Khalimov | Blog
4.22K subscribers
256 photos
43 videos
1 file
99 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan
📌Odamlar nima deydi.?
desa desin...
Download Telegram
«Biz baʼzan eng koʻp yaxshi koʻrgan insonlarimizdan qochamiz...
Unutish uchun emas, aksincha — ularni qalbimizda qand boʻlsa, shunday goʻzal va pokiza holda saqlab qolish uchun. Chunki baʼzan yonma-yon yashab bir-birini tushunmaslik, olisda boʻlib bir-birini sogʻinib yashashdan koʻra koʻproq ogʻritadi...»

❤‍🔥2❤2🍓1
Roast me in Uzbek chatgptga shu savolni berib javobini camentga tashlay olsangiz malades
Кеча ёз тугагани бугундан куз экани ҳақида битта мен пост ёзмадим шекилли.
Odamlar: Hoʻp, kuz kirib kelgan boʻlsa nima qilibdi bu ham boshqa fasllar singari 3 oydan tashlab topgan faslda.

Men esa: Kuz bu shunchaki fasl almashinuvi emas, bu tabiatning va inson ruhining eng sokin, eng samimiy suhbatidir. Yozning shovqin-suroni ortda qolib, havo salqinlashgani sayin odamning ichki dunyosi ham asta-sekin sokinlik so'ray boshlaydi. Tilla rangga burkangan ko'chalar, ayovsiz yog'adigan shaffof yomg'ir tomchilari va barglarning oyoq ostidagi shitirlashini bir his etib koʻringda... Bularning barchasi qalbning eng chuqur, yashirin burchaklaridagi tuyg'ularni uyg'otishga yetib ortadi.

Men kabilar kuzni bejiz ishq fasli deb atashmaydida. Chunki aynan shu kunlarda qalbga alohida bir iliqlik, koʻnglimizga bir yaqinlik yetishmayotgandek seziladi. Tashqarida sovuq shamol esganida, issiq choy finjonini ushlab tugamaydigan samimiy suhbatlarga sho'ng'ish — bu dunyodagi eng katta huzurlardan birida oʻziyam. Hech tabiat qoʻynida bir finjoy qora choy ichib kuzgi manzarani bir bora boʻlsa ham tomosha qilib koʻring bu qanday rohat baxsh etadi immm.
Kuzda aytilgan so'zlar samimiyroq, qarashlar teranroq, kulgular esa yurakka yaqinroq tuyuladi.

Ehtimol, bu kuz shunchaki navbatdagi uch oy bo'lib o'tmas. Balki u unutilmas xotiralarga, uzun-uzun suhbatlarga va qalbni isitadigan lahzalarga boy bo'lar. Yo'llar oltin barglar bilan burkangan, yomg'ir shivalab turgan bir paytda... balki birga bir finjon choy ustida suhbatlasharmiz? Kuz kelmoqda — o'zi bilan birga eng go'zal tuyg'ularni va balki, biz kutgan o'sha shirin uchrashuvlarni yetaklab...

Kuz ham yaqin, balki bu kuz birga choylasharmiz-a nima deysiz shunga?
❤1👏1
Sizlarga zoʻr yangilik olib keldim 100 ta cament boʻlsa aytaman 😉
🔥1🍓1
Khalimov | Blog
Sizlarga zoʻr yangilik olib keldim 100 ta cament boʻlsa aytaman 😉
🚀 SevenSim loyihasi menga tegishli ekanini bilarmidingiz?

Botni ishga tushirganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ammo shu qisqa vaqt ichida loyihadan birinchi $1 000 daromadimni oldim.

Endi esa shu imkoniyatni siz bilan ham bo‘lishmoqchiman.

Tasavvur qiling: sizda ham xuddi SevenSim kabi o‘z Telegram botingiz bo‘ladi — buning uchun dasturlashni bilishingiz ham shart emas.

Agar shunday imkoniyat bo‘lsa, foydalangan bo‘larmidingiz? 👀

Izohlarda «HA» deb yozib qoldiring. 👇

Balki keyingi $1 000 hikoyasi sizniki bo‘lar. 🔥
Bitta telefon xarid qilsangiz shuncha narsa qoʻshib berarkan 🌚
👌3
Khalimov | Blog
🚀 SevenSim loyihasi menga tegishli ekanini bilarmidingiz? Botni ishga tushirganimga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ammo shu qisqa vaqt ichida loyihadan birinchi $1 000 daromadimni oldim. Endi esa shu imkoniyatni siz bilan ham bo‘lishmoqchiman. Tasavvur qiling:…
🚨 TEZ KUNDA…

Sizga bir yangilik tayyorlayapmiz.
Va bu safar gap oddiy bot haqida emas. 👀


Tasavvur qiling…

SevenSim kabi o‘z Telegram botingizni — dasturlashni bilmasdan yaratishingiz mumkin. 🤯

Botni noldan yaratish, boshqarish va o‘z loyihangizni ishga tushirish — barchasi ancha osonlashadi.

Hozircha boshqa hech narsa demaymiz. 🤫

Bizning yangi shior:


SEVEN BUILDER
Build your bot. Build your future.


🚀 Tez kunda.
❤‍🔥1🔥1
Hayotingizdagi muvaffaqiyatlarning qanchasi mahorat, qanchasi esa shunchaki omad?

Ba’zan biz yaxshi natijani — to‘g‘ri qaror, yomon natijani esa — xato deb qabul qilamiz. Ammo hayot har doim ham bunday sodda ishlamaydi. Chunki qarorlarimizga tasodif, ehtimollik va biz nazorat qila olmaydigan omillar ham ta’sir qiladi.

Nassim Taleb ushbu kitobda omad, tavakkalchilik, insoniy xatolar va noaniqlik haqida odatdagidan boshqacha fikrlashga undaydi.

Kitobni oʻqib koʻrishingizni tavsiya qilaman 😊
❤3🔥1
@SevenSimBot telegram xizmatlari bitta botda qulay tez va oson 😉
Nafsimga demadi..
Hislarimga dedi.!

"Hislarimga yengildim.."
Nafsim oʻzini shunday oqladi yana
Yotoqxonada yotishning eng yomon taraflaridan biri — yarim kechasi qorning ochib qolsa-yu, dormitory eshigi qulflangan, xonada esa qorin to‘ydirish uchun hech narsa bo‘lmasa… bundan yomoni yo‘q 😂

Soliham, tezroq kel…
Bo‘lmasa Toshkentda kvartira topish ham qiyin bo‘lyapti... 🥲
Instagramsiz 3 soat 3 yildek tuyilib ketyapti 🥲
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birga boradiganlar yoʻqmi oʻzim borgani qoʻrqyapman
👍411
Yaxshi amalni boshlash uchun hech qachon kech boʻlmagan.
Yomon odatni yoʻqotish uchun esa hech qachon "erta" boʻlmagan.
Hozir qaysi yoshda, qaysi davrda ekanligingizni ahamiyati yoʻq.
Muhimi hozirgi holatingiz, oʻtgan holingizdan yaxshiroqmi?
shu muhim.
Endi kech demang, yaxshilanish uchun doimo ayni vaqti boʻladi.
2🔥1
Forwarded from Janob Panda
Ha, bir necha yillar avval IT ga jalb qilish ham shunday bo’lgan edi.

O’zi buni qo’lidan keladimi, elementar fanlardan bilimi bormi yo’qmi deb o’tirmay, biznes uchun marketing qilishib, olib kirishgandi.

Shunaqa “Jirafa miya” larni deb qancha qancha yoshlar ishini topa olmasdan, yana boshqa sohadan davom etib ketishdi. Sizga oson degani, bu hammaga ham oson degani emas.

Hozir esa shu Jirafa turgan ko’l juda ham chuqurlashib ketgan. Kundan kunga chuqurlashyapti. Bo’yi o’sishdan to’xtagan jirafalarning o’zlari ham ko’lga cho’kib ketishyapti. Cho’kkalarini ko’zim bilan ko’rib turibman.

Hurmatli yoshlar, o’zi nega IT ga yopishib olyapsizlar? Siz o’ylaganchalik “kayf soha” ham emas aslida. Men kasbimni sevsam ham, har kuni ishda muammolar bo’ladi. Masalan, biznes bilan muloqotda, rahbar bilan munosabatlarda, oyliklarda, jamoada, loyihalarda va hokazo. Sevganim uchun chidayman bu muammolarga. Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, sizlar hali sevmaysiz. Kasblar juda ko’p-ku.

Masalan, bir kuchli DevOps’chi tanishim, “gid” bo’lmoqchi. Shu sohaga ko’ngil qo’yibdi. Chet davlatlarga odamlarni olib borib, sayohat qildirmoqchi ekan. Yana bir do’stim “sport trainer” bo’lmoqchi. Men ham yangi sohalarda izlanyapman.

Odatda dasturlashdagi “ajoyib” tehnik muammolar va ularga yechim topishlik kayf bergan. Kayf - bir hafta bir muammo ustida o’tirib, kechalari uxlamay topilgan yechim edi. Hozir muammo chiqishidan oldin yechim bor. Shu sababli, dasturlash ham ko’p dasturchilarning ko’nglidan qolyapti. O’saman, rivojlanaman deb yurgan energiyali insonlar uchun dasturlash sohasi tor bo’lib qoldi. Endi ular chellenjlarni boshqa joylardan qidirishga harakat qilishyapti.

@mukhammadkarim_tukhtaboev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
🚶‍♂ Sticker
Oʻzimni qanday his qilyapman 🌚
— Nima qilding?
— Boshidan boshladim.
— Tushunmadim… nimadan boshlading?
— Qalbimni isloh qilishdan...
1❤‍🔥4👍1🔥1🤩1
Piano ANTSCHO
Kamavor