𝙆𝙄𝙍𝙄𝙎𝙃 𝘽𝘼𝙇𝙇𝘼𝙍𝙄 2024
10.4K subscribers
1.65K photos
503 videos
435 files
1.5K links
BMB, OTM, MAGISTRATRATURA va TEXNIKUM larga oid malumotlarni ushbu kanaldan topishingiz mumkin.

Mandat bot: @Oliygoh_Edu_bot

Bog'lanish uchun: @Talim_admini
Download Telegram
gun mandat chiqmaydi!

21-avgustda eʼlon qilinishi moʻljallangan mandat natijalari maʼlum kunlar orqaga surilishi rejalashtirilmoqda.

Bugun soat 15:00da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Barno Rajabov ishtirokida brifing boʻlib oʻtadi.

- Tadbirda 2019/2020 oʻquv yillari oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari tanlovi boʻyicha maʼlumot taqdim etiladi.

- Shuningdek, 21 avgustda eʼlon qilinishi moʻljallangan mandat natijalari maʼlum kunlar orqaga surilishi yuzasidan ham axborot beriladi.

Barcha OAV vakillari taklif etiladi va oldindan roʻyxatdan oʻtishlari soʻraladi.
Test natijalari bo'yicha apellyatsiya berish tartibi

Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.

Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.

Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Брифинг @davlattestmarkazi
AudioTrim
Мана ўша бугунги брифингдаги ДТМ ҳодимларини ноқулай аҳволга солган ҳолат!

Комилжон Жалилов (gazeta.uz муҳбири) томонидан кимё фани билан боғлиқ савол берилди. ДТМ ҳодимлари эса бошида саволдан "қочишга" уринишди ва аниқ бўлмаган жавобни ҳам беришга улгуришди.

Яхшиси ўзингиз эшитинг!
ҒАЛАТИ ҲОЛАТ БЎЛДИ!

Давлат тест маркази кимё фани билан боғлиқ муаммоли саволларга жавоб беришни истамади!

Х вариант чиқиб кетганини ҳам инкор қилишмади. Жавобни кейинга қолдиришди.

Энг ёмони, вазият ДТМ ҳодимларини "ноқулай" аҳволга олиб келаётгани учун жонли эфир узиб қўйилди. "Ўзбекистон 24" журналисти ҳам шошиб қолди. Дабдурустдан, "тўхтатинглар эфирни" дейишган кўринади. Ахир эндигина савол жавобларга навбат берилган эди...

Бунақа кўзбўямачи брифингни нима кераги бор эди, саволларга жавоб беришолмаса???
🌋🌋🌋

15-avgust.

-Assalomu alaykum, men falonchiyev pistonchiman, abituriyentman. Uzr, bitta savolim boriydi: mandat qachon e'lon qilinadi?
-Mandat, xudo xoxlasa, joriy yilning 16-17-avgustlarida to'liq e'lon qilinadi.
-Aha, kattakon rahmat!

17-avgust.

-Alo, assalomu alaykum, ming bor uzr, yana bezovta qildim...haligi, mandat bugun chiqmadiku?
-Ha, bugun chiqmaydi. Komputer bo'yicha ba'zi "elementar" nuqsonlar yuzaga kelganligi tufayli mandat 20-avgust sanasiga qoldirildi.
-Aha, rahmat!

20-avgust.

-Alo...nimaga mandat javoblari chiqmayapti?
-Mandatni tekshirishda ba'zi kamchiliklar bo'lgani va ulgurish qiyin bo'lgani uchun mandatning to'liq javoblari ertaga, 21-avgustda e'lon qilinadi.
-Ha, xo'p...

21-avgust.

-Alo, aka...bu yil mandat chiqadimi o'zi?😜
-Iye, bu nima deganingiz,
Prezident qarori bo'yicha, test sinovlarining e'lon qilinishining oxirgi muddati-22-avgust. Shuning uchun biz mandatni ertaga, oxirgi kunda to'liq e'lon qilishni rejalashtirdik.
-Hmm...

22-avgust.

-Alooooo, bu yana men....
-Eeeeee, xit qivording, jonga tegib ketdingku, uka! Bilmiman, qachon chiqishini! Bizga qancha cho'zilsa, shuncha yaxshi, bildingmi! Tanish-bilishlarni hal qilvolaylik. Bizdayam bola-chaqa bor, uka, axir! Sabr qil, eshitasan shu mandatni bir kun...
-tuuut...tuuut...tuuut...

@Talabalarnews
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DTM 2019 tõliq yechim


Bu vidioda davlat test markazi rasmiy kanalida berilgan 2019-yil test na'munasi yechimlarini keltirdim

E'tibor bergan bõlsangiz tushuntirishlar bilan 56 daqiqa vaqt sarfladim, aslida ancha tez tugatsa ham bõladi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mandatni kutayotgan abituriyent va uning yaqinlarining hozirgi ahvoli 😅
YANGI OCHILGAN QO'QON UNIVERSITETI HAQIDA❗️
(So'raganlar uchun)

Universitet Vazirlar mahkamasining 17-avgustdagi 683-sonli qaroriga asosan NODAVLAT OLIY TA'LIM tashkiloti sifatida tashkil etildi.

