KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.26K photos
815 videos
650 files
3.39K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Word dasturida yaratilgan fayl kengaytmasi … hisoblanadi.
Anonymous Quiz
6%
.pptx
85%
.doc
6%
.txt
2%
.dot
Kompyuter tarmoqlarining turlari
#info / #atama / #internet

ℹ️ Kompyuter tarmoqlari (ing. network) - bu ma'lum bir hududga taqsimlangan va resurslardan (ma'lumotlar, dasturlar va apparat tarkibiy qismlari) birgalikda foydalanish uchun birlashtirilgan shaxsiy kompyuterlar to'plami.

❗️Kompyuterlarni tarmoqqa ulashning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga ushbu kompyuterlar orqali tarqatilgan turli xil axborot resurslariga (masalan, hujjatlar, fayllar va b.) kirish va ularni bo'lishish imkoniyatini berishdir. Har qanday kompyuter tarmog'ining muhim xususiyati - bu qamrab oladigan hududning kengligi. Qamrovning kengligi tarmoqni tashkil etadigan kompyuterlarning o'zaro uzoqligi bilan belgilanadi.

📋Mavjud tarmoqlarni, avvalambor, hududiy asosda taqsimlash odat tusiga kirgan.

📍Mahalliy (lokal) tarmoqlar (LAN - Local Area Network). Mahalliy tarmoqlarga odatda kompyuterlari nisbatan kichik joylarda (2000 m dan kam) to'plangan tarmoqlar kiradi. Bir yoki bir nechta binolarda joylashgan kichik biznes tarmog'i mahalliy tarmoqning misoli. Mahalliy tarmoqlarning kichikligi ularni qurish uchun ancha qimmat va sifatli texnologiyalardan foydalanishga imkon beradi, bu esa kompyuterlar o'rtasida axborot almashinuvining yuqori tezligini ta'minlaydi.

🌐 Global tarmoqlar (WAN - Wide Area Network - mavjud tarmoqlarning kommutatsiyalangan yoki ajratilgan kanallari asosida qurilgan yoki GAN - Global Area Network - sun'iy yo'ldosh va yer usti aloqa liniyalaridan foydalanish asosida qurilgan). Global tarmoqlarga alohida kompyuterlar va bir-biridan ancha masofada (yuzlab va minglab kilometrlarda) joylashgan mahalliy tarmoqlarni birlashtirishga mo'ljallangan tarmoqlar kiradi. Uzoq uzunlikdagi ixtisoslashgan yuqori sifatli aloqa kanallarini tashkil etish ancha qimmat bo'lganligi sababli, global tarmoqlarda allaqachon mavjud bo'lgan va dastlab kompyuter tarmoqlarini qurish uchun mo'ljallanmagan (masalan, telefon yoki telegraf) liniyalaridan foydalaniladi. Shu munosabat bilan, bunday tarmoqlarda ma'lumotlarni uzatish tezligi mahalliy tarmoqlarga qaraganda ancha past.

🌆 Mintaqaviy tarmoqlar (MAN - Metropoliten Area Network). Bunday tarmoqlar ma'lum bir mintaqada (shahar, tuman) mavjud. Har bir bunday tarmoq ba'zi bir global tarmoqlarning bir qismidir va o'ziga xos xususiyatlarga ega, ammo global tarmoqqa nisbatan farq qilmaydi. Biroq, bunday tarmoqlarni qurish uchun yetarlicha yuqori sifatli raqamli aloqa liniyalari qo'llaniladi, bu global tarmoqlarga nisbatan yuqori tezlikda o'zaro aloqalashish imkonini beradi.

©️ studme.org

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
💐 Assalom Navro'z 💐

🤗
Bugungi bayram bilan barchangizni muborakbod etaman. Salomatlik, baxt va omad doimiy hamrohingiz bo'lsin. Ushbu yil barchamizga barokatli bo'lsin. Alloh barchamizni turli kasallik va balolardan o'zi asrasin.

🤔 Biror zararli odatdan qutilish yoki biror foydali odatni boshlash niyatida bo'lib, lekin hali amalga oshirolmayotganlar uchun Navro'z yangi yilning boshlanishi ekanligini va yaxshi niyat bilan kirishsak barchasiga erishishimiz mumkinligini eslatib qo'yay 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
KA Test 1 (@kompyuter_akademiyasi).exe
1.3 MB
KA Test 1
#ka_test

ℹ️ Kompyuter savodxonligini tekshirish uchun tuzilgan test. Agar siz kanalimizga a'zo bo'lib, doimiy tarzda kanalimizni kuzatib borgan bo'lsangiz testlarni osonlik bilan ishlay olasiz.

© Testlarning barchasi Kompyuter Akademiyasi kanalidan olingan. Test easyQuizzy dasturi yordamida tuzilgan.

📅 Kanalimizga 21.03.21 sanasigacha joylangan testlar. 1–qism.

💾: 1.2 mb (.exe)

📌 Kanalda e'lon qilingan viktorinalar (testlar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
🎞 Bizning bepul videokurslarimiz:

🏬 3DS MAX dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 5 (davomi yo'q: sababi)
Autodesk 3DS Max dasturini o'rnatishdan boshlab to tayyor 3D modelni sotishgacha bo'lgan jarayonlarni 0 dan o'rganamiz.

🏗AutoCAD dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 5 (davomi bor)
AutoCAD dasturini o'rnatishdan boshlab istalgan chiqmani chizishni o'rganadigan darajaga chiqamiz. Darslar 0 dan o'rgatiladi.

7️⃣ Windows 7 o'rnatish
Darslar soni: 4
Kompyuter uchun Windows 7'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilashni mustaqil amalga oshiramiz.

🔟 Windows 10 o'rnatish
Darslar soni: 7
Kompyuter uchun Windows 10'ni yuklash, fleshkaga yozish, kompyuterga o'rnatish, kerakli sozlamalar, drayverlarni yangilash, kerakli dasturlarni o'rnatish ishlarini mustaqil amalga oshiramiz.

🧮 Excel dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft Excel dasturini 0 dan o'rganamiz.

🧮 "Excel - Formula ustasi" videokursi
Darslar soni: 8
Excel dasturidagi murakkab amal va formulalarni amaliyotda qo'llashga o'rgatadigan kurs.

🔠 Word dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 8
Microsoft Word dasturini 0 dan o'rganamiz.

🖼 PowerPoint dasturi bo'yicha videokurs
Darslar soni: 7
Microsoft PowerPoint dasturini 0 dan o'rganamiz.

🎦 Movavi Video Editor (videomontaj) bo'yicha videodarslar
Ushbu dastur videomontajni kuchsiz kompyuterlarda ham amalga oshirish uchun qulay va sodda dastur hisoblanadi.
Videoni montaj qilishni 0 dan o'rganamiz! 1-qism I 2-qism

🌁 Paint NET dasturi bo'yicha videodarslar
Rasmlarni tahrirlash uchun sodda va qulay dastur.
Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET dan boshlaymiz!
Rasmlarni tahrirlashni o'rganamiz!
Eski chizmalarni tiklash

📄 PDF hujjatlari bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Hujjatlarni PDF dan Word ga o'tkazishning 3 ta sinalgan usuli!
PDF hujjatlarni istalgancha o'zgartiramiz!
PDF sahifalarni birlashtirish
PDF ni qirqishni eng sodda usuli (Chrome orqali)

🗜Arxiv fayllar bilan ishlash bo'yicha videodarslar
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish/foydalanish
WinRAR dasturi bo'yicha MasterClass. Murakkabroq amallarni o'rganamiz!
Katta hajmli fayllarni yuklash usullari

🛡Eset NOD32 antivirus dasturi
ESET NOD32 antivirusini o'rnatish
Antivirusni vaqtincha o'chirib turish
NOD32 antivirus bazasini internetsiz (oflayn) yangilash
NOD32 antivirus bazasini onlayn yangilash


🔄 Nasib qilsa, ushbu ro'yxatni kengayib boramiz...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
- Windows 10X taqdimoti shu yili mart oyida bo'lishi kutilmoqda, lekin uning nomini o'zgarishi ehtimoli mavjud ekan.

- Moskva davlat psixologiya va pedagogika universiteti olimlari ko'z qarashi va "fikrlar kuchi" yordamida kompyuterni boshqarish tizimini ishlab chiqa boshladilar. Qurilma miyaning magnit maydonlarini o'qiydi.

- Pandemiya tufayli dunyoda noutbuk va kompyuterlarga talab oshdi. Tahlilchilarning fikriga ko'ra, ushbu talab 2022-yilgacha qurilmalar yetishmovchiligini kuchaytiradi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Qaysi qurilma uy kompyuteri tizim blogi tarkibiga kirmaydi?
Anonymous Quiz
56%
printer
10%
mikroprotsessor
23%
mikrokontroller
11%
ona plata
Kanal haqida berilayotgan savollarga javoblar va qisqa e'lonlar

Kanalning o'quv markazi qayerda joylashgan?
Kompyuter Akademiyasi Telegram va YouTube'da mavjud bo'lgan onlayn ta'lim kanallari hisoblanadi. Hech qanday va hech qayerda o'quv markazi mavjud emas. Biz onlayn ta'lim tarafdorimiz.

Dasturlash bo'yicha kurslar qachon e'lon qilinadi?
Dasturlash bo'yicha kurslar va dasturlarni kanalda e'lon qilish niyatimiz yo'q. Chunki kanal egasi dasturchi emas (hozircha).

❗️Iltimos guruhda kanaldagi bor ma'lumot haqida savol bermang. Savol berishdan oldin biroz kanaldan izlanish sizni ko'proq ma'lumotga ega bo'lishga va boshqalarning ham vaqtini tejashingizga olib kelishi mumkin.

🤗 Bunday qarasam YouTube'dagi obunachilarimiz 7 mingdan oshib qolibdi. Sizlardan YouTube kanalimizda ham bizni qo'llab quvvatlashingizni so'rab qolaman. Nasib qilsa, kanalimiz tug'ilgan kunigacha 10 mingdan oshib qolamiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Nima uchun limon hidi kompyuter bilan ishlash paytidagi xatoliklarni kamaytiradi?
#salomatlik

ℹ️ Olimlarning fikriga ko'ra, limon hidi xatolarni 54 foizga kamaytiradi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, limon hidi ish faoliyati samaradorligini oshiradi va uyquni pasaytiradi, ortiqcha kuchlanishni kamaytiradi va diqqatni jamlashga yordam beradi. Limon hidi insonning markaziy asab tizimiga ogohlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

Ba'zi yapon kompaniyalari o'z xodimlarini "ko'nglini ko'tarish" uchun limonli xushbo'y hidlarni o'rnatadilar.

😉 Kaktusga sherik topildi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
VDS nima?
#atama / #internet

ℹ️ VDS (Virtual Dedicated Server) yoki VPS (Virtual Private Server) - bu foydalanuvchi maksimal imtiyozlarga ega bo'lgan virtual server bilan ta'minlangan xosting xizmati. VDS yoki VPS da o'zingizning operatsion tizimlaringiz va dasturiy ta'minotingizni o'rnatishingiz mumkin. Bitta shaxsiy server odatda bir nechta mustaqil virtual serverlarni joylashtiradi. ©️ firstvds.ru

📌 Ushbu atamani DNS bilan adashtirishlar bo'lgani hamda guruhda so'rashgani uchun yozdik, aslida VDS sayt yaratish bilan shug'ullanuvchilar uchun kerakli atama hisoblanadi. DNS nimaligini va u bilan ko'p kuzatiladigan muammo haqida ushbu videoda bilib olishingiz mumkin:
▶️ Telegram ishlayapti, internet ishlamayapti? DNS nima? DNS bilan bog'liq muammolar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Bandicam.v5.0.1 (@kompyuter_akademiyasi).exe
18.8 MB
Bandicam v5.0.1 (x64/x86)
#dastur / #media

ℹ️ Kompyuter ekranini yozib olish uchun juda qulay va mukammal bo'lgan Bandicam dasturining yangi versiyasi. Dasturda deyarli o'zgarish ko'rmadim, faqatgina bir nechta menyular joylashuvida o'zgarish mavjud. Dasturda cheklovlar mavjud emas, aktivatsiya qilingan. Faqatgina o'rnatish paytida vaqtincha internet va antivirusni o'chirib turing (buni qanday qilish bo'yicha kanalda ma'lumotlar mavjud).

💾: 18.7 mb (.exe)

📌 Mavzuga oid postlar:
Kompyuter ekranini videoga olish (screencast)!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Chrome dasturida oynani yopish uchun qaysi kombinatsiya qo'llaniladi?
Anonymous Quiz
17%
Ctrl+B
34%
Ctrl+Q
36%
Ctrl+W
13%
Ctrl+T
ks4.021.3.10.391ru_25000 (@kompyuter_akademiyasi).exe
2.7 MB
Kaspersky Security Cloud Free
#dastur / #antivirus

ℹ️ Kaspersky antivirusining bepul versiyasi. Dastur internet yordamida o'rnatiladi (tahminan 250 mb yuklab oladi).

🌐 Dasturni rasmiy saytidan ham olishingiz mumkin. Windows 10/8.1/8/7 (x32/x64) uchun.

💾: 2.6 mb (.exe)

🎞 O'rnatish va foydalanish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kaspersky Security Cloud Free antivirusini o'rnatish va foydalanish. Bazasini yangilash, vaqtincha o'chirib turish...
#videodars / #antivirus

ℹ️ Kompyuter xavfsizligini ta'minlash uchun ham faqatgina ishonchli dasturlardan foydalanish kerak. Bugun juda mashhur bo'lgan Kaspersky antivirusini o'rnatish va foydalanishni ko'rib chiqamiz. Video davomida antivirus bazasini yangilash, vaqtincha o'chirib turish va kompyuterimizga beradigan yuklamasini aniqlashni ham o'rganamiz.

❗️Dastur internet yordamida o'rnatiladi!

🔽 Kaspersky Security Cloud Free dasturini yuklash:
Telegram I Rasmiy saytidan

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 05:10 💾: 38.8 mb

📌 Mavzuga oid postlar:
Kanaldagi antivirus va viruslarga oid postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
Windows = oynalar
#fun

Bu uyda oynalarni yopish uchun ham Alt+F4 dan foydalanishsa kerak 😂

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
7z1900-x64 (@kompyuter_akademiyasi).exe
1.4 MB
7-Zip x64
#dastur / #arxiv

ℹ️ 7-Zip - bu Windows uchun ajoyib arxivlovchi, uning afzalliklari qulay tezlik, barcha zamonaviy formatlarni qo'llab-quvvatlash va yuqori siqishni nisbati yaxshiroq.

⚡️Asosiy xususiyatlar:

- LZMA siqish bilan yangi 7z formati tufayli yuqori siqishni darajasi
- 7z, ZIP, GZIP, BZIP2, TAR, ARJ, CAB, CHM, CPIO, DEB, DMG, HFS, ISO, LZH, LZMA, MSI, NSIS, RAR, RPM, UDF, WIM, XAR kabi ko'plab formatlarni qo'llab-quvvatlaydi. va Z
- ZIP va GZIP formatlari uchun arxiv beruvchi siqishni taklif qiladi, bu PKZip va WinZip arxivatorlari tomonidan taqdim etilgan siqilishdan 2-10 foizga yaxshiroqdir
- 7z va ZIP formatida kuchli shifrlash
- 7z formati uchun o'z-o'zini chiqarib olish
- Windows Explorer-ga integratsiya qilish
- Kuchli fayl menejeri
- Buyruq satri versiyasining mavjudligi
- FAR menejeri uchun plagin

💾: 1.3 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
7z1900 x86 (@kompyuter_akademiyasi).exe
1.1 MB
7-Zip x86
#dastur / #arxiv

ℹ️ 7-Zip - bu Windows uchun ajoyib arxivlovchi, uning afzalliklari qulay tezlik, barcha zamonaviy formatlarni qo'llab-quvvatlash va yuqori siqishni nisbati yaxshiroq.

⚡️Asosiy xususiyatlar:

- LZMA siqish bilan yangi 7z formati tufayli yuqori siqishni darajasi
- 7z, ZIP, GZIP, BZIP2, TAR, ARJ, CAB, CHM, CPIO, DEB, DMG, HFS, ISO, LZH, LZMA, MSI, NSIS, RAR, RPM, UDF, WIM, XAR kabi ko'plab formatlarni qo'llab-quvvatlaydi. va Z
- ZIP va GZIP formatlari uchun arxiv beruvchi siqishni taklif qiladi, bu PKZip va WinZip arxivatorlari tomonidan taqdim etilgan siqilishdan 2-10 foizga yaxshiroqdir
- 7z va ZIP formatida kuchli shifrlash
- 7z formati uchun o'z-o'zini chiqarib olish
- Windows Explorer-ga integratsiya qilish
- Kuchli fayl menejeri
- Buyruq satri versiyasining mavjudligi
- FAR menejeri uchun plagin

💾: 1.1 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh
D:\Downloads papkasidan o’chiriligan faylni Корзина’dan tiklasak fayl qayerga tiklanadi?
Anonymous Quiz
21%
Рабочий стол ga
11%
D diskga
14%
Мои Документы papkasiga
54%
D:\Downloads papkasiga
Kerakli sozlamalar uchun yorliq yaratish
#matnli_gif / #info

ℹ️ Windows 10 operatsion tizimini sozlash uchun WIN+I klaviatura yorlig'i bilan ochadigan "Параметры" vositasi mavjud, asosiy oynada chap qismdagi bo'limlar bo'ylab harakatlanishingiz mumkin bo'lgan asosiy bo'limlar mavjud.

Agar siz biron bir bo'limni tez-tez ishlatsangiz, men ularga yorliqlarni yaratishni maslahat beraman. Buning uchun, masalan, ish stolida o'ng tugmasini bosib va "Создать" -> "Ярлык" ni tanlang.

"Расположение объекта" ga quyidagi ro'yxatdan o'zingizga kerakli sozlamaning manzilini kiritasiz. Masalan, "Параметры" dan Bluetooth bo'limini ochish uchun yorliq yaratish kerak bo'lsa, ob'ekt ko'rsatiladigan joyga ms-settings:bluetooth ni yozing.

❗️Faqat Windows 10'da ishlaydi (balki 8 va 8.1 da ham ishlashi mumkin, win7 da ishlamadi).

©️ Комп для чайника

📌 Mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar:
Kompyuterni tezroq o'rganish uchun "ВЫПОЛНИТЬ"ning asosiy buyruqlari va ularning vazifalari!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita / Guruh