Khalimov | Blog
4.17K subscribers
207 photos
35 videos
92 links
📚 O‘qib anglaganlarim
✍️ Hislarimdan o‘tgan satrlar
📖 Kitob tahlillari va shaxsiy hikoyalarim
💭 Bu Blog — ichki suhbatim
🤍 O‘zim uchun yozaman, sizga yetib borsa xursandman. 😊

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
- Kimga yoqdimu
- Kimga yoqmadim
- Yashashni ham juda bopladim
- Boyimga mos boy topdim ammo
- Koʻnglimga mos koʻngil topmadim



Vizzzzzzzz 😅
🤣8🔥2
Rostini aytsam, nima qilishni, qaysi yoʻlni tanlashni yoki kim bilan birga boʻlishni tushinmayapman. Nega bu hayotda bunchalik koʻp umidsizlik bor? Sen yaxshi niyat bilan harakat qilasan, amma natijasi hamma narsa yanada yomonroq tugaydi.
❤‍🔥21🔥1👏1🤔1
Biroz kechikdim (Official Music Video)
Mirjalol Yo'lchiyev
🎧 da zoʻr ketadi.
💔1
Sen boshqacha boʻl, tashqaridagi qor yogʻayotgani haqida obunachilaringga hech narsa dema))😁
🤣72
Bugun dadamning tug‘ilgan kunlari edi.
Afsuski, bu safar ham ularni faqat telefon orqali, quruqgina tabriklash bilan cheklanib qoldim. Qo‘limdan kelgani shu bo‘ldi, xolos. Bugun oldilariga kelishimni so‘radilar, lekin bora olmadim. Ichimda nimadir yo‘l qo‘ymadi… vijdonim qiynaldi.

Ular meni shu yoshimgacha bekamu ko‘st qilib voyaga yetkazishdi. Do‘stlarimdan kam qilishmadi, orzularimni, aytgan gaplarimni doimo qo‘llab-quvvatlashdi. Har qadamimda yonimda bo‘lishdi. Men esa 18 yoshga kirib, ular uchun hali biror arzigulik ish qila olmadim.
Ko‘pchilik bu hayotda motivatsiyani turli joylardan izlaydi. Lekin men uchun haqiqiy motivatsiya — ota-onamizning borligi va ularning sekin-asta qarib borayotganini anglashdir. Va eng achinarlisi — siz hali ham ular uchun yetarli darajada biror narsa qila olmaganingizni his qilishdir. Meningcha, haqiqiy motivatsiya aynan shu yerda.

Boshqa narsalardan motivatsiya qidirish xato, deb o‘ylayman. Agar ota-onangiz hayot bo‘lsa, eng katta kuch, eng katta turtki shularning o‘zidir.

Albatta, ular farzandining o‘z yo‘lini topib ketishini xohlashadi. Dadam bugun 46 yoshga to‘ldilar. Vaqt juda tez o‘tyapti. Shuni angladimki, vaqtni bekorga sovurmasdan, imkon borida ularning roziligini olishimiz kerak.

Qachon dangasalik bosib, to‘xtab qolmoqchi bo‘lsak, ota-onamizni eslab, ularga qarab kuch olishimiz kerak. Va yana davom etishimiz kerak. Chunki ular bunga loyiq.
6👍2🎉2🕊1
Sevmoq go'zalmi, yo sevilmoq
Alloh uchun bo'lmasa,
na sevmoq go'zal, na sevilmoq !
🔥4❤‍🔥21👌1
Tezroq qadam tashlash kerak ekan. Bugun u bilan yigiti haqida gaplashib oʻtirdik yaxshi bola ekan)
🤣5
Odamlar doim gapiradi. Sen esa yashashda davom etasan. Quloq sol, hayot seniki, ular orqangdan gapiradi va ortingda qoladi. Sen esa orzularing sari oldinga yuraverasan.

"Sahobalardan maktublar" kitobidan
👏531❤‍🔥1
O'zbekistonda yashasangiz: "sizni ishingiz nima?" - degan so'zni peshonangizga ilvolishingiz kerak.

Taksiga chiqasiz: "qayerda o'qiysan?" - deydi. "shu, shu univerda" - deysiz, "a, o'zimizi ketmonchilikda o'qib qo'yavermaysanmi?" - deydi. "Sizga parqi yo'q emasmi?" - degingiz keladi.

Qayerga borsangiz kimdir sizga aql o'rgatib turadi. So'ramasangiz ham.

"Ozib qolibsanmi?" - deydi. "ha, harakatdaman" - desangiz, 1245 kg odam sizga qanday ozish bo'yicha tavsiyalar berib boshlaydi. "akajon, man perplexity pro ishlataman, hamma narsani research qilib keyin qilaman" - desangiz ham to'xtamaydi. Oxiri "Sizga parqi yo'q emasmi?" - degingiz keladi.

Zalga borsangiz: "e uka bunaqa qilmaydi" - deydi sizdan ozgina semizroq odam. "akajon, man youtubedan ko'rib, 1:1 oynada mashq qilyabman" - desangiz ham tushunmaydi. Oxiri "Sizga parqi yo'q emasmi?" - deginzi keladi.

Yaqin odamingiz nimadir qilayotgan bo'lsa maslahat berishingiz "okayish" narsa, lekin to'g'ri kelgan begona odamga maslahat berish norm narsa emas. Juda kerak bo'lsa so'raydi, balki.

Latviyada mazza qiladigan narsam, yerda yumalab yotsangiz ham kimdir kelib: "ukajon yordam kerakmi?", yoki "ukajon, farosatti ishlat" - demaydi. O'zingizni ghostdek xis qilasiz. Hechkimni siz bilan ishi yo'q. Bu ba'zan yomon, lekin ba'zan juda mazza narsa :))
🔥4👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌚2🔥1
Khalimov | Blog
Video message
Husaynxon yahyo Domlani maʼruzalarini eshitib dars qilishdek baxt yoʻq 🫠
🔥2👏1🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1
O'kinma!
Qayg'uda qolgan bo'lsang, demak, yuraging bor ekan. Yuraksizlar xafa bo'l(ol) maydilar. Qayg'uni his qilsang, demak, baxtiyorsan. Uyg'oq qalb sohibi ekansan. Qalbing g'ofil bo'lsa, nima qilarding?
Qalbing loyiga huzun qo'shilmaganida nima qilarding?
Demakki, nazardan chetda qolmabsan. Demakki, Sen ko'ngli uyg'oqlardansan!

“Iymon va huzun” kitobidan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boʻsh ekan yuragim kabi
😁5❤‍🔥1
Shu meni har kuni qiynayotgan sessiyadan eson omon oʻtib olsam kanaldagi omadli insonlarga 30ta kitobni tarqatib yuboraman.
5
“Sen bir olam, men o‘zga olam”

Hayotimda ilk bor bu dahshatli hisni tuydim. Seni tubsiz jarlikka tortib ketishi mumkin bo‘lgan bo‘shliq hissi. O‘zimga nisbatan nafrat, alamzadalik, so‘ng millionlab savollar: nega bularning bari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ydim? O‘zim aybdorman. Hech kim meni Eliasga ishonishga majburlagani yo‘q. Hech kim u bilan gaplashishga meni zo‘rlamadi. Hammasi yaxshilik bilan tugamasligi avvalboshdan ma’lum edi. Nima kutgandim o‘zi?
Tentak, tentak, tentak. Shunchaki tentakman.
Lek hamon og‘riq bor…

Feya Moran
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uning ismi 🤫
❤‍🔥4
Bekorchilar bolsa gaplashib otiramiz; https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=1ba3ed1c628
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁1
Khalimov | Blog
Video message
Talabalarcha yangi yil 😁
🤣3💋1

Ilk bor qo'limga qog'oz, qalam oldim.
Qog'oz qalam sexridan hayron qoldim;
Oq qog'oz ko'zimni biroz yoshladi;
Qalam ham hayotdan parcha boshladi;
Tug'uldim hayotda yashay kimni deb;
Balki meni sevgan qora ko'zni deb;
Ishonchim qolmadi hatto do'stlarga;
Bugun yashnab turib so'ngan gullarga;
Gul ham ochilib turar vaqtincha;
Yerga tushib yerga xamroh bo'lguncha;
Daraxt kurtak ila meva tugarkan;
Meva bo'lib shoxi sinsa yig'larkan;
Ko'zimdan yosh to'kildi hayot beshavqat;
Bir tomonda shodlik birida nafrat;
Yaxshi niyat qilsang niyating porloq;
Ammo niyat qilib qilmagin gunox;
Do'stlarim ketdi lek onam yonimda;
Doyim xamroh yaxshi yomon kunimda;
Hayot achchiq ekan rostan beshavqat;
Bir zum ham to'xtama qilgin harakat
;
1💋1