Kings Of Python
1.07K subscribers
120 photos
25 videos
120 files
128 links
🐍 Pythonda songi va tarqalmagan kodlar kanali: @KingsOfPy

⚙️ JavaScriptda so'ngi va tarqalmagan kodlar kanali: @Kings_of_Js

🗄️DevOps uchun eng kerakli va foydali kanal @kingsofdevops

Admin : @Mistrdev
Download Telegram
Tasavvur qiling sizga 500 000 ta foydalanuvchining loginlari (password hashlanmagan) yozilgan katta JSON fayl berishdi, siz esa har bir foydalanuvchi parolini Bcrypt (12round) bilan hash'lab chiqishingiz kerak nima qilasiz?

ai qilmanglar
Kings Of Python
Tasavvur qiling sizga 500 000 ta foydalanuvchining loginlari (password hashlanmagan) yozilgan katta JSON fayl berishdi, siz esa har bir foydalanuvchi parolini Bcrypt (12round) bilan hash'lab chiqishingiz kerak nima qilasiz? ai qilmanglar
Bu taskka eng yaqin javobni @AlijonovUz berdila https://t.me/kings_of_py/241524



Manam xuddi shunday qilardim js da worker + stream

Masalan manda 8 yadroli protsessorga server bor Ram ham yaxshi demak manda
Workerlar sonini 6 ta qilib Pool yaratib olaman yani ishchilar (worker threadlar) ishga tayyor turadi. Endi bizga har bitta taskni bolib bolib workerlar ga beradigan miya kerak buni main thread bajaradi. Endi json dan malumotlarni oqib olishda pause bilan resume ishlatamiz chunki oqib olish tezligi workerlarnikidan anchaaa tez agar ularni ishlatmasaka JS da JavaScript heap out of memory erroriga olib keladi.

Qisqa javob: workerlar + stream ( pause + resume)

Endi savol nega 8 yadroyimizning 6 tasidan foydalandik ?
2🔥1
Intervyu savollari va shunaqa resurs management, kop oqim yana shunga o'xshash savollarga yechimlarni birgalikda topib intervyuga birgalikda tayyorlanamizmi?
Anonymous Poll
89%
Ha
11%
Yo'q
eGov маълумотлари тарқалгандан сўнг Ўзбекистонда CRM тизимлар:

— Қўнғироқ: Янги телевизорни кредитга олиш учун қандай ҳужжатлар керак?
— Ҳамма ҳужжатларингиз бизда бор, хоҳласангиз уй манзилингизга кредитни расмийлаштириб юборамиз, Анвар Собирович.
😁7
Kings Of Python
Intervyu savollari va shunaqa resurs management, kop oqim yana shunga o'xshash savollarga yechimlarni birgalikda topib intervyuga birgalikda tayyorlanamizmi?
Yaxshi 41 ta ovoz berilgan shularning 90% qismi savollarda davom etishni xohlagan. Demak savol:

Sizda 10GB .txt log fayli bor. Kompyuterizda esa 4 GB RAM bor. Siz ushbu fayl ichidan ERROR so'zi necha marta qatnashganini hisoblashingiz kerak. Faylni to'liq xotiraga yuklamasdan qanday qilib uni o'qish mumkin?
import asyncio
from aiogram import Bot, Dispatcher, types
from aiogram.enums import ParseMode
from aiogram.types import InlineKeyboardMarkup, InlineKeyboardButton

TOKEN = "6662432720pyNcMlGz5D7cg"
bot = Bot(token=TOKEN)
dp = Dispatcher()

kb = InlineKeyboardMarkup(
inline_keyboard=[
[InlineKeyboardButton(text="salom",callback_data="salom", style='success')],
[InlineKeyboardButton(text="salom1",callback_data="salom1", style='primary')],
[InlineKeyboardButton(text="salom2",callback_data="salom2", style='danger')],
]
)
@dp.message()
async def send_premium_emoji(message: types.Message):
# Premium emoji ID si
emoji_id = "6334722504107493295"
await message.answer(
f"Mana premium emoji: <tg-emoji emoji-id='{emoji_id}'>↩️</tg-emoji>",
parse_mode=ParseMode.HTML, reply_markup=kb,
)


async def main():
await dp.start_polling(bot)


if __name__ == "__main__":
asyncio.run(main())
2🔥2
Nima quryapsiz?
Forwarded from Botir Ziyatov
📍 Dasturchilar hozirda yer yuzidagi eng baxtli odamlar.

📍Ular Claude Code ga oyiga $100 to'lashadi - ishni bajarishi uchun.

📍 kompaniyalar esa ularga oyiga $10,000 to'lashadi — natijalar uchun.

📍Qahva ichib, AI bilan gaplashib, $9,900 foyda.

📍 Eng kulgili tomoni ?

📍lekin dasturchilar buni hech qachon tan olmaydi.

Qanday ajoyib davrda yashamoqdamiz.

@botirziyatov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰3😁2
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
O'zbek dasturchilariga qiyin

Ko'pchiligimiz hammaga "ho'p aka, bo'ldi aka" deb o'rganib qolganmiz. "Yo'q" deyishga qiynalamiz. Men ham shunday bo'lganman.

Manager kelib "mana bu ishni qilib bera olasanmi?" desa "ha qilib beraman" deb ko'p aytar edim. "Qancha vaqt ketadi?" deb so'rasa 1 hafta deyishni o'rniga "2 kun ketadi aka" der edim.

Natijada nima bo'lgan? Charchab qolganman.

Hozir esa birinchi aytadigan gapim "ozgina vaqt bering, o'ylab ko'ray lekin katta ehtimol bilan darxol kirisha olmayman. Zarur bo'lsa boshqa odamga ayting" deyman.

Sizga ham maslahatim shu. "Yo'q" ko'proq deyish.

@jakhonrakhmonov
1
Siyosat haqida kanalga post yozmoqchi emasdim lekin bu post etiborimni tortdi 😁
😁14
Forwarded from Lazizbek.io 🗽
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
engineers every week anthropic announces something new:

@lazizbekio
userbot.py
10.6 KB
🖥 Oddiy userbot kodi. Hech qanday vazifasi yo'q. Shunchaki ichida hisobga kirishda 2 xil tanlov bor. Nomer orqali va QR kod orqali. QR kod orqali tanlsan QR kod turgan papkaga rasmi saqlanadi va terminalda ham chiqadi. Muddati o'tib ketsa yangi QR kod beradi.

AI yordamida tuzildi va testdan o'tkazildi.

Dev: @DurbekFZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁3🔥2🥰1
openclaude-main.zip
9.5 MB
⚡️ Claude Code internetga chiqib ketdi

Endi uni lokal muhitda, bepul ishga tushirish mumkinligi haqida ma'lumot berilmoqda.

Qanday ishlaydi:
Ollama platformasi orqali amalga oshiriladi
— Fayllarni o'qish va tahrirlash imkoniyatiga ega
— Bash komandalari bajariladi
— Kod bo'yicha qidiruv amalga oshiriladi
— API so'rovlarini yuboradi

Qo'shimcha imkoniyatlar:
• MCP serverlardan foydalaniladi
• Kompyuter ko'rish (Computer vision) funksiyasi mavjud
• Sessiya xotirasi to'g'ri ishlaydi
• /commit, /review, /diff kabi maxsus komandalar mavjud

Aslida bu — to'liq AI dasturchi yordamchisi hisoblanadi.

Lekin e'tiborli bo'ling:
Bu hali rasmiy chiqarilish emas, shuning uchun ehtiyotkorlik bilan foydalaning. 🛡🤖
🔥21
Reactions.zip
1.9 KB
📲 Kanaldagi postga reaksiyalarni ro'yxatini chiqarib beruvchi kod.

Premium (custom) emojini ID sini beradi. Oddiylarni emoji qilib chiqaradi.

By: AI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
main.py
12.5 KB
😐 Shu kodni rosa qidrigandim. Hatto ChatGPT ham Gemini ham tuzib bera olmagan edi. (Balki faqat menga). Keyin stackoverflowdan topgandim.

⭐️ Belgilangan foydalanuvchiga oddiy giftlarni yuboruvchi kod 🎁
🖥 Yuqorida tashlangan QR kodli kirish ham qo'shilgan.

🗿 Ko'ngilli topilmagani uchun shaxsan o'zim tekshirdim.
Ishlatish uchun namuna. Saved messagesga:

/send_gift @DurbekX GIFT_ID TABRIK_XABAR -a


TABRIK_XABAR va -a ixtiyoriy.
-a ni oxiriga qo'shish orqali anonim yuborishingiz mumkin. Agar qo'ymasangiz kim tomondan borgani ko'rinadi.

Giftlar ID si:
💎 : 5170521118301225164
🎁 : 5935895822435615975
🎁: 5893356958802511476
🧸 : 5866352046986232958
🎁 : 5801108895304779062
🎁 : 5800655655995968830
🎁: 5956217000635139069
🎄: 5922558454332916696
🧸: 5170233102089322756
💐 : 5170314324215857265
🎂 : 5170144170496491616
🚀 : 5170564780938756245
🌹 : 5168103777563050263
💝 : 5170145012310081615
🎁 : 5170250947678437525
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Ko‘p odamlar pessimist(hamma narsaga salbiy tomondan qaraydigan inson) bo‘lishni yomon sifat deb o‘ylashadi. Lekin dasturlash dunyosida biroz pessimist bo‘lish — aslida kuchli sifat.

Yaxshi dasturchi doim o’ziga shu savollarni beradi: “Nima xato ketishi mumkin? Foydalanuvchilar soni oshib ketsa nima bo’ladi? So’rovlar soniyasiga nisbatan juda ko’p bo’lsa tizim axvoli nima bo’ladi?”

Masalan:

1. Foydalanuvchi formaga noto‘g‘ri ma’lumot kiritsa nima bo‘ladi?
Agar bu oldindan o‘ylanmasa, tizim xato beradi yoki hatto ishlamay qolishi mumkin. Shuning uchun yaxshi dasturchi validatsiya yozadi.

2. Server vaqtincha ishlamay qolsa nima bo‘ladi?
Oddiy tizim to‘xtab qoladi. Yaxshi dasturchi esa retry, queue yoki fallback mexanizmlarini qo‘shadi.

3. Kimdir tizimni buzishga harakat qilsa nima bo‘ladi?
SQL Injection, XSS yoki boshqa hujumlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yaxshi dasturchi xavfsizlikni boshidan o‘ylaydi.

4. API javob bermasa nima bo‘ladi?
Agar bu holat hisobga olinmasa, butun frontend ishlamay qoladi. Yaxshi dasturchi esa error handling yozadi.

Shuning uchun yaxshi dasturchi shunday fikrlaydi:

Oddiy fikrlash:
“Bu kod ishlaydi.”

Dasturchining fikrlashi:
“Bu kod qayerda buzilishi mumkin? Qaysi xatoliklar serverni “oqizib” qo’yishi mumkin?”

Bu pessimizm emas.
Bu — professional ehtiyotkorlik.

Ko‘pincha eng barqaror tizimlar aynan shunday fikrlashdan tug‘iladi.

Ustozlarimizdan eshitgan gapimiz bor: “ Dasturlash olamiga endi kirgan va tajribasi yuqori bo’lgan dasturchining asosiy farqi, yangi dasturchi uchun kod hozir ishlagani uning yutug’i, tajribali dasturchi esa loyiha boshlamasidan oldin loyihani kelajalda bo’ladigan xatolariga oldindan yechim berib ketish ko’nikmasi yangi dasturchi bilan farqlab turadi” degan gapni aytib o’tgan edilar.
🔥7👍1
Dasturchilarga yoqmaydigan, o'sishni xohlovchilarga maqul keladigan yana bir post.

Claudedan foydalanishda shu 2 ishni prompt berayotganda ishlatsangiz muammoga kirmaysiz va tezroq, aniqroq javob olasiz.

1. Promptni miyangizdan chiqarib unga berib bo'lib so'rang "Nimadir savollaring bo'lsa aniq qilib ber javob beraman va davom etamiz" deb.

Shu usulda har bir savolga javob berib tagiga shu narsani yozib qo'yavering va sizga hamma savoln berib promptni o'zi uchun full qilib oladi

2. Nimadir qidirayotgan yoki o'rganayotgan bo'lsangiz doimo manbaa bilan olib kel deng.

Misol uchun: Facebook bilan muammo bormi undan yechim so'rash davomida muammoni Fb dokumentatsiyasidan olib kelishni so'rang.

Google for startups uchun arzia topshirmoqchimisiz aniq qanday qilinishini Google ning o'zini bloglaridan qidirishini ayting.

Bir loyihamizda yaqinda Facebook oauth muammo bo'ldi va 3 ta ai bizga bir xil xatoni qilishni aytdi. Qildik o'xshamadi.

O'xshamadiku desam endi adashgan ekanman bunaqa ekan deb boshqa javob beryapti.

Ai lar bo'yicha fikrlar bo'lsa izohlarda kutaman

From Linkedin
👍111
FOMO - Fear Of Missing Out (Yoqotishdan, ulgurmay qolishdan qo'rquv)

Oxirgi paytlarda, har bir teshikdan, AI AI AI degan narsani eshitayapmiz. Hamma startup qurayapti, hamma mahsulot chiqarish harakatida, hamma AI ishlatib nimadirlar qilayapti, hamma yangi modellarni solishtirib, yangi funksiyalari haqida gapirayapti. Shunday paytlarda, shunchaki Claude ni kunlik ishlarimni osonlashtirishga ishlatayotgan menda FOMO boshlandi. Ya'ni nimadirdan quriq qolib ketayotgandekman, hammaga anavi yerda oltin bor deb ko'rsatishgan, hamma belkuragini ko'tarib ko'proq oltin kavlab olishga harakat qilayaptiyu, men bog'imda hardoimgidak bir xil ish qilayapman.

Sohani universitetda 4 yil o'qidik, minglab soatlarni muammolarni yechishni o'rganishga sarfladik, pullik kurslarga bordik, tadbirlardan qolmadik, uni aka, buni uka deb nimadirlarni o'rganishga harakat qildik. Keyin esa qish kunida boshimizga daraxtdan tushgan qordek, AI gursillab tushdi. Boshida ha endi bu goolge ni o'rniga ishlatar ekanmiz dedik, matnlarni yozib/tahrirlab berar ekan dedik, lekin kundalik hayotimizga qanday qilib singib kirib kelayotganini sezmay qoldik. Xursand bo'lishni o'rniga, bizni vahima bosa boshladi, ERTAGA NIMA BO'LADI?! 😰

"Nima bo'lsa bo'lar ertaga" deb men shu paytda qo'limdan kelgancha AI ni o'rganishga, foydalanishga harakat qilayapman, lekin baribir hammadan qolib ketayotgandekman. Qolib ketmasam ham, "True Developer" hissi yoqolib bormoqda, kod yozdiraman, uni o'qiy olaman, lekin o'zim yozmayapganimdan, o'zim qurmayapganimdan ba'zida yana siqilib qolaman. "Men shuncha vaqt sarflab o'rgangan bilimlarim nahotki endi kerak bo'lmay qolsa?" degan qo'rquv bo'ladi.

Sizlarda ham shunday hissiyot bo'layaptimi? Yo bu narsa faqat mendami?

Shu payt, o'zi ertangi kun biz uchun kafolatlanganmi degan savolni o'zimga o'zim bersam, ko'nglimga ozgina bo'lsa ham hotirjamlik kiradi. O'ng oyog'imizni bosganimizdan so'ng, chap oyog'imizni bosishimizga tan-u jonimizda kuch, jismimizda ruhimiz bo'ladimi yo'qmi? Ko'chaga nasibamizni terib chiqib ketgandan keyin uyga qaytishimiz kafolatlanmaganku, 5-10-15 yilni o'ylab nimaga siqilish kerak deb o'ylab o'zimga taskin beraman. Hamma o'zini rizqiga yarashasini oladi, hoh urush bo'lsin, hoh tinchlik. Shuning uchun menga o'xshab, ba'zida ulgurmay qolayotganidan siqilayotganlar bo'lsa, vahima qilmang, buni hech foydasi yo'q, tunda ko'zingizni yumib, ochishingiz aniqmasku, siz qayerdagi muammolarni o'ylab ich etingizni yeysiz. Undan ko'ra, yarim qadamni bo'lsa ham tog'ri yo'nalishda har kuni tashlang, bir joyda turganlardan ko'ra ancha ishingiz yaxshi bo'ladi, yugurayotganlarga e'tibor bermang, manzil bir, yo'llar boshqa, barchaga atalgani bor. Axborot shovqinini kamaytiring, ortiqcha yangiliklarga, vahimalarga quloq solmang, ularni chetga suring, bir yo'lni tanlab, e'tiboringizni o'shanga qarating, shunda ichki hotirjamlikka erishasiz, bu esa alg'ov dalg'ov zamonlarda o'zligingizni saqlab, sog'lig'ingizni asrash uchun yagona yechim.

Humoyun akadan olindi
3
Forwarded from Shaha Dolimov
Texnologiya giganti Oracle yaqinda 30 ming kishini elektron xabar orqali bo’shatib yubordi.

Tasavvur qiling, ertalab tursangiz ishingizni dab-durustdan olib qo’yishgan va buni sizga elektron pochta orqali aytishgan.

Ajoyib-a?

Eng qizig’i, shu hodisalar paytida, Oracle yangi Moliya direktoriga $29.7 millionlik yillik maosh berdi.

$29,7 MILLION!!!

Bundan haqiqat yoki mantiq izlashga harakat qilmang, foydasi yo’q.

Oddiygina, korxona sizni oilangiz emasligini yodda tuting tamom.

Ja sodiqlik qilgingiz kelsa, ayolingizga, farzandingizga, yoki yaqin do’stingizga qiling, korxonaga emas.

Ishingizni vaqtida bajarib oylikni halol oling lekin ortiqcha qilishingiz shart emas.

Eplay olsangiz, qo’shimcha daromad manbai qilib qo’ying.

“Yo’q bizni rahbar yoki korxona unaqa emas” deb o’ylashingiz mumkin. Unda shunday ertakda yashashda davom eting.

@shahadolimov
👍11🔥42😁1