Khalimov | Blog
4.96K subscribers
237 photos
39 videos
1 file
95 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan manfaat izlamang.
Ismim Azizbek. Shiorim — “Hamisha oʻzing hohlagan ishni qil”

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
— qancha hayitlik oldiz/berdiz🌚?
Allohdan senga xabar bor...

Va albatta, Robbingiz sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, natijada siz rozi bo'lursiz.
(Duho surasi, 5-oyat)

Bas, ularning gaplari sizni g'amgin qilmasin. Albatta, Biz ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilurmiz.
(Yasin surasi, 76-oyat)

Duo qiling.
Allohim, bugun qalbimda olgan barcha tashvishlarni Senga topshiraman. O'zim hal qila olmagan masalalarni O'zingning hikmating ila hal et. Ko'nglimni siqqan g'amlarni yengillat, qalbimga taskin va ishonch ber. Bilgan-bilmagan xatolarimni mag'firat qil. Meni yaxshilikka yo'llab, yomonliklardan uzoq tut. Bu kecha qalbimni huzur bilan to'ldir, uyqumni osoyishta qil. Ertangi kunimni baraka, rahmat va xayr bilan och. Meni va yaqinlarimni O’zingning panohingda asra.
Amin
4🔥4👍3❤‍🔥1👏1
- Necha yoshdasan?

- Ko’nglimni toliqtiradigan joylardan asta chekinadigan yoshdaman. Muhabbatni so’zlardan ko’ra amallarda izlaydigan yoshdaman. Ba’zi eshiklarni faqatgina ochish emas, yopish ham kerakligini o’rgangan yoshdaman.

Noto’g’ri joyda bo’lishdan ko’ra, to’g’ri joyda yolg’iz qolishni afzal ko’radigan yoshdaman..)

Hoʻsh? Siz nechchi yoshdasiz?
Hamma “Hech qanday chorasi ham, iloji ham yo‘q!” deganida, umidsizlikka bosh ko‘tarishning nomidir IYMON...

Mahzun bo‘lganingizda qalbingizga qayting. Ne ko‘z bilan ko‘ringki, ayni paytda avval sizni sevintirgan bir narsa uchun yig‘layapsiz...

📚 "Iymon va huzun" kitobidan
1.5 yil deganda yana Instagramda shaxsiy blog ochdim https://www.instagram.com/a.khalimovs
Obuna boʻlib qoʻysangiz xursand boʻlardim 😊
Forwarded from Khalimov | Blog (•••AZIZBEK℠••• | 뉴골든)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

06.06.2026 chiroyli sana-a ?

||Yaxshi kunda yaxshi odamla bil
an.||
🤣9🔥1😁1
Avvalim ham mavhum edi men uchun
Gumon qilib topolmadim taqdirni
Robbim bergan har neʼmat va sinoving
Niyatimdan afzal boʻldi Oxiri.
1
Men shoir emasman, she'rlarim yozib, Ma'nosiz soʻzlardan qatorlar bitib. Men yozuvchi emasman, kitoblar yozib, Qilgan ishlarimni borimcha bitib.

Men zolim emasman, zolimlik qilib, Odamlar qalbiga solib g'ulg'ula. Men botir emasman, botirlik qilib, Gʻamlarni yoqtirib, qarsaklar ola.

Men odam emasman, odamlik qilib, Qilmasman g'iybat-u ashru ishratni. Men o'zim emasman, o'zligim bilib, Yashayman gʻam ichra, so'zlarim bitib.
Dadam bilan suxbat:
Dadam: choyini tez tez ich ish qilamiz
Men: shu issiqda ozgina dam olaylik
Dadam: hoʻp
Birozdan soʻng.
Dadam: kelinimiz yaxshimi?
Men 🥶
Qanday ovqatimni yeb ishga chiqib ketganimni bilmay qoldim 😵‍💫
👍1🤣1
Gunohlar ila toʻldirdim hayot kitobim,
Benamoz 19ga toʻlibdi yoshim!
Dunyo dardin deya unutib seni Allohim,
Yo rabbim kechir meni bilib bilmay qilgan gunohim...
👍1🔥1
U ham yozmadi, men ham yozmadim...
G'urur yutti, O'zbekiston yana yutqazdi.
😁62👍1
Vujud tuprog‘iga ko‘milgan jonim,
Sirday bir kun oshkor etilarmikan?
Birgina odamni sog‘ingan zolim,
Xom xayolim pishib yetilarmikan?
O‘zimni osmondan axtarganimni,
Osmon anglamadi, yer bilarmikan?
Tuproq qucharmikan gustoh tanimni,
Ochiq ko‘zim oson berkilarmikan?
Iblis kabi o‘jar, yolg‘iz tunlarim,
Kimningdir qoshida egilarmikan?
Bir o‘zim kechirgan qora kunlarim,
Mening gunohimni kechirarmikan?!
Yuragimga bitgan eski armonlar,
Bir kun kelib sukut topilarmikan?
Ko‘nglimdagi siniq va vayronlar,
Mehr yomg‘irida yopilarmikan?
Yo‘llarimni to‘sib turgan tumanlar,
Tong nafasi bilan tarqalarmikan?
Ko‘zlarimda qolgan so‘nggi gumonlar,
Bir tabassum bilan yo‘qolarmikan?
Sevgi deb atagan shirin dardlarim,
Vaqt qo‘lida asta erirmikan?
Yoki seni kutgan barcha yillarim,
Yuragimda mangulik qolarmikan?
Bir kun kelib tuproq bag‘riga kirsam,
Ortimdan bir duolar qilinarmikan?
Men yashagan, sevgan, kuygan bu olam,
Meni ham bir lahza eslarmikan?..
bazan o’ylab qolaman, kimnidir hafa qilishdan qo’rqib, ularga doyim yaxshi muomalada bo’lib, bilib bilmay hafa qilib qo’ysam, kechirishgunigacha uzur so’rayman.
bu balki yaxshi xislatdir, balki yo’q.
bir narsani tushunib yetdim, shu narsa orqali ko’p qadrsizlandim.
boshqa unday bo’lmayman, istashsa kechirishsin istashmasa yo’q, menga baribir deydigan bo’lishga ko’p xarakat qildim..
insonni fitratidagi narsani o’zgartirib bo’lmas ekan.
shudir balki meni boshqalardan ajratib turadigan narsa, lekin bunday insonlar yo’q emas ko’p.

my thoughts.
👍2
Bandaning qalbi Allohdan uzoqlashib borar ekan, hayot uni dardlar bilan uyg‘otishga majbur bo’ladi. Chunki ba’zan insonni sajdaga olib keladigan narsa — ne’mat emas, musibat bo‘ladi. Allohga dardsiz yuzlanmagan qalbga, dardlar ketma-ket eshik qoqaveradi.

Biz shundayin kimsalarmizki, xotirjamlik paytida O‘zimizni unutdik, O‘zimizni unutgan lahzada esa Robbimizni yodga olishni malol bildik. Go‘yo sog‘lik — mangu, yoshlik — boqiy, boylik — aslo tugamasdek kibr daryosida suzdik. Biz shundayin g‘arib kimsalarmizki, hayotning shirin lazzatlari sarmast qilganda, ne’mat beruvchi Zotni unutib, faqat ne’matning o‘zi bilan ovundik. Qachonki dunyo bizga tor kelib, tishimiz tishimizga tegsa, shundagina Robbimizni esladik. Aslida, boshimizga yog‘ilayotgan bu dardlar — Allohning bizga bo‘lgan g‘azabi emas, balki g‘aflat uyqusidan uyg‘otuvchi shafqatli turtkisidir.

Biz shukr bilan borolmagan eshikka, dard bilan borishga majbur bo‘lmoqdamiz. Rohatda "Alloh" deyishni malol bilgan tilimiz, musibatda beixtiyor "Yo Rabbiy!" deb nola qilmoqda. Go‘yo Robbimiz O‘zidan uzoqlashib, dunyo matohlariga ko‘milib borayotgan bandasini yana O‘z huzuriga qaytarish uchun dardni vosita qilgandek...

Bizni uyg‘otish uchun kelgan bu dardlar aslida qalbimiz o‘limining oldini olish uchundir. Biz faqat jismimiz og‘rigandagina "Oh" tortamiz, ammo ruhimiz g‘aflatdan chiriyotganini sezmaymiz. Nahotki, bizga Haqni eslatish uchun albatta bir musibat, bir ayriliq yoki bir mag‘lubiyat kerak bo‘lsa? Nahotki, Robbimiz bilan suhbatlashish uchun peshanamizga faqat g‘am qamchisi urilishi shart bo‘lsa?
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
Video message
Baʼzida oʻzimni yolgʻiz his etib qolsam shu yerga kelaman bir necha soat oʻtirib oʻzimga kelib ketaman.
🔥4
Bulut ekan shamolga oshiq,
Jonu dildan uni sevarkan.
Bulut borsa shamol yoniga,
Shamol uni quvib solarkan.
Yuraklari to‘lib armonga,
Oshiq bo‘lib ortga qaytarkan.
Oshiq bulut yig‘lasa yum-yum,
Shu sababdan yomg‘ir yog‘arkan...
Shamol esa bilmas ekan hech,
Kimdir uni kutib yasharkin.
Bir lahzalik erkalab o‘tsa,
Bulut uni umr sanarkan.
Ba'zan ular uchrashar go‘yo,
Osmon bag‘ri quchib olganday.
Ammo shamol yana yo‘l olar,
Bulut esa qolur termulib.
Sevgi ba'zan shunday bo‘larkan,
Biri yonsa, biri sezmaskan.
Bulut ko‘kka dardin yozarkan,
Odamlar esa: "Yomg‘ir..." derkan. ☁️🌧️