Khalimov | Blog
5K subscribers
239 photos
39 videos
1 file
95 links
💭 Bu Blog — shunchaki ochilgan manfaat izlamang.
Ismim Azizbek. Shiorim — “Hamisha oʻzing hohlagan ishni qil”

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
Ba’zan kechasi ko‘rgan tushim kun bo‘yi esimdan chiqmaydi. Kayfiyatim ham o‘sha tushga bog‘lanib qoladi. Sizlarda ham shunday bo‘ladimi?
👍3
Bormikan bu dardimga malham,
Gaplarim ko'p ichimga yutgan.
Jismim bilan borsam bo'lgani,
Ruhim allaqachon baytingga yetgan.
Ayblarim ko'p o'shanchun yuzlarim shuvut,
Osmonimda kezmoqda qopqora bulut.
Labbay deb yuguraman, chaqirsang agar,
Huzuringda hamma g'amlar bo'lmasmi unut?
Gunohim ko'p oldingda ko'p bo'ldim hijolat.
Ka'batulloh qarshisidan topay halovat....
🔥1
Forwarded from Khumoyun Writes
Mana Bahor ham keldi, lekin tinchlik havf ostida. Iloyim havomiz ja toza bo'lmasayam, raketalar uchmaydigan tinchlik musaffo bo'laversin 😐
🔥41💯1
Koshki edi, bir ozgina baxtni sotib olish mumkin bo‘lsa. Go‘yo u do‘konda turibdi. Narxi bor. O‘lchovi bor. Tanlab olib, uyga olib ketasan. Lekin baxt sotilmaydi. U topiladi. Ba’zan mehnatda. Ba’zan sabrda. Ba’zan esa shunchaki qabul qilishda. Inson pul bilan ko‘p narsani oladi. Ammo baxt — boshqa turdagi boylik.
👍2
Duo bor umidsizlik yo‘q,
-Alloh bor chorasizlik yo‘q.
Sabablar bilan yetishilmagan narsaga duo bilan yetishiladi.
🔥3
Yomg'ir yog'moqda...
Sen bilan tashqarida yomg'ir ostida yoki bir yerda choy ichsak...
Choy bo'lsa va sen bo'lsang...
Choy uzatgan sen bo'lsang uni olgan men bo'lsam...
Sen suhbatdosh bo'lsang...
So'zlovchi bo'lsang va tinglovchi men bo'lsam...
4
Ijod mahsuli, iftorlikga keloraslar 😋
2❤‍🔥1🤩1
i = 0
While i <=100:
Print("Baryamingiz bilan tabriklayman")
i= i + 1

Ps: 100 marta tabriklash formulasi..))
👍1
Sen yozasan bir ikki jumla
Qayta qayta o’qiydigan men
Yana bir bor yozishing uchun
Ming bora bahona to’qiydigan men
👍1
📚 FOTIMANING BOLASI

Ba’zan bolaga katta sovg‘alar, qimmat kiyimlar yoki hashamatli uy ham kerak emas.
Ba’zan bolaga shunchaki mehr, e’tibor va tushunish kifoya…

Asarda tasvirlangan Yusuf aynan shunday mehrga tashna bola edi. Bolalikning eng nozik pallasida u qalbini tushunadigan, ichki dunyosini anglaydigan insonni topa olmadi. Ayniqsa, onasining mehriga juda muhtoj edi. Chunki aynan ota-ona e’tibori bolaning dunyoni qanday ko‘rishiga, hayotga qanday munosabatda bo‘lishiga katta ta’sir qiladi.

🌟 Shu o‘rinda faqat onani ayblash ham to‘g‘ri emas. Fotima ham oilasi va farzandlari uchun tinimsiz mehnat qiladi. Ularning kelajagi, bilimli bo‘lishi uchun kurashadi. Bu mehnatning ortida esa cheksiz mehr va fidoiylik yotadi. Asar davomida uning ezilib yig‘lagani, farzandlari uchun qayg‘urgani ham buni ko‘rsatadi.

🌟 Ammo yana bir jihat bor. Ko‘pincha farzand tarbiyasi faqat onaning zimmasida degan qarash mavjud. Aslida esa ota ham bu mas’uliyatdan chetda qolmasligi kerak. Asarni o‘qib, Yusufning bu darajaga kelishida otaning oilaga vaqt ajratmasligi, mas’uliyatni rafiqasiga tashlab qo‘yganini ham sezish mumkin.

😔 Yusuf boshqacha bola edi. Sokin, ammo ichida mehr daryosi jo‘sh urib turgan bola. Uning eng katta orzusi mashhur bo‘lish emas edi. U faqat onasining birgina e’tibori va sevgisini qozonishni istardi.

🎨 Yusufning hayotidagi yagona quvonch esa rasm chizish edi. Bu uning qalbiga taskin beradigan, ichki dunyosini ifoda qiladigan mashg‘ulot edi. Ammo aynan shu qiziqish ham cheklanganda, uning ichidagi nur asta-sekin so‘na boshlaydi…

Bu asar meni ota-ona va farzand o‘rtasidagi juda nozik rishtalar haqida chuqur o‘ylantirdi. Ba’zan farzandga katta narsalar emas — shunchaki eshitilish, tushunilish va mehr kerak bo‘lar ekan.

📖 Bu asarni ayniqsa ota-ona boʻlish arafasidagilarga o‘qishni tavsiya qilaman.
🤩7🔥6😍5👍43🎉3❤‍🔥3💯3👏1👌1
#ana_sizga

11 yoshlik jiyanim telefonda sevgan qiziga o'zingni yosh boladek tutmagin deb urushyapdi...

Men esa xali ham Solihani kelishini kutib o'tiribman...
😔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣4👍1🔥1😢1
Ko‘z Qur’oni Karimga qarasinki, haromga tikilmasin.
Qalb rahmat bilan to‘lsinki, hasad bilan qoraymasin.
Til zikr bilan mashg‘ul bo‘lsinki, nomaqbul so‘zga o‘rganmasin.
Aql tafakkur bilan shakllansinki, ma’naviyatsiz qolmasin.
Qo‘l yaxshilikka xizmat qilsinki, haromga uzatilmasin...
👏1
Live stream started
Live stream finished (10 minutes)

Bo'ydoqchilik qursin, yarim kechasi ko'chada ovqat izlab yuribma
n...))
Keyingi ramazonni shu ramazonda duolaringizda soʻragan narsalaringiz bilan kutib olish nasib etsin inshaalloh
🔥21🌚1
🌙 Assalomu alaykum, azizlar!

Barchangizni muborak bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Bu ulug‘ kunda qalblaringiz nurga to‘lsin, xonadonlaringizdan baraka arimasin, qilgan ibodatlaringiz Alloh dargohida qabul bo‘lsin 🤲

Yaqinlaringiz bilan birga quvonchli, fayzli va unutilmas damlarni o‘tkazing!

Hayitingiz muborak bo‘lsin!
🎉3🌚1
📍U ilimli bo'lib, men ilimsiz bo'lsam u menga hadya, men ilimli bo'lib, u ilimsiz bo'lsa, men Unga hadya))💐
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👌2
🛑Qaysidir insonning so'zi shifo, qaysidir insonning yuzi, qaysidir insonning gapirishi yana qaysidir insonning go'zal tabassumi shifodir.
Qaysidir insonning faqatgina qayerdadir borligi shifo...🌟

Alloh bir-biriga shifo bo'lgan insonlarni
bir-biridan ayirmasin...)🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🕊2🌚1
Kun tartibim haqida qisqacha
1