Khalimov | Blog
4.17K subscribers
207 photos
35 videos
92 links
📚 O‘qib anglaganlarim
✍️ Hislarimdan o‘tgan satrlar
📖 Kitob tahlillari va shaxsiy hikoyalarim
💭 Bu Blog — ichki suhbatim
🤍 O‘zim uchun yozaman, sizga yetib borsa xursandman. 😊

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
Khalimov | Blog
Kechgi kitob mutolaasini boshlaymiz
Bu kitob sotib olganinga ancha vaqt boʻlgandi oradan ancha vaqt oʻtdi avvalroq oʻqimaganimga afsus qilyapman🥲
😍87❤‍🔥6🎉5💯5👍3🔥3🤩3👏2
"Avf et allohim" kitobidan
10🤩6😍6❤‍🔥5💯4🔥3🎉3👍1
Ertaga 1 dekabr va ertadan boshlab hamma bu yilda erishgan yutuqlarini hisob kitob qilishni va erishgan yutuqlari maqtanishni boshlaydigan kun
🤩8🔥76👍5🎉4😍3💯3❤‍🔥2
Yuraging ezilib ketayotgan boʻlsa
Eng yaxshi davo Qur'ondir 🫀

Bir oydan beri ezilib kelayotgan
Qalbim qur'on tinglab taskin topdi.
Allohning zikri ila qalblar orom olur (13:28).
Alhamdulillah.
11😍11❤‍🔥11💯10🤩7👍5🎉5🔥1
Hozir koʻchada koʻrib qoldim 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili" deb e'lon qilingan edi
11😍8🤣6🔥5🎉5🤩5👍3❤‍🔥2💯2
Ehtimol, xastadirsan.
Ehtimol, yolgʻizdirsan.
Ehtimol, eng ogʻir dardlar changalidadirsan. Ammo unutma hamisha ikki tanloving bor; Yo shu muammolar iskanjasida qiynalib, isyonga ketib, oʻzing uchun ham, boshqalar uchun ham bu hayotni zahar qilasan Yoki " Ey Robbim! sendan kelgan har narsa bosh u koʻzimning ustiga" deya, shukr aytib, bu hayotdan bahra olasan... Ishon bir kun, gʻamlar ketar,
Dard etma, Alloh yetar!


"Dard etma Alloh yetar" kitobidan
🎉8👍7💯7🔥5😍5🤩42❤‍🔥2
Oʻzgarish vaqti kelgandur balki 🙂
😍128👍7🔥6🎉6💯6🤩4❤‍🔥3
"Avf et Allohim" kitobidan
💯9🔥76🤩6👍4😍4🎉3❤‍🔥2
Khalimov | Blog
Kechgi kitob mutolaasini boshlaymiz
Vanihoyat kitobni ham tugatib oldim endi navbat boshqa hikoyalarini oʻqishga. Kadir Akelni barcha kitoblarini bu yil oʻqib chiqishni niyat qildim.
8🔥6😍6👍5🤩5🎉3❤‍🔥3💯3
tungi mutolaani boshlab oldik 😁

Bu kitobni oʻqiganlar bormi?
😍9❤‍🔥8👍65🔥4🎉3🤩3💯1
Sen menga yaqinsanu , men sendan naqadar uzoqman❤️‍🩹
💯87🤩7❤‍🔥7😍6👍4🎉2🔥1
Khalimov | Blog
Uni koʻrmaganimga ham sal kam bir oy boʻlibdi endi qaytib koʻramanmi yoʻqmi bilmiman unga aytadigan gaplarimni endi ayta olmasam kerak. Bir koʻrishda kimnidir yoqtirib qolish men uchun bu fantastika edi. Endi amin boʻldimki bunday hissiyotlar faqat kinolar…
#ishq_safari

Uni ko‘rmaganimga bir oydan oshdi.
Na bir xabar bor, na bir darak. Shunday bo‘lsa ham, u bir kun ham xayolimdan ketmadi. Kunlar o‘tdi, vaqt o‘tdi, lekin sog‘inch o‘sha-o‘sha qoldi.

Kitob oʻqish bahonasi kitobni qoʻlimga oldim-da, u bilan birga koʻrishadigan joyimizga bordim. Kitob o‘qish uchun kelgandek edim, aslida esa yuragim uni izlayotganini bilardim. Balki bir ko‘zim tushib qolar degan umid ham bor edi.

Bordim. Qidirdim. Yo‘q ekan.
“Kutay”, dedim. Balki kelib qolar…

Kelganimga yarasha Kitobimni mutolaa qilishni boshladim. Kitobga berilib qanday vaqt oʻtganini ham sezmay qolibman bir pasda tushlik vaqti bo‘lib ketganini ham sezmabman. U shu vaqt ichida kelmadi.

“Endi kelmasa kerak”, deb o‘rindiqdan turdim. Ketishga hozirlanayotgandimki, eshik tomonda uni ko‘rdim — endigina kirib kelayotgan ekan.

Shu payt yuragim o‘zini yoʻqotib qo‘ydi. Taqdir yana yo‘llarimizni tutashtirgandi. Bu safar ham qisqa va mazmunli suhbat bo‘ldi — oddiygina, sokin. Ammo ichimda aytilmagan gaplar juda ko‘p edi.

Yaxshi ko‘rishimni aytishga yana jur’atim yetmadi. So‘zlar tomog‘imga kelib, yana qaytib tushdi.

Balki bir kun aytarman. Balki vaqt kelar.
Hozircha esa jimgina yaxshi ko‘raveraman.

Hozir qo‘limdan keladigan yagona narsa — uni menga, meni esa unga munosib qilishini Robbimdan so‘rash. Agar bo‘lsa — yaqinlashtirsin, bo‘lmasa — ko‘nglimga sabr bersin.
1🕊14😍8👍6🔥6❤‍🔥5🎉54🤩3💯3🤣1
Khalimov | Blog
#ishq_safari Uni ko‘rmaganimga bir oydan oshdi. Na bir xabar bor, na bir darak. Shunday bo‘lsa ham, u bir kun ham xayolimdan ketmadi. Kunlar o‘tdi, vaqt o‘tdi, lekin sog‘inch o‘sha-o‘sha qoldi. Kitob oʻqish bahonasi kitobni qoʻlimga oldim-da, u bilan birga…
#ishq_safari (davomi)

U ketdi.
Men esa o‘sha joyda yana biroz kitob oʻqib qoldim. Go‘yo aytilmay qolgan so‘zlarim havoda osilib qolgandek edi. Orqasidan qarab turdim, lekin chaqira olmadim. Qandaydir qo‘rquv emas edi bu — shunchaki hali vaqti emasligini his qildim.

Oradan kunlar o‘tdi. Ba’zan uni umuman o‘ylamaslikka urindim. Lekin u baribir eng kutilmagan paytlarda — tongda, yo‘lda, kitob sahifalari orasidan chiqib kelaverdi. Shunda angladimki: sog‘inchdan qochib bo‘lmas ekan.

Ba’zi kechalarda o‘zim bilan o‘zim gaplashdim. Agar o‘sha kuni aytsam nima bo‘lardi, deb o‘yladim. Balki hammasi o‘zgararmidi, balki umuman boshqacha bo‘larmidi. Ammo o‘tmish “agar”larni yoqtirmaydi.

Keyin bir narsa aniq bo‘ldi: men uni faqat sog‘inmayapman, men uni tushunyapman. Uzoqdan bo‘lsa ham, jimgina. Ba’zan sevgi shovqin solmaydi, balki kutishga o‘rgatadi ekan.

Shu kutish orasida o‘zimni ham unutib qo‘ymaslikka harakat qildim. O‘zimni yig‘ishtirdim. Ichimni, niyatlarimni. Agar yana uchrashsak, oddiy sog‘inch bo‘lib emas, yetukroq holatda qarshilash uchun.

Agar yana yo‘llarimiz tutashsa — aytaman.
Agar yana jimlik bo‘lsa — sabr qilaman.

Hozircha esa yuragimga bitta gapni takrorlayman:
agar bu muhabbat bo‘lsa, yo‘lini topadi.
Agar yo‘li bo‘lmasa — meni o‘zgartirib ketadi.
❤‍🔥31👏1🕊1😍1🤣1
Assalomu alaykum va rohmatulloh
Sahifamizga yangi qo'shilayotgan yangi obunachilar xush kelibsizlar.
Alloh nasib qilsa sahifamiz faoliyati davomida sizlarga manzur bo'luvchi kitob tavsiyalari, kitoblardan olgan iqtibos va xulosalarimiz, kaminani qalamiga mansub hikoyalarni ulashib boramiz.
Sahifamizdan birgina inson ham manfaat olgan boʻlsa maqsadimizga yetgan bo'lamiz.
6👏1
Vanihoyat bu kitobni ham oʻqib boʻldim. Hikoya shu darajada yozilganki oʻqigan inson aniq ichiga kirib ketadi qanday kitobni tugatib qoʻyganini bilmay qoladi. Bu hikoya juda taʼsirli yozilganki oʻqigan kitobxonni koʻzidan albatta yosh oqishi aniq.
🔥10🎉98👍5🤩5😍5❤‍🔥5💯3
Uzoq vaqtdan beri ko‘rmagan odam bilan gaplashish qiyin, ammo u bilan jim o‘tirish ham oson emas. Ayniqsa, unga aytadigan ko‘p gaping bo‘lsa-yu, buni qanday qilishni sira tasavvur qilolmasang, juda qiynalib ketasan.

Ken Kizi
📚"Ba’zan buyuk telbalik"
👍1410😍7💯5🔥4🎉4🤩4❤‍🔥3
Nasheed_Zawjati_My_Wife_نشيد_زوجتي_أحمد_بوخاطر_Ahmed_Bukh
<unknown>
Azon kabi chorlayin juftim
namoz kabi soģindim seni 
halolim deb pichirlab asta
qo'llarimdan qo'yvorma menii...
🤍🥹
❤‍🔥13😍9🔥8🎉65👍5🤩5💯5👏1🤣1