Kings Of Python
1.06K subscribers
123 photos
25 videos
120 files
129 links
🐍 Pythonda songi va tarqalmagan kodlar kanali: @KingsOfPy

⚙️ JavaScriptda so'ngi va tarqalmagan kodlar kanali: @Kings_of_Js

🗄️DevOps uchun eng kerakli va foydali kanal @kingsofdevops

Admin : @Mistrdev
Download Telegram
Produktivlik gadjetlar soniga bogʻliq emas. Bu haqida keyinroq.

Insonda daromad oshgani sayin harajat ham oshib borishi haqida koʻp eshitganmiz, boshimizdan ham oʻtkazganmiz ehtimol. Bugun A narsaga qanoat qilayotgan odamni daromadi oshsa, B ham koʻziga juda oddiydek koʻrina boshlaydi va Cni sotib oladi, ehtiyoji boʻlmasa-da. Aslida A va C bir xil ish bajaradi, ammo C jozibaliroq va "brand new". Bugun 2022-yilgi telefon hamma ehtiyojini toʻlaqonli qoplayotgan boʻlsa, pul koʻpaygandan keyin har yili 500-600$ zarariga iPhoneni yangilashga oʻtadi.

Dasturlashni koʻpchilik oʻrganishni boshlaganida talaba boʻladi, daromad koʻp emas, bitta laptopga erishib olsa xursand. Ishtiyoq koʻp, koʻzda olov chaqnagan, produktiv bo'lishi uchun bittagina laptopi kifoya. Ishga kiradi, lavozimi oshadi, endi unga $2000lik yangi macbook kerak, bo'lmasa produktiv bo'la olmaydi. Keyin uni ko'tarish uchun podstavka kerak, uning yoniga $100lik qo'shimcha klaviatura, keyin airpods max, keyin hyperx mic, keyin ko'tariladigan stol kerak. Kunni kofe bilan boshlamasa bo'lmaydi, $500ga borib bitta kofe mashina olib kelishi ham zarur. Boshida bitta kuchli laptop bilan ishi bitgan odam endi 3000-4000lik gadjetlar ko'tarib yurmasa o'zini produktiv his qilmay qo'ygan, bular esa har 2 yilda eski ko'rinib qoladi va ularni yangilash kerak :)

Dasturlashni boshlaganimda 2-avlod i5 protsessori, 720 resolutionga ega monitorli, ba'zi knopkalari yaxshi bosilmaydigan keyboardli kompyuterim bor edi, qishda tok pastlaganda o'chib qolaverib jonga tegardi, ammo hecham produktiv bo'lish bilan muammoga duch kelmaganman, juda ko'pchilik shunday boshlagan va vaqt o'tib katta ehtimol yuqori gadjetlar iste'molchisiga aylangan.

Do'ppini yechib qo'yib fikrlaydigan bo'lsak, bu narsalarga ega bo'lmay turib ham ish bitirish mumkin. Hozir man uchun eng yaxshi workstation bu 14/16 inch MacBook pro, bo'ldi, shu bilan 90% ish bitadi. Qolgan narsalar esa har biri 1%dan yaxshilashi mumkin (hatto bu kafolatlanmagan), ammo o'ziga yarasha bosh og'riq bilan keladi.

Bizga produktiv bo'lishimiz uchun eng oxirgi, trenddagi bir tonna gadjetlar emas, ishtiyoq, g'ayrat, "ochlik" kerak.



©️ Ayyubxon
5👍1
telegram_vc_bot.zip
23.2 MB
pip install py-tgcalls pyrogram asyncio pydub aiohttp tgcrypto


userbot 100% ishlaydi

manba: @LazizbekDev

Tel qiselar tushunasizlar: @CR7_CrstianoTG
👍3
https://t.me/grebenukm/4477

Shu postdagi inline buttonni bossa boshqa chatga olib kirib ketyaptiyu o'shani qanday qilishni biladigan bo'lsa o'rgatvorila kere bo'layotgan edi. PLS.

Commen 👇
STARS.zip
1.7 KB
Bot orqalik telegram stars tolov amalga oshirish

zipda aiogram2x va 3x kodi mavjud


Manbaga meni yozib ketishingiz mumkin😂
2
@AmeliaTearheart bu qande profil edi?
Forwarded from Dr. Algorithm
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib savollar

* Dasturlashni qanday oʻrgangansiz? Axir siz paytlar internet boʻlmagan.
* Shuncha kitob oʻqimasdan, video dars orqali oʻrgansam boʻlmaydimi?
* 3 oyda dasturchi boʻla olamanmi?
* Dasturlashni oʻrgansam oyiga $500 oylik berishadimi?


Bu kabi savollar koʻp berishadi. Javobini ham bilishadi. Lekin dangasalikni yengish juda mushkul ish.

Bugun sizga bitta oddiy usul haqida aytib bermoqchiman.


Maʼlum-ki, koʻp ishxonalarda ish vaqti soat 9:00 da, ammo ishning oʻzi 11:00 da boshlanadi. Erkin vaqt tartibi desa, koʻpchilik "xohlagan vaqt kelib, xohlagan vaqt ketsam boʻlar ekan", - deb tushunadi. Oylik uning 8 soat ishlab bergani uchun berilishini his qilmaydi.

Hozir mavzu bu odatni yoʻqotish ustida emas. Aksincha, keling oʻzimizni toʻgʻrilashdan boshlaymiz. Boshqalar bilan ishimiz boʻlmasa ham boʻladi. Vaqti emas.

Kompyuteringizda va telefoningizda soat (Clock) dasturi bor. Ichida sportchilar ishlatadigan Timer boʻlimi bor. Tugmani bosasiz, vaqt ishlashni boshlaydi. Lap tugmasini bosasiz, boʻlaklarga ajratib beradi.

Clockʼdagi Timerʼni ishlatib, har bir qilayotgan ishingizni hisoblab koʻring.


Ertalab Timerʼni ishga tushiring. Har bir kichik vazifani bajarganda Lap tugmasini bosib, qancha vaqt ketganini belgilab qoʻying. Buning uchun Spreadsheet yoki Excel ishlatsangiz boʻladi.

Bu hisob faqat oʻzingiz uchun. Oʻzingizni aldamang. Faqat aniq ish qilganingizni hisoblang. Choy damlash, qoʻl yuvib kelish kabi ishlarni qoʻshmang.
Majlis (va Call)larda oʻtirganingizni ham yozing. Yoniga "majlis"deb qoʻysangiz boʻladi.

Kun oxirida 4 soatga yeta oldingizmi?


Agar barcha kichik vaqtlar yigʻindisi 4 soatga yetmagan boʻlsa, demak bugun siz unumli ish qilmagan ekansiz.

Taʼlimda ham, ishda ham, loyihada ham aynan shu vaqt sizga foyda beradi.

Sinab koʻring. Balki foydali boʻladi.
Kuningiz xayrli oʻtsin.

P.S. Maxsus dasturlar bor ekanini bilaman. Unga ham qachondir yetib kelarmiz.

03.02.2025
@DrAlgorithm
😁2👍1
Forwarded from Botir Ziyatov
AI mani savodsiz dasturchi qilib qo'ydi

Endi dokumentlarni o'qimayman. AI hamma narsani tezda tushuntira olsa, nega o'qishga ovora bo'lish kerak?

Xatoliklarni tuzatish ko'nikmalarim susayib bormoqda. Bazida xato xabarlarini ham o'qimayman, ularni shunchaki nusxalab AI ga qo'yaman va AI dan tushuntirish so'rayman.

Ilgari har bir xato xabar manga nimadir o'rgatardi. Endi-chi? AI yechim beradi, lekin hech narsa o'rganmayman.

Bu muammoni hal qilish uchun haftada bir kun "AI siz kun" o'tkazmoqchiman. Chunki AI bizni yaxshiroq dasturchi qilmaydi, aksincha unga qaram qilib qo'yadi.

Kelajakda yangi avlod dasturchilari faqat AI ga savol berishni biladi-yu, javoblarni tushunmaydi. Bu esa xavfli tendentsiyadir.

@botirziyatov
👍10
Hurmatli hamkasblar. Bot makerlar. Hozirgi kunda eng trenddagi, eng tez ko'tariladigan botlar qaysilar. Silaga qanaqa botlar bo'yicha zakazlar tushyapti?
Shu haqida bir fikr almashsak degandim.

Kommentariyada kutaman.
1
@telenavobot yaqinda qilgan edik ishlatib testlab ko'rilar qani.
👍3🔥3🥰21
Forwarded from Botir Ziyatov
Mask OpenAI-ni 97,4 milliard dollarga sotib olishni taklif qilmoqda

@botirziyatov
😁7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Most Popular Programming Languages: Data from 1958 to 2025
Forwarded from Firdavs Hasanov (Firdavs Yorkulov)
😁11🔥2
Forwarded from 🇺🇿 Learn .NET (ELBEK)
🥷 Hackerlarga "Vizov"

tavsiya.com sahifasi MVP (loyihaning eng sodda ko'rinishi) holatida ommaga taqdim qilindi. Hacker do'stlarimiz esa vaziyatdan foydalanib, muammoli joylarini dasturchiga "zarar" yetkazish orqali bildirishga qaror qilishibti.

MVP loyihaga zarar yetkazishni to'g'ri ish deb bilmayman. Biz @tarteebuz loyihasini esa bir necha yillardan buyon yaratib kelmoqdamiz. Admin panelimiz xavsiz va tez ishlaydi. Ko'plab kiber hujumlarga qarshi tura oladigan loyiha qilib yaratdik. Bizning loyihada hackerlik "hunaringizni" ko'rsatishingizni so'rayman!

Ha, aytgancha! Hacker do'stingizga ulashib qoying!

P.S. Landing pageni buzishga harakat qilmang - portal.tarteeb.uz admin panelimizni buzib kiring va ishdan chiqaring. Kutamiz🕙
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🥰1
Do'stlarim: Dasturlashni tanlab o'zi nima topa olding?

Me: masalan sizlarni...
🔥6😁3👍2
Forwarded from Abdulloh Umar's Blog
https://github.com/dev-au/tez_control
https://pypi.org/project/tez-control/

pip install tez-control

Tez -> Serverga har safar login, parollarni termasdan, tez ulanish va uzundan uzun buyruqlarni qisqartiruvchi kutubxona. Shuningdek local da ham buruqlarni qisqartirish mumkin. Example konfiguratsiya olish uchun tez ex buyruqni tering

Qo'lbola CI / CD 😅
👍4🔥3