Khalimov | Blog
4.16K subscribers
207 photos
35 videos
92 links
📚 O‘qib anglaganlarim
✍️ Hislarimdan o‘tgan satrlar
📖 Kitob tahlillari va shaxsiy hikoyalarim
💭 Bu Blog — ichki suhbatim
🤍 O‘zim uchun yozaman, sizga yetib borsa xursandman. 😊

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boʻsh ekan yuragim kabi
😁5❤‍🔥1
Shu meni har kuni qiynayotgan sessiyadan eson omon oʻtib olsam kanaldagi omadli insonlarga 30ta kitobni tarqatib yuboraman.
5
“Sen bir olam, men o‘zga olam”

Hayotimda ilk bor bu dahshatli hisni tuydim. Seni tubsiz jarlikka tortib ketishi mumkin bo‘lgan bo‘shliq hissi. O‘zimga nisbatan nafrat, alamzadalik, so‘ng millionlab savollar: nega bularning bari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ydim? O‘zim aybdorman. Hech kim meni Eliasga ishonishga majburlagani yo‘q. Hech kim u bilan gaplashishga meni zo‘rlamadi. Hammasi yaxshilik bilan tugamasligi avvalboshdan ma’lum edi. Nima kutgandim o‘zi?
Tentak, tentak, tentak. Shunchaki tentakman.
Lek hamon og‘riq bor…

Feya Moran
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uning ismi 🤫
❤‍🔥4
Bekorchilar bolsa gaplashib otiramiz; https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=1ba3ed1c628
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁1
Khalimov | Blog
Video message
Talabalarcha yangi yil 😁
🤣3💋1

Ilk bor qo'limga qog'oz, qalam oldim.
Qog'oz qalam sexridan hayron qoldim;
Oq qog'oz ko'zimni biroz yoshladi;
Qalam ham hayotdan parcha boshladi;
Tug'uldim hayotda yashay kimni deb;
Balki meni sevgan qora ko'zni deb;
Ishonchim qolmadi hatto do'stlarga;
Bugun yashnab turib so'ngan gullarga;
Gul ham ochilib turar vaqtincha;
Yerga tushib yerga xamroh bo'lguncha;
Daraxt kurtak ila meva tugarkan;
Meva bo'lib shoxi sinsa yig'larkan;
Ko'zimdan yosh to'kildi hayot beshavqat;
Bir tomonda shodlik birida nafrat;
Yaxshi niyat qilsang niyating porloq;
Ammo niyat qilib qilmagin gunox;
Do'stlarim ketdi lek onam yonimda;
Doyim xamroh yaxshi yomon kunimda;
Hayot achchiq ekan rostan beshavqat;
Bir zum ham to'xtama qilgin harakat
;
1💋1
Khalimov | Blog
#ishq_safari (davomi) Ba’zilar olisdan sevarlar... Ba’zilar sevishni yonma-yon yurish deb biladi. Qo‘l ushlash, birga kulish, bir-biriga suyanib yashash… Ammo ba’zilar sevishni jimlikda o‘rganadi. Masofa ichida, sukutda, yurak bilan. Men shunday sevdim.…
#ishq_safari (davomi)

Uni topgan joyimda uni yo‘qotdim
Uni birinchi marta ko‘rgan joyimni hamon aniq eslayman. O‘sha sokin burchak, ko‘nglim o‘sha kuni nimagadir boshqacha urganini. Go‘yo taqdir asta sekin meni kimdir tomon yetaklayotgandek edi. Men bilmasdim bu uchrashuv qalbimga shu darajada iz qoldirishini… va bilmasdim: uni aynan topgan joyimda bir kun yo‘qotib qo‘yishimni ham.
U kun men o‘zimni nihoyatda yakkayu yolg‘iz his qilardim. Qor asta yog‘ar, shahar sukunatga cho‘mgan. Qadamlarim bilan qorni bosib o‘tar ekanman, o‘zimni hech kimga kerakmasdek tuyilardim. To’satdan uni ko‘rdim. Bilasizmi, ba’zi insonlar bor — ko‘rinishi bilan ham sizning ichingizdagi nimadirni uyg‘otadi. U shunday edi. Uning nigohi ham sokin, ham iliq, ham qandaydir o‘rganib bo‘lmaydigan darajada beg‘ubor edi.
O‘sha joyda meni hayot ilk marta bir lahza to‘xtatdi.
Men uni topgandim.
Lekin vaqt o‘tishi bilan bir narsani angladim: ba’zan insonlar taqdirda uchrashadi, lekin taqdirda birga qolmasligi ham mumkin ekan. Men uning yonida o‘zimni yaxshiroq his qilardim — xuddi juda uzoq izlab topganimdek. Uning suhbati yuragimni yumshatar, jilmayishi esa sovuq kunlarimni eritardi.
Ammo hayot har doim biz xohlagan tarzda davom etmaydi. Uni topganim joyda — o‘sha quvonchda, o‘sha yashirin umidda — uni asta yo‘qota boshladim. U mendan uzoqlashgani emas… men ayta olmaganim uchun uni qo‘ldan boy berdim.
Men unga yaqinlashgan sari, uni qalban uzoqlatib qo‘ygandek bo‘ldim.
Men hislarimni aytishga jur’at topganim sari, vaqt menga qarshi ishlayotgandek tuyildi.
Shunda angladim: odam ba’zan o‘z qo‘riqlarini buzib, o‘zini ochib berishga ulgirmaydi. Va shu orada eng qadrli insonni ham yo‘qotishi mumkin ekan.
Men uni topgan joyimda… sukutim bilan uni yo‘qotdim.
Hozir ham o‘sha joyga borib qolsam, qor ostida uning izlarini eslayman. U bilan bo‘lgan sukunatni, ko‘zlarimizdagi yashirin gaplarni, aytilmay qolgan so‘zlarni… va eng og‘iri: aytilganida balki taqdirimiz o‘zgargan bo‘larmidi, degan savolni.
Ammo bir narsani bilaman: uni topganim — behuda emas edi.
U meni o‘zgartirdi.
U meni tinglashga, his qilishga, odamlarni tushunishga o‘rgatdi.
U menga biror kishi hayotingga kirishi bilan qanday yorug‘lik olib kirishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Ha, men uni topgan joyimda yo‘qotdim.
Lekin uni topganim — hayotimning eng chiroyli mo‘’jizalaridan biri bo‘lib qoldi.
Ba’zan Alloh kimgadir bizni yaqinlashtiradi, faqat sevishimiz uchun emas — balki o‘zimizni tanishimiz, o‘zimizni anglashimiz va yuragimizni poklab olishimiz uchun.
Men uni yo‘qotdim, lekin o‘zimni qayta topdim.
💋429❤‍🔥9🔥5🎉4🤩3👍2😍2🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💋8
Khalimov | Blog
💋 kim bosdi?
Unaqa qimanglar odamni hijolat qilib
💋6😍3👌2❤‍🔥1
Kechgi soat 22:10 dagi "yurak" va "aqilning" suhbati.😅

🫀: zoʻr ramantik havo boʻlyapti, qizing bilan koʻchaga chiqib aylanib kel.


🧠: esing joyidami seni qizing yoʻqku
🤣51🔥1🤔1💋1
Ba'zan senga faqatgina bir finjon choy va ajoyib bir kitob yetarli bo'ladi..☕️
💋2🔥1
Hozirgi kunda eng koʻp eshitadigan gapim
- yaxshi qiz qolmadi
- Qizlarda hayo kamayib ketdi
- Qaysi qizga borma oʻqiganga beramiz deb ota onasi unamayapti

Hoy baraka topgur oʻzing kimsanu yana kimni hohlayapsan? Oldin oʻzinga bir eʼtibor ber? Yoki Farishtamisan gunohlardan pok? Oʻgʻil bolasidan tortib qiz bolasigacha shu gap bollarga yaxshi qiz , qizlarga yaxshi yigit yoʻq! Hammasi bir biridan oppoq.

Gar Fotima izlasang oʻzing avval Ali boʻl!
4🔥1🕊1💋1
Ba’zan o‘ylab qolaman: agar shu vaqtgacha bukmekerlikdan kelgan reklamalarni qabul qilganimda, balki bugun bu ahvolda yurmas edim. Balki tagimda eng zo‘r mashina bo‘lardi, odamlar havas qilgudek hashamatli uyim ham bo‘lardi. Oyma-oy chet el safarlariga chiqish uchun ham bemalol yetadigan pul ham kelardi.
Insonning ahvoli yomonlashsa, shayton ham bekor turmaydi-da, har xil vasvasalarga chorlaydi. “Bu yo‘lingdan qayt, o‘qib nima qilasan, reklama bosib soqqangni qilsang boʻlmaydimi, Orzularingga tezroq yetasan, hammaga o‘zing kimligini ko‘rsatib qo‘yasan”, — deb qulog‘imga pichirlaydi. Go‘yo oson yo‘lni tanlasam, hayotim birdaniga porlab ketadigandek.
Ammo men bu yo‘lni tanlay olmayman. Chunki ichimda bir ovoz bor — jim, ammo yuragimdan mahkam ushlab turadigan ovoz. U menga: “Harom aralashgan rizqning barakasi bo‘lmaydi” deb eslatadi. O‘sha pichirlagan vasvasaga quloq solsam, ko‘nglimni qaysi changalzor yo‘llarga yetaklab ketishini yaxshi bilaman.
Aslida menga boylikning ko‘r-ko‘rona porlashi ham, hashamatli hayotning ko‘z-ko‘z qilinishi ham qiziq emas. Men uchun eng katta ne’mat — qalbning tinchligi. Chunki boylik ortidan yugurib, vijdonni yo‘qotib qo‘ysak, qo‘limizdagi mol ham, yuzimizdagi tabassum ham begona bo‘lib qoladi.
Ba’zan oson yo‘lni tanlaganlarni ko‘rib, o‘zimga savol berib qo‘yaman: “Bularam topib yuribdi, men nima uchun qiynalayapman?” Lekin shu o‘y oldida uzoq turmayman. Chunki bilaman: halol yo‘l bilan sekin bo‘lsa ham, har bir bosgan qadamimning qadrli bo‘ladi.
Agar men halolligimni boy berib qo‘ysam, topgan har bir so‘mimning toti bo‘lmaydi, aksincha yuragimga og‘irlik bo‘lib cho‘kadi.
Vijdon — Alloh bandaga bergan eng nozik, eng qimmat tarozisi. U har adashganingda signal beradi, yo‘lingni to‘g‘rilashga chorlaydi. Odamlardan yashirishing mumkin, lekin o‘z vijdonidan qocholmaydi kishi. Vijdon ketgan joydan esa baraka ham ketadi.
Islom esa menga shuni o‘rgatgan: rizq — Allohdan. Oson kelgan pulning ortida sinov bo‘ladi, mehnat bilan kelgan pulning ortida esa duoning hidlari turadi.
Men vasvasaga emas, Yaratganning bergan savobli yo‘liga ergashishni tanlayman.
Axir oxir-oqibat boylik emas, halollik bilan tugagan umr odamni baxtli qiladi
.
1🔥1💋1
Bu yildagi kanalim sarhisobi. Hammangizga rahmat qadrli kuzatuvchilar. Sizlar bor bu kanal shunday natijalarga chiqyabdi.

Faqat oxirgi paytda ko’rishlar soni ancha kamaygan, odamlar kanalni tark etishlar soni ham ancha yuqorilashib ketdi.

Sizlar qanchalik aktiv bo’lsangiz, menda ham shuncha qiziqish va nimadur ulashishga hoshish boʻladi.

Fikringizni qoldiring. Sizning fikringiz mativatsiya bo’lar )
44🤩2🏆2💋2❤‍🔥1🔥1
Forwarded from 🌙Hijab_soul
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💋1
Bu semestrda fanlardan olgan ballarim.

Akademik yozuv
30/38

Xorijiy til
30/35

Dinshunoslik
30/38

Fizika
30/14 domla ishoning hech qachon unutmayman, men sizni eslab qoldim 🥲


Hisob (oliy matematika)
30/32

Dasturlash
30/34
💋1
Vanihoyat bugun uyga qaytyapman yopilmagan 3 ta fanim qolib ketdi hammasiga kulib qoʻygan holatda uyga ketishni tanladim🥲
1👌1💋1
Khalimov | Blog
Vanihoyat bugun uyga qaytyapman yopilmagan 3 ta fanim qolib ketdi hammasiga kulib qoʻygan holatda uyga ketishni tanladim🥲
Uyga kelsam
dadam : vaqtida kelding uyni buzib boshqatdan quramiz
Men: 🗿
🤣5🤯3❤‍🔥1💔1💋1