Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
5.2K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Hokim qabuli: Aholi manfaatlari doim e’tiborda

Haftaning har payshanba kuni Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev tomonidan tuman hokimligi binosida o‘tkazib kelinayotgan fuqarolar qabulida ham har bir murojaatga diqqat bilan e’tibor qaratib kelinmoqda.

Qabullarda tumanimiz aholisi o‘z muammolari va takliflari yuzasidan tuman hokimiga murojaat etib, ularni qiziqtirgan yoki qiynayotgan savollariga atroflicha javoblar olishmoqda.

Bugun tashkil etilgan qabulda ham 20 nafarga yaqin fuqarolar tuman hokimiga o‘z murojaatlari bilan yuzlanishdi. Fuqarolar tomonidan asosan, moddiy yordam olish, tibbiy xizmat, yer munosabatlari bilan bog‘liq bildirilgan bir qancha masalalar tuman rahbari tomonidan diqqat bilan tinglandi. Qabulda ishtirok etayotgan hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, tegishli tashkilot va muassalalar vakillari bilan birgalikda bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan choralar izlandi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugun tumanimiz aholisi bandligiga ko‘maklashish maqsadida Qamashi qishlog‘ida joylashgan Kasbi kasb-hunarga o‘qitishi markazida Kasbi tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Yarmarkada 30 dan ziyod korxona hamda tashkilotlar 200 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 30 nafardan ziyod fuqarolarga ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida 9 nafar xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Hokim yordamchilari uchun seminar tashkil etildi

Kasbi tuman hokimligi faollar zalida hokim yordamchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 12-iyundagi PF-93-sonli farmonining mazmun-mohiyati va tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jo‘rayev, tuman DSI boshlig‘ining o‘rinbosari O.Salomov hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tuman markazi rahbari A.Baratovlar so‘zga chiqishdi. Qabul qilingan farmon mazmun-mohiyati seminar ishtirokchilariga tushuntirildi hamda qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
✔️ Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловига 2 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#saylov2023

🇺🇿9 июль — Ўзбекистон Республикаси Президенти сайловида иштирок этинг

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar festivalidagi yoshlar kayfiyati

Bu kun | This day

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi