Khalimov | Blog
4.96K subscribers
237 photos
39 videos
1 file
95 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan manfaat izlamang.
Ismim Azizbek. Shiorim — “Hamisha oʻzing hohlagan ishni qil”

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
Telefonda 9 daqiqada dunyoni ishini hal qivordim lekin telegramda 4 soat-u 46 daqiqa nima qilganimni bilmiman
Sizlarda ham shunaqa boʻladimi?
💋12😁2💅2💔1
Khalimov | Blog
Photo
💋 astagʻfirulloh kim bosdi 🥴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣3🤷‍♂2😁1💋1
Aşık Ecevit Türküsü
Anatolian Psychedelic Rock
💋2
Yomg'ir yog'moqda...
Sen bilan tashqarida yomg'ir ostida yoki bir yerda choy ichsak...
Choy bo'lsa va sen bo'lsang...
Choy uzatgan sen bo'lsang uni olgan men bo'lsam...
Sen suhbatdosh bo'lsang...
So'zlovchi bo'lsang va tinglovchi men bo'lsam...
🔥42❤‍🔥1👍1💋1
✍️Yomg'irli kunlarni uyda bir finjon qahva va yaxshi kitob bilan o'tkazish kerak.!📚

Buning yonida yaxshi suhbatdosh insoningiz bo'lsa qanday yaxshi)
Bu ham bo'lib qolar-a mayli...!📎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
Story ni dadam koʻribdi tinchlik boʻlsinda 🫠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4🤣2
Kutilgan go'zal bo'lsa, kutmoq go'zallashaveradi...

Fotih Duman
🔥3💯1
Sen menga dunyoda boshqacha hayot mavjudligini, menda ham ko‘ngil borligini o‘rgatding...

Sabahattin Ali
🔥2❤‍🔥11🕊1
• samimiy niyat

Men kitob olib berishda charchamayman, sen ularni o'qib tugata olsang bas.

Ishdan kelganimda, shu kuni o'qigan kitobingdan olgan xulosalaringni, jon qulog'im bilan eshitishga tayyorman.

Sen bilan bozor tilida emas, ko'ngil tilida suhbatlar qurishni istayman. Suhbatimiz, nasihat va bir-birimizni so'roq qilishdan emas, balki bir-birimizni eshitish va tushinishdan iborat bo'ladi.

Ikkimiz bir turdagi (жанр) kitoblarni o'qishimiz shart emas, chunki bir-xillik insoni zeriktiradi.

Menda hozir 2ta tanlov bor:

1. Kitob javonini kitoblar bilan to'ldirib qo'yib, senga hadiya qilish.

2. Kitob javonini bo'sh qoldirish va kelganingda birgalikda bu javonni to'ldirish.

Alloh seni va mani kitoblarimni bir javonda jamlasin.

Sen bilan birga rivojlanishni, ilm olishni va o'qiganlarimizga birgalikda amal qilishni istayman.

Sening rivojlanishing, oilamizning; farzandlarimizning rivojlanishidir. Shu sabab, men borimni seni ilmli qilishga va rivojlantirishga safarbar etaman.

Duo: Allohim senga olib boradigan yo'llar ko'p, men ulardan Muhabbatni tanladim. Bu tanlovimni O'zing hayirli qilgin.
🔥3🕊3❤‍🔥2👏1🤗1
Anchadan beri bunaqa asar o‘qimagandim. Fotih Duman bu safar ham o‘ziga xos, chuqur ma’noli hikoya yozibdi. Hatto tungi soat 00:12 bo‘lib ketganini ham sezmay qolibman.

Kutish — nafaqat umid, balki sadoqatning eng og‘ir sinovi.

Sog‘inch va iztirob bilan kutish qanday bo‘lishini Devona asaridagi Ejevit obrazida yaqqol ko‘rish mumkin.

Hayotda hech kimi yo‘q fotosuratchi Ahmad sayohat chog‘ida bir yigitni chorrahada urib yuborishiga sal qoladi. Barcha voqealar aynan shu lahzadan boshlanadi…

Ahmad Ejevitning hayoti haqida eshitar ekan, yorini 24 yildan buyon iztirob bilan kutayotgan bu insonning allaqachon dard ichida “yo‘qolib” ketganini sezadi.

Ko‘pchilik bu kitob haqida gapirganda, asosan Ejevit obraziga urg‘u beradi.

Lekin men o‘qib bir narsani tushundim: bu asarda faqat Ejevit emas.

Haqiqiy sevgi, haqiqiy sadoqatni boshqa qahramonlarda ham ko‘rish mumkin.

Masalan, Umar Hoji va uning Fotimasi…

Ularning sevgisi — jim, sokin, lekin mustahkam.
U yerda iztirob bor, lekin baribir sabr ustun.
U yerda sog‘inch bor, lekin umid so‘nmaydi.

Shunda tushunasiz:
Kutilgan go'zal bo'lsa, kutmoq go'zallashaveradi...
❤‍🔥321🕊1💔1
“Ana Al Ghaltan” by Cheb Rezki
The music Way
1🤷‍♂1👏1
Yo'lovchimiz... Yo'ldamiz...
Ammo yo'lning qayerida ekanligimizni bilmaymiz.

Undan kelamiz va yana Unga qaytamiz...

Yunus Emro
1
Yoqimli tushlar tez esdan chiqib ketadi hattoki uni uygʻonganda ham eslash biroz qiyin lekin yomon tushlar unitilishi qiyin hattoki uni taʼsiri kuni boʻyi behalovat qiladi. Sizlarda ham shunaqami yoki faqat menmi?
💯61
Bugun o‘qib bo‘lgan kitoblarimni qayta tartiblab, alohida joyga olib turgandim, ularning orasida o‘zim yozgan hikoyalar daftarimni ham topib oldim. Bir vaqtlar yozgan hikoyalarim o‘zimning hayotimda qayta takrorlanishi haqida hech o‘ylab ko‘rmagan ekanman 😅

Barchasi bir xil kechmoqda, xuddi avvaldan bilib yozgandekman go‘yo. Men yozganlarim xayollar natijasi bo‘lsa, Robbim taqdir daftarimga yozgani bundan ham go‘zalroq bo‘ladi, inshaalloh.

O‘sha yana hayrli insonimga yana bir bor duo qilaman:
"Ey Allohim, biz bir-birimizni shunday ko‘ngil qo‘yaylikki, Jannatda Ali (r.a.) qarab: “Ey Fotima, ular ham bizga o‘xshabdi”, desin."
3🔥1
Ba’zi kunlarning go’zalligi
U kunlarning qaytib kelmasligidadir…!
🔥1
Bizning hikoya boshlanmasdan tugadi kanal faoliyati toʻxtatildi.
💔7👍3🗿32👏2💋2
​Hamma o‘z hikoyasining oxiri yaxshilik bilan yakun topishini xohlaydi, to‘g‘rimi?
​Lekin hayot doim ham biz kutgandek tugamaydi. Har kimning yo‘li o‘ziga xos, o‘ziga og‘ir va o‘ziga yarasha go‘zallikka ega. Biz sizlar bilan juda ko‘p narsani boshdan kechirdik, qayg‘u, alam, quvonch va bir-birimiz bilan o‘rtoqlashgan samimiy kulgular.
​Balki bu xotiralar hayotimizdagi so‘nggisi emasdir. Balki biz yana bir joyda, yana bir kun, yana bir imkoniyatda qayta uchrasharmiz.
​Umid qilamanki, bu xabarni o‘qiyotganingizda yuragingizda xotirjamlik maskan qurgan, hayotingiz esa yanada yorqinroq, va sevgan ishingiz bilan band ekanligingizga ishonaman, axir hamma harakatlarimiz shuning uchunku to‘g‘rimi ?
​Bordiyu hozir ishlaringiz biroz og‘irroq kechayotgan bo‘lsa, hayot sizni sinayotgan bo‘lsa ham aslo taslim bo‘lmang. Kurashing, orzu qiling va umidni so‘ndirmang deb hayirlashishimga hali ancha bor bir ikki kunli tanafus qilyapman xolos, hali maqtanadigan juda ko'p narsalarim bor silarga.
🔥2👏1
✉️

Usmon Roziyallohu anhu duolari:🪶

“Nasib qilmaydigan narsani hayol qildirmaysan bilaman.Allohim Sen har narsani xayrlisini bilarsan,eng go’zalini menga yozasan…Bu istagimni duoyimni,hayolimni menga go’zal va oson qil.”Amiyn…
🔥1
Aşık Ecevit Türküsü
Anatolian Psychedelic Rock