KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
#manba / #internet / #kompyuter

ℹ️ Ko'pchilik guruhlarda kompyuter uchun dasturlarni qaysi saytdan yuklashni so'rashsa Google degan javobni berishadi )

Bu albatta eng qisqa va to'g'ri javob, lekin Google orqali topilgan saytdan dastur yuklashda muammolar kuzatilishi mumkin:
Fayl yuklashga bosganda sayt bizni "adashtirib keladi" (keraksiz saytlarga o'tkazib yuboradi);
Virusli dastur yuklash ehtimoli mavjud;
Kerakli dasturni eski (yoki ishlamaydigan) versiyasini berishi mumkin.

🤗 Shu sababli o'zim foydalanadigan, sinovdan o'tgan saytlar ro'yxatini taqdim etaman!

Telegramda:
• Kanalimizda ham dasturlar ko'p )
@windowsuzprogramm

Tas-IX saytlar:
megasoft.uz
windows.uz

Crack dasturlar mavjud saytlar:
rsload.net
kichkas.biz
relizua.com
vsetop.com

Yana boshqa foydali saytlar:
softportal.com
soft.mydiv.net/win
besplatnyeprogrammy.ru
windowsobraz.com (windows lar yuklash uchun);
ru.giveawayoftheday.com (har kuni pullik dasturlardan birini bepul beradi);

Katalog saytlar:
Softobase.com
softcatalog.info

📌 Agar Siz yana yaxshi saytlardan bilsangiz kommentariyada yozib qoldiring...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Infobiznes nima?
#info / #atama

ℹ️ Infobiznes (info + biznes) - bu ma'lumotlar savdosi. Kitoblar, video darslar, internet orqali o'tkaziladigan konsultatsiyalar, vebinarlar, treninglar, kouchinglar va boshqalar ham infobiznes hisoblanadi. Bunga sabab esa istalgan shaklda bo'lishidan qat'iy nazar bu holatda ma'lumot tovar hisoblanadi.

📌 Siz biror dasturni yaxshi o'rgandingiz va dastur bo'yicha kurs tayyorlab uni sotuvga qo'ydingiz. Shunda siz o'z bilimingizni tovar sifatida sotishga kirishasiz va infobiznes bilan shug'ullanishni boshlagan bo'lasiz.

🤔 Infobiznesni tashkil qilish, uni rivojlantirish, tovar savdosini oshirish haqida ko'p gaplashish mumkin. Agar bu sohaga qiziqsangiz albatta davom etamiz.

😉 Unutmang! Infobiznesda "tekinga sotish orqali ko'p daromad qilish" usuli ham mavjud.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
lightshot (@kompyuter_akademiyasi).exe
2.7 MB
Lightshot 5.5.0.4 (x32/x64)
#dastur / #media

ℹ️ Kompyuter ekranini rasmga olish (skrinshot) uchun yana bir qulay va sodda dastur. O'rnatish jarayonida rasmda ko'rsatilgandek qilish kerak (bo'lmasam yandex'ga tegishli dasturlar qo'shimcha o'rnatiladi).

📸 Skrinshot qilish uchun Prt Sc tugmasini bosasiz va kerakli maydonni belgilaysiz. Rasmga olingandan so'ng uni shunchaki saqlashingiz yoki biroz tahrirlashingiz ham mumkin.

💾: 2.6 mb (.exe)

Skrinshot uchun yana bir FastStone Capture 8.0 dasturimiz ham mavjud.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Lightshot dasturini o'rnatishda bularni belgilamang!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Istalgan ijtimoiy tarmoqni dasturini yaratish yoxud biror veb-sahifa uchun yorliq yaratish va ishlov berish
#videodars / #internet

ℹ️ Ko'pchilik kompyuter uchun YouTube, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni rasmiy dasturlarini so'raydi. Ushbu darsimizda kerakli ijtimoiy tarmoq dasturini izlash, ularning tuzilishini o'rganamiz.

📌 Shu bilan birgalikda birorta ko'p tashrif buyuradigan veb-sahifamiz uchun yorliq yaratish va unga ishlov berishni ko'rib chiqamiz.

🌐Bu uchun kerakli manzillar:
Mashhur ijtimoiy tarmoqlarning rasmiy dasturlari
Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
Ijtimoiy tarmoqlar ikonkalari (.ico)
Anti Strelka

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 05.42 💾: 10.9 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Ijtimoiy tarmoqlar (ico) (@kompyuter_akademiyasi).rar
1 MB
Ijtimoiy tarmoqlar ikonkalari (.ico)
#media

ℹ️ Mashhur ijtimoiy tarmoqlarning ikonkalari .ico fomatida. Ko'proq bunga o'xshash fayllarni quyidagi manzillardan topishingiz mumkin:
Ikonkalar (turli formatda)
Asosiy ikonkalar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Anti Strelka.setup (@kompyuter_akademiyasi).exe
723.3 KB
Anti Strelka
#dastur

ℹ️ "Рабочий стол" dagi yorliqlardagi kichik yorliq belgisini o'chirib qo'yish uchun kichik dastur.

🎞 Foydalanish bo'yicha qo'llanama.

💾: 0.7 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Bechora
#fun

Kompyuterda FIFA o'ynalyotgandagi kullerni holati 😁.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Qiziqarli saytlar 6
#manba / #internet

1️⃣ ptable.com
Kimyo fanini o'rganuvchilar uchun ayni kerakli sayt! Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlar haqida batafsil ma'lumot berilgan.

2️⃣ justdelete.me
Biror veb saytdagi profilingizni qanday o'chirishni bilmayapsizmi? Unda bu sayt orqali keraksiz profillarni osongina o'chirishinigiz mumkin.

3️⃣ pica-pic.com
Elektron o'yinlarni virtual muzeyiga xush kelibsiz! Bu saytdan ancha eski bo'lgan elektron o'yinlarni ham topishingiz mumkin. Bolalikni eslaylik 👶👧🏻.

4️⃣ devid.info/ru
Istalgan qurilma uchun drayverlarni shu saytdan ham topishingiz mumkin. Yuklash bo'yicha ham muammo kuzatmadim. Faqatgina o'zingizga kerakli drayver nomini bilsangiz bo'ldi, buning uchun kompyuterdan yordam so'rashingiz mumkin 😉.
© adme.ru

🔗 Qiziqarli va foydali saytlar

🧐 Qaysi sayt ko'proq yoqdi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Игровой” kompyuter qanday tanlanadi? “Игровой” kompyuter narxlari. “Игровой” kompyuter yoki noutbuk?
#videodars / #xarid

ℹ️ “Игровой” kompyuter deganda faqat o’yin uchun mo’ljallangan kompyuterni tushunish kerak emas. Eng kuchli kompyuter “Игровой” kompyuter bo’ladi. Chunki kompyuter o’yinlari eng kuchli xarakteritikalarni talab qiladi.

📌 “Игровой” kompyuter sotib olish orqali Siz istalgan murakkab dasturda ishlashingiz mumkin.
Masalan, Premiere Pro, animatsiya yasash, 3D dasturlari bilan ishlash va h.k

😉Bugun Siz bilan “Игровой” kompyuterni qanday tanlashni o'rganamiz va uning narxlari bilan tanishamiz. Bundan tashqari “Игровой” kompyuter yoki “Игровой” noutbuk yaxshiligi bo'yicha ham fikr yuritamiz!

🎞 Videoda eslab o'tilgan darslar:
Intel protsessorlarining markalanishi (2010-2019)
Kompyuter sotib olish bo'yicha to'liq qo'llanma!

🌐 Videoda nout.uz saytidan foydalandik.

▶️ YouTube'da ko'rish (HD)

: 14:00 💾: 29.4 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Kompyuter xarid qilish va narxlari bo'yicha eʼlon qilingan postlar!
#xarid

📔 Umumiy maʼlumotlar:

Kompyuter sotib olish bo'yicha to'liq qo'llanma!

Kompyuter (noutbuk) narxlari

🎯 Soha va yo'nalishlar bo'yicha:

O'qituvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar

Talaba va o'quvchilar uchun kompyuter tanlaymiz + narxlar

“Игровой” kompyuter qanday tanlanadi? “Игровой” kompyuter narxlari. “Игровой” kompyuter yoki noutbuk?

Dasturlash uchun qanday kompyuter kerak? Dasturchilar uchun kompyuter tanlaymiz!

🎯 Mavzular bo'yicha e'lon qilingan postlar

Vaqt o'tgan bo'lsa ham kompyuter tanlash metodi o'zgarmagan, keltirilgan narxlar hozirda qimmatroq yoki arzonroq bo'lishi mumkin. Lekin siz o'zingizga nima kerakligini bilsangiz qolgani oson kechadi!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Super ruchka
#kelajak_texnologiyasi

ℹ️ Moleskine Pen - maxsus dasturi yordamida eskizlar, yozuvlar va diagrammalarni sizning smartfon, planshet yoki kompyuterda ko'rish imkonini beruvchi raqamli ruchka.

💲Narxi $199.0 ekan.

© Технологии будущего

💻
Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Music Library.rar
191.1 MB
Video uchun musiqalar (bepul, © siz)
#videomontaj

ℹ️ Videomontaj jarayonida foydalanishingiz mumkin bo'lgan musiqalar to'plami. Bu musiqalardan foydalanishga YouTube qarshilik qilmaydi. Arxiv ichida 40 dan ortiq turli xildagi musiqalar mavjud.

📌 Ushbu musiqalar Movavi Video Editor dasturidan olingan.

💾: 191.1 mb (.rar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BootRacer - Windows yuklanish tezligini o'zgartiruvchi dastur
#info / #windows

ℹ️ BootRacer ilova tizimni ishga tushirishda alohida dasturlarni yuklab olish tezligini kuzatishi va ma'lum bir dasturni yuklab olish uchun qancha vaqt ketishini ko'rsatishi mumkin. BootRacer interfeysidan uzoq yuklash dasturlarini o'chirib qo'yib, tizimingizni optimallashtirishingiz mumkin.

• Dastur tizimning umumiy yuklanish vaqtini, Windows-ning yuklash vaqtini va autorun-dan uchinchi tomon dasturlarining yuklanish vaqtini ko'rsatadi. Siz tizimda turli xil o'zgarishlarni amalga oshirishingiz va vaqt jadvalida yuklash tezligining yaxshilangani yoki yomonlashganligini kuzatishingiz va shu bilan tizimingizning optimal konfiguratsiyasiga erishishingiz mumkin.

Bular nimaga kerak?
Yodingizda bo'lsa "Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz!" degan darsimiz orqali kompyuter ishlash tezligini oshirishni ko'rib o'tgan edik. Yuqoridagi dastur yordamida esa haqiqatdan ham kompyuter tez ishlashini, yonishi va ishga tushishi uchun qancha vaqt ketishini aniqlashimiz mumkin.

©️ Комп для чайника

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
BootRacer Premium (@kompyuter_akademiyasi).rar
14.1 MB
BootRacer Premium - Windows yuklanish tezligini o'zgartiruvchi dastur
#dastur / #windows

ℹ️ BootRacer - bu sizning operatsion tizimingizni va dasturlarni ishga tushirish uchun qancha vaqt ketishini aniqlashga imkon beruvchi dastur. Dastur tizimga birlashtirilgan va tizimni yuklashning barcha bosqichlarini kuzatib boradigan dastlabki bosqichda yuklanadi.

🎞 Dasturni o'rnatish va foydalanish bo'yicha qisqa video qo'llanma.

💾: 14 mb (.rar)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BootRacer dasturini o'rnatish va foydalanish bo'yicha qisqa video qo'llanma.

🤔 Xohlasangiz bu dastur bilan batafsil tanishamiz?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Windows reestr nima?
#info / #windows

ℹ️ Windows reestr - bu operatsion tizim uchun katta ma'lumotlar bazasi. U yerda har xil turdagi sozlashlar, o'zgaruvchilar(variable) saqlanadi.

⚡️Misol 1:
Siz biror dastur o'rnatdingiz, keyin uni o'chirib tashladingiz, so'ng sizga yana shu dastur kerak bo'lib qoldi, qaytadan o'rnatdingiz, qarasangiz birinchi safar o'rnatgandagi sozlashlar saqlanib qolgan. Demak, dastur to'liq o'chmagan va Windows reestrda uning sozlashlari saqlanib qolgan.

⚡️Misol2:
Siz biror dastur o'rnatdingiz, dasturdan bepul foydalanish 30 kunga berilgan. 30 kundan so'ng, dasturni o'chirib tashladingiz va qaytadan o'rnatdingiz, qarabsizki, sizga yana 30 kun berilmaydi, demak birinchi safar dastur o'rnatilganda, reestrga qandaydir ma'lumotlar yozilgan va dasturni o'chirish jarayonida bu ma'lumotlar saqlanib qolgan.
Demak, reestr orqali, sizni identifikatsiya qilish ham mumkin.

🔢 Reestrda o'zgaruvchi va shu o'zgaruvchi qiymati 1 yoki 0 saqlanadi. Uni quyidagicha ko'rish mumkin:
Win+R→regedit va Enter tugmasi bosiladi.

📋 Chap tomonda quyidagi menyular mavjud:
HKEY_CLASSES_ROOT - fayl tiplari bilan dasturlarni bog'lovchi menyu.
HKEY_CURRENT_USER - aktiv foydalanuvchi sozlashlarini saqlash uchun menyu.
HKEY_LOCAL_MACHINE - kompyuter sozlashlarini saqlash uchun.
HKEY_USERS - kompyuterdagi barcha foydalanuvchi sozlashlari.
HKEY_CURRENT_CONFIG - qurilmalarga javob beradigan menyu.

Bu yerdagi o'zgaruvchilarga, biror qiymat berilishi bilan darhol shu qiymat ishga tushadi, kompyuterni qayta o'chirib yoqish talab etilmaydi.

Xulosa shuki, reestr, operatsion tizim va dasturlar uchun kerak, sizning bu bazaga aralashuvingiz unchalik to'g'ri emas, lekin ba'zida foydali).

☝️Diqqat, reestr bilan o'ynashmang, bitta xato qiymat bersangiz, tizimni to'liq qaytadan o'rnatishga to'g'ri kelishi mumkin.

© IT Planeta

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Texnologik hazillar 2
#fun

😉 Bola onasidan so'radi: "Kompyuterlar nega bunday aqlli?"
Onasi: "Chunki ular doimo ona plata aytganini qiladi".

🤖 Qachonki kompyuter Sizdan "Siz robot emasmisiz?" deb so'rasa g'azablanmang, balki u oilasini izlayotgandir.

💻 Kompyuter oldida o'zingizni sovuqqon tuting. Windows'ga shoshilayotganingizni bildirib qo'ymang, bo'lmasam u qo'rquvni his qiladi va yangilanish (obnovleniya) ni boshlaydi.
© IT Юмор

📌 Texnologik hazillar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Firewall nima?
#info / #internet / #atama

ℹ️ Ko'pchilik kompyuterining juda ko'p internet trafik sarflayotganidan noliydi. Kompyuterni internet trafigini ko'p sarflashi sizdan so'ramagan holda internet bilan bog'lanuvchi dasturlar orqali amalga oshadi.

Bu nima degani?

🤔 Deylik sizda 10 ta dastur bo'lib, faqatgina 3 tasi internet bilan doimiy tarzda bog'lanishi kerak (masalan, telegram, chrome va b.), qolgan 7 tasi uchun internet bo'lishi shart emas (masalan, Foxit PDF reader, ABBYY FineReader va h.k). Agar kompyuterda firewall bo'lib mana shu 7 ta dasturni nazoratga olmas ekan ular ham sizdan so'roqsiz internet bilan bog'lanishda davom etadi.

🛡 Firewall - (ing. "yonib turgan devor") bu dastur kompyuter va unga kiradigan ma'lumotlar o'rtasida to'siq yaratadi. Ushbu dastur uchun ekvivalent mavjud - "брандмауэр". Va bu nom juda mos, chunki u ushbu qurilmaning mohiyati va maqsadini aks ettiradi, chunki uning funktsional imkoniyatlari tufayli ushbu dastur kompyuterni himoya qilish darajasini oshiradi.

🤗 Bu turdagi dasturlar orqali siz qaysi dastur yoki funksiyalar internet bilan bo'glana olishini, shaxsiy ma'lumotlarni ruxsatsiz uzatmasligini ta'minlashingiz mumkin. Shunday qilib, firewall mavjud kompyuter internet trafigini kamroq sarflaydi va xavfsizlik masalasida ancha ishonchli hisoblanadi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Glasswire (@kompyuter_akademiyasi).rar
58 MB
GlassWire - firewall + internet speed meter
#dastur / #internet

ℹ️ GlassWire - bu tarmoq xavfsizligini nazorat qilish va tarmoqni nazorat qilish uchun xavfsizlik devori. Ushbu vosita tarmoqdagi faoliyatni qulay grafikada tasavvur qilish va Internetdagi zararli dasturlarning g'ayrioddiy xatti-harakatlarini aniqlashga yordam berish orqali kompyuteringizni himoya qiladi.

😉 Qisqa qilib aytganda kompyuter uchun firewall + internet tezligini o'lchovchi dastur.

🎞 O'rnatish va foydalanish bo'yicha qisqa qo'llanma.

💾: 58 mb (.rar)

📌 Mavzuga oid ma'lumotlar:
Megabayt/sekund yoki Megabit/sekund, aslo yanglishmang!
Internet tezligingizni qanday qilib to'g'ri tekshirish mumkin?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GlassWire dasturini o'rnatish va foydalanish
#gif / #internet / #dastur

ℹ️ GlassWire dasturini o'rnatish va foydalanish bo'yicha qisqa qo'llanma.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube