"Kattaqo'rgʼon tongi" gazetasi
945 subscribers
15.1K photos
1.53K videos
88 files
6.21K links
Kattaqo'rgʼon tongi gazetasining rasmiy kanali
☎️66-455-23-95
✉️kattakurgontongirasmiy@gmail.com
🌐kattakurgon-tongi.uz
↪️https://www.facebook.com/Kattakurgontongirasmiy
🏛Kattaqo'rgʼon sh, Xorazmiy k, 47-uy
Murojat uchun admin : @shukurov_azizbek
Download Telegram
✍🏽Harbiy- vatanparvarlik sinfiga sinovlar o‘tkazildi
⚡️Yaqinda Samarqand viloyat Milliy gvardiyasi boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda shahrimizdagi 11- IDUMda yangi o‘quv yili uchun Temurbeklar sinfiga o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha dastlabki sinovlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sinovdaa o‘quvchilarning ota-onalari ham ishtirok etdilar.
⚡️Shu kunning o‘zida 1- bosqich natijalari e’lon qilindi.
@kattakurgont
⭕️⭕️⭕️

✔️Диққат!!! Самарқанд вилояти Каттақурғон туманида  йирик, қуёш қуввати билан ишлайдиган станция қурилиши ишлари бошлонмоқда!!!
Биз эртамиз қандай бўлишини биламиз!
Биз билан бўлинг!!!
Биз инсонлар меҳнати энергиясини технологиялар билан бирлаштириб сизнинг хаётингизни янада чороғон қиламиз!Биз сизга юқори ойлик ва аҳли жамоа таклиф этмоқдамиз!
"HI-TECH ENERGY" МЧЖ қўйидаги мутахасисиларни иш билан таъминлайди:
-Иш юритувчи (ойлик маош 5000 000-10 000 000 сўм )
-Муҳандислар (ПТО, сифат назоратчиси, Техника хавфсизлиги муҳандислари) (ойлик  маош 5000 000-10 000 000 сўм )

Маҳсус ишчилар(электрик, чилангар, монтаж қилувчилар, геодезистлар) (ойлик  маош 3000 000-5 000 000 сўм )
-  Ёрдамчи ишчилар (ойлик маош 2000 000 сўмдан бошланади )
☎️Мурожат учун: +998990943478

@kattakurgont
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Айни дамда Самарқанд вилояти кекса авлод вакилларини I, II, III даражали "Меҳнат фахрийси" кўкрак нишонлари билан тақдирлаш маросими бўлиб ўтмоқда.


@kattakurgont
УСТОЗДАН БИР ИБРАТЛИ ШЕЪР

Отим қолар демагин
Бу дунёда, шоирим.
Номард тўфонлар турса,
Отингдан гард қолмагай.

Зотим қолар демагин
Бу дунёда, шоирим,
Қисмат тескари бурса
Зотингда мард қолмагай.

Бу дунёнинг дардини
Териб кетгин, шоирим.
Жонингга ачинмагин —
Кетмайдими чириблар!

Бу дунёга бир қўшиқ,
Бериб кетгин, шоирим,—
Марҳумлар уйғонсинлар,
Ухлолмасин тириклар.

УСМОН АЗИМ,
Ўзбекистон халқ шоири.

@kattakurgont
22.pdf
6.3 MB
"Kattaqo'rg'on tongi" gazetasining 2023-yil 8-avgust kungi 22-soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. @kattakurgont
#Sayyor_qabul

🔹Bugun shahrimizning "Oq Oltin" MFY da O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Samarqand viloyat boshqarmasi hodimlari tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Sayyor qabul davomida pensiya ta'minoti va kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam tayinlash yuzasidan fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. @kattakurgont
✍🏽HOKIM QABULI O‘TKAZILDI

🔹 Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tgan qabulga 26 nafar fuqarolar o‘zlarining turli masaladagi murojaatlari bilan ishtirok etdilar.

🔹 Jumladan, ishga joylashish, moddiy yordam, ijtimoiy daftarlarga kiritish, uy-joy olish, uyini ta’mirlash va boshqa shu kabi masalalardan iborat bo‘lgan murojaatlarning 6 tasi joyida hal etildi, 8 tasiga tushuntirish berildi va qolganlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar mas’ullariga topshiriqlar berildi.

@kattakurgont
Президент Шавкат Мирзиёев икки кунлик ташриф билан Бухоро вилоятида бўлади. Илғор саноат корхоналари ва маҳаллалар ҳаёти билан танишиш, янги ишлаб чиқариш қувватларини ишга тушириш режалаштирилган.

Шунингдек, мамлакатимизда табиий газ ва электр энергиясидан оқилона фойдаланиш, озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш ҳамда инфляцияни жиловлаш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилиши кўзда тутилган.

Президент Шавкат Мирзиёев посетит Бухарскую область с двухдневной поездкой. Запланированы ознакомление с передовыми промышленными предприятиями и жизнью махаллей, запуск новых производственных мощностей.

Также предусмотрено проведение видеоселекторного совещания по вопросам рационального использования природного газа и электроэнергии, обеспечения продовольственной безопасности и сдерживанию инфляции.

Facebook|Instagram|Twitter
✍🏽Milliy gvardiya Markaziy devoni xodimi 11 -IDUMda bo‘ldi
⚡️Ma’lumki shahrimizdagi 11-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidagi vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan sinflarda sohaga qiziqqan o‘g‘il-qizlar tahsil olmoqdalar. Ushbu sinflarda yoshlarni bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Bugun ushbu maktabda bo‘lgan Milliy gvardiya Markaziy devoni mas’ul xodimi Sherzod Ruzmetov harbiy vatanparvarlik sinflariga o‘quvchilarni qabul qilishdagi tizim, o‘quvchilarga berilgan imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi .
⚡️Shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.Daminov hamrohligida maktabdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirgan Sh.Ruzmetov maktab rahbariyatining takliflarini tingladi va o‘zining bu boradagi fikrlarini berdi.
@kattakurgont