Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.74K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyati prokurori, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, deputatlar, sektor va mas’ul rahbarlar ishtirokida tuman kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashidagi deputatlik o‘rinlari soni tuman aholisi sonidan kelib chiqqan holda belgilash hamda Kasbi tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish kabi masalalar o‘rtaga tashlanib, qarorlar qabul qilindi.

Barcha qarorlar "e-qaror.gov.uz" saytida e’lon qilib borilmoqda.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Ўзбекистон қадимдан дўстлик ва тинчлик, биродарлик ва қардошлик, бағрикенглик ва ҳамжиҳатлик ришталари улуғланган диёр сифатида жаҳонда шуҳрат қозонган. Ушбу қадриятларни янада юксалтириш, мамлакатимизда истиқомат қилаётган турли миллат вакиллари ўртасида тотувликни мустаҳкамлаш мақсадида Президентимиз Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан 30 июль санаси юртимизда Халқлар дўстлиги куни сифатида белгиланди ва кенг нишонланмоқда.

Шу муносабат билан ташкил этилган тантанали тадбирда Президентимизнинг Ўзбекистон халқига байрам табригини ўқиб эшиттирдим.

Давлатимиз раҳбарининг қутловида бугун дунёда ҳукм сураётган беқарор вазият шароитида мамлакатимиздаги ўзаро ҳурмат, меҳр-оқибат, тотувлик ва бирдамлик муҳитини янада мустаҳкамлашнинг аҳамияти тобора ортиб бораётгани алоҳида таъкидланган.

Қайд этилганидек, кўпмиллатли ва кўпмаданиятли жамиятни оқилона бошқариш соҳасида Ўзбекистон муҳим тажриба тўплади, бу борадаги фаолиятимиз дунё миқёсида катта қизиқиш уйғотмоқда. Мамлакатимизда миллатлар ва конфессиялар ўртасидаги тотувлик ва ҳамжиҳатликни мустаҳкамлаш сиёсати изчил давом эттирилади.

Бугунги тадбир доирасида "Халқлар дўстлиги" кўкрак нишонини топшириш маросими ҳам бўлиб ўтди.

Узбекистан издавна славится во всем мире как страна, где ценят дружбу и мир, узы братства, великодушие и согласие. В целях дальнейшего утверждения этих ценностей, укрепления согласия между проживающими в нашей стране представителями разных национальностей по инициативе Президента Шавката Мирзиёева 30 июля определен и широко отмечается как День дружбы народов.

На организованном в связи с этим торжественном мероприятии я зачитал праздничное поздравление Президента нашей страны народу Узбекистана.

В послании главы нашего государства особо подчеркивается, что в условиях сложившейся в мире нестабильной обстановки возрастает значимость работы по укреплению атмосферы взаимного уважения, доброты и милосердия, согласия и сплоченности.

Отмечается, что в Узбекистане накоплен важный опыт в области управления многонациональным и мультикультурным обществом, вызывающий большой интерес в мире. В нашей стране и впредь последовательно продолжится политика, направленная на упрочнение дружбы и согласия между представителями разных наций и конфессий.

В рамках сегодняшнего мероприятия состоялась также церемония вручения нагрудного знака "Халқлар дўстлиги".

Facebook|Instagram|X
Hurmatli yurtdoshlar!

Qashqadaryo viloyatida kiber madaniyatni yuksaltirish oyligi “Cyber month” kompleks targ‘ibot – tashviqot oyligi yakuniga yetgani munosabati bilan “Eng faol mahalla”, “Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman”, “Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!”, “Eng yaxshi milliy kontent” kabi 13 ta yo‘nalishdagi tanlov g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Tadbir 2024 yil 31 iyul kuni soat 17.00da Qarshi davlat universiteti qoshidagi “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tadi.

Barchani tadbirga taklif etamiz.

———
Telegram | Website | Facebook | Youtube
E ’ L O N !

Hurmatli fermer xo‘jaligi rahbarlari !

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-sonli qarorida ko‘rsatilgan “Orginal, elita va keyingi avlodlarga masub urug‘lik paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan 2024-yil 20-iyuldan 15-avgustigacha barcha tumanlar Qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida tuman tender komissiyasi tomonidan 2025-yil g‘alla hosilidan urug‘lik don yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida tender tanloviga qatnashish uchun hujjatlar qabul qilinadi va tender tanlovi o‘tkaziladi.

Tender tanloviga ixtisoslashgan hududlardagi g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklaridan ariza va tegishli bo‘lgan hujjatlar to‘plamini qabul qilish tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limlari binosida tuman tender komissiyasi ishtirokida amalga oshiriladi va tuman tender komissiyasining xulosasi bilan qabul qilingan hujjatlarning bir nusxasini viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasiga taqdim etish tuman tender komissiyasi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.

☎️Murojaat uchun telefon: 99-705-74-36

Kasbi tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi.

Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
Tayinlov

Kasbi tumani hokimining o‘rinbosari-tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Axatova Gulzoda Xudoynazarovna tayinlandi.

Gulzoda Axatova - tayinlovga qadar Kasbi tumani “Mug‘lon” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞"YANGILIKLAR" Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

#29july #qashqadaryo_trk

Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
"E-auksion" platformasida 4915 ta yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib oling!

🔹 Qashqadaryo viloyatida 216 ta (ko'rish)


Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
📊Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot qanchani tashkil etdi?

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 8 341,2 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 % ga o‘sdi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
ДЕПАРТАМЕНТНИНГ ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ БОШҚАРМАСИНИ ЖАМОАТЧИЛИККА МУРОЖААТИ

Ҳурматли фуқаролар!
Агарда Сизга ва яқинларингизга бирор-бир шахс ўзини Департамент ёки бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходими деб таништириб, турли йўллар билан таъмагирлик қилиб, пул ёки бошқа моддий қимматликлар талаб қилиш ҳолатларига дуч келсангиз, бу ҳақда зудлик билан Департамент шахсий хавфсизлик бўлимининг 71-202-86-67 (ички рақам 8889) ёки 75-226-01-80 рақамли “Ишонч телефони”га маълум қилишингизни сўраймиз.

Мурожаат муаллифлари ва уларнинг яқин қариндошлари ҳақидаги маълумотларнинг сир сақланиши тўлиқ кафолатланади.

Каналга уланинг
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Yer nazorati. Kasbi tumani

Kadastr agentligining Kasbi tumani bo'limi tomonidan "Qatag'on" mahallasi hududida yer nazorati tadbiri o'tkazildi.

O'rganishlar davomida, fuqaro mazkur hududdagi 600 kv metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda 213,4 kv metr qismiga beton poydevor qurganligi holati aniqlandi.

Huquqbuzarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMnig 150 baravari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Qonunbuzarlikning huquqiy oqibatini to'g'ri anglab yetgan shaxs noqonuniy qurilish holatini ixtiyoriy bartaraf etdi

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Forwarded from IHMA Qashqadaryo (Ijtimoiy himoya Qashqadaryo)
Тадбиркорлар диққатига!

Тадбиркорлик фаолиятингизни бошламоқчи ёки кенгайтирмоқчисиз, лекин фаолият юритишингиз учун барча инфратузилмага эга бўш бино йўқми? Унда ушбу имконият Сиз учун.

ЎзКОЖ Қарши шаҳар “Қарши ўқув ишлаб чиқариш комбинати”га қарашли бинонинг бўш турган жойларини 0 (нол) қийматда ижарага бериш режалаштирилган.

Тадбиркорларга қўйиладиган талаб, жами ишчилар сонининг камида 50% ногиронлиги бўлган шахслардан иборат бўлиши керак. Ушбу талабни бажарган тадбиркорлар давлат харидларида тўғридан-тўғри шартнома қилиш имкониятига эга бўладилар.

Манзил: Қашқадарё вилояти, Қарши шаҳар, Насаф кўчаси, 294-уй.

Мўлжал: "Карвон" савдо мажмуаси (Эски шаҳар).

Телефон: +998 91 563 11 16

Қўшимча маълумотларга эга бўлиш учун, Ижтимоий ҳимоя миллий агентлигининг Қашқадарё вилояти бошқармасига мурожаат қилишингиз мумкин.

📝 Telegram | 💻 Instagram
📝 Facebook | 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM