Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
5.6K subscribers
22K photos
1.63K videos
20 files
3.81K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Muqaddas Ramazon oyida xayrli ishlar amalga oshirilmoqda

Kasbi tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig'i ham Muborak Ramazon oyida xayrli ishlarga bosh-qosh bo'lmoqda. 4-sektor rahbari Jasul Cho'liyev tashabbusi bilan "Mustaqilobod" mahallasida yashovchi kam ta'minlangan oilalar holidan xabar olindi va iftorlik uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Ro'zadorlar yurtimizga tinchlik, oilalarga totuvlik, dasturxonimizga qut-baraka tilab duoga qo'l ochishdi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

Davlat xavfsizlik xizmati
hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash hamda qo‘llab-quvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy Davlat xavfsizlik xizmati kubogi start olganini e’lon qiladi. E’tiborlisi, bu yil mini-futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida ham musobaqalar o‘tkaziladi.

Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Tafsilot" ko‘rsatuvi.

Kasbi tumanidagi hokim yordamchilari faoliyati haqida.

Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"QASHQADARYO AXBOROTI"

Keyingi yillarda mamlakatimizda majburiy mehnatga barham berish, ayniqsa, ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalari xodimlarini o‘z xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish holatlariga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
⚡️ҚАШҚАДАРЁЛИК ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА!

Ҳурматли Қашқадарёлик тадбиркорлар!

🔸Сизга, Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳрида ташкил этилган "Mawaride Group" компанияси томонидан тезкор қурилиши мумкин бўлган аркасимон ёпиқ қурилма-мосламаларини ўрнатиш юзасидан тижорий таклифларни тақдим этмоқдамиз!

🔸Ушбу аркасимон ёпиқ қурилмалар -50 даража совуқдан +70 даражагача бўлган иссиқликга чидамли бўлиб, ўрнатиш учун 1-3 ҳафтагача бўлган қисқа муддатни талаб этади.

🔸Сиз ушбу қурилмалардан, ишлаб чиқариш корхоналари, омбор, замонавий ҳарбий госпитал, иссиқхона, чорвачилик учун ферма сифатида фойдаланишингиз мумкин.

🔸Батафсил маълумот учун: www.mawaridegroup.com

👉🏻 Обуна бўлинг:
/FACEBOOK /TELEGRAM /INSTAGRAM
Sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi: hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi

Kasbi tumani hokimi To'xtamurod Meyliyev Kasbi Suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejida tuman yoshlari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tuman yoshlarining ishga joylashish, yer maydoni va bank krediti olish, davolanish, kontrakt to'lovlari kabi mavzulardagi oʻnlab murojaat va takliflari tinglandi.

Endi tez-tez yoshlar bilan yuzma-yuz uchrashib, muloqotda boʻlamiz. Ularning hech bir murojaati eʼtiborsiz qolmaydi, — dedi tuman rahbari.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Futbol boʻyicha DXX kubogining saralash bosqichiga start berildi

Kasbi tumani Bolalar va o'smirlar sport maktabi stadionida tumandagi 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning mini – futbol va futbol turlari boʻyicha Kasbi tuman saralash bosqich bellashuvlariga start berildi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ochilish marosimida Kasbi tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etishib, futbol jamoalariga gʻoliblik sari borishlari uchun omadlar tilashdi.

Shundan soʻng ilk bellashuvlarga start berildi. Taʼkidlash joiz, mazkur DXX kubogining saralash musobaqasi dastlab, tumandagi 4ta sektor kesimida 42 ta mahalla yoshlaridan tashkil topgan jamoalar oʻrtasida hududlarga boʻlingan holda oʻzaro kuch sinashishadi. Gʻolib jamoalar shahar, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishadi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi