Khalimov | Blog
4.17K subscribers
207 photos
35 videos
92 links
📚 O‘qib anglaganlarim
✍️ Hislarimdan o‘tgan satrlar
📖 Kitob tahlillari va shaxsiy hikoyalarim
💭 Bu Blog — ichki suhbatim
🤍 O‘zim uchun yozaman, sizga yetib borsa xursandman. 😊

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
Khalimov | Blog
#ishq_safari (davomi) U ketdi. Men esa o‘sha joyda yana biroz kitob oʻqib qoldim. Go‘yo aytilmay qolgan so‘zlarim havoda osilib qolgandek edi. Orqasidan qarab turdim, lekin chaqira olmadim. Qandaydir qo‘rquv emas edi bu — shunchaki hali vaqti emasligini his…
#ishq_safari (davomi)

Bugun unga yana birinchi bo‘lib men yozdim.
Uzoq o‘yladim. So‘zlarni bir necha marta yozdim, o‘chirdim, yana yozdim. Oxiri oddiygina xabar qoldirdim. Ba’zan aynan oddiylik eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.

U javob berdi.
Ertaga unga uchrashishni taklif qildim. Yuragim “endi kechiktirma” derdi, lekin baribir aytish oson emasligini bilardim. U rozi bo‘ldi.

Uchrashuvga hammasini ichimda aytib borgandek bordim. Rejam aniq edi: bu safar aniq aytaman. Lekin yonma-yon o‘tirganimizda hammasi yana o‘sha holatga qaytdi. Oddiy suhbat. Oralarida sukunat. Ichimda aytilishi shart bo‘lgan gap bor edi, lekin har safar boshlayman deganimda ovozim ichimda qolib ketadi.

Bir necha bor urinib ko‘rdim.
“Bir gap aytmoqchiman…”
Lekin davom ettira olmadim.

Bu safar ham yana nasib etmadi.

Ketish payti unga olgan hadyamni uzatdim. Katta narsa emas edi, shunchaki esda qoladigan, qo‘lda ushlaganda meni eslatadigan bir buyum. U ichida yana bir narsa borligini bilmasdi. Xayrlashdik.

Yo‘lda ketarkanman, ichimda g‘alati yengillik paydo bo‘ldi. Go‘yo aytolmagan gaplarim baribir manziliga yetib borgandek edi.

Chunki sovg‘a ichiga kichkina bir xat qoldirgandim. Unda ortiqcha so‘zlar yo‘q edi. Bezak ham yo‘q. Faqat qalbimdagi rost soʻzlar edi.

Xatda shunday yozilgandi:

“Men sizni yaxshi ko‘raman. Buni sizga ayta olish menga juda qiyin bo‘lyapti. Lekin ichimda olib yurish undan ham og‘irroq ekan. Javobingiz qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bilishingizni istadim.”

Endi navbat kutishga qoldi.
Bu safar ham kutish juda hayajonli oʻtdi. Ichimda qandaydir juda kuchli hissiyotlar.

Men bir narsani anglab oldim: sevgi har doim ham javob talab qilmaydi. Ba’zan u faqat aytilishni xohlaydi, xolos. Qolganini esa Allohga topshirib qoʻydim
. Alloh kimni qaysi koʻngilga bogʻlab qoʻyishni oʻzi yaxshi biladi.
16👍9🤩5❤‍🔥4😍3💯3🔥2🕊1
Kechasi soat 00:43 dagi "yurak" va "aqilning" suhbati.😅


🫀: Tashqarida yomgʻir yogʻyapti, qalbga orom beradigan yomgʻir, yur ozgina sayr qilib kelamiz.


🧠: Qoʻysangchi yarim tunda koʻchada balo bormi.
🤣273😁2🔥1👌1
Khalimov | Blog
#ishq_safari (davomi) Bugun unga yana birinchi bo‘lib men yozdim. Uzoq o‘yladim. So‘zlarni bir necha marta yozdim, o‘chirdim, yana yozdim. Oxiri oddiygina xabar qoldirdim. Ba’zan aynan oddiylik eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. U javob berdi. Ertaga unga uchrashishni…
#ishq_safari (davomi)

U hayotimga kirib kelgandan keyin hammasi birdan o‘zgardi. Sekin-asta, sezilmasdan o‘zgardi. Lekin orqaga qarasam, bu o‘zgarishlar juda katta ekanini angladim.

Oldin mayda narsalarga beparvo qarardim. Endi esa atrofga ko‘proq e’tibor beradigan boʻlib qoldim. So‘zlarimni o‘lchab gapiradigan bo‘ldim. Kimningdir qalbiga og‘ir botmasin deb ko‘proq o‘ylayman. Chunki uni tushunishga harakat qilyapman, o‘zim sezmasdan boshqalarni ham tushunishni o‘rganibman.

U sababli ichimda tartib paydo bo‘ldi. Oʻzimga boʻlgan ortiqcha shikoyatlar kamaydi. Ba’zi odatlarimdan voz kechdim. Vaqtni bekorga ketkazmaslikni, o‘zimni yig‘ib yashashni boshladim. Har kuni biroz bo‘lsa ham yaxshiroq bo‘lishga intildim.

Eng muhimi — niyatlarim o‘zgardi. Oldin faqat his bilan yashardim, endi mas’uliyatni ham his qilyapman. Uning hayotiga munosib bo‘lish fikri meni ichdan tarbiyaladi. U buni biladimi yoki yo‘qmi — bilmayman. Lekin u menga o‘zimni tanitdi.

Oldin men insonlar orasida yurishni hushlamas edim. Odamlar bilan ko‘p gaplashishni yoqtirmasdim. O‘zimga yopiq edim. Ko‘proq jim turishni, kuzatishni tanlardim. Suhbatlardan tez charchardim, ko‘p joylarda bo‘lishni xohlamasdim.

U hayotimga kirgach, bu ham sekin o‘zgara boshladi. Avval uni tinglashni o‘rganibman. Keyin esa umuman odamlarni tinglashni. Kimningdir gapini bo‘lmaslikni, shoshilmay eshitishni, tushunishga harakat qilishni. Suhbat qurishdan qochmaydigan bo‘ldim. Insonlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lishga odatlanib qoldim.

Bu — kimdir meni majburlagani uchun emas. Balki ichimda paydo bo‘lgan iliqlik sababli edi. Chunki u menga yaqin bo‘lish uchun, odamlar bilan yaqin bo‘lishdan qo‘rqmaslikni o‘rgatdi.

Ba’zan o‘ylab qolaman: agar yo‘llarimiz tutashmasa ham, baribir u meni yomonroq odam bo‘lib qolishimga qo‘ymadi. Bu ham bir ne’mat.

Agar qolsa — shukur.
Agar ketib qolsa — yana shukur.

Chunki u hayotimga kirib, meni yaxshiroq insonga aylantirib ketdi.
11🤩8❤‍🔥7👍5🔥5🎉5😍3🤔1
- Daftarim chetida g’alati xoshiya
- Eslay olmayman qachon
qo’yganim
- Bir quvnoq kunimda balki xotira
- Balki belgisidir ilk bor sevganim.
❤‍🔥16😍119👍7🔥5🎉5🤩3
Matematiklar boʻlsa ishlab beringlar 🙃
12🤩8👍6🎉5😍4❤‍🔥4🔥3😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8🔥7🎉7😍7❤‍🔥7👍6🤩6
Khalimov | Blog
Video message
Kapital bankga kantrakt toʻlagani keldim mendan oldin 100 ta odam bor ekan. Baxtimni oʻqigani kitob olgandim
🤩11👍86🔥6😍5❤‍🔥5🎉3
Oʻz vatanida emin erkin yashayy olmagan xoʻr oʻzbegim..))

Talabalikning eng rasvo damlari hali oldinda.
😢41
- Dunyoni suv bossa
- Cho’lda ne gunoh
- Yurak seni sog’insa
- Menda ne gunoh..!!

Vizzzzzzzz 😆
🤣5
Budilnik chalmasindan oldin uygʻonib ketdim endi bir amallab 9:00gacha uxlamasligim kerak 🥲
5
Khalimov | Blog
#ishq_safari (davomi) U hayotimga kirib kelgandan keyin hammasi birdan o‘zgardi. Sekin-asta, sezilmasdan o‘zgardi. Lekin orqaga qarasam, bu o‘zgarishlar juda katta ekanini angladim. Oldin mayda narsalarga beparvo qarardim. Endi esa atrofga ko‘proq e’tibor…
#ishq_safari (davomi)

Ba’zilar olisdan sevarlar...

Ba’zilar sevishni yonma-yon yurish deb biladi. Qo‘l ushlash, birga kulish, bir-biriga suyanib yashash…
Ammo ba’zilar sevishni jimlikda o‘rganadi. Masofa ichida, sukutda, yurak bilan.

Men shunday sevdim.
Yaqin bo‘lmasam ham, uzoq ham ketmadim.
U hayotimda har kuni ko‘rinmasada, lekin qalbimda har kuni bor.

Ba’zan birgina xabari kunimni yoritar, ba’zan esa javobsiz qolgan tunlar yuragimni jim og‘ritar edi. Shunga qaramay, men bu sukunatni sevib qoldim. Chunki shu sukunatda uning ovozi bor edi.

U bilan oramizda masofa bor. Lekin bu masofa muhabbatni kamaytirmadi. Aksincha, hislarni tozalab, ortiqcha istaklardan xoli qildi. Endi bu sevgi shovqinli emas — sokin. Ammo chuqur.

Men undan yaqinlik talab qilmadim.
Faqat yuragimdan joy berdim.
Balki u buni bilmasdir. Balki sezib ham yetmas. Ammo sevgi har doim tan olinishi shart emas ekan. Ba’zan u faqat yurakda halol yashasa kifoya.

Olisdan sevish qiyin. Chunki ko‘ra olmaysan, gaplasha olmaysan, faqat his qilasan. Lekin shunday pallalar bo‘ladiki, u haqida o‘ylab qo‘yishning o‘zi ham duo bo‘lib ketadi.

Men uni shunday asrayman. Jim. Talabsiz. Umidsiz emas, lekin shoshilmasdan.
Go‘yo yuragimning eng nozik joyida ehtiyotlab qo‘ygandek.

Ba’zilar shunday sevarlar.
Masofadan.
Sukutda.
Lekin butun vujudi bilan.
❤‍🔥2415🔥13👏4🤩3🎉21👍1
🌧Yomgʻir+🎧 Minor+ piyoda nomalum manzil tomon🚶‍➡️
Oʻzimni shu darajada yolgʻiz his etyapman tasvirlash juda qiyin.
👍2
- Kimga yoqdimu
- Kimga yoqmadim
- Yashashni ham juda bopladim
- Boyimga mos boy topdim ammo
- Koʻnglimga mos koʻngil topmadim



Vizzzzzzzz 😅
🤣8🔥2
Rostini aytsam, nima qilishni, qaysi yoʻlni tanlashni yoki kim bilan birga boʻlishni tushinmayapman. Nega bu hayotda bunchalik koʻp umidsizlik bor? Sen yaxshi niyat bilan harakat qilasan, amma natijasi hamma narsa yanada yomonroq tugaydi.
❤‍🔥21🔥1👏1🤔1
Biroz kechikdim (Official Music Video)
Mirjalol Yo'lchiyev
🎧 da zoʻr ketadi.
💔1
Sen boshqacha boʻl, tashqaridagi qor yogʻayotgani haqida obunachilaringga hech narsa dema))😁
🤣72
Bugun dadamning tug‘ilgan kunlari edi.
Afsuski, bu safar ham ularni faqat telefon orqali, quruqgina tabriklash bilan cheklanib qoldim. Qo‘limdan kelgani shu bo‘ldi, xolos. Bugun oldilariga kelishimni so‘radilar, lekin bora olmadim. Ichimda nimadir yo‘l qo‘ymadi… vijdonim qiynaldi.

Ular meni shu yoshimgacha bekamu ko‘st qilib voyaga yetkazishdi. Do‘stlarimdan kam qilishmadi, orzularimni, aytgan gaplarimni doimo qo‘llab-quvvatlashdi. Har qadamimda yonimda bo‘lishdi. Men esa 18 yoshga kirib, ular uchun hali biror arzigulik ish qila olmadim.
Ko‘pchilik bu hayotda motivatsiyani turli joylardan izlaydi. Lekin men uchun haqiqiy motivatsiya — ota-onamizning borligi va ularning sekin-asta qarib borayotganini anglashdir. Va eng achinarlisi — siz hali ham ular uchun yetarli darajada biror narsa qila olmaganingizni his qilishdir. Meningcha, haqiqiy motivatsiya aynan shu yerda.

Boshqa narsalardan motivatsiya qidirish xato, deb o‘ylayman. Agar ota-onangiz hayot bo‘lsa, eng katta kuch, eng katta turtki shularning o‘zidir.

Albatta, ular farzandining o‘z yo‘lini topib ketishini xohlashadi. Dadam bugun 46 yoshga to‘ldilar. Vaqt juda tez o‘tyapti. Shuni angladimki, vaqtni bekorga sovurmasdan, imkon borida ularning roziligini olishimiz kerak.

Qachon dangasalik bosib, to‘xtab qolmoqchi bo‘lsak, ota-onamizni eslab, ularga qarab kuch olishimiz kerak. Va yana davom etishimiz kerak. Chunki ular bunga loyiq.
6👍2🎉2🕊1
Sevmoq go'zalmi, yo sevilmoq
Alloh uchun bo'lmasa,
na sevmoq go'zal, na sevilmoq !
🔥4❤‍🔥21👌1
Tezroq qadam tashlash kerak ekan. Bugun u bilan yigiti haqida gaplashib oʻtirdik yaxshi bola ekan)
🤣5
Odamlar doim gapiradi. Sen esa yashashda davom etasan. Quloq sol, hayot seniki, ular orqangdan gapiradi va ortingda qoladi. Sen esa orzularing sari oldinga yuraverasan.

"Sahobalardan maktublar" kitobidan
👏531❤‍🔥1
O'zbekistonda yashasangiz: "sizni ishingiz nima?" - degan so'zni peshonangizga ilvolishingiz kerak.

Taksiga chiqasiz: "qayerda o'qiysan?" - deydi. "shu, shu univerda" - deysiz, "a, o'zimizi ketmonchilikda o'qib qo'yavermaysanmi?" - deydi. "Sizga parqi yo'q emasmi?" - degingiz keladi.

Qayerga borsangiz kimdir sizga aql o'rgatib turadi. So'ramasangiz ham.

"Ozib qolibsanmi?" - deydi. "ha, harakatdaman" - desangiz, 1245 kg odam sizga qanday ozish bo'yicha tavsiyalar berib boshlaydi. "akajon, man perplexity pro ishlataman, hamma narsani research qilib keyin qilaman" - desangiz ham to'xtamaydi. Oxiri "Sizga parqi yo'q emasmi?" - degingiz keladi.

Zalga borsangiz: "e uka bunaqa qilmaydi" - deydi sizdan ozgina semizroq odam. "akajon, man youtubedan ko'rib, 1:1 oynada mashq qilyabman" - desangiz ham tushunmaydi. Oxiri "Sizga parqi yo'q emasmi?" - deginzi keladi.

Yaqin odamingiz nimadir qilayotgan bo'lsa maslahat berishingiz "okayish" narsa, lekin to'g'ri kelgan begona odamga maslahat berish norm narsa emas. Juda kerak bo'lsa so'raydi, balki.

Latviyada mazza qiladigan narsam, yerda yumalab yotsangiz ham kimdir kelib: "ukajon yordam kerakmi?", yoki "ukajon, farosatti ishlat" - demaydi. O'zingizni ghostdek xis qilasiz. Hechkimni siz bilan ishi yo'q. Bu ba'zan yomon, lekin ba'zan juda mazza narsa :))
🔥4👌1