Khalimov | Blog
4.96K subscribers
237 photos
39 videos
1 file
95 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan manfaat izlamang.
Ismim Azizbek. Shiorim — “Hamisha oʻzing hohlagan ishni qil”

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
Video message
Tungi soat 22:07 men esa nimalarnidir yozyapman balkim kitobim ham chiqib qolar bu ketishda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haqiqiy o‘zgarish o‘zimizdan boshlanadi

Yigit: “Ayolim ilmli bo‘lsin” deydi.
Qiz: “Halolim ilmli bo‘lsin” deydi.


Lekin… hech biri: “Men ilm olay” demaydi. Ahvolimiz kitob oʻqishga muhtoj!

Biz ko‘pincha mukammal insonni izlaymiz, lekin o‘zimiz mukammallikka intilish haqida kam o‘ylaymiz. Aslida esa hayotning oddiy bir haqiqat bor: Siz qanday bo‘lsangiz, sizga mos inson ham shunday bo‘ladi.

Ilmli juftlikni xohlaysizmi? Unda avvalo o‘zingiz ilmli bo‘ling. Shuning uchun boshqalardan kutishni emas,
o‘zingizdan boshlang.
Bir kun baxtdan ko'zlaringiz, ruhingiz, qalbingiz quvnaydi...
❤‍🔥3
— qancha hayitlik oldiz/berdiz🌚?
Allohdan senga xabar bor...

Va albatta, Robbingiz sizga (shunday ne'matlar) ato eturki, natijada siz rozi bo'lursiz.
(Duho surasi, 5-oyat)

Bas, ularning gaplari sizni g'amgin qilmasin. Albatta, Biz ularning yashirgan narsalarini ham, oshkor qilgan narsalarini ham bilurmiz.
(Yasin surasi, 76-oyat)

Duo qiling.
Allohim, bugun qalbimda olgan barcha tashvishlarni Senga topshiraman. O'zim hal qila olmagan masalalarni O'zingning hikmating ila hal et. Ko'nglimni siqqan g'amlarni yengillat, qalbimga taskin va ishonch ber. Bilgan-bilmagan xatolarimni mag'firat qil. Meni yaxshilikka yo'llab, yomonliklardan uzoq tut. Bu kecha qalbimni huzur bilan to'ldir, uyqumni osoyishta qil. Ertangi kunimni baraka, rahmat va xayr bilan och. Meni va yaqinlarimni O’zingning panohingda asra.
Amin
4🔥4👍3❤‍🔥1👏1
- Necha yoshdasan?

- Ko’nglimni toliqtiradigan joylardan asta chekinadigan yoshdaman. Muhabbatni so’zlardan ko’ra amallarda izlaydigan yoshdaman. Ba’zi eshiklarni faqatgina ochish emas, yopish ham kerakligini o’rgangan yoshdaman.

Noto’g’ri joyda bo’lishdan ko’ra, to’g’ri joyda yolg’iz qolishni afzal ko’radigan yoshdaman..)

Hoʻsh? Siz nechchi yoshdasiz?
Hamma “Hech qanday chorasi ham, iloji ham yo‘q!” deganida, umidsizlikka bosh ko‘tarishning nomidir IYMON...

Mahzun bo‘lganingizda qalbingizga qayting. Ne ko‘z bilan ko‘ringki, ayni paytda avval sizni sevintirgan bir narsa uchun yig‘layapsiz...

📚 "Iymon va huzun" kitobidan
1.5 yil deganda yana Instagramda shaxsiy blog ochdim https://www.instagram.com/a.khalimovs
Obuna boʻlib qoʻysangiz xursand boʻlardim 😊
Forwarded from Khalimov | Blog (•••AZIZBEK℠••• | 뉴골든)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

06.06.2026 chiroyli sana-a ?

||Yaxshi kunda yaxshi odamla bil
an.||
🤣9🔥1😁1
Avvalim ham mavhum edi men uchun
Gumon qilib topolmadim taqdirni
Robbim bergan har neʼmat va sinoving
Niyatimdan afzal boʻldi Oxiri.
1
Men shoir emasman, she'rlarim yozib, Ma'nosiz soʻzlardan qatorlar bitib. Men yozuvchi emasman, kitoblar yozib, Qilgan ishlarimni borimcha bitib.

Men zolim emasman, zolimlik qilib, Odamlar qalbiga solib g'ulg'ula. Men botir emasman, botirlik qilib, Gʻamlarni yoqtirib, qarsaklar ola.

Men odam emasman, odamlik qilib, Qilmasman g'iybat-u ashru ishratni. Men o'zim emasman, o'zligim bilib, Yashayman gʻam ichra, so'zlarim bitib.
Dadam bilan suxbat:
Dadam: choyini tez tez ich ish qilamiz
Men: shu issiqda ozgina dam olaylik
Dadam: hoʻp
Birozdan soʻng.
Dadam: kelinimiz yaxshimi?
Men 🥶
Qanday ovqatimni yeb ishga chiqib ketganimni bilmay qoldim 😵‍💫
👍1🤣1
Gunohlar ila toʻldirdim hayot kitobim,
Benamoz 19ga toʻlibdi yoshim!
Dunyo dardin deya unutib seni Allohim,
Yo rabbim kechir meni bilib bilmay qilgan gunohim...
👍1🔥1
U ham yozmadi, men ham yozmadim...
G'urur yutti, O'zbekiston yana yutqazdi.
😁62👍1
Vujud tuprog‘iga ko‘milgan jonim,
Sirday bir kun oshkor etilarmikan?
Birgina odamni sog‘ingan zolim,
Xom xayolim pishib yetilarmikan?
O‘zimni osmondan axtarganimni,
Osmon anglamadi, yer bilarmikan?
Tuproq qucharmikan gustoh tanimni,
Ochiq ko‘zim oson berkilarmikan?
Iblis kabi o‘jar, yolg‘iz tunlarim,
Kimningdir qoshida egilarmikan?
Bir o‘zim kechirgan qora kunlarim,
Mening gunohimni kechirarmikan?!
Yuragimga bitgan eski armonlar,
Bir kun kelib sukut topilarmikan?
Ko‘nglimdagi siniq va vayronlar,
Mehr yomg‘irida yopilarmikan?
Yo‘llarimni to‘sib turgan tumanlar,
Tong nafasi bilan tarqalarmikan?
Ko‘zlarimda qolgan so‘nggi gumonlar,
Bir tabassum bilan yo‘qolarmikan?
Sevgi deb atagan shirin dardlarim,
Vaqt qo‘lida asta erirmikan?
Yoki seni kutgan barcha yillarim,
Yuragimda mangulik qolarmikan?
Bir kun kelib tuproq bag‘riga kirsam,
Ortimdan bir duolar qilinarmikan?
Men yashagan, sevgan, kuygan bu olam,
Meni ham bir lahza eslarmikan?..