Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.74K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Hokim yordamchilari uchun seminar tashkil etildi

Kasbi tuman hokimligi faollar zalida hokim yordamchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12-iyundagi PF-93-sonli farmonining mazmun-mohiyati va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jo‘rayev, tuman DSI boshlig‘ining o‘rinbosari O.Salomov hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tuman markazi rahbari A.Baratovlar so‘zga chiqishdi. Qabul qilingan farmon mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga tushuntirildi hamda qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
✔️ Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига 2 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov2023

🇺🇿9 июль — Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловида иштирок этинг

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar festivalidagi yoshlar kayfiyati

Bu kun | This day

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

Kasbi tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumta’lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni ochib bergan tuman hokimi o‘rinbosari B.Eshonqulov bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan qutlab, ular mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va rag‘batdan foydalangan holda puxta bilim egallashi, katta hayot yo‘lida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishi lozimligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng mutasaddi rahbarlar tomonidan iqtidorli o‘quvchilarga oltin va kumush medallar tantanali tarzda topshirildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Fuqarolarga ID kartalari rasmiylashtirib berilmoqda

Kasbi tumanida istiqomat qilib kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqaroga Kasbi tuman Ichki ishlar bo‘limi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasining fuqarolik ID kartasi rasmiylashtirilib, sayyor tartibda taqdim qilindi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Kasbi tuman hokimi xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qildi

Bugun, 7-iyul kuni Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev xorijda ta'lim olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan kasbilik yoshlar bilan videochat orqali muloqot qildi.

Muloqot chog‘ida xorijda mehnat qilayotgan kasbilik yoshlar o‘zlarining murojaatlari bilan birga o‘z takliflarini ham berishdi.

Xususan, yoshlar bandligi va tadbirkorlik faoliyatini Kasbi tumanida boshlash uchun kredit va subsidiya olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirgan holda nafaqat respublikamizga, balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilish bo‘yicha o‘z rejalarini bildishdi.

Bundan tashqari tuman hokimi yoshlarni 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Mazkur muloqot davomida tuman hokimi yoshlarning murojaatlarini qonuniy oʻrganib chiqish yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berib, har bir murojaat boʻyicha aniq reja-dastur belgilab olindi.
Forwarded from Daryo — LIVE
Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov ham saylovda ko‘rinish berib, jarayonga befarq bo‘lmay, faollik ko‘rsatayotganlarga minnatdorlik izhor qildi

Hokimlik matbuot kotibi Ahror Sodiqovning “Daryo”ga bildirishicha, viloyat rahbari Qarshi shahridagi 4-saylov uchastkasida ovoz bergan.

@daryo_live