Baʻzida oʻzimni ichimdan oʻzim gapimni sugʻurib ololmayman..
Baʻzida oʻzim oʻzimga gapirib charchab ketaman)
Baʻzida oʻzim oʻzimga gapirib charchab ketaman)
🔥7😍7🎉6🤩6💯6❤5👍3❤🔥3
O'zingizni yetarlicha yaxshi his qilmayapsizmi?
Shunchaki qancha uzoqqa kelganingizni eslang. O'zingizda yo'q narsalarga emas, bor narsalarga e'tibor qarating. Siz kimningdir eng sevimli insonisiz. Hayotingizdagi eng og‘ir va qo‘rqinchli davrlarni yengib o‘tganingizni eslang. Yo'lingiz qanchalik qiyin bo'lmasin, ichingizdagi zulmat va shubhalarni ham yenggan edingiz. Shunday kunlarni yana yengib o'tishingizni biling. Bu juda sodda tuyulsa ham, bu haqiqat.

🔥11👍9❤6🎉6🤩5❤🔥5😍4💯4
Kitob oʻqishni oʻzi ham yetmay qoladi baʼzida, U haqida suhbatlashadigan odam ham kerak aslida 🫠
💯13👍8❤7🤩7❤🔥7🎉6😍4🔥2👌1
Khalimov | Blog
Men 18 yoshdaman va bu gaplarni aytishdan qo’rqmayman... 1. Mening shaxsiy uyim yo'q... Ba'zan telefonimni o'chirib, jim xonada yolg'iz o'tiraman chunki ichimda haligacha javobi yo'q savollar bor... 2. Mashinam yo'q... Ammo yuragimda orzular bor ular hech…
Uni koʻrmaganimga ham sal kam bir oy boʻlibdi endi qaytib koʻramanmi yoʻqmi bilmiman unga aytadigan gaplarimni endi ayta olmasam kerak. Bir koʻrishda kimnidir yoqtirib qolish men uchun bu fantastika edi. Endi amin boʻldimki bunday hissiyotlar faqat kinolar yoki kitoblarda emas balki real hayotda ham boʻlishiga ishondim. Balki u meni taqdirimdir balki yoʻq. Ancha vaqtdan beri kanalimda meni kuzatib kelayotgan ekan xursand boʻldim. Uni oʻziga ayta olmagan gaplarimni shu kanalimda yozsamikan deb oʻylab qoldim 🫠
#ishq_safari
#ishq_safari
👍12💯7❤6🎉5❤🔥5🔥4🤩4😁3😍3
Bir og'iz rost so'zga intizor yurak,
Yolg'onlar baxtimga beradi barham,
Hamma yaqindek ko'rinar biroq,
Balki Men ortiqcha yoki kimdir kam.
Meni emas o'zining foydasin ko'zlab,
Kim, kimlar boshimga solar g'am alam,
Hamma bor dunyoga sig'mayman nega ?
Yoki Men ortiqcha, yoki kimdir kam )
Yolg'onlar baxtimga beradi barham,
Hamma yaqindek ko'rinar biroq,
Balki Men ortiqcha yoki kimdir kam.
Meni emas o'zining foydasin ko'zlab,
Kim, kimlar boshimga solar g'am alam,
Hamma bor dunyoga sig'mayman nega ?
Yoki Men ortiqcha, yoki kimdir kam )
🤩9❤🔥9🎉7👍5🔥5💯5❤4😍4
Oldin she'r oʻqishni yoqtirmas edim, endi esa borgan sari sheʼrlar ham maʼnolidek tuyulib ketyapti.
🔥10👍8😍7💯7❤5🤩5❤🔥5🎉3
Forwarded from sirojiddinov | blog
Ba’zan hayot shunaqa sokinlashib ketadiki, hatto yuragingning urishi ham uzoqdan eshitilgandek bo‘ladi. Atrofdagilar kuladi, gaplashadi, odatdagidek yashashda davom etadi… sen esa ichingda nimadir asta-sekin so‘nib borayotganini sezasanki, uni tushuntirishning iloji yo‘q. Hech kim sezmaydi, hech kim so‘ramaydi — lekin sen bilasan: bir paytlar seni ilhomlantirgan narsalar endi shunchaki tovushsiz soya ekanligini. Go‘yo ichingda bo‘sh xona bor, u yerda na ovoz, na rang qolgan. Shunga qaramay, yuragingning eng chekkasida mayin bir titroq bo'ladi: hammasi tugagandek tuyulsa ham, inson ichida hali yo‘qolmagan bir umid, nur borligini baribir sezadi. U sekin, juda sekin qaytadi… lekin baribir qaytadiku.
❤🔥8👍7🎉7❤6🤩4🔥3😍3💯3😁1🫡1😎1
Khalimov | Blog
Kechgi kitob mutolaasini boshlaymiz
Bu kitob sotib olganinga ancha vaqt boʻlgandi oradan ancha vaqt oʻtdi avvalroq oʻqimaganimga afsus qilyapman🥲
😍8❤7❤🔥6🎉5💯5👍3🔥3🤩3👏2
Ertaga 1 dekabr va ertadan boshlab hamma bu yilda erishgan yutuqlarini hisob kitob qilishni va erishgan yutuqlari maqtanishni boshlaydigan kun
🤩8🔥7❤6👍5🎉4😍3💯3❤🔥2
Hozir koʻchada koʻrib qoldim 2025-yil "Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili" deb e'lon qilingan edi
❤11😍8🤣6🔥5🎉5🤩5👍3❤🔥2💯2
Ehtimol, xastadirsan.
Ehtimol, yolgʻizdirsan.
Ehtimol, eng ogʻir dardlar changalidadirsan. Ammo unutma hamisha ikki tanloving bor; Yo shu muammolar iskanjasida qiynalib, isyonga ketib, oʻzing uchun ham, boshqalar uchun ham bu hayotni zahar qilasan Yoki " Ey Robbim! sendan kelgan har narsa bosh u koʻzimning ustiga" deya, shukr aytib, bu hayotdan bahra olasan... Ishon bir kun, gʻamlar ketar,
Dard etma, Alloh yetar!

"Dard etma Alloh yetar" kitobidan
🎉8👍7💯7🔥5😍5🤩4❤2❤🔥2
Khalimov | Blog
Kechgi kitob mutolaasini boshlaymiz
Vanihoyat kitobni ham tugatib oldim endi navbat boshqa hikoyalarini oʻqishga. Kadir Akelni barcha kitoblarini bu yil oʻqib chiqishni niyat qildim.
❤8🔥6😍6👍5🤩5🎉3❤🔥3💯3
Khalimov | Blog
Uni koʻrmaganimga ham sal kam bir oy boʻlibdi endi qaytib koʻramanmi yoʻqmi bilmiman unga aytadigan gaplarimni endi ayta olmasam kerak. Bir koʻrishda kimnidir yoqtirib qolish men uchun bu fantastika edi. Endi amin boʻldimki bunday hissiyotlar faqat kinolar…
#ishq_safari
Uni ko‘rmaganimga bir oydan oshdi.
Na bir xabar bor, na bir darak. Shunday bo‘lsa ham, u bir kun ham xayolimdan ketmadi. Kunlar o‘tdi, vaqt o‘tdi, lekin sog‘inch o‘sha-o‘sha qoldi.
Kitob oʻqish bahonasi kitobni qoʻlimga oldim-da, u bilan birga koʻrishadigan joyimizga bordim. Kitob o‘qish uchun kelgandek edim, aslida esa yuragim uni izlayotganini bilardim. Balki bir ko‘zim tushib qolar degan umid ham bor edi.
Bordim. Qidirdim. Yo‘q ekan.
“Kutay”, dedim. Balki kelib qolar…
Kelganimga yarasha Kitobimni mutolaa qilishni boshladim. Kitobga berilib qanday vaqt oʻtganini ham sezmay qolibman bir pasda tushlik vaqti bo‘lib ketganini ham sezmabman. U shu vaqt ichida kelmadi.
“Endi kelmasa kerak”, deb o‘rindiqdan turdim. Ketishga hozirlanayotgandimki, eshik tomonda uni ko‘rdim — endigina kirib kelayotgan ekan.
Shu payt yuragim o‘zini yoʻqotib qo‘ydi. Taqdir yana yo‘llarimizni tutashtirgandi. Bu safar ham qisqa va mazmunli suhbat bo‘ldi — oddiygina, sokin. Ammo ichimda aytilmagan gaplar juda ko‘p edi.
Yaxshi ko‘rishimni aytishga yana jur’atim yetmadi. So‘zlar tomog‘imga kelib, yana qaytib tushdi.
Balki bir kun aytarman. Balki vaqt kelar.
Hozircha esa jimgina yaxshi ko‘raveraman.
Hozir qo‘limdan keladigan yagona narsa — uni menga, meni esa unga munosib qilishini Robbimdan so‘rash. Agar bo‘lsa — yaqinlashtirsin, bo‘lmasa — ko‘nglimga sabr bersin.

1🕊14😍8👍6🔥6❤🔥5🎉5❤4🤩3💯3🤣1
Khalimov | Blog
#ishq_safari Uni ko‘rmaganimga bir oydan oshdi. Na bir xabar bor, na bir darak. Shunday bo‘lsa ham, u bir kun ham xayolimdan ketmadi. Kunlar o‘tdi, vaqt o‘tdi, lekin sog‘inch o‘sha-o‘sha qoldi. Kitob oʻqish bahonasi kitobni qoʻlimga oldim-da, u bilan birga…
Hikoyalarimni qogʻozga yozishni boshladim hikoyaning oxiri qanday boʻlishi uning javobiga bogʻliq.🫠
✍7🤣1