KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.27K photos
824 videos
663 files
3.42K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
BOOT Menu va BIOS/UEFI'ga kirish tugmalari
#hotkeys / #info

ℹ️ Windows o'rnatish paytida BIOS yoki Boot Menu'ga kirish uchun bosiladigan tugmalar turli kompyuter brendlari uchun turlicha bo'ladi. Rasmda esa turli brendlar uchun ushbu tugmalarning ro'yxati keltirilgan.

📌 Mavzuga oid postlar:
Windows 7 I Windows 10 o'rnatish
Windows o‘rnatishda uchraydigan atamalar (BIOS, BOOT Menu, UEFI, MBR, GPT va b) bilan tanishamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Forwarded from IT Quizzes
Piksellar qanday ko'rinishda bo'ladi?
Anonymous Quiz
11%
Uchburchak
36%
To‘rtburchak
21%
Dumaloq
32%
Kvadrat
Unchecky - dasturlardagi reklamalarni olib tashlovchi dastur
#dastur / #gif / #matnli_gif

ℹ️ Unchecky - biror dasturni qo'shimcha dastur yoki turli panellar bilan o'rnatilishini oldini olishga yordam beruvchi, avtomatlashgan dastur. Agar bu dastursiz dasturlarni o'rnatsangiz ko'pincha Yandex'ga tegishli dasturlar paydo bo'lishi, brauzerdagi sozlamalar o'zgarib qolishiga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Ko'pgina dasturlar sizni istalmagan qo'shimcha dasturlarni o'rnatishga majbur qiladi. Dastur o'rnatishda hamma ham qanday punktlar belgilanganiga ahamiyat bermaydi, shuning uchun reklama dasturlari va asboblar panelini olib tashlash uchun ko'p vaqt sarflashga to'g'ri keladi.

Unchecky dasturi shunday "yoqimsiz" dasturlarsiz dasturlarni o'rnatishga yordam beradi. Dasturni unchecky.com dan yuklab olamiz, o'rnatish va foydalanishni quyidagi videodan bilib olamiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Excel dasturida faol kitobni yopish uchun ... dan ham foydalanish mumkin.
Anonymous Quiz
19%
Ctrl+Q
13%
Ctrl+T
19%
Ctrl+W
49%
Alt+F4
Word dasturida har bir so’z uchun alohida tagiga chizish maqsadida ... dan foydalanish mumkin.
Anonymous Quiz
26%
Alt + Shift + T
37%
Ctrl + U
29%
Ctrl + Shift + U
8%
Ctrl + Shift + W
​Chrome'dagi barcha sahifalar (manzili) ni nusxalash
#info

Google Chrome brauzerida ochiq sahifalarning barcha sarlavhalari va manzillarini nusxalash uchun TabCopy kengaytmasidan foydalanish mumkin.

O'rnatishdan so'ng 3 ta nusxa ko'chirish varianti bo'ladi:
1️⃣ Copy selected tab - joriy vkladkani nusxalash.

2️⃣ Copy N tabs in windows - ochiq oynadagi vkladkalarni nusxalash.

3️⃣ Copy all of N tabs - barcha ochiq oynalardagi barcha vkladkalarni nusxalash.

Nusxa ko'chirish variantlaridan keyin joylash uchun 3 ta rejim mavjud. Ya'ni kengaytirilgan yoki ixcham rejim, shuningdek faqat sayt manzillarini nusxalash.

Ma'lumotni nusxalashdan so'ng, uni istalgan matn muharririga joylashtirish mumkin, masalan, CTRL + V klaviatura kombinatsiyasi yordamida. ©@pcTeapot

P.S. Ushbu kengaytma bir qancha vkladkalarda kerakli manzillar mavjud bo'lganda hammasini bittalab nusxalamasdan birdaniga nusxalash uchun kerak bo'ladi.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Kompyuterchi bo’lishingiz uchun albatta TATU’da o’qishingiz shart emas!
#motivatsiya

Siz deyarli istalgan soha bo’yicha mutaxassis bo’lishingiz mumkin, agar siz ushbu soha bo'yicha yetarlicha kitob o'qigan bo'lsangiz. Ishonmasangiz, Elon Muskdan so'rang. Qachondir kimdir undan kosmosda uchadigan raketalarni qanday yaratishni o'rganganini so'raganida, uning javobi quyidagicha bo’lgan: "Men kitob o'qiyman".

🚀 Mask raketalar bo’yicha olim emas, hattoki bu bo’yicha dars ham olmagan. U iqtisod bakalavri, ikkinchisi fizika bo'yicha bakalavr darajasiga ega va u Stenfordning energetika fizikasi/materialshunoslik fanlari doktori dasturiga kirgan bo'lsada, Zip2’ni ishga tushirish uchun ikki kundan so'ng tark etdi. Uning loyihasi Compaq tomonidan 307$ mln ga sotib olingan. Bir necha yil o'tgach, u eBay 1,5 milliard dollarga sotib olgan PayPal kompaniyasiga asos solgan.

💲Aynan mana shu paytda, millionerga aylangan Mask Marsni egalashga kirishadi. U ruslardan raketa sotib olmoqchi bo'ldi, lekin ular hatto internet-millionerlar ham sotib ololmaydigan narxni talab qilishdi va umuman uni jiddiy qabul qilishdan bosh tortishdi. Shunday qilib, Mask u bilan ishlaydigan aerokosmik maslahatchi Jim Kantrelga raketalarni o'zlari qurishini aytdi.

😎 Buning natijasi esa sizga ma’lum!

P.S. Inson o’zi xohlasa va tinimsiz mehnat qilsa albatta Alloh unga mehnatlariga yarasha mukofotni beradi. Faqat biz buning uchun o’zimizdagi dangasalik va bahonalar to’qish odatlarimizni yo’qotishimiz kerak bo’ladi.

IT sohasida mutaxassis bo’lishingiz uchun albatta TATU yoki boshqa OTM’da o’qishingiz shart emas, shunchaki kuchli qiziqish va izlanishni o’zi yetarli. (Ushbu post Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasi tomonidan tayyorlandi 😁).

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Sentabr oyida bizni kutayotgan bayramlar
#sana

📅 Kompyuter va IT sohalariga oid Sentabr oyida bo'ladigan bayramlar:

9-sentabr - 1941 yilda Dennis Ritchi tug'ilgan, amerikalik kompyuter olimi, C dasturlash tili mualliflaridan biri va "Unix" operatsion tizimini ishlab chiquvchilaridan & Sinovchilar kuni (dastur va o'yinlarni).

12-sentabr - Video o'yinlar kuni ("Nimrod" - bu 1951 yil 5 -mayda Britaniyadagi festivalda yaratilgan va namoyish etilgan maxsus kompyuter. O'yin uchun mo'ljallangan ikkinchi kompyuter bo'ldi. O'yin Nim deb nomlangan. Uning o'lchamlari taxminan 270 sm * 360 sm * 150 sm).

13-sentabr - Kompyuterchi va dasturchilar kuni.

15-sentabr - Google'ning tug'ilgan kuni.

23-sentabr - 2008-yilda Android'ning birinchi versiyasi taqdim qilingan. & Yandex'ning tug'ilgan kuni.

28-sentabr - Xalqaro axborotga umumiy kirish kuni (Axborotga kirish har bir kishi ma'lumot izlash, olish va tarqatish huquqiga ega ekanligini anglatadi).

30-sentabr - Rossiyada internet kuni. ©m.webplus.info

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
PDF fayllarni tahrirlash uchun servis saytlar
#manba / #pdf

Odatda PDF fayllar umuman tahrirlanmaydigan hujjat turiga o'xshab ko'rinadi. Lekin maxsus dasturlar yoki servis saytlar orqali PDF hujjatlarga ham yetarlicha o'zgartirish kiritish mumkin. Bugun shunday servis saytlar bilan tanishamiz.

📄PDF tahrirlash uchun maxsus saytlar:
pdfescape.com/
ilovepdf.com/
sejda.com/pdf-editor
pdf2go.com/ru/edit-pdf
smallpdf.com/edit-pdf

Ushbu saytlardan foydalanib PDF hujjatlarni tahrirlash uchun rus yoki ingliz tilini biroz bilishingiz yetarli. Shu sababli ushbu saytlar bilan ishlashni mustaqil o'rganamiz 😉.

P.S. Ushbu mavzu bo'yicha Siz bilgan boshqa sifatli servis saytlar bo'lsa yozib qoldiring, tahrirlab, kiritib qo'yamiz.

📌 Mavzuga oid postlar:
PDF hujjatlar bilan ishlash bo'yicha postlar

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Diskni qayta bo'lish
#fun

🤔 Kompyuterimdagi diskni qaytadan bo'lgandim. Nimanidir xato qildimmi?

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter sotib olish bo'yicha to'liq qo'llanma!
#videodars / #xarid

ℹ️ Dars 3 bo'limga bo'lingan:
1) Kompyuter turini tanlash;
2) Kompyuter bajaradigan vazifalar va bu vazifalarni bajarish uchun kerakli xarakteritikalarni aniqlash;
3) Kompyuter sotib olishda ahamiyat berish kerak bo'lgan qo'shimcha jihatlar;

Kompyuter sotib olishni osonroq o'rganish uchun kompyuterlarni 3 turga bo'lib oldik: ofis kompyuterlari (oddiy), universal kompyuterlar va kuchli (igravoy) kompyuterlar

▶️ YouTube da ko'rish

: 13:26 💾: 22.2 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from IT specialist
#excel

📊 Kanalimizdagi Microsoft Excel dasturi bo‘yicha joylashtirilgan postlar bilan tanishing (2):

Yacheykalarda keltirilgan matn harflarining registrini o‘zgartirish
Oddiy kredit kalkulyatoridan foydalanish
Qaytariluvchi (dublikat) yacheykalarni o‘chiramiz
Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
Matnni ustunlar bo‘ylab qanday ajratish mumkin?
Excel jadvalidagi xatoliklar va nollarni qanday berkitish mumkin?
Excel jadvaliga sonlarni matn sifatida qabul qilinadigan qilib kiritamiz
Matn va sanani qanday qilib biriktirib yozish mumkin?
Matnning turli yacheykalarda mos tushish/tushmasligini qanday tekshirish mumkin?
Bo‘sh yacheykalarni tezkor o‘chirish usuli
Excel jadvali yacheykalari tarkibidagi matnlar orasidan ortiqcha probellarni olib tashlash
Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
Windows 10'da almashinish buferi (буфер обмена): ish samarasini qanday qilib oshirish haqida so‘z yuritamiz!
Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi
Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
Microsoft Office: 2007-yildan beri ilk marta qoida boʻyicha o‘rnatilgan shrift almashadi
“Microsoft” kompaniyasi Office 2021ni taqdim etdi
MS Office dasturlarida yangi hujjatni tezkor yaratamiz
Fayllarni qoida bo‘yicha saqlash papkasini o‘zgartirish
Excel fayl formatlari
Excel'da saqlanmay yopilgan hujjatlarni tiklash
Ma’lumotlarni qulay tarzda berkitish
Ikki diapazon o‘rtasidagi farq va qaytarilishlarni solishtirish
Ikki sana oralig‘ida qancha ishchi kunlari mavjudligini hisoblash
Ekranda ochilib turgan hujjat oynalari o‘rtasida tezkor o‘tish
Sparklaynlar
Bir yacheykadagi jumlada joylashgan bir nechta so'zlarning har birini ustunlar bo'ylab yoyish (Текст по столбцам) va transponirlash (Транспонирование) vositalaridan foydalanish
Excel'da nollik qiymatlarni qanday berkitish mumkin?
• Ustunlar o‘rnini almashtiramiz: 1-usul | 2-usul
Kerakli listga tezkor o‘tish
Excel'dagi listga fon qanday qo‘shiladi?
Unutilgan Scroll Lock klavishi
Excel'da tavallud topgan sanangiz bo‘yicha nimalarni aniqlash mumkin?
Sizga Word, PDF, Excel va PowerPoint'lar bitta ilovada bo‘lishi qulaymi?
OfficeSuite Pro + PDF mobil ilovasi
Xatoliklarni avtomatik ravishda ajratib ko‘rsatish
Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
Tasodifiy sonni generatsiya (hosil) qilish
Excel listining punktir chiziqlar bilan sahifalarga ajratilishini o‘chirib qo‘yish
Excel jadvalida formulalarni izlash
Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
Ortiqcha probellarni qanday qilib tezkor o‘chirish mumkin?
O‘z avtoto‘ldiriluvchi ro‘yxatimizni yaratamiz
MS Excel dasturida xatolik turlari
Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin?
Microsoft Excel dasturida yacheykalardagi yozuvlarni shartli ravishda formatlash (“Условное форматирование” uskunasi)ning imkoniyatlari
Barcha manfiy qiymatlarni tezkor o‘chirish
Listning ma’lum bir qismini chop etishga berish
Excelda jumla boshida keluvchi so‘zning dastlabki harfini katta qilish

📌 P.S.: Kanalga MS Excel dasturidan foydalanish bo‘yicha yangi postlar nashr qilinishi bilan, ushbu ro‘yxat ham yangilanib boradi. Ro‘yxatning 1-qismi.

🔠 Agar MS Excel bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalaringizni sinab ko‘rish istagida bo‘lsangiz, unda #test heshtegi yordamida turli ruknlardagi (nafaqat MS Excel) test savollariga o‘tib ko‘rishni tavsiya etamiz.

💡Kanalimizda MS Excel bo‘yicha taqdim etilgan ushbu maqola va tavsiyalardan iborat mundarijani do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang! 😉

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
Forwarded from Valijon Maxmudov blogi
Today, all your hard work pays off.

Ushbu sarlavhaning mazmuni quyidagicha:
"Bugungi qattiq ishlaganing ertaga o'z mevasini beradi". Bugun meni ingliz tilini qanday o'rganganim va uning hozirgi kunda berayotgan rohati haqida gaplashamiz.

Maktab davrimda hamma fanlar qatorida ingliz tilidan ham yaxshi o'qirdim, asosan aytilgan vazifalarni bajarganlarim yodimda qolgan. Litseyda esa "Xorijiy filologiya" yo'nalishining rus guruhida o'qiganman (rus tilini o'sha paytlarda o'rganish nasib qilgan). Litseyda yo'nalishim ingliz tiliga oid bo'lishiga qaramasdan asosiy maqsad institutga kirish bo'lganligi sababli asosan matematika va fizika bilan shug'ullanganman.

2015-yil institutga kirganimdan so'ng oldindan eshitib yurgan "Uschool" nomli o'quv markaziga borish bilan ingliz tilini o'rganishga jiddiy kirishganman. Uschool'ni yaxshi tomoni ingliz tilida "tilim chiqishi"ga sababchi bo'lgani bo'lsa, yomon tomoni darsda juda kam ma'lumot berilishi va shu sababli mavzularni qayta qayta o'rgangandan tuyulishi edi. Bu yerda 2 semestr o'qiganman: Beginner-2'da Anna opa o'qitgan bo'lsa, Elementary'da ustozim Gulshan opa ismli ayol teacher bo'lgan.

Keyin esa biroz til o'rganish jarayonini tezlatish maqsadida kursdoshlarim bilan boshqa joylardan birorta domlani kichik guruh qilgan holda bizga dars berishi uchun izlaganmiz. Natijada Abdurasul aka bilan gaplashib, adashmasam 1 yilcha o'qiganmiz. Ushbu davrda o'qishga bo'lgan qiziqish sababli ingliz tili bilan ko'p shug'ullanmaganimiz va deyarli hech qanday natija ko'rmaganman.

IELTS olishga jiddiy kirishganim sababli izlab izlab Istiqlol san'at saroyining yonidagi RITZ o'quv markazi (hozir o'zgargan) ga Qunduz opaga borishni boshladim. Boshida Pre-IELTS guruhida o'qidim, biroq ingliz tilidan bazam yaxshi bo'lmaganligi sababli biroz orqaga qaytib Intermediate bosqichini o'qidim. O'qish jarayoni oson kechmagan, sababi bu tomondan institutda 5 ga o'qish, boshqa tomondan ingliz tilidan berilayotgan topshiriqlarni oshig'i bilan bajarish bo'lgan.

Xullas shu o'qituvchimning mehnatlari va Allohning nasib qilishi tufayli 2019-yilning bahorida IELTS imtihonini topshirib 5.5 ball olganman (rasmi pastda).

Ushbu sertifikatimni institutdagi ingliz tili darslaridan ozod bo'lish, magistratura imtihoniga kirmay maksimal ball olish va o'zimga bo'lgan ishonchni his qilish uchun ishlatganman.

🍐Mevasi...
- Birinchi navbatda o'zimga bo'lgan ishonch ortdi, chunki dokumentda muammo yo'q edi (IELTS xalqaro hujjatku 😉).
- Tilni o'rganish orqali kompyuter va boshqa sohalarni oson o'zlashtirib boshladim.
- Institutimda IELTS'i bor "zodagonlar" ro'yxatiga kirdim 😄.
- Hozirgi ishimga kirishimga yordam berdi.

Bundan tashqari o'sha vaqtlardagi tinimsiz va og'ir mehnat natijasida hozirda ishxonamdagi istalgan xorijlik bilan muloqot qilolaman. Qiynalgan paytlarim yodimga tushsa hozir xursand bo'lib ketaman 😃.

O'zi bu hikoyani 2 qism qilsam bo'lar ekan, lekin qisqacha aytib qo'yaqoldim. Xohlasangiz qiziqtirgan joyi haqida batafsil yozaman.

@Maxmudov_blogi
Forwarded from IT specialist
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #tarmoq #internet

📶 Wi-Fi xonadon bo‘ylab qanday tarqalishini aks ettiruvchi qiziq video

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💻 Agar sizga ham shunaqa narsa kerak bo'lsa, uni AliExpress'dan sotib olishingiz mumkin: link

💰 Narxi: 163 ming -184 ming atrofida ekan.

©️ @kompyuter_bilimlari
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CCleaner dasturi bilan to'liq tanishamiz!
#videodars / #windows

ℹ️ CCleaner kompyuterdagi ortiqcha fayllarni o'chirish, kontekst menyu va boshqa sozlamalarni oson amalga oshirish uchun qulay dastur hisoblanadi. Bu dasturdan oldingi "Kompyuter xotirasini bo'shatishni 3 usuli" darsimizda ham foydalangan edik.
Bugun esa ushbu ajoyib dastur bilan to'liq tanishamiz.

▶️ YouTube da ko'rish

: 06:01 💾: 10,4 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kompyuter dasturlaridan to'g'ri foydalaning
#fun

U: MP3'larni Google Chrome orqali eshitaman 😎.
Men: 😳

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
Forwarded from IT specialist
#excel

Jadvalning sarlavhasini qanday qilib “muzlatib” qo‘yish mumkin? 🌬

Faraz qilamiz, jadvalingizda sarlavhalar bor va list bo‘ylab pastga qarab siljigan paytingizda – ularning doimiy ko‘rinib turishini istaysiz deylik.

Buning uchun sarlavhadan bitta pastda joylashgan satrni butunlay belgilash lozim (buni oynaning chapki chetidagi satr raqami ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan bosish yoki tegishli satrga strelkali klavishlar yordamida o‘tib, “SHIFT + PROBEL” klavishlari birikmasini bosish orqali amalga oshirish mumkin).

📍Aytaylik, masalan, sarlavha uchinchi satrda joylashgan bo‘lsa — siz to‘rtinchisini belgilaysiz.

Shundan so‘ng menyu satrining Вид varaqa (вкладка)si → Закрепить области'ga o‘tasiz. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, agar sarlavha birinchi satrda joylashgan bo‘lsa, siz satrlarni belgilamay turib, shunchaki ushbu boshqichdagi Закрепить верхнюю строку bandini tanlashingiz mumkin.

👨🏻‍💻@itspecuz
Excel dasturida ... bilan ishchi varoqni boshiga (A1 katakga), ... bilan esa mavjud varoqni eng so'ngi to'ldirilgan kattakchasiga o'tish mumkin.
Anonymous Quiz
29%
HOME va END
27%
SHIFT + HOME va SHIFT + END
36%
CTRL + HOME va CTRL + END
8%
ALT + HOME va CTRL + END
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kalkules_Scientific_Calculator_1_11_1_@kompyuter_akademiyasi.exe
6 MB
Kalkules Scientific Calculator 1.11
#dastur

ℹ️ Kompyuter uchun ilmiy kalkulyator. Murakkab bo'lgan amallar bilan ham ishlash imkoniyatiga ega. Ushbu dastur orqali bajarish mumkin bo'lgan amallar haqida bu yerdan ma'lumot olishingiz mumkin.

💾: 6 mb (.exe)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube