Khalimov | Blog
4.15K subscribers
207 photos
35 videos
92 links
📚 O‘qib anglaganlarim
✍️ Hislarimdan o‘tgan satrlar
📖 Kitob tahlillari va shaxsiy hikoyalarim
💭 Bu Blog — ichki suhbatim
🤍 O‘zim uchun yozaman, sizga yetib borsa xursandman. 😊

Reklama uchun: @NewGoldenUz
Download Telegram
Maqsadlarni o‘zi birovga aytish noto‘g‘ri deyishgan. Lekin men maqsadlarimni shu kanalga yozib qo‘ysam. Erishish ehtimoli katta bo‘ladi. Shuning uchun kanalimga joylab qo‘yaman. Shaxsiy oid narsalar ham bor. To‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman. Bu maqsadlar faqat o‘zim uchun yozilgan. Lekin 100% hammasiga erishaman deb va’da bermayman. Alloh qodir qilgancha erishamiz.

Shaxsiy kanal ochsam baribir qo'shilmaysizlar shetga yozuraman)
💯13🤩9🔥8🎉8👍64❤‍🔥3😍2
Forwarded from sirojiddinov | blog
Yozish — bu insonni eng yaxshi tinchlantiradigan amallardan biridir. Chunki odam og‘iz bilan aytolmagan gaplarini, ichiga sig‘mayotgan tuyg‘ularini qog‘ozga to‘kib yengillik topadi. Ammo ko‘pchilik faqat og‘ir kunlarida, qalbi ezilganda yozishga kuch topadi. Yaxshi kunlarida esa qo‘liga qalam olishga ham ehtiyoj sezmaydi — go‘yo yozish faqat dardga xizmat qiladigandek.
Ahmed Bukhatir
Nasheed Achraqat Nafsi
Achraqat Nafsi - Ahmed Bukhatir
🔥1
Bir xil yo'llardan yursak-da, hech uchrashmaymiz...
🔥4
Ikki kitobxon birlashsa, oila bo'ladi. Ularning kitoblari birlashsa, kutubxona bo'ladi.

©️...
Agar oramizda studentligidan dunyoga sig’me xursandlar bo’lsa tabriklayman )
1
Tasavvur qil hayotim sen bilan umra safariga birga borsak.
Madinaga qo'ndik, hayajondan yuraklar tez-tez urib, muborak zaminga birga keldik. Rasulimizga salomlar berdik, duolar qildik keyin esa Labbay Allohim, Labbay deya istig'for va tavba bilan Makka tomon yo'l oldik. Ka'bani ilk bora ko'rib jamiki xayrli narsalar, solih farzandlar, oramizdagi muhabbatning ziyodaligini so'radik. Endi yana ham tasavvur qil Alloh umramizni qabul qilib solih bandalari qatorida Jannatiga kirgizsa, qo'l ushlashib Jannat tomon yurib borsak..
"Ey bir-birini holis Alloh uchun yaxshi ko'rganlar, ey solih bandalar juftingiz bilan Jannatga kiringlar" deyilsa tasavvur qilgina... bundan ortiq baxt bormikana..

#ishq_safari
❤‍🔥1
Musofirchilik

O‘zingizni yashab turgan joydan ketishdan qo‘rqmang. Men ham boshida qo‘rqqanman. Siz xohlagan vaqtda o‘zingizni tug‘ilib o‘sgan uyingizga qaytishingiz mumkin.

Qiyinchilik ko‘rasiz. Siz bilan hech kimni ishi bo‘lmaydi, o‘zingiz uchun harakat qilasiz. Turli xil qiziqarli hikoyalar bo‘ladi. Bu qiyinchilik sizga juda kerak. Bularni pulga ham sotib ola olmaysiz.

Lekin joylashuv(shahar) unchalik muhim emas. Hamma imkoniyati bo‘lib turib harakat qilmaydigan odamlarni ham ko‘rdim. Bu haqida yana gaplashamiz.

Ota-onangizga o‘zingizda bo‘layotgan qiyinchiliklarni aytmaganingiz yaxshi. Ular xavotir olishadi.
🔥4👏2😁1🕊1
Yozmasam, aqldan ozgan bo'lardim!
O'qiyman – tushunmayman,
aytaman – qila olmayman,
qarayman – ko'ra olmayman,
eshitaman – tinglamayman.
"Bilaman", – desam ham,
bilmayman. Bas, tan olaman...
💋3🔥2🗿2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Khalimov | Blog
Video message
Katta boʻlsa yoʻlbars boʻladi...))
🤣41😁1
Men kimman?

Inson shu savolni o'ziga berar ekan — u kimligini, nima uchun yashayotganini, nimani xohlayotganini va ichki dunyosini tushuna boshlaydi
inson o'zini tanish orqali ichki dunyosini tartibga sola boshlaydi va tashqi dunyosi ham shunday bo'ladi.

O'zlikni anglash qandey bo'ladi ?
Kimdir buni psixologiya orqali qiladi, kimdir din, kimdir falsafa orqali…
Lekin yo‘lning barchasi bitta manzilga olib boradi — ichki tinchlikka.
2👏1😁1
Bu hayot meniki emas (music version)
Konsta
Odatda juda kam holatlarda qoʻshiq eshitaman buni hozir eshitib qoldim negadur yoqib qoldi 🙃
🔥32👏1😁1
10❤‍🔥9🤩7👍5💯4🔥3😍3🎉2
Kechgi kitob mutolaasini boshlaymiz
😍13👍8🎉87❤‍🔥7🔥5💯5🤩3
Forwarded from sirojiddinov | blog
Ichimda nima bo‘layotganini o‘zim ham tushunmayapman.
Go‘yo kimdir meni ko‘rinmas qop-qonga tashlab yuborgandek. Nafasim bor — lekin tinchim yo‘q.
Har kuni miyamda bir xil savol aylanadi: “Qachon tugaydi bu zo‘riqish?”

Uyqu qochgan. Ruh charchagan. Hislar karaxt.
O‘zimni go‘yo bir joyda turib qolgandek his qilaman, ammo atrofimdagi dunyo meni turtib o‘taveradi.
Bunaqa paytda odam hatto shubhalanadi: bu sinovmi… yoki o‘zim yashab kelgan hayotning soyasi qaytib kelyaptimi?

Ba’zan o‘zimga qattiqroq savol berib qo‘yaman:
“Bu hammasi jazomi? O‘zimning ichimdan o‘tgan qilichning izi emasmi?”

Lekin ichimdagi ovoz boshqasini aytadi:
bu jazo emas… bu yig‘ilib ketgan og‘riqlarning jim qichqirig‘i.
Odam ba’zan o‘zidan boshqasidan emas, aynan ichidagi sukutdan qo‘rqadi.

Va men ham shu sukut ichida qolib ketdim.
U juda baland.
Kech kirganida odamning fikrlari ko‘payib ketadi…🍂
Ammo biling: Alloh eshitadi, ko‘radi, biladi.🌙
Bugun siz charchagansizmi?
Asabiy bo‘ldingizmi?
Yig‘lagingiz keldimi?..
Shu onning o‘zida ayting:
“Hasbiyallohu ne'mal vakiyl.”
Menga Alloh kifoya.
Alloh sizni unutmaydi. Bugungi kuningizni mukofotsiz qoldirmaydi.
❤‍🔥9🤩8💯65👍5😍5🎉4🔥3
Baʻzida oʻzimni ichimdan oʻzim gapimni sugʻurib ololmayman..
Baʻzida oʻzim oʻzimga gapirib charchab ketaman)
🔥7😍7🎉6🤩6💯65👍3❤‍🔥3
O'zingizni yetarlicha yaxshi his qilmayapsizmi?

Shunchaki qancha uzoqqa kelganingizni eslang. O'zingizda yo'q narsalarga emas, bor narsalarga e'tibor qarating. Siz kimningdir eng sevimli insonisiz. Hayotingizdagi eng og‘ir va qo‘rqinchli davrlarni yengib o‘tganingizni eslang. Yo'lingiz qanchalik qiyin bo'lmasin, ichingizdagi zulmat va shubhalarni ham yenggan edingiz. Shunday kunlarni yana yengib o'tishingizni biling. Bu juda sodda tuyulsa ham, bu haqiqat.
🔥11👍96🎉6🤩5❤‍🔥5😍4💯4