Universitetda talabalar faqatgina to'lov-kontrakt asosida o'zbek, rus va ingliz tillarida o'qitiladi.

Har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj bo'lgan oilalarning iqtidorli farzandlari orasidan tanlov asosida 10 nafardan kam bo'lmagan abituriyentlar bepul (Universitet grandi asosida) o'qishga qabul qilinadilar. Yaxshilab tushunib oling, grand faqat shu 10 nafar kam ta'minlangan talaba uchun xolos.

Qabul jarayonlari qachondan boshlanadi
- Qabul sanasi rasman e'lon qilingani yo'q, biroq taxminimga ko'ra, sentabr oyi o'rtalari yoki oktabr oyidan boshlanishi mumkin.

Qanday ta'lim yo'nalishlari mavjud
- Hozircha ta'lim yo'nalishlari tasdiqlanmagan, chunki universitet tashkil etilganiga bir necha kun bo'ldi.

Qanday ta'lim yo'nalishlari ochiladi
- Universitet o'zi ixtiyor etgan, bugungi kunda eng talabgor yo'nalishlarini ochadi. Ya'ni qanday yo'nalish ochish universitetning o'z ixtiyorida. Shaxsiy fikrimga ko'ra, quyidagi ta'lim yo'nalishlar bo'lishi mumkin:

👉 Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi
👉 Maktabgacha ta'lim
👉 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
👉 Filolofiya va tillarni o'qitishi: ingliz tili
👉 Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili
👉 Tibbiyot yo'nalishi

Qancha kvota belgilanadi
- Kvotani universitet o'zining sharoitidan kelib chiqib belgilaydi, nechta talabani o'qitishga sharoiti bo'lsa qabul qilaveradi. Bu universitetning o'ziga bog'liq narsa.

Kontrakt miqdori qancha
- Kontrakt miqdori hozirgi OTM lar kontraktidan kam bo'lmaydi. Lekin bulardan farqli ravishda qimmatroq bo'lishi ham mumkin. (Taxminimcha, 15-17 mln atrofida)
Chunki, universitet moliyaviy jihatdan mustaqil hisoblanib, o'qituvchilarga maosh berish, universitet harajatlari va hokazolarni kontrakt pulidan va boshqa homiylik pullaridan qoplaydi. Davlat universitetga homiylik qilmaydi.

Imtihon qanday tarzda bo'lib o'tadi
- Imtihon shakli universitet tomonidan belgilanib, xoxlasa test, xoxlasa suhbat asosida qabul qiladi. Bu ham universitet ixtiyorida.

Qanday hujjatlar zarur
- Qabul sanasi aniq bo'lgach kerakli hujjatlar ham aniq bo'ladi. Har xolda, joriy yil kabi pasport va diplomdan boshqa narsa talab etilmasa kerak.

Universitet faqat bakalavrlarni o'qitadimi
- Universitet bakalavrlar bilan birgalikda magistrlarni ham o'qitadi. Ta'lim muddati, barcha OTMlar kabi bakalaviatda 4 yil, magistraturada 2 yil bo'ladi.

Universitet diplomi ishlash uchun o'tadimi
- Bitiruvchilarga belgilangan na'munadagi diplom beriladi. Bu diplom hozirgi OTMlar diplomi bilan bir xil va teng imkoniyatga ega. Bemalol ishlashingiz mumkin bu diplom bilan.

Imtiyozlar bu universitetga ham o'tadimi
- Bu haqida rasmiy xabar yo'q. Shaxsiy fikrimni bildiradigan bo'lsam, bu universitetga hech qanday imtiyoz o'tmaydi. Chunki universitetga sizning imtiyozingizdan hech qanday foyda yo'q. Unga moliyaviy tomondan maqbul variantlar zarur, imtiyozlilar emas.

"Perevod" qilsa bo'ladimi
- Bu hozircha noma'lum.

Bu hozirgi Qo'qon davlat pedagogika instuti emasmi
- Qo'qon universiteti va Qo'qonDPI boshqa-boshqa OTM hisoblanadi.

Universitet manzili qayerda❗️
- Qo'qon shahar, Turkiston ko'chasi, 28-uyda joylashgan sobiq Qo'qon servis va tadbirkorlik kolleji binosi.

Bog'lanish uchun telefon raqamlari mavjudmi
- Hozircha bizda mavjud emas.
Universitetga har qaysi abituriyent hujjat topshirishi mumkin. Hech qanday cheklov yo'q.

ESLATMA❗️
Universitetga oid rasmiy ma'lumotlar e'lon qilingach, kanalda yanayam batafsilroq xabar beramiz.

manba: dtm_axborotnoma
#Humour

😃 ALBATTA O'QING, MAZZA QILIB KULASIZ!

Abituriyentning hozirgi kun tartibi:

1. Nonushtaga yo'q ishtaxa bilan 2 ta mandatli tuxum va mandatli choy...

2. Nonushtadan keyin uydagilar bilan mamdat haqida suhbat...

3. MandatNet va MandatGram da mandat haqida yolg'on ma'lumotlar tarqatayotgan ba'zi kanallarda mandat haqida postlarni ko'rib chiqish...

4. Tushlik uchun yemay ham qo'yaveramiz ...😉😂

5. Ovqat emas mandat bilan to'la qoringa bitta mandatli qisqa uyqu... (Mandatli tushlar bilan...)

6. Uyqudan uyg'onib yana nonushtadan keyingi mandatli faoliyatni qaytarish...

7. Kechki ovqatga mandatli nimadir yeb bo'lgach, Zohidning "Qaydasan mandat", Ummoning "Mandatginam", ... va shu kabi mandatli qo'shiqlar...

8. Mandat... mandat ... mandaaaaaatttttttt...

🤪🤪 Bu ketishda tomim aniq mandat bo'lib qoladi...

🤪 Alpomish mandatni ushlab hey menga qara deb quyidagi misralarni aytib turgan joyi ekan:

Butun xalqning og'zidasan, beting bormi?

Bo'gib tashlay desam seni eting bormi?

Vada berib chiqmadingku, bordir ginam,

Kampirlarni g'iybatida mandatginam... 🤣🤣🤣

Nima ham derdik, har kuningiz mandat bo'lsin deya ikki yoshga mandatli umr tilayman!

Xullas, rostan tomim ketdi shekilli...



😉 Qolganlarga ham ulashing, bir qotib kulishsin. Bunaqasi shu bo'yi endi kelasi yil bo'ladi ahir 😂
​​Eslatma!

Mandat natijalari e'lon qilinishi yaqinlashgani sari, olg‘irlar, uddaburonlar va ishbilarmonlar sizdan mo‘maygina pul ishlash maqsadida, o‘zlarining pullik xizmatlarini taklif qilishlari tabiiy hol. Jumladan ayrim telegram guruhlarida ''mandatni falon so‘mga ko‘rib beraman'' deb ayrim abituriyentlarimizdan pul ishlashni ham maqsad qilib yurganlar yo‘q emas!

❗️Shuni unutmangki, mandat bilish hech qayerda pullik xizmat emas(operatorlar taklif qilgan xizmatlardan tashqari)! Shunchaki sizda internetga kiruvchi smartfon va hisobida internet paketi bor sim karta kerak holos!
Ayni shu damlarda mandat yaqinlashgani sari uyali aloqa operatorlaridan ham ''5100 raqamiga sms yuborib o‘z to‘plagan ballaringizni bilishingiz mumkin! '' deyilmoqda! E'tibor bering faqat ''to‘plagan ballingiz'' deyilgan xolos! O‘qishga kirgan, kirmaganingiz emas! Kamiga xizmat haqqi 1000so‘m, ayrim operator xizmatlarida 3100so‘m atrofida ekan!
To‘g‘ri, avvallari (bizni davrlarda)) ) mandatni bilish uchun o‘zi hujjat topshirgan OTM ga borib bir gala olomon ichidan amallab ko‘rib kelish yoki 0.75$ evaziga bilib olish mumkin edi!
Davlat Rahbarimizning islohotlari tufayli endilikda uydan chiqmasdan, hech qanday to‘lovlarsiz(internet uchun sarflagan mbingizdan tashqari albatta) bilib olishingiz mumkin! Shunday ekan ortiqcha harajatlarga pul sarflab ularga ishonib qolmang! Mandat chiqqani zahoti yoki o‘zingiz yoki yaqin insoningiz bilib berishi mumkin! Agarda muammoga duch kelsangiz biz sizga yordam beramiz!
Kimdadir internet yaxshi ishlamasligi, kimdadir umuman ishlamasligini hisobga olgan holda sizlar uchun kanal ma'muriyati jamoasi astoydil yordam berishga harakat qiladi!
Mandat.dtm.uz saytida 23-avgust holatiga ko'ra, deb ko'rsatmoqda.

Endi kutamiz, bugun chiqib qolsa kerak..

Turli xildagi norasmiy manbalarda, mandat chiqdi degan gaplarga ishonmasligingizni so'raymiz!


Mandat chiqishi bilan kanalimizda e'lon qilamiz! Kanaldan uzoqlashmang!

MANDAT chiqishini kutyabsizmi?

- ha, kutyabman
- yo'q, kutmayabman
- menga farqi yo'q.
Вызов@1195(1195)_20190823172834
dtm
mandat. qachon chiqadi?

nima uchun mandat.dtm.uz saytida natijalar 23-avgust holati boyicha deb korsatyapti?

mandat chiqsa qayerdan bilish mumkin?

sizda shu savollar mavjudmi unda buni ohirigacha eshiting.