuter dasturlari: Photoshop, 3ds MAX, Blender, AutoCAD, After Effects, Illustrator, CorelDraw, Premiere Pro, SolidWorks, XD, Sketch Up, Autodesk Revit, Cisco, FL Studio, 1C va boshqalar.

Bundan tashqari hayotimizda ko‘p kerak bo‘ladigan Word, Excel, PowerPoint, Access darslari, Android va kompyuter uchun foydali dastur va o‘yinlar hamda yana bir qancha o‘zbekcha videodarslarni yaqin bir do‘stimning botidan topishingiz mumkin.

💡Demak boshlash uchun videdarslar bor, kompyuter bor. Endi svet kelsa bo‘ldi 😁.

💻 Kompyuterni birga o‘rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Персонализация+ ni osonlik bilan yoqish va o'chirish
#info

ℹ️ Персонализация+ yoqish orqali kompyuterning mavzular (темы), ish stoli (рабочий стол), ovoz va bir qancha sozlamalarini tezkorlik bilan sozlashga erishish mumkin. Bu majburiy sozlama hisoblanmaydi va buni yoqish yoki o'chirish sizga hech qanday zarar keltirmaydi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Menu Personalization+.rar
47.8 KB
Menu Personalization+
#dastur

ℹ️ Персонализация+ ni osonlik bilan yoqish va o'chirish. Bu majburiy yoki zaruriy sozlama emas!

📄 O'rnatish:
1
. Ushbu faylni yuklab olib, arxivdan chiqarasiz.
2. Персонализация+ ni yoqish uchun papka ichidagi Вкл.reg ga kirasiz va "Да" ni tanlaysiz. (O'chirish uchun esa Выкл.reg -> "Да")

Windows 7'da tekshirildi va ishladi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh