Khalimov | Blog
Millat Umidlari’da yangi imkoniyat! 📚✨ @MillatUmidlariBot — menga hozircha hech qanday moddiy foyda keltirmayotgan, ammo o‘z maqsadim yo‘lida bor imkoniyatlarimni sarflashga tayyor bo‘lgan loyiham. Har kuni xayolimga yangi g‘oyalar keladi. Ularning barchasini…
Coinlaringizni toʻplab turing tez orada book store ish faoliyatini boshlaydi 😉
🔥2
1 ҳафтадан бери Premium’сиз Telegram ишлатяпман… 🥲
Азоб! Азоб! Premium’сиз Telegram’дан фойдалана олмаслигимни уларга айтинглар! 😭💔

🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga darsda shunaqa qilib beraman deb 5 soat slayd tayyorladim 😁
Erkak kishini xursand qilish uchun koʻp narsa kerak emas dermidi 😅
🤣3 2
Ilgari biror gapimizni kim bilandir bo‘lishgimiz kelsa, tun yarmida bo‘lsa ham yaqinimizga yozardik. Dardimizni aytardik, u tinglardi. Maslahat soʻrardik javobi koʻnglimizga mos kelmasada muhimdek edi. Bizni kimdir eshitayotganini his qilardik. Bitta «Tushunaman seni» degan jumla butun boshli muammodan ham yengilroq tuyulardi.
Bugun esa hammasi o‘zgaryapti.
Dardimizni yozamiz — sun’iy intellekt bizga tasalli beradi. Hislarimizni tushuntiramiz — u biz uchun chiroyli jumlalar tuzadi. Kimnidir sog‘inamiz — u sog‘inch haqida matn yozib beradi. Yuragimiz og‘riydi — u og‘riqlarimizni so‘zlarga aylantiradi. Hatto yig‘lay olmay qolganimizda ham, ko‘zimizdan yosh chiqaradigan satrlarni topib beradi.
Ammo bir narsani unutmayapmizmi?
Hisni ifodalash bilan uni his qilish bir xil narsa emas.
Biz endi o‘zimizni tushuntirish uchun ham tayyor jumlalar izlaymiz. Kechinmalarimizni o‘zimiz yozishga qiynalamiz. Kimnidir yaxshi ko‘rsak, unga nima deyishni sun’iy intellektdan so‘raymiz. Xafa bo‘lsak, dardimizni qanday ifodalashni undan o‘rganamiz. Hatto kechirim so‘rashimiz, sog‘inchimiz va muhabbatimiz ham birov tuzib bergan jumlalarga aylanib boryapti.
Odamlarga hislarimizni ham mukammal ko‘rinishga keltirishga urinayotgandekmiz. Xafa bo‘lsak, xafaligimizni chiroyli tushuntirishimiz kerak. Sog‘insak, sog‘inchimizni ta’sirli ifodalashimiz kerak. Kimnidir yaxshi ko‘rsak, unga yuboradigan xabarimiz qalbini larzaga solishi kerak. Go‘yo hisning o‘zi yetarli emasdek, uni albatta chiroyli qilib ko‘rsatishimiz kerak.
Eng achinarlisi, endi o‘zimiz ham hislarimizga ishonmay qolyapmiz. Biror narsani his qilishga urinamiz, ammo uni qanday tushunishni bilmaymiz. Darrov izohni sunʼiy intellektdan izlaymiz. Nega bunday bo‘layotganimizni, nimani his qilayotganimizni, qanday yo‘l tutishimiz kerakligini so‘raymiz. Go‘yo o‘z qalbimizni tushunish uchun ham robotning yordami kerakdek...

🕊2