Khalimov | Blog
4.96K subscribers
237 photos
39 videos
1 file
96 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan manfaat izlamang.
Ismim Azizbek. Shiorim — “Hamisha oʻzing hohlagan ishni qil”

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
-Duo bor umidsizlik yo‘q,
-Alloh bor chorasizlik yo‘q.

Sabablar bilan yetishilmagan narsaga duo bilan yetishiladi.🦋
1👏1
Live stream started
Live stream finished (1 minute)
Tungi soat 3.15 va meni miyamdagi hayollar:
16:00 dan 02:00 gacha — 10 soat ish
03:00 dan 05:00 gacha — 2 soat uyqu
05:30 dan 07: 30 gacha — 2.5 soat uyqu
08:00 dan 14:00 gacha — 6 soat dars


Endi hisoblab chiqaman
Ish: 10 soat
Uyqu: 2 + 2.5 = 4.5 soat
Dars: 6 soat
Jami band vaqt:
10 + 4.5 + 6 = 20.5 soat
Bir sutka — 24 soat.
Demak bo‘sh vaqtim:
24 − 20.5 = 3.5 soat


Oʻylab qoldim shu 3.5 soatga nima qilsam boʻladi yana 🤔
Bir yigit bor edi…

U odamlar orasida yashardi,
lekin qalbi o‘zidan uzoqlashib borayotganini sezmasdi.

U boshqalarga o‘xshab yashashni o‘rgangan edi:
ular qanday kulsa — shunday kuldi,
qanday yo‘l tutsa — shunday yo‘l tutdi.

Ammo qalb…
qalb hech qachon yolg‘onni qabul qilmaydi.

Tunlarida u yolg‘iz qolardi.
Va o‘sha sokinlik ichida bir savol yana va yana qaytardi:

“Men kimman?..”

Qalbi esa javob berardi,
lekin u eshitishni istamasdi.

Chunki haqiqat — ba’zan og‘ir bo‘ladi.

Kunlar o‘tardi…
U esa yana o‘sha eski hayotga qaytardi.
O‘ziga begona bo‘lgan hayotga…

Lekin Alloh bandani o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi.

Ichidagi bezovtalik — bu bekor emas edi.
Bu qalbning uyg‘onishi edi.

“Qalb faqat Allohni zikr qilish bilan taskin topadi.” (Qur’on, Ra’d surasi, 28-oyat)

Bir kuni u charchadi…
O‘zini yo‘qotishdan, o‘zini yashirishdan charchadi.

Va ilk bor chin dildan to‘xtadi.

Bu safar u odamlarni emas,
qalbini tingladi.

Shunda u tushundi:
insonni eng ko‘p charchatadigan narsa —
o‘zi bo‘lolmaslik ekan.

Lekin yana bir haqiqat bor edi:

erkinlik — xohlaganingni qilish emas.

Erkinlik — nafsning quli bo‘lmaslikdir.

Erkinlik — qalbni Robbiga bog‘lashdir.

“Alloh kimni hidoyat qilsa — uni hech kim adashtira olmaydi.” (Hadis ma’nosida)

O‘sha kundan boshlab u o‘ziga qayta boshladi.
Sekin, lekin chin dildan.

Endi u odamlar uchun emas,
Alloh uchun yashashni tanladi.

Chunki u bildi:
odamlarning roziligi chegaralangan,
lekin Allohning roziligi — abadiy.

Yo‘l oson emas edi…
Lekin bu yo‘l — Haq yo‘li edi.

Va ilk bor u qalbida sokinlikni his qildi…

Balki haqiqiy erkinlik ham aynan shudir.


Yozuvchi: Khalimov
1
Bu hayot meniki emas (music version)
Konsta
#hayrligimga 🌹

Kelarsan, kitobing qidirib bir kun...
O'zim kutubxona qurib beraman.
Kitoblar o'qiymiz yig'lashib har tun.
Sen uchun bir javon bo'm bo'sh qo'yaman.
Javonga kitobni birga joylaymiz.
Do'konlar aylanib, har birin ko'rib.
Talashib, tortishib birga tanlaymiz.
Soatlab piyoda suhbatlar qurib.
Suhbatlar mavzusin navbatma-navbat.
Mayli, sen tanlaysan, bo'pti men emas.
Jimgina tinglayman soatlab albat.
Shunchaki javoning tomon kelsang bas...

Muallifini bilmayman.!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
Inson ilmi bilan yuksaladi, mehnati bilan ulug‘likka yetadi, iffati va go‘zal axloqi bilan haqiqiy tirik insonga aylanadi. Zero, ilm jasad, odob esa uning jonidir. Ilmli, lekin odobsiz inson xuddi jonsiz haykalga o‘xshaydi.

📚 ''Islomda yoshlar tarbiyasi'' kitobidan


Boshlagan kuningiz yaxshiliklarga to'la o'tsin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menincha musulmon kishining eng sogʻinidadigan vaqtlari iymonini eng choʻqqiga chiqqan davrlari boʻlsa kerak. Ya'ni turib turib iymon halovatini haqiqiy his qilgan davrlari esiga tushib kishi oʻsha paytlarga qaytgisi kelib qoladi.

Amr ibn Os roziyallohu anhu ham oʻlimdan avval yangi iymonga kirib Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan oʻtgan kunlarini eslab yigʻlagan edilar...
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kunlarda, nimadir boʻlyapti..
Yozay, desam, yozolmayapman,
So'zlay, desam, so'zlolmayapman,
Yig'lay, desam, ko'z yoshi yo'q
Yuragim siqilgan, sababni topolmayapman...

Ba'zan inson, so'zlamasada uni tushunuvchi, yozmasada undagi jumlalarni o'qiguvchi, yig'lamasada, tabassumi ortidagi faryodlarni eshituvchi biriga muhtoj bo'ladi...

Taimaa Sattar
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaligimda, Men shunchaki boshqa olamda boshqa vaqtda tug'ulib qolganman. Meni joyim dengizda deb o'ylardim, lekin suzishni bilmasdim...))
2
Bugun oy men uchun oʻzgacha nur sochyapti
👍2💋2
Oldinlari har juma kuni o‘zim uchun kitob xarid qilardim…

Sokin kunlarda ularni varaqlab,
har sahifadan o‘zimni qidirardim.

Go‘yo har bir kitob —
meni menga yaqinlashtirardi.

Hozir esa hayotimda biri bor…

Endi har juma yana kitob olaman,
lekin bu safar o‘zim uchun emas.

U uchun.

Juma hadyasi sifatida yuboraman.

Va oʻzimga ham qiziq…
oldin kitoblar orqali o‘zimni topar edim,
endi esa kimnidir xursand qilish orqali
o‘zimni yana-da chuqurroq topayapman.
Balki bu ham bir ishqdir…
Har juma — kichkina bir sabab,
lekin ichimda katta bir his uyg‘otadi.
Endi kitoblar faqat sahifalardan iborat emas…
ular orasida mehr yashaydi.
Balki haqiqiy baxt —
kimnidir eslab yashashdadir.
Bizda bir yer qimirlamasinda muhokama qilish boshlandi hamma joyda

Yer qimirladimi sizlarda ham
U qiz xuddi Rasulullohning ayollari Oisha onamizga o’xshar edi, ovqat qilishni yoqtirmasdi, xayotini ilm fanga bag’shida etgan edi..)
#hijobligim
Tasavvur qil ertalab uyg'onding va haqiqatdan ham ertalab ekan abed emas...
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
Video message
Sayr qilishlik havo boʻlyapti
🍾1
#maktub

Sen bilan shunchaki yashashni xohlamayman, hayotim mazmuni o‘zing bo‘lsang, qanday qilib shunchaki yashashim mumkin? Axir aql, ko‘z, quloq bilan emas, ruhlar bilan nikoh ila birlashgan ikki qalb shunchaki yashashi mumkin ?

Jannatga borar yo‘lingda bir umr seni iymoningning yarmi emas, hammasi bo‘lib, qalbingga sakinat, ruhingga taskin bo‘lib yashashni xohlayman. Dunyodan charchagan ruhing faqat men ila taskin topsin.

Alloh qalbimizga joylagan bu muhabbatdan Mus'ab, Sa'ad, Buxoriy, Salohiddin Ayyubiy, Xolid ibn Valid, Muhammad Fotihdek kishilar, Hadicha, Fotima, Oisha, Maryam onamizdek jannat kalitlarimiz ulg‘aysin. Bilasanmi? Bu shunchaki yashash emas, bu Alloh rizoligi yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lish. Bu sharafli yo‘lda sen ila birga qarishni istayman...

Qachondir bu maktublar senga yetib borishini niyat qilib...)
1
Sənin Qədər 2024 (Official Music Video)
Namiq Qasımov