Khalimov | Blog
4.22K subscribers
256 photos
43 videos
1 file
99 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan
📌Odamlar nima deydi.?
desa desin...
Download Telegram
Agar xotiram meni tashlab ketsa ham, iltimos, Allohdan so‘rang, qalbim sizni unutmasin. Men sizni bu dunyoda yana quchoqlay olmasam ham, oxiratda yana «oyi» deb yoningizga yugurib borishni xohlayman. Faqat shu niyat qolgan menga. Bugun tunda uxlolmadim. Onamni eslashga harakat qildim. Eslolmadim. Va shu narsaning o‘zi meni yig‘latdi. Chunki ba’zan inson yaqinini bir marta emas, yillar davomida yo‘qotar ekan. Avval o‘lim bilan. Keyin vaqt bilan. Keyin xotiralar bilan. Men esa onamni yana bir marta yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqyapman. Bu safar xotiram ichida. Oyi... Men sizni sog‘indim. Iforingizni eslolmayapman, lekin sog‘indim. Qo‘llaringizni eslolmayapman, lekin sog‘indim. Quchog‘ingizni eslolmayapman, lekin sog‘indim. Ovozingizni aniq eslolmayapman, lekin «bolam» deganingizni yana bir marta eshitgim kelyapti. Juda kelyapti. Men shunchaki bir marta... yana bir marta... «Oyi...» deb chaqirsam-u, narigi xonadan o‘sha tanish ovoz kelsa edi: «Ha, bolam?..»
Khalimov | Blog
Agar xotiram meni tashlab ketsa ham, iltimos, Allohdan so‘rang, qalbim sizni unutmasin. Men sizni bu dunyoda yana quchoqlay olmasam ham, oxiratda yana «oyi» deb yoningizga yugurib borishni xohlayman. Faqat shu niyat qolgan menga. Bugun tunda uxlolmadim. Onamni…
Hozir daftarlarim orasidan tugallanmagan hikoyamni bir qismini topib oldim bu hikoya real hayotimga aloqasi yoʻq lekin sizlar bilan boʻlishgim keldi bir oʻqib baho beringlarchi agar yoqsa davom ettiraman
❤‍🔥5🔥4🤩4🎉3👍2💯22
Derazani ochsam shirin taomni hidi, Instagram kirsam ovqatlar, telegramga kirsam kursdoshlar qarindoshlar qilgan ovqatini maqtagan, Youtubeda faqat foodblogerlar chiqyapti, men bechora bitta tuxumni eplab pishirib yeya olmadim. Bugun yeganlarim: lug‘atdagi so‘zlar, kanspektlar va ozgina sabr.)) 🫠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Bunaqa oʻqish senga nega kerak?
Kim uchun oʻqiyapsan..
Kimlarni qurbon qilib oʻqiyapsan...?

Oʻqib olim boʻlding ham deylik, seni olim boʻlishingga umrini, sogʻligʻini, hayotini baxshida qilgan insonlar uchun nima qib berolasan?
🤣5👍1🔥11
Hukumat odamlari boshqaradi, nafslarni emas!

Shayton yoʻldan urdi deb uni ayblamang, u ham bunday jirkanchilikdan hazar qiladi.
Bogʻchada voqeani hamma eshitdi menimcha uni odam deb atashni oʻzi hatoyu hayvon desak, hayvonlar ham bizdan emas deb hafa boʻlishdi.
👍4
Shunday manzarada ikkimiz ham qachondir, nasib qilsa, bir piyola choy ustida uzoq suhbatlasharmiz. ☕🤍
4
Bilaman kanalda oʻqituvchilar yoʻq shuning uchun tabriklash shart emas.))

Boʻlsa bayramlaringiz muborak boʻlsin😊.
Tezroq kel soliham, ovqat qilishga erinib taylolxotga non botirib yeyapman...💙))
Forwarded from Khalimov | Blog (•••AZIZBEK℠••• | 뉴골든)
Bulut ekan shamolga oshiq,
Jonu dildan uni sevarkan.
Bulut borsa shamol yoniga,
Shamol uni quvib solarkan.
Yuraklari to‘lib armonga,
Oshiq bo‘lib ortga qaytarkan.
Oshiq bulut yig‘lasa yum-yum,
Shu sababdan yomg‘ir yog‘arkan...
Shamol esa bilmas ekan hech,
Kimdir uni kutib yasharkin.
Bir lahzalik erkalab o‘tsa,
Bulut uni umr sanarkan.
Ba'zan ular uchrashar go‘yo,
Osmon bag‘ri quchib olganday.
Ammo shamol yana yo‘l olar,
Bulut esa qolur termulib.
Sevgi ba'zan shunday bo‘larkan,
Biri yonsa, biri sezmaskan.
Bulut ko‘kka dardin yozarkan,
Odamlar esa: "Yomg‘ir..." derkan. ☁️🌧️
🔥2
Vanihoyat uddaladim 🥺

Galereyadan uning suratlarini oʻchira oldim
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Noldan biznesingni ko'tarasan, o'zing xohlagandek qizga uylanasan, hayoting juda zo'r senda hammasi o'xshadi, lekin to'satdan uyg'onib ketasan va barcha qilgan harakatlaring zoya ketganini hayot seni ustingdan shu yo'l bilan kulayotganini tushunasan...))
🤣3
Sal kam 50mingta odam roʻyxatdan oʻtibdi omadimiz kelib chiqib qolsak a 😅
311
Ichimni bir savol tugʻiladi 2 kundan beri javob izladim oxiri topdim..

Odam bir kishini ham yaxshi ko‘rib, ham yomon ko‘rishi mumkinmi?

Odamning nafas oladigan joyi bilan bo‘g‘iladigan joyi bitta-ku. Nega mumkin bo‘lmasin, deya javob topa oldim holos
👏3🕊22🔥1
Darding aytib yig‘lat meni,
Dardim erur darding sening.
Ko‘zing to‘lsa, ko‘zim to‘lsin,
G‘aming erur g‘amim mening.
Kulging bilan kulsin ko‘nglim,
Ohing bilan sinsin jonim.
Sen yiqilsang, qo‘l uzatib,
Tirgov bo‘lsin zaif tanim.
Darding bo‘lsa, bo‘lishaylik,
Yarim sening, yarim meniki.
Baxting kelsa, duo qilay,
G‘aming kelsa — dardimniki.
Darding aytib yig‘lat meni,
Darding erur dardim mening.
Sen jim qolsang, kim ham bilur,
Ichingdagi olam sening?..
🔥221
📌Odamlar nima deydi.?
desa desin...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫀: zoʻr ramantik havo boʻlyapti, qizing bilan koʻchaga chiqib aylanib kel

.
🧠: sen oʻzingni bir oʻqitvor seni qizing yoʻq ***
❤‍🔥11
Forwarded from Khalimov | Blog (•••AZIZBEK℠••• | 뉴골든)
Tezroq kel soliham, ovqat qilishga erinib taylolxotga non botirib yeyapman...💙))
🤣2
Khalimov | Blog
Tezroq kel soliham, ovqat qilishga erinib taylolxotga non botirib yeyapman...💙))
Grip bizni tark etmaydi shekilli 🥲
Yurak vanihoyat aql aytganini qabul qilganda butun hikoya tugaydi...
Agar o‘lsam, kimdir meni eslarmikan...

O‘zim uchun eslashlikka eng go‘zal hikoyalar qilibman-u, lekin boshqalarning hikoyasida bormanmi, yo‘qmanmi, hech o‘ylamabman... Bu hikoyalarni qayta varaqlash uchun umrim yetadimi yoki yo‘qmi, uni ham bilmayman.

Gunohlarim, bilib-bilmay insonlarning ko‘nglini og‘ritganim-u, kimlarning haqqiga yeb yuborganim... Qaysi birini aytishni bilmayman. Qo‘rqyapman. Qilgan gunoh amallarimdan, tavbalarim kamligidan, Rasulimizga munosib ummat bo‘la olmaganimdan qo‘rqyapman. O‘qigan namozlarimdan ko‘ra o‘qimaganlarim ko‘pligidan qo‘rqyapman. Robbimning farzlarini tark etib, shaytonning yo‘lini tanlaganimdan qo‘rqyapman.

Robbimning huzurida Rasulimizning sunnatlariga amal qilmaganlar haqida gap ketganda, «Men kim degan odam bo‘laman?» Ha, qo‘rqyapman, juda qo‘rqyapman.

Qaniydi, ey Robbim, Senga yoqqan bir go‘zal amalim bo‘lsa-yu, joynamoz ustida sajda qilib, qaytib turmasam...

Ey Robbim, gunohlarim ko‘pligidan Sening rahmatingdan noumid bo‘lib qolishdan asra. Meni O‘zingga qaytgan, tavbasi qabul bo‘lgan bandalaringdan qil. Umrimning qolgan qismini avvalgisidan go‘zalroq yashashimga yordam ber.


Agar sizni koʻnglingizni ranjitgan boʻlsam iltimos kechiring.
❤‍🔥1