Bandaning qalbi Allohdan uzoqlashib borar ekan, hayot uni dardlar bilan uyg‘otishga majbur bo’ladi. Chunki ba’zan insonni sajdaga olib keladigan narsa — ne’mat emas, musibat bo‘ladi. Allohga dardsiz yuzlanmagan qalbga, dardlar ketma-ket eshik qoqaveradi.
Biz shundayin kimsalarmizki, xotirjamlik paytida O‘zimizni unutdik, O‘zimizni unutgan lahzada esa Robbimizni yodga olishni malol bildik. Go‘yo sog‘lik — mangu, yoshlik — boqiy, boylik — aslo tugamasdek kibr daryosida suzdik. Biz shundayin g‘arib kimsalarmizki, hayotning shirin lazzatlari sarmast qilganda, ne’mat beruvchi Zotni unutib, faqat ne’matning o‘zi bilan ovundik. Qachonki dunyo bizga tor kelib, tishimiz tishimizga tegsa, shundagina Robbimizni esladik. Aslida, boshimizga yog‘ilayotgan bu dardlar — Allohning bizga bo‘lgan g‘azabi emas, balki g‘aflat uyqusidan uyg‘otuvchi shafqatli turtkisidir.
Biz shukr bilan borolmagan eshikka, dard bilan borishga majbur bo‘lmoqdamiz. Rohatda "Alloh" deyishni malol bilgan tilimiz, musibatda beixtiyor "Yo Rabbiy!" deb nola qilmoqda. Go‘yo Robbimiz O‘zidan uzoqlashib, dunyo matohlariga ko‘milib borayotgan bandasini yana O‘z huzuriga qaytarish uchun dardni vosita qilgandek...
Bizni uyg‘otish uchun kelgan bu dardlar aslida qalbimiz o‘limining oldini olish uchundir. Biz faqat jismimiz og‘rigandagina "Oh" tortamiz, ammo ruhimiz g‘aflatdan chiriyotganini sezmaymiz. Nahotki, bizga Haqni eslatish uchun albatta bir musibat, bir ayriliq yoki bir mag‘lubiyat kerak bo‘lsa? Nahotki, Robbimiz bilan suhbatlashish uchun peshanamizga faqat g‘am qamchisi urilishi shart bo‘lsa?

👍2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
Video message
Baʼzida oʻzimni yolgʻiz his etib qolsam shu yerga kelaman bir necha soat oʻtirib oʻzimga kelib ketaman.
🔥4
Bulut ekan shamolga oshiq,
Jonu dildan uni sevarkan.
Bulut borsa shamol yoniga,
Shamol uni quvib solarkan.
Yuraklari to‘lib armonga,
Oshiq bo‘lib ortga qaytarkan.
Oshiq bulut yig‘lasa yum-yum,
Shu sababdan yomg‘ir yog‘arkan...
Shamol esa bilmas ekan hech,
Kimdir uni kutib yasharkin.
Bir lahzalik erkalab o‘tsa,
Bulut uni umr sanarkan.
Ba'zan ular uchrashar go‘yo,
Osmon bag‘ri quchib olganday.
Ammo shamol yana yo‘l olar,
Bulut esa qolur termulib.
Sevgi ba'zan shunday bo‘larkan,
Biri yonsa, biri sezmaskan.
Bulut ko‘kka dardin yozarkan,
Odamlar esa: "Yomg‘ir..." derkan. ☁️🌧️
Jonu dildan uni sevarkan.
Bulut borsa shamol yoniga,
Shamol uni quvib solarkan.
Yuraklari to‘lib armonga,
Oshiq bo‘lib ortga qaytarkan.
Oshiq bulut yig‘lasa yum-yum,
Shu sababdan yomg‘ir yog‘arkan...
Shamol esa bilmas ekan hech,
Kimdir uni kutib yasharkin.
Bir lahzalik erkalab o‘tsa,
Bulut uni umr sanarkan.
Ba'zan ular uchrashar go‘yo,
Osmon bag‘ri quchib olganday.
Ammo shamol yana yo‘l olar,
Bulut esa qolur termulib.
Sevgi ba'zan shunday bo‘larkan,
Biri yonsa, biri sezmaskan.
Bulut ko‘kka dardin yozarkan,
Odamlar esa: "Yomg‘ir..." derkan. ☁️🌧️
Eng ogʻiri nima ekanini bilasizmi?
Yaqin insoningizning koʻzingizga tik qarab, hech ikkilanmay:
"Sen hissizsan. Sen mehrsizsan." deyishi.
Bugun bu soʻzlarni men eshitdim.
Shu ikki jumla kun boʻyi xayolimda aylanib yurdi. Goʻyo kimdir ularni yuragimning devoriga oʻyib yozgandek... Qancha unutishga urinmay, shuncha chuqurroq botib bordi.
Shundan beri bu ikki ogʻiz soʻz xayolimni tark etmadi. Kun boʻyi oʻzimni oʻzim soʻroq qildim. Rostdan ham shundaymanmi? Nahotki qalbimdagi hamma tuygʻular tashqaridan mutlaqo koʻrinmasa?
Qaniydi, insonning yuragi ham deraza boʻlsa...
Shunda ularga koʻrsatardim.
Qani edi, inson yuragini ochib koʻrsatishning iloji boʻlsa...
Qani edi, ularga tunlarimni koʻrsata olsam.
Hamma uxlab boʻlgan mahal, xonani sukunat bosganda, men oʻzim yaratgan qahramonning taqdiri ustida yigʻlab oʻtiraman. U aslida mavjud emas. Ammo uning dardi mening koʻz yoshlarimni haqiqiy qiladi.
Har safar hikoyamning oxirini yozishga oʻtirsam, qalamim baxtli yakunni izlaydi. Chunki hayotning oʻzi yetarlicha shafqatsiz. Hech boʻlmasa, qogʻozdagi insonlar baxtli yashasin, deyman.
Lekin baʼzan ularni ham qutqara olmayman.
Axir mening hikoyam chalkash hayollar ogʻushida yozilayotgan boʻlsa
Ali bu shunchaki obraz-ku deyman.
Ammo uning ogʻrigʻi negadir mening koʻz yoshlarimni haqiqiy qiladi.
Har safar hikoyamning oxiriga yetganimda qalamim uzoq sukut saqlaydi. Chunki men unga baxtli yakun yozmoqchiman. Bu shafqatsiz hayotdan hech boʻlmasa qogʻozdagi insonlar omon qolsin, deyman.
Odamni hislari bilan emas, ularni qanday namoyon qilishi bilan baholasharkan.
Kimdir mehrini quchoqlab koʻrsatadi.
Kimdir baland ovozda "yaxshi koʻraman" deydi.
Yana kimdir...
Hech kim bilmaydigan tunlarda, hech qachon mavjud boʻlmagan qahramon uchun koʻz yosh toʻkadi.
Odamning mehri har doim ham quchoqlashida emas Balki u hech kim bilmaydigan duolarida boʻlar. Baʼzan tun yarmida toʻkilgan koʻz yoshlarida. Baʼzan esa hech qachon yashamagan bir qahramonning baxtli boʻlishini chin dildan istashida.
Agar meni hissiz deb oʻylayotgan boʻlsangiz, mayli.
Eng chuqur dengizlar ham sathidan qaraganda sokin koʻrinadi.
Eng koʻp sevadigan qalblar esa koʻpincha sevgisini eng kam namoyon qiladi.
Balki siz koʻrmayotgandirsiz.
Balki men koʻrsata olmayotgandirman.
Ammo ishoning...
Baʼzi qalblar shunchalik sevadiki, bu sevgi ovozga emas, sukutga aylanadi.
Baʼzan esa odam shunchalik qattiq sevadiki, sevgisi soʻzlarga sigʻmay qoladi.
U sukutga aylanadi.
Sukut esa...
Har kim ham eshita olmaydigan tildir.

❤🔥2💔2👍1👏1
Ertalab oʻqigan eng yaxshi gapim boʻldi...
O‘qish hammaniyam yaxshi mavqega ko‘tarmaydi. Qo‘lidan kitob tushmasa ham o‘qiganlaridan nasiblanmagan, yon-veridagilariga qo‘rs va dilozorlik bilan muomala qiladigan kishilarning soni mingta. Oliy ma’lumotli, yaxshi ishlarda ishlaydigan lekin yaqinlariga hayotni zindon qilgan kishilar bor. Ibodatlarini benuqson bajarsa-da, islom xulqidan nasiblanmaganlar ko‘p. Amal qilinmagan, hayotda aks etmagan, atrofga huzur sochmaydigan har qanday bilim va ta’lim shunchaki yukdan iborat.
Sa’diy Sheroziy bejizga ilmiga amal qilmaydigan kishilarni kitob yuklangan eshakka o‘xshatmaydi.
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shuncha talabalar universitet tanlashda adashayotganini koʻrib hech narsa qila olmasang alam qilarkan 🥲
❤1🌚1
Khalimov | Blog
Shuncha talabalar universitet tanlashda adashayotganini koʻrib hech narsa qila olmasang alam qilarkan 🥲
Tanishing, bu mening sobiq universitetim.
Bir paytlar men ham uning marketingi qurboni boʻlganman.
Qabul paytida sizga shunday manzara chizishadiki, go'yo shu universitetga kirsangiz kelajagingiz kafolatlangandek. Chiroyli reklama, balandparvoz va'dalar, zamonaviy ta'lim, xalqaro imkoniyatlar...
Ammo kontrakt to'langandan keyin haqiqat boshlanadi.
Tashqaridan yaltiroq ko'ringan binoning ichida yillar ortda qolgan tizim yashaydi. Talabani rivojlantirish o'rniga qog'ozbozlik, hisobot va keraksiz tadbirlar muhimroq bo'lib qolgan.
To'rt yil davomida sizni "sabr qiling, hammasi bo'ladi" degan va'dalar bilan ovutishadi. Oxirida esa qo'lingizga diplom berishadi. Lekin o'zingizga bitta savol bering:
Shu diplom sizni haqiqatan ham kuchli mutaxassis qildimi?
Eng achinarlisi, ko'p talabalar norozi bo'lsa ham ketolmaydi. Chunki ota-onasi mashaqqat bilan to'lagan millionlab so'm kontrakt puli, sarflangan vaqt va umidlarni tashlab ketish oson emas.
Bu yerda yaxshi ustozlar yo'q, demoqchi emasman. Aksincha, o'z fanini juda yaxshi biladigan o'qituvchilar bor. Ammo ular ham eskirgan tizimning asiriga aylangan. Tizim ijodkorlikni emas, bo'ysunishni rag'batlantiradi.
Universitetning eng katta muammosi bino emas, reklama emas, o'qituvchi ham emas.
Eng katta muammo — eskirgan boshqaruv va natija bermaydigan tizim.
Talaba bilim olish uchun keladi. Afsuski, ko'p hollarda u faqat diplom olish uchun kurashib qoladi.
Universitetni reklama bilan mashhur qilish oson.
Lekin bitiruvchilari bilan mashhur qilish — juda qiyin.
Har kim universitet ochishi mumkin.
Universitet ochish — biznes. Ammo sifatli universitetni boshqarish — mas'uliyat.
Har kim biznes qura olishi mumkin. Lekin kuchli tizimni yaratish va uni boshqara olish hammaning ham qo'lidan kelmaydi.

❤1❤🔥1👏1😁1😢1💯1
Ba’zi kishilar yaxshi odam, lekin o’zini yaxshi odam emaslikda ayblaydi va bu yaxshi aslida.
Men ham o’zimni yaxshi odam emasman deb bilaman, buni yomon tomoni rostdan ham yaxshi odam emasligimda.