Kings Of Python
1.02K subscribers
157 photos
29 videos
127 files
147 links
🐍 Pythonda songi va tarqalmagan kodlar kanali: @KingsOfPy

⚙️ JavaScriptda so'ngi va tarqalmagan kodlar kanali: @Kings_of_Js

🗄️DevOps uchun eng kerakli va foydali kanal @kingsofdevops

Admin : @Mistrdev
Download Telegram
aiogram3-tortoise-orm-template.zip
10.2 KB
Aiogram3 va tortoise-orm[asyncpg] template
Forwarded from Umar Sadullayev | Blog
Claude Opus 5.5 chiqibdi.

Fable 5.1'dan ko'ra ko'rsatkichlari anchagina yaxshiroq. Narxi ham arzonroq ekan eng qizig'i.

Batafsil

#claude

@UmarSadullayev
👍3❤2🔥1
Backend dasturchimizga Claude orqali savollar va xatoliklar yuzasidan fayl tashlab berdim. Backend'chi agentiga o'qitdi, to'g'irlatdi va manga boshqa fayl qaytardi. Man esa u faylni olib Claude'ga tashladim.

Ana bo'lmasam.

#ai
😈2
Sorry, son. Dad is busy burning tokens.
😈8
Forwarded from Founder
Har bir co-founder qancha ulush olishi kerak?

7 764 ta AQSh startapi o‘rganilib, investitsiya jalb qilishdan oldingi founderlar o‘rtasidagi ulush taqsimoti tahlil qilingan. Natijalar meni ham hayron qoldirdi.

Ko‘pchilik founderlar boshida: “Hamma teng ulush olishi kerak”, deb o‘ylaydi. Ammo amalda teng taqsimot biz o‘ylaganchalik keng tarqalgan emas.

📊 Median ulush taqsimoti

2 ta founder: 🤝
— Founder A: 55%
— Founder B: 45%

3 ta founder: 🤝
— Founder A: 47%
— Founder B: 33%
— Founder C: 17%

4 ta founder: 🤝
— Founder A: 40%
— Founder B: 27%
— Founder C: 18%
— Founder D: 10%

Va rostini aytsam, buni tushunaman.

Men ham avvalgi kompaniyamda ulushni teng taqsimlaganman. O‘sha paytda bu adolatli tuyulgandi. Keyinchalik esa tenglik har doim ham adolat degani emasligini tushundim.

Odamlarning hissasi har xil bo‘ladi. Har birimizning rolimiz, riskimiz, mas’uliyatimiz, sarflayotgan vaqtimiz, egalik darajamiz va qurbonliklarimiz turlicha. Va bularning barchasi muhim.

Bu safar esa men va co-founderim bu masalani juda erta muhokama qildik va har birimiz kompaniyaga amalda nima olib kirayotganimizga qarab ulushni kelishib oldik.

Menimcha, aynan shu narsa hamkorligimizni kuchliroq qildi.

Xuddi shu narsa qaror qabul qilishga ham tegishli.

“Biz barcha qarorlarni birgalikda qabul qilamiz.”

Nazariyada bu juda yaxshi eshitiladi. Ammo bir nuqtada baribir yakuniy qarorni kimdir qabul qilishi kerak.

❌ Co-CEO bo‘lmang.

Ko‘pincha bu ikki founder bir-birini “kamroq muhim” qilib qo‘yishni istamagani uchun yuzaga keladi.

Ammo yuqoridagi noaniqlik odatda muammoni hal qilishdan ko‘ra, ko‘proq muammo yaratadi.

Investorlar bitta aniq aloqa nuqtasini xohlaydi. Xodimlar yakuniy qarorni kim qabul qilishini bilishni xohlaydi.

Va vaziyat qiyinlashganda, yakuniy javobgarlik kimdadir bo‘lishi kerak.

Founderlar bir-biriga qarshi fikr bildirsin, qattiq bahslashsin, eng yaxshi javobni topishga harakat qilsin — lekin oxir-oqibat kimdir final call qilishi kerak.

Kevin Jurovich sahifasidan oldindi https://lnkd.in/p/d_yE-MTb

@founderdotio
🔥 ChatGPT Plus — 1 oyga $0! + Codex’ni VS Code’da agent sifatida ishlatish

Hozir ayrim hisoblarda ChatGPT Plus uchun limited offer chiqyapti — 1 oyga $0. Taklifdan foydalanib, keyin Codex’ni VS Code ichida to‘liq agent sifatida ishlatish mumkin.
Quyidagicha sozlanadi 👇

1️⃣ ChatGPT Plus’ni $0 ga faollashtiring
ChatGPT Plus uchun 1 oylik limited offer chiqsa, obunani faollashtirish mumkin.
⚠️ Bu taklif faqat yangi ochilgan hisoblar uchun emas — mavjud hisoblarda ham chiqishi mumkin.

2️⃣ To‘lov usulida Google orqali to‘lashni tanlang
Obuna olish jarayonida to‘lov usuli sifatida Google Pay / Google orqali to‘lash variantini tanlang. O'zizni kartangizni kiritsangiz qabul qilmayapti negadir.
Shundan keyin 1 oylik Plus $0 sifatida faollashadi.

3️⃣ VS Code’ga Codex extension’ini o‘rnating
VS Code → Extensions bo‘limiga kiring.
Qidiruvga:
Codex – OpenAI’s coding agent
deb yozing va OpenAI tomonidan chiqarilgan extension’ni o‘rnating.

4️⃣ Codex CLI’ni o‘rnating
Terminalda Codex CLI’ni o‘rnating va ishga tushiring.
https://learn.chatgpt.com/docs/codex/cli -> O'zizga qulay usuli bilan.
Keyin esa:
codex

deb yozasiz

5️⃣ Hisobga login qiling
Login jarayonida brauzer orqali ChatGPT hisobingizga kirasiz.
⚠️ Muhim: CLI orqali login qilayotganingizda hisobni tasdiqlash uchun telefon raqami so‘ralishi mumkin.
Telefon raqamingizni kiritganingizdan keyin tasdiqlash kodi WhatsApp orqali kelishi mumkin. Shu kodni kiritib, tasdiqlash jarayonini yakunlaysiz.

6️⃣ Codex’ni VS Code’ga ulang
CLI’da login muvaffaqiyatli bo‘lgach, terminalga:
/ide

buyrug‘ini yozing.
Shunda Codex siz ishlatayotgan VS Code IDE bilan ulanadi. Yuqproda ChatGPT iconi paydi bo'ladi.

7️⃣ Endi Codex’ni agent sifatida ishlatishingiz mumkin 🤖
VS Code’ning o‘ng tomonida Codex paneli paydo bo‘ladi.
Unga oddiy tilda vazifa berishingiz mumkin. Codex kodni tushunib, fayllar bilan ishlashi va berilgan vazifalarni bajarishda yordam berishi mumkin.

8️⃣ Modelni ham o‘zingiz tanlaysiz
Codex ichida kerakli modelni tanlash imkoniyati bor.
Hozirgi hisobda quyidagi modellar ko‘rinmoqda:
1. GPT-6-Astra
2. GPT-6-Sol
3. GPT-6-Luna
4. GPT-5.6-Sol
5. GPT-5.6-Terra
6. GPT-5.6-Luna
7. GPT-5.5

Ya’ni GPT-6-Astra ham Codex ichida mavjud. 🚀
Forwarded from Founder
Startapning oddiy qoidalari.

1. Sotuv deyarli hamma narsaga davo.
Sales cures almost everything.

2. Yaxshi co-founder tanlang.
Yo‘l uzoq. Sherik esa undan ham muhim.

3. Kutuv va xarajatlarni past saqlang.
Bu sizga Product-Market Fit topish uchun ko‘proq vaqt beradi.

4. Ko‘p va qattiq ishlashga tayyor bo‘ling.
Startup — 9–5 emas. Ba’zida 9–9, 6 kun.

5. Birinchi kundan sotishni boshlang.
Mahsulotingiz hali mukammal bo‘lmasa ham, mijozdan pul olishdan qo‘rqmang.

6. Harakat tajribani yutadi.
Execution beats expertise.

7. Diqqatni bir narsaga jamlang.
Bir vaqtning o‘zida bitta muammo. Bitta asosiy maqsad.

8. Daromadli biznes quring.
P&Lni biling. Cash flowni nazorat qiling. Bankdagi pulni kuzating.

9. Davomiy bo‘ling.
Consistency compounds.

10. Tez taslim bo‘lmang.
Ko‘p startup natija chiqishidan biroz oldin taslim bo‘ladi.

11. Chalg‘itadigan narsalardan uzoqlashing.
Startupda fokus — eng qimmat resurslardan biri.

12. Bitimga mijoz pul to‘lamaguncha ishonmang.
Deals fall through.
“Ha” — hali sotuv emas. Pul tushganida sotuv bo‘ladi.

13. Work-life balance deyarli imkoni yo’q yondashuv.
Shunga qaramasdan oilaga vaqt ajratishga harakat qiling.

14. Yaxshi ovqatlaning va uxlang.

P.S. AI davrida ko’p narsa boshqacha va tezlashib ketgan bo’lsa ham fikrimcha bu printsiplar hali-hamon muhim.

@founderdotio
❤1
Forwarded from Paiziev24
Bir-ikki joyda startaplar atrofidagi yangiliklarni eshitib, “Nega startaplar qancha pul ko‘targani haqida gapirishadi-yu, qancha pul yo‘qotayotgani haqida emas?” degan fikrlarni eshitdim.

Startaplar - katta noaniqlik sharoitida harakat qiladigan tashkilotlar. Ular katta risk qiladi va kelajakda katta natijaga erishish imkoniyati ham aynan shu risk bilan bog‘liq.

Pul yo‘qotilmayotgan bo‘lsa, ko‘pincha risk ham yo‘q yoki juda kam degani. Shuning uchun startapning ma’lum bosqichda zarar ko‘rishi tabiiy holat. Muhimi, qancha pul yo‘qotayotgani emas, shu pul evaziga qanday o‘sish, bilim, texnologiya yoki bozor pozitsiyasi yaratayotgani.

@paiziev24
❤1👍1