Khalimov | Blog
4.95K subscribers
237 photos
39 videos
1 file
95 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan manfaat izlamang.
Ismim Azizbek. Shiorim — “Hamisha oʻzing hohlagan ishni qil”

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
Telefon oʻchguncha olishga ulgurdim
❤‍🔥3
"Bizda hali ham turizm madaniyati rivojlanmadi."
Ba’zan inson o‘zi istamagan joyga borganda, eng katta haqiqatlarni anglaydi. Bugun universitetimiz tomonidan tashkil etilgan sayohat sabab Islom sivilizatsiyasi markaziga bordim. Rostini aytsam, oʻzim boʻlganimda ehtimol bu yerga kelmagan bo‘lardim. Ammo bu safar fikrimni butunlay o‘zgartirdi.
Ichkariga qadam qo‘yganim zahoti bir narsani his qildim — bu oddiy maskan emas. Bu tarix, bu faxr, bu o‘zligimiz edi.
Markaz haqiqatan ham hayratlanarli darajada go‘zal va mazmunli. Hatto OAVda uni Ginnes rekordlar kitobiga arzigulik maskan sifatida tilga olishgani bejiz emas ekan. Eng quvonarlisi esa turli millat vakillarining bu yerga tashrif buyurayotgani — ular bizning tariximizni o‘rganish uchun kelishyapti.
Narxlar ham alohida e’tiborga loyiq: chet elliklar uchun 310 ming so‘m, o‘zbekistonliklar uchun 60 ming so‘m, 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa atigi 25 ming so‘m. Bu — bu yerda berilayotgan bilim, muhit va xizmat oldida juda arzon narx. Shunga qaramay, ba’zilar hatto shu pulni ham ko‘p ko‘radi. Nahotki bunday go‘zallik va ilm bunga arzimasa?
Ammo meni eng ko‘p o‘ylantirgan narsa — bu emas edi.
Meni o‘ylantirgan, hatto biroz ranjitgan haqiqat shuki, bizda hali ham turizm madaniyati to‘liq shakllanmagan.
Bu yerda tashrif buyuruvchilar guruh-guruh qilib, gid orqali olib boriladi. Bu — har bir inson to‘liq va to‘g‘ri ma’lumot olishi uchun yaratilgan imkoniyat.
Chet ellik mehmonlar esa bunga jiddiy yondashadi: ular jim turib, diqqat bilan tinglaydi. Har bir so‘zni qadrlaydi. Avval tushunadi, keyin tomosha qiladi.
Biz-chi?
Biz esa hali ichkariga kirib ulgurmay “ho‘p-ho‘p” deymiz-da, keyin kimdir eksponatlarga qo‘l uzatadi, yana kimdir guruhdan ajralib ketadi. Gid gapiryaptimi — ko‘pincha eshitmaymiz ham.
Bu oddiy e’tiborsizlik emas.
Bu — madaniyat yetishmasligi.
Shu holatdan keyin ustozimga savol berdim:
“Biz ham ular kabi madaniyatli bo‘la olamizmi?"
Ustoz biroz sukut saqladi va shunday dedi:
“Bizga hali ancha bor…”
Bu javob qisqa edi, lekin ichida katta haqiqat bor edi.
Shunga qaramay, 2 soat davomida gid orqali islom va O‘zbekiston tarixiga oid juda ko‘p yangi bilimlarga ega bo‘ldik. Ayniqsa Qur’on zali — u yerdagi sukunat, ulug‘lik va ruhiy muhitni so‘z bilan ifodalash qiyin. Bu joyni faqat his qilish mumkin.
Lekin chiqish vaqtida yana bir manzara yuragimni siqdi.
Chet ellik mehmonlar xizmat ko‘rsatgan har bir xodimga alohida to‘xtab, o‘zbekcha “rahmat” aytib chiqishdi. Oddiy, lekin samimiy.
Biz esa ko‘pincha shoshilib, o‘zimiz bilan band bo‘lib, hech kimga e’tibor bermay chiqib ketamiz.
Shu yerda o‘zimga ham, sizga ham savol bermoqchiman:
Biz ham qachonlardir ular kabi madaniyatli bo‘la olamizmi? Va bunga nima to‘sqinlik qilyapti?
Menimcha, muammo imkoniyatda emas. Muammo — o‘zimizda.
Odatlarimizda. Qarashlarimizda. Beparvoligimizda.
Agar biz oddiy narsalardan boshlasak — tinglashni o‘rgansak, hurmat qilishni o‘rgansak, jamoat joylarida o‘zimizni tutishni o‘rgansak — o‘zgarish albatta boshlanadi.
Aks holda esa, biz eng go‘zal maskanlarga ega bo‘lib turib ham, ularning haqiqiy qadriga yetolmaydigan xalq bo‘lib qolaveramiz.
Turizm madaniyati — bu shunchaki sayohat emas.
Bu insonning ichki madaniyati, uning kimligini ko‘rsatadigan ko‘zgudir.
2
Anonim qilmaganimizga ham ancha boʻlibdi keling anonimlashamiz
https://t.me/anonimsavol_bot?start=d684b0721bf242
Telefonda 9 daqiqada dunyoni ishini hal qivordim lekin telegramda 4 soat-u 46 daqiqa nima qilganimni bilmiman
Sizlarda ham shunaqa boʻladimi?
💋12😁2💅2💔1
Khalimov | Blog
Photo
💋 astagʻfirulloh kim bosdi 🥴
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣3🤷‍♂2😁1💋1
Aşık Ecevit Türküsü
Anatolian Psychedelic Rock
💋2
Yomg'ir yog'moqda...
Sen bilan tashqarida yomg'ir ostida yoki bir yerda choy ichsak...
Choy bo'lsa va sen bo'lsang...
Choy uzatgan sen bo'lsang uni olgan men bo'lsam...
Sen suhbatdosh bo'lsang...
So'zlovchi bo'lsang va tinglovchi men bo'lsam...
🔥42❤‍🔥1👍1💋1
✍️Yomg'irli kunlarni uyda bir finjon qahva va yaxshi kitob bilan o'tkazish kerak.!📚

Buning yonida yaxshi suhbatdosh insoningiz bo'lsa qanday yaxshi)
Bu ham bo'lib qolar-a mayli...!📎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
Story ni dadam koʻribdi tinchlik boʻlsinda 🫠
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁4🤣2
Kutilgan go'zal bo'lsa, kutmoq go'zallashaveradi...

Fotih Duman
🔥3💯1
Sen menga dunyoda boshqacha hayot mavjudligini, menda ham ko‘ngil borligini o‘rgatding...

Sabahattin Ali
🔥2❤‍🔥11🕊1
• samimiy niyat

Men kitob olib berishda charchamayman, sen ularni o'qib tugata olsang bas.

Ishdan kelganimda, shu kuni o'qigan kitobingdan olgan xulosalaringni, jon qulog'im bilan eshitishga tayyorman.

Sen bilan bozor tilida emas, ko'ngil tilida suhbatlar qurishni istayman. Suhbatimiz, nasihat va bir-birimizni so'roq qilishdan emas, balki bir-birimizni eshitish va tushinishdan iborat bo'ladi.

Ikkimiz bir turdagi (жанр) kitoblarni o'qishimiz shart emas, chunki bir-xillik insoni zeriktiradi.

Menda hozir 2ta tanlov bor:

1. Kitob javonini kitoblar bilan to'ldirib qo'yib, senga hadiya qilish.

2. Kitob javonini bo'sh qoldirish va kelganingda birgalikda bu javonni to'ldirish.

Alloh seni va mani kitoblarimni bir javonda jamlasin.

Sen bilan birga rivojlanishni, ilm olishni va o'qiganlarimizga birgalikda amal qilishni istayman.

Sening rivojlanishing, oilamizning; farzandlarimizning rivojlanishidir. Shu sabab, men borimni seni ilmli qilishga va rivojlantirishga safarbar etaman.

Duo: Allohim senga olib boradigan yo'llar ko'p, men ulardan Muhabbatni tanladim. Bu tanlovimni O'zing hayirli qilgin.
🔥3🕊3❤‍🔥2👏1🤗1
Anchadan beri bunaqa asar o‘qimagandim. Fotih Duman bu safar ham o‘ziga xos, chuqur ma’noli hikoya yozibdi. Hatto tungi soat 00:12 bo‘lib ketganini ham sezmay qolibman.

Kutish — nafaqat umid, balki sadoqatning eng og‘ir sinovi.

Sog‘inch va iztirob bilan kutish qanday bo‘lishini Devona asaridagi Ejevit obrazida yaqqol ko‘rish mumkin.

Hayotda hech kimi yo‘q fotosuratchi Ahmad sayohat chog‘ida bir yigitni chorrahada urib yuborishiga sal qoladi. Barcha voqealar aynan shu lahzadan boshlanadi…

Ahmad Ejevitning hayoti haqida eshitar ekan, yorini 24 yildan buyon iztirob bilan kutayotgan bu insonning allaqachon dard ichida “yo‘qolib” ketganini sezadi.

Ko‘pchilik bu kitob haqida gapirganda, asosan Ejevit obraziga urg‘u beradi.

Lekin men o‘qib bir narsani tushundim: bu asarda faqat Ejevit emas.

Haqiqiy sevgi, haqiqiy sadoqatni boshqa qahramonlarda ham ko‘rish mumkin.

Masalan, Umar Hoji va uning Fotimasi…

Ularning sevgisi — jim, sokin, lekin mustahkam.
U yerda iztirob bor, lekin baribir sabr ustun.
U yerda sog‘inch bor, lekin umid so‘nmaydi.

Shunda tushunasiz:
Kutilgan go'zal bo'lsa, kutmoq go'zallashaveradi...
❤‍🔥321🕊1💔1
“Ana Al Ghaltan” by Cheb Rezki
The music Way
1🤷‍♂1👏1
Yo'lovchimiz... Yo'ldamiz...
Ammo yo'lning qayerida ekanligimizni bilmaymiz.

Undan kelamiz va yana Unga qaytamiz...

Yunus Emro
1
Yoqimli tushlar tez esdan chiqib ketadi hattoki uni uygʻonganda ham eslash biroz qiyin lekin yomon tushlar unitilishi qiyin hattoki uni taʼsiri kuni boʻyi behalovat qiladi. Sizlarda ham shunaqami yoki faqat menmi?
💯61
Bugun o‘qib bo‘lgan kitoblarimni qayta tartiblab, alohida joyga olib turgandim, ularning orasida o‘zim yozgan hikoyalar daftarimni ham topib oldim. Bir vaqtlar yozgan hikoyalarim o‘zimning hayotimda qayta takrorlanishi haqida hech o‘ylab ko‘rmagan ekanman 😅

Barchasi bir xil kechmoqda, xuddi avvaldan bilib yozgandekman go‘yo. Men yozganlarim xayollar natijasi bo‘lsa, Robbim taqdir daftarimga yozgani bundan ham go‘zalroq bo‘ladi, inshaalloh.

O‘sha yana hayrli insonimga yana bir bor duo qilaman:
"Ey Allohim, biz bir-birimizni shunday ko‘ngil qo‘yaylikki, Jannatda Ali (r.a.) qarab: “Ey Fotima, ular ham bizga o‘xshabdi”, desin."
3🔥1
Ba’zi kunlarning go’zalligi
U kunlarning qaytib kelmasligidadir…!
🔥1