Khalimov | Blog
4.22K subscribers
256 photos
43 videos
1 file
99 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan
📌Odamlar nima deydi.?
desa desin...
Download Telegram
O’ylama, shunchaki yasha. O’ylayversang, yashaging kelmay qolarkan.
💔4❤1
Millat Umidlari’da yangi imkoniyat! 📚✨

@MillatUmidlariBot — menga hozircha hech qanday moddiy foyda keltirmayotgan, ammo o‘z maqsadim yo‘lida bor imkoniyatlarimni sarflashga tayyor bo‘lgan loyiham.

Har kuni xayolimga yangi g‘oyalar keladi. Ularning barchasini birdaniga amalga oshirish qiyin, albatta. Ammo imkon qadar bittadan hayotga tatbiq etishga harakat qilyapman.

Platformamizga e’tibor bergan bo‘lsangiz, har bir bajarilgan topshiriq uchun coin berib boriladi. Bu tizim shunchaki qo‘shilmagan. Asosiy niyatimiz — til o‘rganuvchilarni rag‘batlantirish, ularning har bir kichik yutug‘ini qadrlash va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish.

Endi esa navbatdagi g‘oyani amalga oshirishga qaror qildik! 🎉

📚 Books Store — kitoblar do‘koni!

Endilikda platformada yig‘ilgan coinlaringizni kitob xarid qilish uchun sarflash imkoniyatini yaratmoqchimiz. Ya’ni, bajargan topshiriqlaringiz va o‘rganishga sarflagan vaqtingiz kelajakda sizga kitoblar orqali ham qaytadi.

Hozircha Books Store’ni ishga tushirish va imkon qadar qimmatbaho, foydali kitoblarni sovg‘a sifatida taqdim etish ustida ishlayapmiz.

Chunki bizning nazarimizda, eng yaxshi rag‘bat — insonning bilimiga, rivojlanishiga va kelajagiga xizmat qiladigan rag‘batdir.

Bu hali boshlanishi. Oldinda amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalarimiz ko‘p. Barchasini bosqichma-bosqich amalga oshirishga harakat qilamiz, inshaalloh. 🤍

Millat Umidlari — o‘rganing, rivojlaning va mehnatingiz samarasini his qiling!

🔗 @MillatUmidlariBot
🔥2
1 ҳафтадан бери Premium’сиз Telegram ишлатяпман… 🥲

Азоб! Азоб! Premium’сиз Telegram’дан фойдалана олмаслигимни уларга айтинглар! 😭💔
🕊1
🔥1
Abet 🥲
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga darsda shunaqa qilib beraman deb 5 soat slayd tayyorladim 😁
Erkak kishini xursand qilish uchun koʻp narsa kerak emas dermidi 😅
🤣32
Seensms va sevensim ishlagani yoʻq ertaga ishlaydi
Ilgari biror gapimizni kim bilandir bo‘lishgimiz kelsa, tun yarmida bo‘lsa ham yaqinimizga yozardik. Dardimizni aytardik, u tinglardi. Maslahat soʻrardik javobi koʻnglimizga mos kelmasada muhimdek edi. Bizni kimdir eshitayotganini his qilardik. Bitta «Tushunaman seni» degan jumla butun boshli muammodan ham yengilroq tuyulardi.
Bugun esa hammasi o‘zgaryapti.
Dardimizni yozamiz — sun’iy intellekt bizga tasalli beradi. Hislarimizni tushuntiramiz — u biz uchun chiroyli jumlalar tuzadi. Kimnidir sog‘inamiz — u sog‘inch haqida matn yozib beradi. Yuragimiz og‘riydi — u og‘riqlarimizni so‘zlarga aylantiradi. Hatto yig‘lay olmay qolganimizda ham, ko‘zimizdan yosh chiqaradigan satrlarni topib beradi.
Ammo bir narsani unutmayapmizmi?
Hisni ifodalash bilan uni his qilish bir xil narsa emas.
Biz endi o‘zimizni tushuntirish uchun ham tayyor jumlalar izlaymiz. Kechinmalarimizni o‘zimiz yozishga qiynalamiz. Kimnidir yaxshi ko‘rsak, unga nima deyishni sun’iy intellektdan so‘raymiz. Xafa bo‘lsak, dardimizni qanday ifodalashni undan o‘rganamiz. Hatto kechirim so‘rashimiz, sog‘inchimiz va muhabbatimiz ham birov tuzib bergan jumlalarga aylanib boryapti.
Odamlarga hislarimizni ham mukammal ko‘rinishga keltirishga urinayotgandekmiz. Xafa bo‘lsak, xafaligimizni chiroyli tushuntirishimiz kerak. Sog‘insak, sog‘inchimizni ta’sirli ifodalashimiz kerak. Kimnidir yaxshi ko‘rsak, unga yuboradigan xabarimiz qalbini larzaga solishi kerak. Go‘yo hisning o‘zi yetarli emasdek, uni albatta chiroyli qilib ko‘rsatishimiz kerak.
Eng achinarlisi, endi o‘zimiz ham hislarimizga ishonmay qolyapmiz. Biror narsani his qilishga urinamiz, ammo uni qanday tushunishni bilmaymiz. Darrov izohni sunʼiy intellektdan izlaymiz. Nega bunday bo‘layotganimizni, nimani his qilayotganimizni, qanday yo‘l tutishimiz kerakligini so‘raymiz. Go‘yo o‘z qalbimizni tushunish uchun ham robotning yordami kerakdek...
🕊2