Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.93K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.me/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
⚡️БЕЛАРУСИЯДА БЎЛИБ ЎТАДИГАН "BTI-2023" ХАЛҚАРО ЕНГИЛСАНОАТ КЎРГАЗМАСИДА ИШТИРОК ЭТИНГ

Ҳурматли Қашқадарёлик тадбиркорлар!

🔸Жорий йилнинг 25-27 октябрь кунлари Беларусиянинг Минск шаҳрида "BTI-2023" Халқаро енгил саноат кўргазмаси бўлиб ўтади.

🔸"BTI-2023" - янги маҳсулотлар, яқинлашиб келаётган мода мавсумининг тенденцияларини намойиш этиш ва енгил саноат соҳасининг долзарб мавзуларини муҳокама қилиш учун қулай платформадир.

🔸"БелЭкспо" кўргазмалар павльонининг "М" майдонида Белорус, Россия, Украина, Хитой ва Польшадан 80 дан ортиқ брендлар ўзларининг янги маҳсулотлари ва келаси мавсум коллекцияларини харидорлар ва мода саноати мутахассисларига тақдим этишади.

🔸Кўргазмада Россия, Германия, Литва, Латвия ва Туркиядан ўнлаб мутахассислар ҳамда ишбилармон доиралар делегациялари иштирок этади.

🔸Батафсил маълумот учун қуйидаги ҳаволага босинг:
https://expoclub.ru/db/exhibition/view/beltexindustry/

👉🏻 Обуна бўлинг:
/FACEBOOK /TELEGRAM /INSTAGRAM
Viloyat prokurori Kasbi tumanida bo‘ldi

Bugun, 12-iyul kuni Qashqadaryo viloyati prokurori Bektosh Sayipov Kasbi tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, viloyat prokurori tomonidan tumandagi qishloq xo‘jaligi maydonlarida ekilgan va ekishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan ekinlarning o‘z vaqtida kerakli mineral o‘g‘itlar bilan ta'minlanishi, shuningdek, sug‘orish jarayonida ham ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralar ko‘rilishi kerakligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Rasmiy munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi Rasmiy.uz kanalida Kasbi tumanida joylashgan "Sulton Mir Haydar ota" ziyoratgohida qarindosh-urug‘chilik hamda ziyoratgohga kelib ketuvchilar o‘rtasida janjalli holatlar yuzaga kelayotganligi xususida tanqidiy maqola e’lon qilindi. Ushbu tanqidiy maqola yuzasidan Kasbi tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi.

Tanqidiy maqolada e’lon qilingan bir necha holatlarni o'rganish bo‘yicha tuman hokimi topshirig‘iga asosan ishchi guruhi tuzildi. Barcha holatlarga aniqlik kiritilib, tez orada yakuniy natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi haqida ma’lum qilamiz.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Fuqarolar bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi

Kasbi tumani hokimi, tuman sektor rahbarlari, deputatlar va tuman tashkilot rahbarlarining fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi.

Qabulda kelib tushgan murojaatlarning aksariyati moddiy va tibbiy yordam, uy-joy ta’miri, to‘lov kontrakti, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalalari bilan bog‘liq.

Murojaatlarga ijobiy yechim topish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi