KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
661 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Windows versiyasini aniqlashni oson yo'li
#info / #windows

1⃣ Win + R ni bosamiz;
2⃣ Ochilgan oynaga winver deb yozamiz;
3⃣ Quyidagi rasmdagidek oyna paydo bo'ladi, shu oynada windows versiyasi yozilgan bo'ladi!

Hammasi tushunarlimi ? 😉

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Google Chrome'dagi qaynoq tugmalar
#hotkeys / #internet

ℹ️ Eng mashhur va barqaror brauzerlardan biri bo'lmish Chrome bilan ishlash paytida ham klaviatura kombinatsiyalarini qo'llash ishlash jarayonimizni osonlashtiradi.

📃 Bugun bir nechta "qaynoq tugmalar" bilan tanishamiz:

Ctrl + N - yangi oyna ochish.
Ctrl + T - yangi "вкладкa" ochish.
Ctrl + Shift + N - maxfiylik (инкогнито) rejimida yangi oyna ochish.
Ctrl + W - mavjud vkladkani yopish.
Ctrl + Shift + O - zakladkalar dispecherini ochish.
Ctrl + J - "Скачанные файлы" (yuklangan fayllar) ni ochish.
Ctrl + F - sahifa bo'ylab izlash.
Ctrl + D - mavjud sahifani zakladkaga saqlash.
F5 - sahifani yangilash.
F11 - to'liq ekran rejimini yoqish/o'chirish.
Ctrl va + - sahifa masshtabini kattaytirish.
Ctrl va - - sahifa masshtabini kichraytirish.
Ctrl + 0 - odatiy sahifa masshtabini tiklash.

📌 Bundan tashqari yana bir qancha klaviatura kombinatsiyalarini bu yerdan bilib olishingiz mumkin.

© Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Eset (4in1) 7.0.302.26 (@kompyuter_akademiyasi).exe
77 MB
ESET NOD32 7.0.302 (x32/x64)
#dastur / #antivirus

ℹ️ NOD32 antivirusini yangiroq versiyasini so'raganlar uchun maxsus joylandi.

🎞 O'rnatish va foydalanish

💾: 77 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
O'rnatish jarayonida Sizga ikki turdagi NOD32 ni o'rnatishni taklif qilinadi.

⚡️NOD32 Antivirus = Antivirus + Antishpion (boshlang'ich darajadagi kompyuter foydalanuvchilari uchun).

⚡️Smart Security = Antivirus + Antishpion + Antispam + Alohida fayrvol (tajribali kompyuter foydalanuvchilari uchun).

😉 Istalganini tanlab, o'rnatishingiz mumkin. O'rnatish va bazasini yangilash jarayoni oldingi antivirusni o'rnatish va bazasini yangilash bilan bir xil.

• Nod32 dasturini o'rnatish
• Antivirus bazasini yangilash
• Nod32 antivirus (4-versiya) (x32/x64)

📌 Agar Sizda hozirda NOD32 ni boshqa versiyasi bo'lsa buni o'rnatish uchun oldingini o'chiring.

⚠️ NOD32 ni 4 va 7-versiyalari orasida deyarli farq yo'q. Ushbu versiya ham login, parol, kalit kabi narsalar so'ramaydi!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Faylni o'chirishdagi tasdiqlashni olib tashlash
#info / #windows

ℹ️ Kompyuterdan biror faylni o'chirish paytida korzinaga tushishidan oldin tasdiqlashimizni so'raydi. Bu holat ko'p takrorlanishi uchun men tasdiqlashni o'chirib qo'yganman. Bugun sizlarga ham buni qanday qilishni o'rgataman.

• Buning uchun "Корзина" ni belgilab sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va "Свойства" ga kiramiz.
• "Запрашивать подтверждение на удаление" dagi belgilash (✓) ni olib tashlab "Применить" ga bosamiz.

Bu nima va nega kerak?
Bu sozlama orqali biror faylni o'chirishimizdagi kompyuter bizdan tasdiqlashni so'rashini o'chiramiz, lekin o'chirgan fayllarimiz korzinaga joylashadi va kerak payti ularni qaytarib tiklab olishimiz mumkin.

📌 "Корзинa" ga joylamasdan o'chirish

Biror faylni belgilab Shift + Delete ni bosganimizda o'sha fayl korzinaga tushmasdan, butunlay o'chib ketadi. Uni keyinchalik korzinadan tiklashni iloji yo'q, tiklash uchun alohida dasturlardan foydalanish kerak.

© Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Windows Search 😎
#fun

🤔 Windows'ni o'zini qidiruv tizimi qay darajada tez ishlashini bilasizmi?
Eng tezkor bo'lgan Everything'dan foydalaning 😉.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Word va Excel fayllarga parol o'rnatish
#info / #word / #excel

ℹ️ Word va Excel darslarimizda ham hujjatlarni parollash, ximoyalash bo'yicha ko'rsatmalar bergan edik. Bugun esa ofis dasturini har bir versiyasi uchun parol o'rnatishni ko'rib chiqamiz.

⚠️ Birinchi navbatda parol qo'yish kerak bo'lgan hujjatni ochib olamiz.

⚡️Office 2010, 2013, 2016:

1️⃣ "Файл" -> "Сведения".
2️⃣ Word hujjat uchun "Защита документа" , Excel uchun esa "Защита книги" ga kiramiz va "Зашифровать с использованием пароля" ni tanlaymiz.
3️⃣ Parolni kiritamiz va tasdiqlash yana bir bor kiritamiz.

⚡️ Office 2007:

1️⃣ Yuqori chapgi burchakdagi Office belgisiga bosamiz.
2️⃣ "Подготовить" -> "Зашифровать документ" tanlanadi.
3️⃣ Parolni kiritamiz va tasdiqlash yana bir bor kiritamiz.

⚡️ Office 2003:

1️⃣ Bosh menyudagi "Сервис" -> "Параметры" ni tanlaymiz.
2️⃣ "Безопасность" bo'limiga o'tamiz.
3️⃣ "Пароль" joyiga parolni o'rnatamiz.

📌 Hujjatdan parolni olib tashlash uchun yuqoridagi ketma-ketlikda bajariladi, faqatgina parol joyi bo'sh qoldiriladi.

© Комп для чайника

📍Mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar:
Excel kursi, Word kursi, PowerPoint kursi
Word bo'yicha maqolalar, 2-qism.
Microsoft Office dasturlari
Microsoft Office (2007/2010/2013/2016) ni aktivatsiya qilishni o'rganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlash uchun qanday kompyuter kerak? Dasturchilar uchun kompyuter tanlaymiz!
#videodars / #xarid / #dasturlash

ℹ️ Ushbu videoni oxirigacha ko'rish orqali siz quyidagi savollarga javob topasiz:
• Dasturlash nima? Dasturlashning qanday sohalari mavjud?
• Qaysi dasturlash tilini va sohasini tanlash kerak?
• Dasturlash sohalari uchun qanday xarakteristikadagi kompyuterlar talab etiladi?
• Qanchaga o'zi qiziqgan dasturlash sohasi uchun kerak bo'ladigan kompyuter sotib olsa bo'ladi?

🌐 Kompyuter narxlarini ko'rgan saytlarimiz:
texnostar.uz/ru/noutbuki_planshety/notebooks
shopme.uz/catalog/mobilnaya_elektronika/noutbuki_netbuki/

🎁 Ro'yxatdan o'tish uchun:
pdp.uz/signIn (KA2020)

📃 Matnli holatda bu yerda o'qishingiz mumkin.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 15:13 💾: 30.9 mb

📌 Mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar:
“Игровой” kompyuter qanday tanlanadi? “Игровой” kompyuter narxlari

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / IT specialist / YouTube / Xarita
Qiziqarli saytlar 7
#manba / #internet

1️⃣ oldversion.com.ru
Kompyuter uchun biror dasturning eskiroq versiyasini shu saytdan topishingiz mumkin. Yangi versiyalarni esa ushbu saytlardan topasiz.

2️⃣ evolutionoftheweb.com/?hl=ru
Internet evolutsiyasi! Bizning hozirdagi "do'stimiz"ga aylanib borayotgan internet qanday rivojlanganini bilishingiz mumkin.

3️⃣ privnote.com
Ilgarilari yashirin xatlarni o'qib bo'lishgandan keyin yoqib yuborishgan. Hozirgi paytda elektron xatlarni o'qib bo'lgandan keyin yoqishni iloji yo'q 😁. Biroq shu saytga kirib kerakli xabarni yozing va ushbu xabar manzilini kerakli insonga jo'nating, u inson xabarni o'qigandan keyin ushbu xabar o'chib ketadi.

4️⃣ stat.uz
Yurtimizdagi sohalarga oid statistika ma'lumotlarini O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

🔗 Qiziqarli va foydali saytlar

🧐 Qaysi sayt ko'proq yoqdi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Obektivka, CV, rezyume nima? Ularning farqi va kerak bo'ladigan sohalari
#info / #hujjatlar

ℹ️ Ishga kirish uchun hujjatlar tayyorlash paytimizda yuqorida sanab o'tilgan hujjatlardan birini so'rashadi. Bugun ularning nimaligi, farqi va qay paytda qaysi qo'llanilishi haqida gaplashamiz.

📃 Obektivka (ma'lumotnoma)
O'zingiz, mehnat faoliyatingiz va oilangiz haqida qisqacha ma'lumotlarni talab qiluvchi hujjat hisoblanadi. Bunda sizdan alohida qobiliyatlaringiz so'ralmaydi. Ko'pchilik ish beruvchilar suhbatdan oldin sizdan obektivka so'rashadi va ma'qul ko'rishsa keyinchalik suhbatda qo'shimcha ma'lumotlarni so'rashlari mumkin.

📃 CV (Curriculum Vitae)
CV
(lot. Curriculum Vitae, с лат. «hayot kechirishi», ruschada «резюме») — jamlashgan hujjat bo'lib, unda siz ta'lim olish darajangiz va ish faoliyatingizni barcha ketma-ketligini yoritib berasiz. Bundan tashqari ish va o'qish davrida erishgan yutuqlaringiz haqida ham ma'lumot berishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda shaxsiy xususiyatlaringiz (ijobiy jihatlar albatta) ni ham ta'kidlab o'tishingiz mumkin. CV'da o'zingiz haqingizda ko'proq va to'liqroq ma'lumot berishingiz mumkin. CV tayyorlash uchun alohida maxsus saytlar mavjud bo'lib, ular orqali yaxshi taasurot qoldiradigan va chiroyli CV yaratish mumkin (bu haqida hali yana gaplashamiz). Bu turdagi hujjat asosan xalqaro tashkilotlar so'rashiga guvoh bo'lganman. O'qishni xorijda davom ettish uchun ham shunday hujjat so'ralishi mumkin.

📃 Resume (rezyume)
Rezyume
(fran. résumé «xulosa») — o'zida qobiliyatlar, ish tajribasi, ta'lim olgani va boshqa ishga kirish uchun zarur bo'ladigan ma'lumotlarni jamlagan hujjat. Bu turdagi hujjat CV ga o'shash bo'ladi, ishga kirish paytida ishga kiruvchilar haqida ko'proq ma'lumot olish maqsadida so'raladi.

📌 Yuqorida tanishganlarimizning barchasini mazmuni o'zimiz haqimizda ish beruvchiga kerakli ma'lumotlarni berish hisoblanadi. Siz o'zingiz uchun har biridan tayyorlab qo'yganingiz ma'qul, chunki turli tashkilotlar ishga kiruvchilardan turlicha ma'lumotnomalar so'rashi mumkin. Ba'zi tashkilotlarning o'zlarini maxsus ma'lumotnomasi bo'lib, ishga kirishda o'shani to'ldirib berishingiz yetarli bo'ladi.

❗️Yuqorida ko'rib chiqilgan hujjatlarni aynan bir shakli qabul qilinmagan, har kim turlicha shakldagidan foydalanishi mumkin.

😎 Endi esa har bir turdagi ma'lumotnomalarni tayyorlashni alohida o'rganib chiqamiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Telegramda 1 million obunachisi bor, 3D Max orqali uyquda ham daromad qiladigan IT tadbirkor
#motivatsiya

ℹ️ Foydali Link va IT Business School kanallari admini hamda 3ds max dasturi orqali katta daromad oluvchi inson bilan uyushtirilgan suhbatdan quyidagi foydali maslahatlarni olishingiz mumkin:

• Har kim sohasini IT ga bog'lashi kerak, chunki IT orqali katta daromad olish mumkin;

• IT ga kirish uchun kompyuter xarid qilish shart. Bu o'zingizga investitsiya kiritishni bir ko'rinishi;

• Zamonaviy kasblar (3d modellashtirish, dasturlash, SMM va h.k) ni mustaqil egallash orqali diplomsiz ham katta daromad olish mumkinligi.

Videoni to'liq ko'ring va tegishli xulosalar chiqargan holda vaqtni bekorga o'tkazmasdan hoziroq biror nima o'rganishni boshlang!

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 1:29:59 💾: 192.3 mb (360p)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Kompyuter parolini qanday almashtirsa bo'ladi?
#info

ℹ️ Windows'dagi parolni quyidagi usulda almashtirish mumkin. Bu usul Windows 10 va Windows 7'da tekshirilgan.

1️⃣ Ctrl + Alt + Delete ni bosib, "Изменить пароль" ga kiramiz.

2️⃣ Eski parol, yangi parol va tasdiqlash uchun yangi parolni yana bir bor kiritib, "Cохранения изменений" ga bosamiz.

© Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
SSD bilan nimalar qilib bo'lmaydi?
#info / #kompyuter

ℹ️ SSD - doimiy xotiraning zamonaviy bir turi. HDD ga nisbatan bir qancha tezroq bo'lishi bilan bir qatorda anchagina qimmat hisoblanadi.

❗️HDD bilan bajariladigan ba'zi amallarni SSD bilan qilib bo'lmaydi. Ular quyidagilar:

SSD diskni defragmentatsiya qilish kerak emas, ayniqsa tashqi dasturlar yordamida. Defragmentatsiya qilish faqatgina HDD disk uchun foydali hisoblanadi.

Windows 10 da optimizatsiyani o'chirib qo'yish shart emas, chunki SSD disk haqiqatdan ham kompyuter ishlashini optimallashtirib beradi.

Windows XP, Vista va boshqa eski operatsion tizimlardan foydalanmang.

SSD'ni to'liq to'ldirib qo'ymang. Fayllarni yozish jarayoni uchun biroz bo'sh joy qoldirilmasa kompyuter tezligini pasaytirishi mumkin.

Doimiy foydalanilmaydigan fayllarni SSD diskda saqlamang. SSD'da faqatgina (windows) tizim fayllari bo'lsa yetarli. Tizimni SSD diskga o'rnatish orqali kompyuter ishlashi va dasturlarni ham tezlshtirish mumkin.

© Комп для чайника

📍Mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar:
Kompyuter foydalanadigan xotira turlari
Nima sababdan fleshka yoki vinchester(HDD, SDD) hajmi kompyuterga ulanganda kamroq ko'rsatadi?
HDD vs SSD

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Kompyuter dasturlaridan to'g'ri foydalaning
#fun

U: MP3'larni Google Chrome orqali eshitaman 😎.
Men: 😳

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
obektivka_lotin (@kompyuter_akademiyasi).docx
22.9 KB
Obektivka (ma'lumotnoma) ga namuna
#hujjatlar

ℹ️ Bunday turdagi hujjatlar haqida oldinroq gaplashgan edik.
Obektivka - o'zingiz, mehnat faoliyatingiz va oilangiz haqida qisqacha ma'lumotlarni talab qiluvchi hujjat hisoblanadi. Bunda sizdan alohida qobiliyatlaringiz so'ralmaydi. Ko'pchilik ish beruvchilar suhbatdan oldin sizdan obektivka so'rashadi va ma'qul ko'rishsa keyinchalik suhbatda qo'shimcha ma'lumotlarni so'rashlari mumkin.

📌 Ushbu obektivka namuna sifatida tayyorlangan, keltirilgan ism va familiyalar o'ylab topilgan.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PowerPoint 7-dars. "Рецензирование" va "Вид" bo'limlari.
#videodars / #powerpoint

ℹ️ Bugungi darsimizda "Рецензирование" va "Вид" bo'limlari bilan yaqindan tanishamiz. Asosiy e'tiborni "Вид" bo'limini o'rganishga qaratamiz, chunki bu bo'limda slaydlar uchun yaratilgan shablonlarni strukturasini o'zgartirish va o'zimiz uchun ko'p kerak bo'ladigan shablonni mustaqil tayyorlashimiz mumkin.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 16:51 💾: 27.6 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Oynalarni tezkor joylashtirish
#info / #windows / #hotkeys

ℹ️ Windows'da bir nechta dasturlar oynalarini tezkor joylashtirish imkoniyati mavjud.

🖥 Agar birdaniga 2 ta dastur bilan bir vaqtda foydalanish uchun 1-dasturni o'ngga, 2-dasturni esa chapga joylashingiz mumkin.

📌 Bundan tashqari tezkor klaviatura kombinatsiyalari ham mavjud:

Win + ⬅️ - oynani chapga joylash.
Win + ➡️ - oynani o'ngga joylash.
Win + ⬆️ - oynani tepaga joylash.
Win + ⬇️ - oynani pastga joylash.

© Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
"Выполнить" oynasini qaysi klaviaturalar kombinatsiyasi orqali chaqirish mumkin?
Anonymous Quiz
11%
Crtl + Delete
52%
Win + R
22%
Ctrl + Alt + R
15%
🤔 endi bilib olaman
"Водяной знак" (watermark) nima?
#atama / #info / #videomontaj

ℹ️ Suv belgisi - bu rasmdagi mualliflik yoki egasini ko'rsatadigan belgi (fotosuratlar, rasmlar, hujjatlar va boshqalar). Odatda, u shaffof va deyarli sezilmasligi kerak, shuning uchun uni suv deb atashadi.

📌 Suv belgisini pullik dastur yoki saytlardan foydalanishda ko'rishingiz mumkin. Oddiygina misol, Bandicam dasturini bepul versiyasidan foydalanishingizda watermark sifatida www.bandicam.com yozuvi har bir videoda qoladi.

🤔 Ushbu belgini rasm, video, pdf va boshqa formatdagi fayllarda ko'p uchratamiz. Undan qutulish uchun esa sizda 2 yo'l mavjud:
1. Dastur yoki saytni pullik versiyasidan foydalanish yoki bepul alternatividan foydalanish;
2. Sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan dastur yordamida "Водяной знак" olib tashlash, yoki birorta dastur bilan tahrirlash paytida olib tashlashingiz mumkin.

©️Ushbu belgi mualliflik huquqini anglatish uchun ham xizmat qiladi. Bizning videolarda ham shunday belgi borligini bilsangiz kerak.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita