This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥7🎉7😍7❤🔥7👍6🤩6
Khalimov | Blog
Video message
Kapital bankga kantrakt toʻlagani keldim mendan oldin 100 ta odam bor ekan. Baxtimni oʻqigani kitob olgandim
🤩11👍8❤6🔥6😍5❤🔥5🎉3
- Dunyoni suv bossa
- Cho’lda ne gunoh
- Yurak seni sog’insa
- Menda ne gunoh..!!
Vizzzzzzzz 😆
- Cho’lda ne gunoh
- Yurak seni sog’insa
- Menda ne gunoh..!!
Vizzzzzzzz 😆
🤣5
Khalimov | Blog
#ishq_safari (davomi) U hayotimga kirib kelgandan keyin hammasi birdan o‘zgardi. Sekin-asta, sezilmasdan o‘zgardi. Lekin orqaga qarasam, bu o‘zgarishlar juda katta ekanini angladim. Oldin mayda narsalarga beparvo qarardim. Endi esa atrofga ko‘proq e’tibor…
#ishq_safari (davomi)
Ba’zilar olisdan sevarlar...
Ba’zilar sevishni yonma-yon yurish deb biladi. Qo‘l ushlash, birga kulish, bir-biriga suyanib yashash…
Ammo ba’zilar sevishni jimlikda o‘rganadi. Masofa ichida, sukutda, yurak bilan.
Men shunday sevdim.
Yaqin bo‘lmasam ham, uzoq ham ketmadim.
U hayotimda har kuni ko‘rinmasada, lekin qalbimda har kuni bor.
Ba’zan birgina xabari kunimni yoritar, ba’zan esa javobsiz qolgan tunlar yuragimni jim og‘ritar edi. Shunga qaramay, men bu sukunatni sevib qoldim. Chunki shu sukunatda uning ovozi bor edi.
U bilan oramizda masofa bor. Lekin bu masofa muhabbatni kamaytirmadi. Aksincha, hislarni tozalab, ortiqcha istaklardan xoli qildi. Endi bu sevgi shovqinli emas — sokin. Ammo chuqur.
Men undan yaqinlik talab qilmadim.
Faqat yuragimdan joy berdim.
Balki u buni bilmasdir. Balki sezib ham yetmas. Ammo sevgi har doim tan olinishi shart emas ekan. Ba’zan u faqat yurakda halol yashasa kifoya.
Olisdan sevish qiyin. Chunki ko‘ra olmaysan, gaplasha olmaysan, faqat his qilasan. Lekin shunday pallalar bo‘ladiki, u haqida o‘ylab qo‘yishning o‘zi ham duo bo‘lib ketadi.
Men uni shunday asrayman. Jim. Talabsiz. Umidsiz emas, lekin shoshilmasdan.
Go‘yo yuragimning eng nozik joyida ehtiyotlab qo‘ygandek.
Ba’zilar shunday sevarlar.
Masofadan.
Sukutda.
Lekin butun vujudi bilan.

❤🔥24❤15🔥13👏4🤩3🎉2⚡1👍1
🌧Yomgʻir+🎧 Minor+ piyoda nomalum manzil tomon🚶➡️
Oʻzimni shu darajada yolgʻiz his etyapman tasvirlash juda qiyin.

👍2
- Kimga yoqdimu
- Kimga yoqmadim
- Yashashni ham juda bopladim
- Boyimga mos boy topdim ammo
- Koʻnglimga mos koʻngil topmadim
Vizzzzzzzz 😅
- Kimga yoqmadim
- Yashashni ham juda bopladim
- Boyimga mos boy topdim ammo
- Koʻnglimga mos koʻngil topmadim
Vizzzzzzzz 😅
🤣8🔥2
Rostini aytsam, nima qilishni, qaysi yoʻlni tanlashni yoki kim bilan birga boʻlishni tushinmayapman. Nega bu hayotda bunchalik koʻp umidsizlik bor? Sen yaxshi niyat bilan harakat qilasan, amma natijasi hamma narsa yanada yomonroq tugaydi.
❤🔥2❤1🔥1👏1🤔1
Sen boshqacha boʻl, tashqaridagi qor yogʻayotgani haqida obunachilaringga hech narsa dema))😁
🤣7❤2
Bugun dadamning tug‘ilgan kunlari edi.
Afsuski, bu safar ham ularni faqat telefon orqali, quruqgina tabriklash bilan cheklanib qoldim. Qo‘limdan kelgani shu bo‘ldi, xolos. Bugun oldilariga kelishimni so‘radilar, lekin bora olmadim. Ichimda nimadir yo‘l qo‘ymadi… vijdonim qiynaldi.
Ular meni shu yoshimgacha bekamu ko‘st qilib voyaga yetkazishdi. Do‘stlarimdan kam qilishmadi, orzularimni, aytgan gaplarimni doimo qo‘llab-quvvatlashdi. Har qadamimda yonimda bo‘lishdi. Men esa 18 yoshga kirib, ular uchun hali biror arzigulik ish qila olmadim.
Ko‘pchilik bu hayotda motivatsiyani turli joylardan izlaydi. Lekin men uchun haqiqiy motivatsiya — ota-onamizning borligi va ularning sekin-asta qarib borayotganini anglashdir. Va eng achinarlisi — siz hali ham ular uchun yetarli darajada biror narsa qila olmaganingizni his qilishdir. Meningcha, haqiqiy motivatsiya aynan shu yerda.
Boshqa narsalardan motivatsiya qidirish xato, deb o‘ylayman. Agar ota-onangiz hayot bo‘lsa, eng katta kuch, eng katta turtki shularning o‘zidir.
Albatta, ular farzandining o‘z yo‘lini topib ketishini xohlashadi. Dadam bugun 46 yoshga to‘ldilar. Vaqt juda tez o‘tyapti. Shuni angladimki, vaqtni bekorga sovurmasdan, imkon borida ularning roziligini olishimiz kerak.
Qachon dangasalik bosib, to‘xtab qolmoqchi bo‘lsak, ota-onamizni eslab, ularga qarab kuch olishimiz kerak. Va yana davom etishimiz kerak. Chunki ular bunga loyiq.

❤6👍2🎉2🕊1
Tezroq qadam tashlash kerak ekan. Bugun u bilan yigiti haqida gaplashib oʻtirdik yaxshi bola ekan)
🤣5
Odamlar doim gapiradi. Sen esa yashashda davom etasan. Quloq sol, hayot seniki, ular orqangdan gapiradi va ortingda qoladi. Sen esa orzularing sari oldinga yuraverasan.
"Sahobalardan maktublar" kitobidan
👏5⚡3❤1❤🔥1
Forwarded from 🍇 Dasturchining kundaligi
O'zbekistonda yashasangiz: "sizni ishingiz nima?" - degan so'zni peshonangizga ilvolishingiz kerak.
Taksiga chiqasiz: "qayerda o'qiysan?" - deydi. "shu, shu univerda" - deysiz, "a, o'zimizi ketmonchilikda o'qib qo'yavermaysanmi?" - deydi. "Sizga parqi yo'q emasmi?" - degingiz keladi.
Qayerga borsangiz kimdir sizga aql o'rgatib turadi. So'ramasangiz ham.
"Ozib qolibsanmi?" - deydi. "ha, harakatdaman" - desangiz, 1245 kg odam sizga qanday ozish bo'yicha tavsiyalar berib boshlaydi. "akajon, man perplexity pro ishlataman, hamma narsani research qilib keyin qilaman" - desangiz ham to'xtamaydi. Oxiri "Sizga parqi yo'q emasmi?" - degingiz keladi.
Zalga borsangiz: "e uka bunaqa qilmaydi" - deydi sizdan ozgina semizroq odam. "akajon, man youtubedan ko'rib, 1:1 oynada mashq qilyabman" - desangiz ham tushunmaydi. Oxiri "Sizga parqi yo'q emasmi?" - deginzi keladi.
Yaqin odamingiz nimadir qilayotgan bo'lsa maslahat berishingiz "okayish" narsa, lekin to'g'ri kelgan begona odamga maslahat berish norm narsa emas. Juda kerak bo'lsa so'raydi, balki.
Latviyada mazza qiladigan narsam, yerda yumalab yotsangiz ham kimdir kelib: "ukajon yordam kerakmi?", yoki "ukajon, farosatti ishlat" - demaydi. O'zingizni ghostdek xis qilasiz. Hechkimni siz bilan ishi yo'q. Bu ba'zan yomon, lekin ba'zan juda mazza narsa :))
Taksiga chiqasiz: "qayerda o'qiysan?" - deydi. "shu, shu univerda" - deysiz, "a, o'zimizi ketmonchilikda o'qib qo'yavermaysanmi?" - deydi. "Sizga p
Qayerga borsangiz kimdir sizga aql o'rgatib turadi. So'ramasangiz ham.
"Ozib qolibsanmi?" - deydi. "ha, harakatdaman" - desangiz, 1245 kg odam sizga qanday ozish bo'yicha tavsiyalar berib boshlaydi. "akajon, man perplexity pro ishlataman, hamma narsani research qilib keyin qilaman" - desangiz ham to'xtamaydi. Oxiri "Sizga p
Zalga borsangiz: "e uka bunaqa qilmaydi" - deydi sizdan ozgina semizroq odam. "akajon, man youtubedan ko'rib, 1:1 oynada mashq qilyabman" - desangiz ham tushunmaydi. Oxiri "Sizga p
Yaqin odamingiz nimadir qilayotgan bo'lsa maslahat berishingiz "okayish" narsa, lekin to'g'ri kelgan begona odamga maslahat berish norm narsa emas. Juda kerak bo'lsa so'raydi, balki.
Latviyada mazza qiladigan narsam, yerda yumalab yotsangiz ham kimdir kelib: "ukajon yordam kerakmi?", yoki "ukajon, farosatti ishlat" - demaydi. O'zingizni ghostdek xis qilasiz. Hechkimni siz bilan ishi yo'q. Bu ba'zan yomon, lekin ba'zan juda mazza narsa :))
🔥4👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌚2🔥1
Khalimov | Blog
Video message
Husaynxon yahyo Domlani maʼruzalarini eshitib dars qilishdek baxt yoʻq 🫠
🔥2👏1🌚1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤1
O'kinma!
Qayg'uda qolgan bo'lsang, demak, yuraging bor ekan. Yuraksizlar xafa bo'l(ol) maydilar. Qayg'uni his qilsang, demak, baxtiyorsan. Uyg'oq qalb sohibi ekansan. Qalbing g'ofil bo'lsa, nima qilarding?
Qalbing loyiga huzun qo'shilmaganida nima qilarding?
Demakki, nazardan chetda qolmabsan. Demakki, Sen ko'ngli uyg'oqlardansan!

“Iymon va huzun” kitobidan